id
int64 1
984k
| url
stringlengths 32
410
| title
stringlengths 2
173
⌀ | text
stringlengths 2
65.5k
|
---|---|---|---|
2,310 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Payg%CA%BBambar | Paygʻambar | Paygʻambar (forschadan — xabar keltiruvchi, xabar yetkazuvchi) —xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (s.a.v) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar.Qur'onda Muhammad ismi 4 marta, Muso ismi 136 marta, Iso ismi 25 marta, Nuh ismi 43 marta nozil etilgan.
Qur’onda nomi zikr etilgan paygʻambarlar:
1.1 Odam آدم
1.2 Idris (Enoch) ادريس
1.3 Nuh (Noah) نوح
1.4 Hud (Heber) هود
1.5 Solih (Shelah) صالح
1.6 Ibrohim (Abraham) ابراهيم
1.7 Lut (Lot) لوط
1.8 Ismoil (Ishmael) اسماعيل
1.9 Is’hoq (Isaac) اسحاق
1.10 Yaʼqub (Jacob) يعقوب
1.11 Yusuf (Joseph) يوسف
1.12 Ayyub (Job) أيوب
1.13 Shuayb (Jethro) شعيب
1.14 Muso (Moses) موسى
1.15 Horun (Aaron) هارون
1.16 Zulkifl (possibly Ezekiel) ذو الكفل
1.17 Dovud (David) داود
1.18 Sulaymon (Solomon) سليمان
1.19 Ilyos (Elijah) إلياس
1.20 Alyasa (Elisha) اليسع
1.21 Yunus (Jonah) يونس
1.22 Zakariyo (Zacharias) زكريا
1.23 Yahyo (John the Baptist) يحيى
1.24 Iso (Jesus) عيسى
1.25 Muhammad محمد
Manbalar
Adabiyotlar
Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993
Hazrati paygʻambar hayoti, Toshkent, 1997-yil.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Islom
Din |
2,313 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Katowice | Katowice | Katowice (Talaffuzi: , Polshadagi Nemis) tilida Kattowitz shahar. Mamlakatning janubida joylashgan bu shahar tarixiy boʻlib, Kłodnica va Rawa daryolari boʻyida joylashagan. 1865 yilida shahar maqomini olgan. 1954 va 1956 yillar orasida Katowice Stalinogród - "Stalin shahri deb yuritilardi". Bu nom polsha communistlari tomonidan berilgandi. Shaharda 315,123 aholi yashaydi. Shahar xokimi Piotr Uszok. Koʻp yillar davomida nemislar tomonidan boshqarilgan boʻlib 1918 yilgacha Olmoniya ichida boʻlgan. Bu yerda Airport Muchowiec deb nomlanadigan havo bandargoxi bor. Eski binolari ko'mir qazish va metallurgiya markazi boʻlgan.
Rayonlaris
Katowice lik taniqli odamlar
Hans Bellmer, surrealist photographer
Henryk M. Broder, journalist
Maria Goeppert-Mayer
Kurt Goldstein, neurologist
Jerzy Kukuczka
Kazimierz Kutz
Franz Leopold Neumann
Hans Sachs
Ekizak Shaharlari
Cologne (Germany)
Groningen (Netherlands)
Miskolc (Hungary)
Mobile, Alabama (USA)
Odense (Denmark)
Ostrava (Czech Republic)
Saint-Etienne (France)
Tashqi web sahifalar
The Municipal Council of Katowice
The Commercial Website of Katowice
Katowice, Silesia
A webcam view of Katowice
Hotel in Katowice
Tram in Katowice
Polshadagi shaharlar |
2,325 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20tarixi | Oʻzbekiston tarixi | Oʻzbekiston tarixi ilk paleolit davridan boshlanadi.
Paleolit, mezolit va neolit davrlari
Fargona vodiysida Selungur gʻorining muhim topilmasi bu qadimgi odam „Gomo erektus“ (Fargʻonatrop)ning bosh kosaxonasi parchasi, Markaziy Osiyo qadimgi odamining suyak qoldiqlari xisoblanadi.
Oʻzbekistonda yuqori paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi.
Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq makoni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi.
Sarmishsoy — Oʻzbekiston hududidagi eng koʻp va beqiyos qoya tosh rasmlarini saqlab qolgan vodiydir. Bu erda 6-7 ming yil avval qoyatoshlarga bitilgan 10 mingdan ortiq petrogliflar topilgan. Tasvirlar oʻzida ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi davr voqea-hodisalarini qamrab olgan. Bular odamlarning ish jarayoni, turli marosimlar, ov manzaralari, qurol-aslahalar, oʻsha davrlarda foydalanilgan kiyim-kechak va taqinchoqlar, kiyik, qulon, jayron, sher, arslon, qoplon va itlarning xatti-harakatlari orqali mohirona aks ettirilgan.
Oʻrta Osiyoning janubiy hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan.
Oʻzbekistoning tosh davri tarixi bilan arxeolog olimlar shugʻullangan (P.Okladnikov, David Lev, T.Mirsoatov, M.Qosimov, Oʻtkir Islomov, A. P. Derevyanko, K. A. Kolobova, V. Ranov, Mavlon Juraqulov, K.Kraxmal, B.Sayfullaev, N.Xolmatov).
Eneolit va bronza davri
Baqtriya-Margʻiyona madaniyati miloddan avvalgi XXIII-XVIII asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy Turkmaniston, Afgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biridir. Bunday sivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976-yilda arxeolog V. I. Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margʻiyona madaniyati bizning davrimizda hind-yevropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi.
Markaziy Osiyoning bronza davri tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Viktor Sarianidi, Vadim Masson, Sergey Tolstov, Y.Zadneprovskiy, A.Isakov, M.Itina, Boris Litvinskiy, Ahmadali Asqarov, Аnatoliy Sagdullaev, Temur Shirinov).
Qadimgi Baqtriya
Baqtriya — Amudaryoni yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari hamda Afgʻonistonning shimoliy qismini oʻz ichiga olgan. Shimolda Sugʻd, janubda va janubi-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Margʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. Baqtriya miloddan avvalgi VI—IV asrlarda Ahamoniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi III asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi II asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan.
Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev, Shaul Shaked.
Qadimgi Xorazm
Xorazm Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimgi davlat va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).
Miloddan avvalgi VIII asrda janubdan kelgan xorazmiylar Amudaryoning quyi oqimidagi mahalliy aholi bilan aralashgan.
Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Ahamoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan .
S. Tolstovaning soʻzlariga koʻra, Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining oʻtmishini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitanni tarixi bilan bogʻliq.
Miloddan avalgi I ming yillik oʻrtalarida koʻchib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga oʻz nomlarini berganlar.
Mil. av. V asr oxiri esa, Xorazm alohida satraplik hisoblangan va miloddan avvalgi IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan. III asrda tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibida boʻlgan.
Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baqtriyadan janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, baqtriyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sugʻorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari — dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.
Mil. av. IV asrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Miloddan avalgi 328-yil bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaada boʻlgan. Keyinchalik (305-yildan) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi(beti)da tojdor hukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. I asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy VIII asrgacha zarb etilgan. Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qadimgi davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.
Beruniy viloyatida Akchaxon-Qalʻa yodgorligi oʻrganilib, u erda III asrning oxiridan boshlab saroy ochilgan. Rasmlarning kʻopchiligi miloddan avvalgi II-II asrning boshlarigan oiddir. Uning zallaridan birida balandligi olti metrga teng boʻlgan odamlar tasvirlangan noyob devor rasmlari topildi. Ulardan biri — boshida katta toj kiygan odamning tasviri. Koʻylakning yoqasi odamlar va hayvonlar manzaralari bilan bezatilgan. U koʻylak kiygan, uni xoʻroz boshlari maskali odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Shimlarda uzun oyoqli va uzun boʻyinli qushlar bilan takrorlanadigan naqsh mavjud.
Qadimgi Xorazm tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Yuriy Rapoport, Bella Vaynberg, Vadim Yagodin, Iso Jabborov, M.Mambetulaev, M.Kdrniyazov).
Makedoniyalik Iskandarning Oʻrta Osiyoga yurishi
Makedoniyalik Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan.
Soʻng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha taʼqib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi.
Miloddan avvalgi 328 yilda Iskandar oʻzining sarkardasi va doʻstlaridan biri Klitni Samarqandda tungi ziyofat vaqtida oʻldirgan.
Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327 yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladi.
Makedoniyalik Iskandar tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Anatoliy Sagdullaev).
Salavkiylar davlati
Salavkiylar davlati, mil.av. 312 — 64-yil Gʻarbiy Osiyoda ellinlik (yunon-makedon) davlatlarining bittasi. Poydevorini Selevk I Nikator qoʻygan. Poytaxti — Selevkiya, keyinchalik Antioxiya boʻldi. Selevkiylar sulolasini davlatining tarkibiga Suriya, Mesopatamiya, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron togʻli oʻlkasi, Markaziy Osiyoning bir qismi kirdi.
Selevkning merosxoʻri Antioxning onasi Soʻgʻd malikasi Apama edi. Selevk va Apama miloddan avvalgi 324 yilda Suzada turmush qurishgan. Baʼzi taxminlarga qaraganda Apama Spitamenning qizi boʻlgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi
Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 250 yil — mil. av. 140—135 yillar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avalgi 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan.
Yunon-Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev).
Kangyuy
Qangʻ davlati, qadimgi xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi. K.Shoniyozovning fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan.
K. Shoniyozovning yozishicha, kangyuylar koʻchmanchi turkiyzabon qabilalar bilan birlashib, Soʻgʻd va Oʻrta Sirdaryoning oʻtirgan aholisining dastlabki turkiyzabon qatlamini tashkil etgan.
Qadimgi Qangʻ tarixi bilan tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Karim Shoniyozov, Yuriy Buryakov, Iso Jabborov, M.Filanovich, G.Bogomolov).
Kushonlar davlati
Kushon podsholigi — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi kadimgi davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yoxud oʻrtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida bir asr davomida 5 qabilaga boʻlinib yashagan. Boʻlardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.
Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qadimgi Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi.
Kanishka I davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va boshqa dinlar ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi.
Kushon podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Lazar Albaum, Shokir Pidaev, Baxodir Turgʻunov, T.Annaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams).
Eftaliylar davlati
Eftaliylar (eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asr — VI asrlarda davlat barpo etgan qabila ittifoqi.
Kanadalik sinolog Edvin Pulliblank eftalitlarni, Eroniyzabon xalqlar taʼsirida boʻlgan turkiy qabilalar deb hisoblagan.
Eftaliylar xioniylar (350 yil) va kidariylardan (380 yil) keyin Oʻrta Osiyoga koʻchishning uchinchi toʻlqinini tashkil etganligi odatda qabul qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, buning oʻrniga milodiy 350-360 yillarda koʻchmanchilar koʻchib oʻtishning katta toʻlqini boʻlishi mumkin.
5 asrda Eftaliylar Soʻgʻdiyona hududini bosib oldilar. 479 yillarda eftaliylar Samarqand viloyatini egallab olishgan. 484 yildayoq taniqli efalit hukmdori Axshunvar sosoniylar podshosi Peroz I ni magʻlubiyatga uchratdi.
Turk xoqonligi
Turk xoqonligi Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan.
Oʻz davrida „Oʻn Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan. Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
Birinchi turkiy shoir, yozuvchi va tarixchi Yoʻllugʻ tegin (7-asr oxiri — 8-asr boshlari) boʻlib, u Kul-tegin, Bilga-xoqon va Qutlugʻ Eltaris-xoqonlar sharafiga bitiklar muallifi boʻlgan. Yozuvlarda turklarning madaniy darajasi, ularning adabiyoti, tarixiy bilimlari aks etgan. VII-VIII asrlarda manbalarda Oʻzbekiston hududidagi bir qator turkiyzabon qabilalar: turklar, kumidjiya, qarluqlar, xalajlar, argu, turkashlar nomlari qayd etilgan.
VII-VIII asrlarga oid turkiy ismlar va unvonlar Baqtriya hujjatlarida uchraydi: xoqon, tapaglig eltabir, tarxon, tudun, Kutlug Tapaglig Bilga savuk, Kera-tongi, Tongaspar, turkiy etnik ismlar: xalach, turk
VIII asr oʻrtalarida Buxoro vohasining turkiy hukmdorlari bir qator turkiy-Soʻgʻd tangalarini zarb qilganlar, ularga „Xoqon pullari“ yozuvi tushirilgan. Oʻrta Osiyo vohalari turklari oʻzlarining tanga pullarini chiqarganlar: turk, turkesh, tuxus turk-soʻgʻd tangalari.
Soʻgʻd hududida 8 asr boshidagi xujjatlar orasida turkiy tilda runik alifbosida yozilgan hujjat topilgan. Fargʻona vodiysi hududida qadimgi turkiy tilda 20 dan ortiq runik yozuvlar topilgan. Bu VII-VIII asrlarda mahalliy turkiy aholi oʻzlarining yozma anʼanalariga ega boʻlganligidan dalolat beradi.
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).
Soʻgʻd
Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud — Oʻrta Osiyodagi qadimgi tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor muqaddas miloddan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi „Avesto“da tilga olingan.
4-8-asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda kichik davlatlar konfederatsiyasi va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular 9-asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turkiston va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan.
Soʻgʻd tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Larisa Baratova, Sh. Kamoliddinov, Vladimir Livshits, Boris Marshak, Olga Smirnova, Valentina Raspopova, Lazar Albaum, Aleksandr Belenitskiy, T.Lebedeva, Galina Shishkina, Amriddin Berdimurodov, H.Oxunboboyev, Pavel Lurie).
Arablar tomonidan Movarounnaxrni fatx etilishi
Qutayba arablarning boxiliylar qabilasidan boʻlib, Arab xalifaligining dunyoni fath qilish qilish uchun yoʻllagan mujohidlar qatorida ishtirok etgan. 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlangan. U arablarning Oʻrta Osiyoga islomni yoyish maqsadida qilingan gʻazotlarining bosh tashkilotchisi boʻlib, ushbu harakatlarga boshchilik qilgan. Oʻzidan avvalgi noiblardan farqli oʻlaroq, Movaraunnahrni zabt etishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand, 713-yilda esa Shosh (Toshkent) egallangan. 714-yilda Qutayba qoʻshinlari Fargʻona vodiysini fath qilgan.
Somoniylar davlati
Somoniylar davlati (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi oʻrta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni boshqargan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bogʻliq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni oʻz ichiga olgan.
Somoniylar davlatining eng mashhur hukmdori Ismoil Somoniy boʻlgan. U butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy 907 yilgacha hukmronlik qildi.
Somoniylar davri tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Mixail Masson, Galina Pugachenkova,E.Bertels, Ubaydulla Karimov, Muzaffar Xayrullayev, Shamsiddin Kamoliddinov).
Qoraxoniylar davlati
Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qd.ning barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan.
Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.
Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.
Yusuf Xos Hojib (11 asr) Qoraxoniylar davrining mashhur turkiy shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi boʻlgan. 1069-70 yillarda yozib tugallangan „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatidagi turkiy adabiyot namunasidir.
Qoraxoniylar davlati va madaniyati tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Qoraxoniyalarning siyosiy tarixiga oid V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Fedorovlar yirik tadqiqotlat olib borishdi. Qoraxoniylar davri madaniyati va arxeologiyasiga oid Aleksandr Bernshtam, M.Masson, G.Pugachenkova, Oleg Bolshakov, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Karl Baypakov, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh. Kamoliddinov, Y.Karevlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan.
Oʻzbek etnonimi
Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.
XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi .
Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegizidlar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan
1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jaloliddin qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi.
Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan
Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi.
1360-yillarda, Dasht-i-Qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. 1360-yillarda „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dasht-i-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyk shoir Alisher Navoiy (1441—1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.
Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali,
Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.
Mazmuni: Shoh toj va xilʼatli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas.
Xorazmshoxlar davlati
Khorazmsholar davlati tarixi bilan ozarbayjonlik akademik olim Ziyo Buniyotov (1921-1997) shugʻullangan va katta monografiya nashr qilgan.
1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginiylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) „Xorazmshoh“ unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi.
1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan.
Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz 1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.
Moʻgʻullar istilosi
Moʻgʻullar istilosi Chingizxon boshchiligida moʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-asr oxiriga qadar davom etgan. 1219-1221-yillarda Oʻrta Osiyo xalqlari boʻysundirildi. Samarqand, Urganch, Termiz va boshqa shaharlar vayron qilindi. 1222-yilda xorazmshohlar davlati yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.
Amir Temur va Temuriylar davlati
1370-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.
Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Amir Temur davri tarixi bilan mashhur adabiyotchi, tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Aleksandr Yakubovskiy, Mixail Masson, Galina Pugachenkova, E.Bertels, L.Rempel, Muzaffar Xayrullayev, Utkir Alimov, Asom Oʻrinboyev, Sabohat Azimjonova, Turgʻun Fayziev, Ubaydulla Uvatov, Omonulla Boʻriev).
Oʻzbek xonliklari
Buxoro xonligi
1500-yilda Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi oʻrnatiladi. 1533-yilda davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgandan soʻng mamlakat Buxoro xonligi nomi bilan mashhur boʻladi.
Xonlik tasarrufiga dastlab Movarounnahr, Janubiy Turkiston, Fargʻona va qisqa muddat Xorazm hududlari kiradi (Xorazmda 1511-yilda Xorazm Shayboniylari hukmronligi oʻrnatiladi).
Shayboniy hukmdorlarning eng yirik namoyondalari Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II boʻlgan.
Shayboniy oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan.
Abdullaxon II tarixga oʻzidan ulkan iz qoldirishga erishdi: oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Uning davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan.
Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston (Boburiylar), Turkiya (Usmonlilar), Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan va hattoki, Eron Safaviylariga qarshi, Usmonlilar bilan harbiy ittifoq oʻrnatilgan.
1599-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi Shayboniylardan Ashtarxoniylar (Joniylar) qoʻliga oʻtadi. Ashtarxoniylarning eng yirik namoyondasi Imomqulixon boʻlgan.
Joniylar davrining mahshur oʻzbek shoirlari orasida Soʻfi Olloyor(1644-1724), Mashrab, Turdilarni tilga olish mumkin.
1756-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi toʻlaligicha Mangʻitlar sulolasining birinchi vakili boʻlgan va xon deb eʼlon qilingan Muhammad Rahimning qoʻliga oʻtadi. Muhammad Rahimxon oʻlimidan soʻng uning amakisi Doniyolbiy xon unvonini qaʼbul qilmaydi va soxta xonlarni taxtga koʻtarib davlatni ularning nomidan otaliq unvonida boshqaradi. Ushbu holat Shohmurodning amir deb eʼlon qilingani qadar davom etadi.
Buxoro xonligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Roza Mukminova, Mahkam Abduraimov, Boʻriboy Ahmedov, A.Semenov, P. P. Ivanov)
Buxoro amirligi
1785—1920-yillar oraligʻida davlat nomi Buxoro amirligi deb yuritilsada, yevropaliklar tomonidan, anʼanaviy ravishda, Buxoro xonligi deb ham atalishda davom etadi.
1785-yilda Shohmurod davlatni boshqarishda amir unvonini qaʼbul qiladi. U xalq orasida amiri maʼsum, yaʼni begunoh amir nomi bilan mashhur boʻladi. Amir Shohmuroddan keyin davlatni boshqargan taniqli amirlar: Haydar va Nasrullaxonlardir.
1863-yilda Buxoro va Samarqandga vengrialik sharqshunos Arminiy Vamberi tashrif buyrgan va oz xotiralarini nashr qilgan.
Amir Muzaffar hukmronligi davrida, aniqrogʻi 1868-yilda amirlikning shimolidagi hududlar, xususan Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari Rossiya imperyasi tomonidan egallab olinadi. 1873-yilda esa Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi ustidan oʻz protektoratini oʻrnatadi. U Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga urinadi.
Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan amirlar Abdulahadxon va Olimxonlar davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Mangʻitlar sulolasiga barham topadi va Buxoro amirligi tugatiladi.
Buxoro amirligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Vasiliy Vyatkin, Mahkam Abduraimov,L.Rempel, P. P. Ivanov, A.Semenov, Naim Norqulov, Xalim Turaev)
Xiva xonligi
1511-yildan boshlab Xorazmda Arabshoxiylar (Xorazm Shayboniylari) hukmronligi oʻrnatiladi. Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Ushbu sulolaning eng yirik vakili Abulgʻoziy Bahodirxon boʻlgan. Uning davrida markaziy hokimiyat mustahkamlandi va Xivaga mutlaq poytaxt maqomi berildi. Shundan keyin mamlakat yozma manbalarda Xiva xonligi nomi bilan zikr etiladi, ammo rasmiy hujjat va zarb qilingan tangalarda Xorazm nomi yoziladi.
1740-yilda Eron shoxi Nodirshox Xorazmga bostitrib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1763-yildan boshlab Xorazm boshqaruvi oʻzbek Qoʻngʻirotlar sulolasi qoʻliga oʻtadi. Sulolaning ilk vakillari Muhammad Aminbiy va Avaz soxta xonlarni taxtga koʻtarib, ular nomidan davlatni inoq unvonida boshqarishadi. Faqatgina Eltuzar hukmronligi davridan boshlab sulola vakillari xon unvonini qabul qilishni boshlashadi. Qoʻgʻirotlarning alohida vakillari xorazmshox unvonini ham qaʼbul qilishgan.
Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. Muhammad Rahimxon II xonlikning soʻnggi mustaqil hukmdori hisoblanadi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniny jihatdan oʻsishi koʻzga tashlansada, aynan shu davrda, yaʼni 1873-yilda xonlik hududining bir qismidan ayrildi va Rossiya imperiyasi protektoratiga aylandi.
Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan xonlar Muhammad Rahimxon II va Asfandiyorxon davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda oʻzbek Qoʻngirotlar sulolasi barham topadi va Xiva xonligi tugatiladi.
Qoʻqon xonligi
Xonlikka 1709-yil oʻzbeklarning ming urugʻiga mansub Shohruxbiy tomonidan asos solingan deb hisoblanadi. U rivoyatlarga koʻra kelib chiqishi Bobur avlodi Oltin beshikka borib taqaladi.
Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi.
Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, „Qoʻqon shahri“ atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga „asos solganlar“ unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas).
Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi.
Quqon xonligini eng mashhur oʻzbek shoirasi Nodira (1792 — 1842) boʻlgan. „Komila“ va „Maknuna“ taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — oʻzbeklarning ming qabilasidan boʻlgan.
1842-yil Buxoro amirligi hukmdori Nasrullaxon Qoʻqon xonligini qoʻlga kiritdi. Shu yillarda Madalixonning jiyani Sheralixon isyon koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi. 1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil) taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon oʻtiradi.
1855-yildan boshlab mahalliy hokimlarning oʻzboshimchaligi va zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar. Oqibatda xonlikning Rossiya harbiylari bilan bir necha marta qurolli toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi.
1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-1876-yillarda Xudoyorxonning ichki siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi. Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya imperiyasining generallari Kaufman va Skobelev ham harbiy kuch tashlab, qonuniy xonni himoya qilish bahonasida Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib, qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi. Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya Turkistonining Fargʻona viloyati tasarrufiga oʻtadi.
Quqon xonligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (V.Velyaminov-Zernov, V.Nalivkin, Vasiliy Bartold, Rashid Nabiyev, P. P. Ivanov, A.Semenov, Shodmon Vohidov, T.Beysembiev, B.Bobojonov, Scott Levi).
Sovet hukumati
Turkiston ASSR
1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi Petrogradda Oktabr inqilobi nomi bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva shahri boʻlgan Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ Respublikasi (RSFSR) tuzildi. Turkiston General Gubernatorligi oʻrnida RSFSR tarkibidagi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya imperiyasi protektoratlari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha mustaqil boʻlib qoldilar.
1920-yil 26-avgustda Turkiston muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv qismlarida RSFSR qaramogʻidagi Qirgʻiziston ASSR (Qirgʻiziston Muxtoriyati) tashkil qilindi.
Buxoro va Xorazm XSR
1923-yil SSJI tarkibiga Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari qoʻshildilar (SSR sifatida).
1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik respublikalarga aylantirildi, lekin bir oy oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi munosabati bilan chegaraviy boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini oldilar.
Oʻzbekiston SSSR tarkibida
1923-yildan 1929-yilgacha guberniyalar oʻrnida oʻlkalar va viloyatlar (SSJI davrida yozilgan barcha oʻzbek tilidagi rasmiy hujjatlarda „viloyat“ soʻzi „oblast“ tarzida, „tuman“ soʻzi „rayon“ tarzida uchraydi), volostlar va uyezdlar oʻrniga tumanlar tashkil qilindi. Boshqaruv ishini yengillashtirish maqsadida viloyatlar muntazam ravishda boʻlinib borildi. Oʻrta Osiyodagi respublikalar ham milliy yoki diniy qarashlardan kelib chiqib boʻlindi.
1924-yil 14-oktabrda Buxoro SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi va Qirg'iziston ASSR tarkibidan Qora-Qirg'iz avtonom oblasti ajratildi.
1924-yil 27-oktabrda rasman Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzildi. Oʻzbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR (Tojikiston ASSR bilan birga) va boʻlib yuborilgan Xorazm SSRning uchdan bir qism hududi qoʻshildi, qolgan qismlardan biriga Qirgʻiziston ASSR tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston AO tuzildi, qolgan uchinchi qism hududda Turkmaniston SSR tashkil etildi.
Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika maqomida SSJI tarkibiga qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent shahriga koʻchirildi.
1926-yil 1 fevralda Qirgʻiziston ASSR Qozogʻiston ASSRga oʻzgartirildi va Qora-Qirgʻiz AO uning tarkibidan ajratib olinib, oʻrniga Qirgʻiziston ASSR tuzildi.
1929-yil 16 oktabrda Oʻzbekiston SSR tarkibidan Tojikiston ASSR ajratib olindi va oʻrniga Tojikiston SSR tuzildi. Tojikiston SSR 1929-yilning 5 dekabrida SSJI tarkibiga qoʻshildi.
1936-yilning 5 dekabrida Qirgʻiziston ASSR va Qozogʻiston ASSR rasman RSFSR tarkibidan ajratilib, Sovet Sotsialistik Jumhuriyatlar Ittifoqiga SSR sifatida qoʻshildi, Qoraqalpogʻiston AO esa, Avtonom SSR sifatida Oʻzbekiston SSR tarkibiga kirdi.
SSSR tarkibida Oʻzbekiston hukumati boshliqlari
Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha rasman respublika boshligʻi Fayzulla Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937).
1925-yil 17 fevraldan Yo'ldosh Oxunboboyev (01 (13).07.1885 — 28.02.1943) Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroqoʻmi Raisi (1938-yil 21 iyuldan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi) etib tayinlandi va umrining oxirigacha mazkur lavozimda qoldi
1938-yilning 19-dan to 21-may sanasigacha Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi lavozimida vaqtinchalik Usmon Yusupovich Yusupov (01.03.1900 — 07.05.1966) boʻldi.
1943-yil 22 martdan 1947-yil 14-martgacha Prezidium Raisi Abduvali Mo'minov boʻldi.
1947-yil 17 martdan 1950-yil 21-avgustga qadar OʻzSSR Prezidiumi Raisi lavozimida Amin Ermatovich Niyozov (1903-1973) ish yuritdi.
Oʻzbekiston Sharof Rashidov davrida
1950-yil 21-avgustdan OʻzSSR Raisligiga Sharof Rashidovich Rashidov (24.10 (06.11).1917 — 31.10.1983) tayinlandi va umrining oxirigacha oʻz lavozimida qoldi.
Sharof Rashidov tomonidan mamlakat rahbarligi davrida Oʻzbekistonning yutuqlari: 1977-yilda Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi metro qurildi. 1967-yilda Markaziy Osiyoda eng yirik oltin koni topildi. Markaziy Osiyoda birinchi marta Samarqandda Arxeologiya institutiga asos solindi. Tarixda birinchi marta Mirzo Ulugʻbekka yodgorlik oʻrnatildi. Samarqandning tashkil topishi tarixi muzeyi tashkil etildi. 4 jildli Oʻzbekiston tarixi yozildi va nashr etildi. Sh. Rashidov vafotidan soʻng, Oʻzbekistonning koʻp jildli tarixi nashr etilmagan. Birinchi marta Alisher Navoiy haqida oʻn qismli videofilm suratga olindi. Mirzo Ulugʻbek haqida birinchi marta ikkita film suratga olindi. Abu Rayxon Biruniy, Ibn Sino, Hamza haqida filmlar suratga olingan. Markaziy Osiyoda birinchi marta 14 jildli milliy entsiklopediya nashr etildi.
Ozbekiston 1983-1991-yillarda
Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki, rasman respublika boshliqlari 1959-yildan to 1970-yilgacha Yodgor Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920), 1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich Matchonov (01.01.1923), 1978-83-yillarda Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (21.05.1930) boʻlishgan.
Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan, Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib borilgan „tozalash ishlari“ natijasida mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez almashtirib turildi.
21.12.1983 — 09.12.1986 Oqil Umrzoqovich Salimov (1928)
09.12.1986 — 09.04.1988 Rafiq Nishonovich Nishonov (15.01.1926)
09.04.1988 — 06.03.1989 Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev (14.10.1936)
06.03.1989 — 24.03.1990 Mirzaolim Ibragimovich Ibragimov (1928)
1990-yil 24 martda Oʻzbekiston SSR prezidenti lavozimiga tantanali ravishda Islom Abdugʻaniyevich Karimov keldi va oʻzbek xalqini yangi gʻoya — mustaqillik sari intilishga undadi.
Mustaqil Oʻzbekiston
1991-yil SSSR boʻlinib ketishi oqibatida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi vujudga keldi. Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. Turli islomiy radikallar jumhuriyat tepasiga chiqishga urinib koʻrishdi, ammo barcha harakatlari besamar ketdi, 1999-yil ushbu radikallar terroristik harakatlarni boshlashdi. Respublika rahbarining oqilona harakatlari natijasida koʻplab teraktlarning oldi olindi.
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti davrida mamlakat oʻz bayrogʻiga (1991), tamgʻasi (1992), konstitutsiyasiga (1992) ega boʻldi. Sovet tuzumi oʻrniga hokimlar va mahalla instituti bilan yangi maʼmuriy tizim yaratildi.
1996-yilda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 2007-2011-yillarda „Temuriylar davri yozma yodgorliklarini Oʻzbekistonda va undan tashqarida oʻrganish“ fundamental tadqiqot loyihasi amalga oshirildi, uning doirasida Amir Temur va temuriylar davri qoʻlyozmalariga oid boshqa mamlakatlarda saqlangan materiallar va maʼlumotlar toʻplandi.
Qatagʻon qurbonlarini xotirlash muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1 mayda qabul qilingan „Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida“gi farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8 noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. „Qatagʻon qurbonlari xotirasi“ muzeyining ahamiyatini inobatga olgan holda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5 maydagi farmoni bilan muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Muzey 20-asrning 20-yillari boshidan 1930-yillarning oxirigacha qatagʻon qilinganlarning qatl etilishi sodir boʻlgan joyda joylashgan.
2020-yil 9 mayda Toshkentda Gʻalaba bogʻi ochilgan. Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini nishonlash uchun bogʻ tashkil etish tashabbusi Prezident Sh. M.Mirziyoevga tegishli. Olmazor viloyatida joylashgan bogʻ 12 gektardan ziyod maydonni qamrab olgan. U ikkita tematik qismdan iborat — birinchisi, oʻzbeklarning janglarda qatnashishini, ikkinchisi — respublikaning front orqasidagi hayotini aks ettiradi. Zulfiya Zokirovaning, uning qahramon oʻgʻillari sharafiga „Mardlik sari“ yodgorligi yaratildi. Ushbu mavzuda „Ilhak“ badiiy filmi suratga olingan.
Manbalar
Oʻzbekiston
Tarix |
2,340 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yahoo%21 | Yahoo! | Yahoo! — Bir qator xizmatlar taklif etuvchi Amerika kompaniyasi, Yahoo! Directory internet-portal bilan biriktirilgan; Ushbu portal mashhur xizmat Yahoo! Mail Internetdagi mashhur elektron hatni oʻz ichiga oladi. Yaqinda hat interfeysining yangi versiyasi ishga tushirildi, u AJAX ga asoslangan.
Yahoo! kompaniyasi 1994-yil yanvar oyida Stanford universiteti aspirantlari David Filo va Jerry Yang tomonidan asos solingan, 2-mart 1995-yil da korporatsiyaga aylandi. Kompaniya bosh ofisi Sunnyvale shahri, shtat Kaliforniya, AQShda joylashgan.
Alexa Internet va Netcraft statistik maʼlumotlariga koʻra bugungi kunda Yahoo! Internetda kirishlar boʻyicha birinchi veb-sayt hisoblanadi. Yahoo! global veb-saytlar tizimi kuniga 3,4 mlrd. ver-sahifa talablarni qayta ishlaydi (2005-yil oktabr oyi maʼlumotlariga koʻra).
Yana qarang
Yahoo! Messenger
Manbalar
Havolalar
Yahoo.com
Blog Yahoo
Yahoo rustilida |
2,342 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Xizmat%20Daraja%20Shartnomasi | Xizmat Daraja Shartnomasi | Xizmat Darajasi Shartnomasi XDSh (inglizcha Service Level Agreement(SLA)) 2 tomon xizmat ko'rsatuvchi va xizmatdan foydalanuvchi o'rtasidagi yozma shartnoma. XDSh tomonlar o'rtasidahi xizmat darajasinni belgilaydi. Bu hujjat formal va murakkab xarakterga ega. Xizmat turiga ko'ra turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin. XDSh odatda IT sohasida qo'llaniladi, ayniqsa Internet service sohalarida.
Odatda XDSh xizmat darajasi belgilangan darajadan tushib ketganda, jazolar va choralar belgilaydi. Shartnomaga kirishdan oldin xizmat sifati talabga javob berishi kerak. Sifat boshqaruvi (quality management) servis sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. XDSh sifatni ta'minlab, xaridorni kafolatlaydi.
XDShdagi dasturiy ta'minotlar
XDSh Boshqaruvini yaxshilashda qo'llaniladigan dasturlar to'plami:
DigitalFuel
Gomez, Inc.
IBM Tivoli
Managed Objects
Microbit
Oblicore
Remedy
XDSh quyidaglarni o'z ichiga oladi
Maqsad
Shartnoma hamkori
Umumiy
O'zgarish tarixi
Xizmat tarkibi
Xizmat ko'rsatuvchining javobgarliklari
Xaridorning javobgarliklari
Xizmat tayyorligi
Standartlar
Ish-planlash / -Kutish
Service-Level-Sonlari
Monitoring va axborot
Boshqa tushunchalar
Tashqi shartnomalar
Kengayuvchi menejment
Narx boshqaruvi
Shartnoma vaqti
Imzo
XDSh uchun ba'zi Misollar
Odatda XDSh dan Outsourcing-shartnomalarida keng qo'llaniladi. Quyida bunda bir nechta misol:
E-Mail
Enterprise-Resource-Planning (ERP)
E-tijorat (E-commerce)
To'lovlar tizimi
E-Payroll (oylikni elektron hisoblash)
Moliyaviy ma'lumotlar xizmati Financial Information Services
Telekommunikatsiya
Manbalar
Havolalar
The Service Level Agreement An outline of the usual core elements of an SLA
Basic information about SLAs
Informatika
Boshqaruv |
2,344 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Email | Email | Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtlargacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi.E-meil hamma joyda kerak bo'ladi. Xattoki "Google, You tube, Instagram, Facebook,Twitter"larga ham emeil bilan kiramiz.E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.
Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91-yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.
Elektron pochta ( yoki email, electronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.
Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.
Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.
Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz):
Xat yaratilishi;
Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchining SMTP-serveri bilan bogʻlanishi;
SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish;
SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi toʻgʻri ekanligini tekshirish;
Yuborilayotgan xatni navbatga qoʻyish;
Pochta serverlari haqida DNS-soʻrov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun;
Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, urunishlar qaytarilsdi;
Muvaffaqiyat li urunishda xatni uzatish, agarda muvaffaqiyatsiz boʻlsa xatni boshqatdan uzatib koʻrishga navbatga qoʻyish;
Qabul qiluvchining domeni bilan SMTP-server orqali qabul qilishi;
Xatni spamga oʻhshashligini rekshirish;
POP3, IMAP yoki boshqa protokollar bilan ishlovchi xatrarni saqlovchi modulga uzatish;
Qabul qilib oluvchi POP3 yoki IMAPserver bilan bogʻlanib, autentifikatsiyadan oʻtib qabul qilish.
Elektron pochtani uzatish protokollari
IMAP
POP3
SMTP
UUCP
E-mail bilan ishlash uchun programmalar
Eudora Mail
Evolution
KMail
Mozilla Mail
Mozilla Thunderbird
Netscape Mail
Novell GroupWise
Opera Mail
Outlook
Outlook Express
TheBat!
Yana qarang
Hula
CommuniGate Pro
Spam
WebMail
Mail.Ru
MAPI
MIME
PSKmail
Samsung Contact
vCard
Gmail
Havolalar
Rossiya FederatsiyasiC 822 — Standard for ARPA Internet Text Messages
Rossiya FederatsiyasiC 2142 — Mailbox Names for Common Services, Roles and Functions
Rossiya FederatsiyasiC 2368 — The mailto URL scheme
Rossiya FederatsiyasiC 2822 — Internet Message Format
Elektron pochta haqida hamma narsa.
* |
2,347 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Walmart | Walmart | Wal-Mart Stores, Inc. – Amerika kompaniyasi, dunyodagi eng yirik chakana savdo bilan shugʻullanuvchi kompaniyalardan biri. Bosh ofisi – Bentonvilla, Arkanzas shtatida joylashgan.
Kompaniya 1962-yil Rodjers shahri(shtat Arkanzas) da Sem Volton tomonidan asos solingan.
Boshqaruv:
Wal-Mart ning 40% yaqin aksiyalari kompaniya asoschisi Sem Voltonning merosxoʻrlariga tegishli.
Direktorlar kengashi raisi – S. Robson Walton. Bosh boshqaruvchi – H. Lee Scott.
Asosiy faoliyat turi:
Wal-Mart – chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, uning tarkibiga 14 ta davlatda 6782 ta magazinlar kiradi. (2007-yil fevral oyi maʼlumotlariga koʻra). Bular qatoriga oziq-ovqat va xojalik mollari sotuvchi gipermarketlar va universamlar ham kiradi. Wal-Mart strategiyasi-maksimal mahsulotlar asortimenti va minimal narxlar(optom narxlariga yaqinlashtirish) hisoblanadi. AQSH chakana savdo bozorida Wal-Martning asosiy raqobatchilari bu – Kmart va Target hisoblanadi. Wal-Mart savdoda RFID-belgilari tehnologiyasini ishlatish boʻyicha lider hisoblanadi. 2004-yil natijalariga binoan eng yirik kompaniyalar ichida Wal-Mart daromad hajmi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. 2006-yilda kompaniya umumiy ishchilari soni – 1,6 mln kishini tashkil etdi. Kompaniya oboroti 2005-yilda $312,4 mlrd ni tashkil etdi va sof foydasi - $11,2 mlrdni tashkil etdi.
Manbalar
Havolalar
Official E-Commerce Website
Official Corporate Website
Official Public Relations Website
AQSh shirkatlari |
2,348 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sam%20Walton | Sam Walton | Samuel Moore Walton (29-mart, 1918 – 5-aprel, 1992) Amerika chakana savdosi, Wal-Mart and Samʼs Club doʻkonlari asoschisi.
Qarang
Walton oilasi
Manbalar
Havolalar
A Sam Walton biography by University of St. Francis college student Kelly Fitzgerald
"Retail Success Story" article
"Sam Walton: Made in America". Excerpts, Insights article
Time 100 Builders & Titans: Sam Walton 7-Dec. 1998-yil
Business Week Sam Walton: The King of the Discounters 9-avgust 2004-yil
Sam Walton School of Business at University of Arkansas
Suratlar
Sam Walton - Made in America
Milliarderlar
AQSh milliarderlari |
2,403 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20bayroqlari | Oʻzbekiston bayroqlari |
Buxoro
Xiva
Turkiston muxtoriyati
Turkiston ASSR
Oʻzbekiston SSSR |
2,408 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Xo%CA%BBjand | Xoʻjand | Xoʻjand (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 167,4 ming kishidan koʻproq (2013), asosan, tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi.
Aholisi
Tojikistonning ikkinchi eng katta shahri boʻlib hisoblanadi (Dyushanbedan keyin). Shahar aglomeratsiyasi 573 400 tashkil qiladi. Aholisi 1989-yil 160,000 kishini tashkil qilgan lekin 2000-yilga kelib aholi soni 149,000 kishi boʻlib qoldi.
Tarixi
Xoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329-yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Xoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Xoʻjand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda Arab xalifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar, soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Hoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929-yil dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan.
Shahar faxrlari
Oʻtmishda Hoʻjandda kustar ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida Oʻrta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va Oʻrta dengiz[ havzasidagi mamlakatlar bilan bogʻlab turishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shahardan oʻnlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Hoʻjandiy (10-asr), shoirlardan Mahasti Hoʻjandiy (12-asr), Kamol Hoʻjandiy (14-asr), Muhammadaminxoʻja Koshif (1825 — 87), Abdullo Fayoz (1847—1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842—1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920—96) va boshqalar yetishib chiqqan.
Iqtisodi
Xoʻjand — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kombinati, poyabzal, mebel fabrikalari, konserva va goʻsht, sut kombinatlari, yogʻmoy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtotaʼmirlash va boshqa zavodlar, qurilish materiallari, shisha ishlab chiqarish, matbaa korxonalari, mebelsozlik fabrikalari, „Panjshanbe“ bozori faoliyat koʻrsatadi.
Ijtimoiy soha
20 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, 5 oliy oʻquv yurti, Tojikiston Fanlar Akademiyasining, Respublika yozuvchilar uyushmasining boʻlimlari, 10 dan ziyod oʻrta maxsus bilim yurti, kasb-hunar bilim yurtlari, madaniyat saroyi, musiqali drama va xalq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshxoʻja Asiriy nomidagi viloyat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻi, mexmonxonalar mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Shayx Muslihiddin maqbarasi (14-asr), shahar qalʼasi (Oʻrda qoldiqlari, 7—8-asrlar) saqlangan.
Manbalar
Havolalar
Xoʻjand shahrining rasmiy sayti
http://www.virtualtourist.com/travel/Asia/Tajikistan/Viloyati_Leninobod/Khujand-1431593/TravelGuide-Khujand.html
Tojikiston shaharlari
Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari |
2,460 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20yetakchilari%20ro%CA%BByxati | Oʻzbekiston yetakchilari roʻyxati | Bu jadval O‘zbekiston tarixidagi yetakchilarni aks ettirgan
Movarounnahr
Oʻzbek Xonliklari
Davlatlarning feodal tuzilishiga koʻra bugungi Oʻzbekiston hukmdorlari xon, amir, xoqon yoki beklar deb nomlangan.
Rossiya Imperiyasi tarkibida
Turkiston General-Gubernatorligi
Turkiston Oʻlkasi
Sovet Boʻlinish
Turkiston Oʻlkasi
Turkiston Sovet Federativ Respublikasi
Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Sovet Ittifoqi tarkibida va mustaqillikdan keyin
Davlat boshliqlari
Hukumat boshliqlari
Oʻzbekiston Kommunistik Partiya rahbarlari
Mustaqillik
Oʻzbekiston tarixi
Oʻzbekiston siyosati |
2,475 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharof%20Rashidov | Sharof Rashidov | Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 — 31-oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax ped. texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz.da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937-41,1943). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-yil noyabr — 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944-47), „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta muharriri (1947- 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949-50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961-83). 2 marta Mehnat Qahramoni (1974, 1977).
Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari — „Chegarachi“ dostoni 1937-yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan „Qaxrim“ sheʼrlar toʻplami 1945-yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri — qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Gʻoliblar“ qissasini (1953) yozdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan „Boʻrondan kuchli“ (1958) va „Qudratli toʻlqin“ (1964), „Gʻoliblar“ (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan „Kashmir qoʻshigʻi“ lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.
Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. „Chigʻatoy“ qabristoniga dafn etilgan.
Rashidov siyosatga qadar
Sharof Rashidov Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.
Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937-41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yoʻli“ gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.
1941-42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943-44-yillarda „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir. 1944-47-yillarda Oʻzbekiston KP(b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947-49-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ respublika gazetasida maʼsul muharrir.
Rashidov siyosiy arbob sifatida
1949-50-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950-59-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati; 1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK aʼzosi; 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, 1966-yil aprelidan KPSS MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati; 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi.
Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.
Rashidov yozuvchi sifatida
1945-yili Sharof Rashidovning — „Mening nafratim“ nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. „Gʻoliblar“ povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu „Boʻrondan kuchli“ romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan „Buyuk toʻlqin“ romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. „Kashmir qoʻshigʻi“ romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat „Tarix kelishuvi“ nomli toʻplami, 1967-yili „Doʻstlik ramzi“ nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan.
Paxta ishi
Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi.
Rashidov haqida zamondoshlari
V.Boldin (M. Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) — Rashidov haqida. "Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi“. Gorbachyov esa: „Baribir koʻproq topshiringlar“. (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.)..
Oilasi
Qizi Sayyora Rashidova — Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori, kimyo fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. 1993 — yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan Fan arbobi“ faxriy unvoni; 1997—yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni; 1999-yilda "Doʻstlik ordeni, „2003-yilda “El-yurt hurmati " ordeni sovrindori. 1995-2015-yillarda Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili lavozimida ishlagan. 100dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.
Qizi Rashidova Gulnora Sharafovna — tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi Abdulaziz Komilov — diplomat, Oʻzbekistonning 1994-2003 va 2012-2022-yillardagi tashqi ishlar vaziri.
Qizi Rashidova Svetlana Sharafovna (1952-2021), tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi Alisher Vohidov — diplomat, 1994-2007-yillarda Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili boʻlgan.
Oʻgʻli Rashidov Ilhom Sharafovich.
Xotirasi
Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni yonidagi koʻchaga Rashidov koʻchasi nomi berildi
2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga „Sharof Rashidov tumani“ nomi berildi
2017-yil 27-mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash haqida“gi qarori qabul qilindi. Shu yilning 6-oktyabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochildi.
Manbalar
Havolalar
Sharof Rashidovga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Oʻzbekiston siyosatchilari
Oʻzbekiston yetakchilari
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari
Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari |
2,484 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sobir%20Kamolov | Sobir Kamolov | Sobir Kamolovich Kamolov (1910-yil 19-aprel (2-may) Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi — 1990-yil 6-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi (1957—1959 yillar) MK birinchi kotibi.
Taʼlim
1936-yilda Toshkent marksizm-leninizm institutini, 1949-yilda Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi MK qoshidagi Oliy partiya maktabini tugatgan.
Tarjimai hol
Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq. 1925-yildan 1929-yilgacha Toshkentda qurilish ishchisi (boʻyoqchi, suvoqchi) va kundalik ish bilan shugʻullangan. 1926-yilda komsomol safiga o‘tdi.
1929—1930-yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Oktabr okrug qoʻmitasi (Toshkent) partiya kabineti targʻibotchisi.
1930—1936-yillarda komsomol ishida: 1930-yilda Oʻzbekiston komsomolining Novobuxara tuman komiteti kotibi, 1931-1933-yillarda Oʻrta Osiyo komsomol qoʻmitasining ommaviy-xoʻjalik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, 1933-yildan 1936 yilgacha Qoraqalpogʻiston komsomol komitetining 1-kotibi.
1937-yildan — partiya va sovet ishlariga rahbarlik qilgan.
1936-yilda Toshkent marksizm-leninizm institutini tamomlagach, Farg‘ona viloyati KP (b) Toshloq tuman qo‘mitasining 1-kotibi etib saylandi.
1937—1938-yillarda Fargʻona viloyati KP (b) Margʻilon raykomining 1-kotibi.
1938-yilda Oʻzbekiston KP (b) Fargʻona viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri.
1938—1939-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Fargʻona viloyat qoʻmitasining 2-kotibi.
1939—1940-yillarda Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari.
1940—1941-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining oʻrinbosari.
1941-yil apreldan 1946-yil oktabrgacha Oʻzbekiston KP (b) Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.
1946—1949-yillarda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy taʼlim maktabi talabasi.
1949-yil sentabr—1950-yil aprel Oʻzbekiston KP (b) Fargʻona viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.
1950—1955-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi.
1955-yil 22-dekabrdan 1957-yil 30-dekabrgacha Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisi.
1957-yil 28-dekabrda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari VI plenumda Muxitdinov Muhiddinov oʻrniga Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi etib saylandi. Nuriddin Muhiddinov KPSS Markaziy Komiteti kotibi etib saylanganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Sobir Kamolov respublikada kadrlarni keng miqyosda mahalliylashtirishni boshlagan. Mahalliy aholi buni milliy „uygʻonishdan oldingi“ davrining boshlanishi sifatida qabul qilgan. Uning oʻziga xos belgisi musulmon marosimlarini (sunnat qilish, nikoh va ota-bobolarining urf-odatlari boʻyicha oʻliklarni dafn etish) bajarishga urinishlar edi. Uning davrida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limi mudiri o‘zbek yozuvining kirill negizini arab alifbosiga almashtirish masalasini yuqori partiya instansiyalariga kiritgan. Bunday „mahalliychilik“ hech qanday qoʻllab-quvvatlanmadi va Moskva vakili boʻlgan M. A. Suslova tomonidan qoralandi.
1959-yil 15-mart kuni Sobir Kamolov „siyosiy jihatdan ishonchsiz unsurlar sababli xodimlarni toʻsib qoʻygani“ va „millatchilik koʻrinishlariga murosa va homiylik koʻrsatgani munosabati“ bilan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan.
1959-yil martidan 1962-yil aprelgacha Farg‘ona viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi.
1962—1965-yillarda Oʻzbekiston SSR non mahsulotlari bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1965—1970-yillarda Oʻzbekiston SSR non mahsulotlari vazirining 1-oʻrinbosari.
1970—1980-yillarda Oʻzbekiston SSR taʼminot vaziri oʻrinbosari.
1980-yil may oyidan boshlab u federal ahamiyatga ega shaxsiy nafaqaxoʻr. Toshkentda dafn etilgan.
1946—1962-yillarda SSSR Oliy Kengashining 2-5-chaqiriq deputati. 1956—1961-yillarda KPSS Markaziy Komiteti aʼzosi.
Manbalar
Adabiyotlar
BSE. 2-e izd. T. 51. M., 1958.
Gosudarstvennaya vlast SSSR. Visshie organi vlasti i upravleniya i ix rukovoditeli. 1923—1991 gg. Istoriko-biograficheskiy spravochnik /Sost. V. I. Ivkin. M., 1999.
Vdovin A. I. Russkie v XX veke. M., 2004.
Gazeta
Oʻzbekiston yetakchilari
Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
Qizil Yulduz ordeni sohiblari
Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
Lenin ordeni sohiblari
Toshkentda vafot etganlar
1990-yilda vafot etganlar
6-iyunda vafot etganlar
Toshkentda tugʻilganlar
1910-yilda tugʻilganlar
2-mayda tugʻilganlar |
2,560 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Samarqand%20davlat%20universiteti | Samarqand davlat universiteti | Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (Samarqand universiteti, qisqacha: SamDU) — Samarqanddagi oliy oʻquv yurti boʻlib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.
Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927-yil 22-yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamatematika, tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan Institutda taʼlim 4 yillik boʻlgan. Institut qoshida 1929-yil noyabrda ishchilar fakulteti, 1930-yil yanvarda ishchilar universiteti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish instituti tashkil etildi. 1930-yil 22-yanvarda Oliy pedagogika instituti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi.
1933-yil 20-yanvarda Oʻzbekiston davlat ped. akademiyasi Oʻzbekiston davlat universiteti (Oʻzbekiston Davlat Universiteti)ga aylantirildi. Maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda universitet qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika instituti muhim rol oʻynadi. Keyinchalik bu institut negizida Samarqand pedagogika instituti (1992-yil Samarqand Davlat Universiteti bilan birlashtirildi), 1935-yil tibbiyot fakulteti negizida Samarqand tibbiyot instituti tashkil etildi. Shuningdek, universitet negizida SamarqanddaQ.x., Tijorat, Chet tillar institutlari ham tashkil topdi. 1941 i. universitetga Alisher Navoiy nomi berildi. Ikkinchi jahon urushi davrida (1941-yil noyabrdan 1944-yil oktabrgacha) Toshkentda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1960-yildan Oʻzbekiston Davlat Universiteti Samarqand davlat universiteti (Samarqand Davlat Universiteti) deb atala boshladi.
Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol.si, rus filol.si, tojik filol.si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va instituternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. universitetda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930-yil tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud.
Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (mat., mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped.psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va boshqalar) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, pedagog, psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini oʻqitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat.si, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va boshqalar) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv-yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan doktori va professor, 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. 1930-yildan „Ilmiy asarlar“ toʻplami (1998-yildan „Samarqand Davlat Universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi“), 1957-yildan „Samarqand universiteti“ gaz. nashr etiladi.
Fakultetlar
Matematikamatika
Fizika
Biologiya
Geografiya va ekologiya
Tarix
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar
Kimyo
Raqamli texnologiyalar
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi
Yuridik
Filologiya
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim
Sport faoliyati va san'at
Inson resurslarini boshqarish
Xalqaro ta'lim dasturlari
Kafedralar
Bakalavr yoʻnalishlari
Magistratura yoʻnalishlari
Mashhur bitiruvchilar
Barot Boyqobilov
Oydin
Amin Umariy
Otaxo'jayev Akbar Qosimovich
Mirkarim Osim
Abdullayev Vohid Abdullayevich
Zokirov Qodir Zokirovich
Yahyo Gʻulomov
Hamid Olimjon
Asqad Muxtor
Orifov Ubay Orifovich
Umarov Saidkomil Hamroyevich
Bahodir Matlyubov
Omon Matjon
Dushan Fayziy
Ibrohim Moʻminov
Tolib Moʻminov
Mirtemir Tursunov
Narzullayev Normurod
Sharof Rashidov
Shirinqulov Toshpoʻlat
Abdulla Sagitov
Miyonbuzruk Solihov
Vladimir Naumovich Vapnik
Manbalar
Havolalar
Universitet sahifasi
Oʻzbekistondagi universitetlar |
2,573 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Kommunistik%20partiyasi | Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi | Oʻzbekiston Sovet Sotsialistlik Respublikasi Kommunistik Partiyasi (OʻzSSR KP, Oʻzbekiston Kompartiyasi) – kommunistik partiya, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining (KPSS) Oʻzbekiston SSR hududidagi boʻlimi. 1925-yil 13-maydan 1991-yil 3-sentyabrgacha respublikada hukmron va yagona qonuniy partiya boʻlgan. 1991-yil 14-sentyabrda partiya KPSS safidan chiqqan.
Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Buxoro SSR Kommunistik partiyasi, Xorazm SSR Kommunistik partiyasi va Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kommunistik partiyasining vorisi hisoblangan. 1994-yilda tuzilgan Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi oʻzini Oʻzbekiston Kompartiyasining vorisi deb hisoblasa-da, rasman Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining vorisidir.
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining Birinchi kotiblari
Manbalar
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
Oʻzbekistonning sobiq siyosiy partiyalari |
2,578 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Vatan%20taraqqiyoti%20partiyasi | Oʻzbekiston Vatan taraqqiyoti partiyasi | Vatan Taraqqiyoti Partiyasi (VTP) 1992 yil mart oyida tuzilgan. Aʼzolari soni 35 mingdan ortiq.
Partiyaning maqsad va vazifalari uning nomida aks etgan boʻlib, vatan taraqqiyotiga xizmat qiladi, jumladan:
erkin bozor munosabatlari asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va maʼnaviy mustaqilligini rivojlantirish;
demokratik jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga qadam-baqadam taʼsir koʻrsatish;
ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar manfaatini ifoda etish;
xususiy mulkchilikni har tomonlama muhofaza qilishni rivojlantirish;
faoliyatda hamisha amaliy tajriba hamda sogʻlom aql-idrokka tayanib ish koʻrish.
Partiya oʻz nashriga ega boʻlib, bu «Vatan» gazetasidir. Partiya huzurida jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, tahlil-axborot markazi ishlab turibdi.
Partiya ilgʻor ziyolilar, tadbirkorlar, xususiy mulk egalari, fermerlar va dehqonlarni oʻz safiga birlashtirgan.
2000 yilda partiya «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi bilan birlashib, Fidokorlar nomi ostida faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
Oʻzbekistonning sobiq siyosiy partiyalari |
2,581 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Adolat%20sotsial-demokratik%20partiyasi | Adolat sotsial-demokratik partiyasi | Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial-demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin boʻladi. „Adolat“ partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga intiladi.
Partiyaga 50411 kishi aʼzo (2005-yil 1-yanvar). Ular 3120 dan ortiq boshlangʻich partiya tashkilotlariga birlashgan. Partiya aʼzolari: 30,1 % — ziyolilar, 24,1 % — ishchilar, 10,3 % — dehqonlar va qishloq xoʻjaligi xodimlari, 11,4 % — nafaqachi va pensionerlar, 10,2 % — xizmatchilar, 7,4 % — tadbirkorlar, 6,4 % — talabalardir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda mamlakatning deyarli barcha shahar, tumanlarida partiya Kengashlari faoliyat koʻrsatmoqda. Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyat partiya tashkilotlari yirik tashkilotlardir. Qurultoy — partiyaning oliy organi. U partiya Siyosiy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Siyosiy kengash doimiy ishlovchi partiya rahbar organidir. „Adolat“ SDPning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 10 deputatdan tashkil topgan. Fraksiya rahbari — partiya Siyosiy kengashi birinchi kotibi D. Gʻ. Toshmuhamedova. „Adolat“ gazetasi partiyaning nashriy organidir.
„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi:
xuquqiy demokratik davlat qurish;
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;
Vatanga sodiq xizmat qilish;
adolatli fuqaroviy jamiyat qurish;
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qoʻshish.
„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 47 ovozga (1998-yilga) ega boʻlib, ular partiyaning parlamentdagi fraktsiyasini tashkil etadi.
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari |
2,582 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Xalq%20Birligi%20jamoatchilik%20harakati | Oʻzbekiston Xalq Birligi jamoatchilik harakati | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Birligi jamoatchilik harakati (Xalq Birlig) 1995 yil may oyida Oʻzbekiston jamoatchiligining tashabbusi bilan tashkil qilindi. «Xalq birligi» — siyosiy partiya emas, balki umumxalq harakati boʻlib, siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Harakatning asosiy maqsadi: demokratik, xuquqiy davlat va adolatli fuqaroviy jamiyat yaratish uchun kurashda Oʻzbekistonda istiqomat qilib turgan barcha millat va elatlarni jipslashtirish.
«Xalq birligi» harakati Oʻzbekiston Baynalmilal madaniy markazi, milliy madaniy markazlar, respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi, «Turkiston - umumiy uyimiz» xalqaro harakat ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Matbuot organi — «Birlik» va «Единство» gazetalari.
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari |
2,584 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Fidokorlar%20milliy%20demokratik%20partiyasi | Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi | Oʻzbekiston Respublikasi Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar MDP) 1999-yil 4-yanvarda tashkil etilgan.
Bu partiya oʻz nomi bilan vatan fidokorlarini, vatan ravnaqi uchun kuyib, yonib yashaydigan Oʻzbekiston fuqarolarini birlashtirdi.
«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi oʻz maqsad va niyatlari bir xil boʻlganligi uchun «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bilan birlashdi va hozirda «Fidokorlar» nomi ostida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
1999-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarda partiya deputatlikka oʻz nomzodlarini qoʻydi. 2000-yil yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomidan prezidentlikka Islom Abdugʻaniyevich Karimov nomzodi koʻrsatildi.
Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-iyulda roʻyxatga olingan va shu yil Dasturi hamda Ustavi qabul qilingan. Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush darajasiga yetkazish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin olishiga amaliy hissa qoʻshishdan iborat. FMDP kelajakka yoshlar nazari bilan qaraydi. Yoshlarni yuksak maʼrifatli, bilimdon, gʻoyaviy-siyosiy jihatdan hushyor, maʼnaviy barkamol boʻlib voyaga yetishini taʼminlashga intiladi va yoshlar manfaatini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi qurultoy, u qoida tariqasida, 5 yilda 1-marta chaqiriladi. Zaruratga qarab qurultoy maqomiga ega boʻlgan partiya konferensiyasi oʻtkazilishi mumkin. Partiyaning rahbar organi qurultoy tomonidan saylanadigan Markaziy kengashdir. Markaziy kengash yigʻilishlari oraligʻidagi davrda partiyaning kundalik faoliyati Ijroiya kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. FMDPning 12 viloyat partiya tashkiloti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, 203 tuman va shahar, 3500 boshlangʻich partiya tashkiloti bor. FMDP aʼzolarining umumiy soni 61750 kishidan iborat (2004-yil noyabr), ularning 65 foizini yoshlar (40 yoshgacha boʻlganlar) tashkil etadi. FMDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 18 deputatdan iborat, fraksiya rahbari A.S. Tursunov, FMDP fraksiyasi Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasi, "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi bilan birga parlamentda "Demokratik blok"ka birlashgan.
Partiyaning nashri — "Fidokor" gazetasi Shoira Umarova.
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
Oʻzbekistonning sobiq siyosiy partiyalari |
2,595 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Kamolot%20Yoshlar%20Jamg%CA%BBarmasi | Oʻzbekiston Kamolot Yoshlar Jamgʻarmasi | Oʻzbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar jamgʻarmasi Oʻzbekiston yoshlarining nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi boʻlib, 1996 yil 17 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil topgan.
Jamgʻarmaning asosiy vazifasi — yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, madaniy, xuquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish, davlat, hukumat dasturlari, islohotlarni bajarishga koʻmaklashish, yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish, ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini oʻrganish hamda mazkur masalalarni hal etishda hukumat idoralari, hokimliklar, vazirliklar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Jamgʻarmaning viloyat, shahar va tumanlarda boʻlimlari mavjud. «Kamolot» jamgʻarmasining jamoatchilik markazlari joylarda 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar istagi va tashabbusi bilan tashkil topishi mumkin. Uning mablagʻi turli ixtiyoriy pul oʻtkazish va xayriyalar hisobiga tashkil topadi, noshirlik, oʻyinlar va boshqa tadbirlar hisobiga boyib boradi.
{pass}
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari |
2,597 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Ma%CA%BCnaviyat%20va%20ma%CA%BCrifat%20markazi | Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi | Oʻzbekiston «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 288-Qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz respublika jamoatchiligi bilan hamkorlikda ish yurituvchi, byudjet ajratmalari va xoʻjalik hisobidagi mablagʻlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi tashkilotdir.
Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Mumkin
yuksak isteʼdod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish;
millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni, yurtimizni tinchlik, barqarorlik hamda fuqarolar totuvligini, mintaqa xalqlarining mushtarak maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy ildizlarini tadqiq va tahlil asosida targʻib etish;
mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish;
jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotning ommaviy-axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish;
maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar oʻtkazish.
Matbuot organi — «Tafakkur» jurnali.
Markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro jamgʻarmasi, «Maʼnaviyat» nashriyoti va «Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etilgan. «Kasb maʼnaviyati» oʻquv kurslari muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi.
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari |
2,599 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro%20qizil%20xoch%20va%20qizil%20yarim%20oy%20jamiyati | Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyati | Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatiga Shveytsariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama yordam berish, birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilish, Xalqaro Inson Xuquqi boʻyicha bilimlarni tarqatish, qurolli toʻqnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga koʻmaklashish vazifalarini bajaradi. Bu jamiyatning belgisi - Shveytsariya bayrogʻi ranglarining teskari koʻrinishidir (Shveysariya bayrogʻida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan). "Qizil Xoch" va "Qizil Yarim oy" belgilarining hech qanday farqi yoʻq. Lekin koʻp davlatlar yarim oy belgisini tanlaganlar. Hozirda juda koʻp davlatlarda Milliy Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar oʻz davlatlarining muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashib, davlat rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy milliy jamiyati 1925-yil 14 noyabrda tuzilgan. 1992-yil 28 may - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida"gi Farmonga imzo chekdi. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyatining faxriy Prezidenti qilib Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov saylandi. Bu jamiyatning hozirgi kundagi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri - Oʻzbekiston Yoshlar Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish. Bu jamiyatning asosi Yoshlar Markazlari va klublar boʻladi. Bu Markazlar Niderlandiya, Shvetsiya, Finlandiya Qizil Xoch jamiyatlari va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Yoshlar Markazlari yoshlarning oʻqishi, bilim olishi uchun sharoit yaratish, giyohvandlik va OITSning oldini olish yoʻlida katta ishlar qilmoqdalar.
Manbalar |
2,604 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Akmal%20Ikromov | Akmal Ikromov | Akmal Ikromovich Ikromov (1898-yil, Toshkent — 1938-yil 15-mart) — davlat va siyosat arbobi. O’zbekiston hukumat rahbarlaridan biridir.
Hayoti
Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), „Izchillar toʻdasi“ va „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr — 1937-yil sentabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937).
A. Ikromov 1919—1924-yillarda imkoniyati doirasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. 1925—1927-yillarda oʻn sakkizlar guruhi, inogʻomovchilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan. Stalinning birinchi 5 yillik rejasi davomida A. Ikromov Oʻzbekistonda Islom diynini yoʻqotish va ateizmni targʻib qilishning eng asosiy yetakchisi boʻlgan. Oʻzbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni „burjua millatchiligi“ da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa-sa, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblanadi va Kommunarkada otib tashlanadi.
1957-yil 3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi A. Ikromovni aybsiz deb topdi va u oqlandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shahridagi tumanga, yirik koʻchaga, mahallalar va maktablarga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali oʻrnatilgan.
Manbalar
1898-yilda tugʻilganlar
Toshkentda tugʻilganlar
1938-yilda vafot etganlar
13-martda vafot etganlar
Moskvada vafot etganlar
Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
Oʻzbekiston yetakchilari
Qatl etilgan siyosatchilar
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotiblari
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotiblari
Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari
Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari
Oʻzbekiston inqilobchilari |
2,607 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Pavel%20Yakovlev | Pavel Yakovlev | Yakovlev Pavel - OʻzSSR KP MK Birinchi kotibi lavozimida ishlagan.
Manbalar
Oʻzbekiston yetakchilari |
2,610 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muloqot | Muloqot | Muloqot
Oʻzbekiston: Omaviy Maʼlumotlar Vositalari
Ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo’yicha ma’lumot almashinishidan iborat bo’lgan o’zaro tasir etishidir.
Muloqot- odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi.Muloqotning turi va shakllari turlicha: Masalan bu bevosita "yuzma yuz" va bilvosita texnik vositalar ya'ni telegram , telefon ,imo , watsapp,xabar va h.k orqali amalga oshadigan professional faoliyat jarayonidagi amaliy dialog 2 kishi suxbati , monolog 1 kishi , polilog koʻpchilik suxbati.
Muloqotning vazifalari:
Insonlar oʻzaro bir birlarini tushunishlarini ta'minlash ;
Ijtimoiy tajribaga asos solish;
U yoki bu faoliyatga tayyorlash ya'ni ruhlantirish |
2,617 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Qurilish | Qurilish | Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.
Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi.
Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003-yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000-yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Qurilish hissasiga toʻgʻri keladi.
Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.
Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
2003-yilda respublikaning asosiy kapitalini koʻpaytirishga 1867,4 mlrd. soʻm miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablagʻning 1236,1 mlrd. soʻmi (65,1%) ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Qurilish tashkilotlari tomonidan jami 808,1 mlrd.soʻmlik Qurilish ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 mlrd. soʻmi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Qurilish tashkilotlari hissasiga toʻgʻri keladi).
Qurilish ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat koʻrsata-yotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy taʼmirlash ishlariga toʻgʻri keladi. Oʻrta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Qurilish ishlari hajmi 350,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi (respublika boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%).
Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (qarang Kurshshsh materi-allari sanoati).
Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi:
Bino qurilishi (turar-joylar, jamoat binolari).
Sanoat qurilishi (korxona va fabrikalar).
Yoʻl-transport qurilishi (yoʻl, koʻprik, tunnellar).
Gidrotexnik qurilish (gidroelektrik stansiya, damba, kanallar).
Qurilish |
2,634 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Tahorat | Tahorat | Tahorat — namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni. Xususiy shakli sifatida tayammum koʻriladi. Islomda tahoratning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. Tahoratning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga mash tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, tahorat haqiqiy boʻlmaydi. Tahoratning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari ham boʻladi. Tahorat oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; tahorat qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda tahorat olmasligi kerak. Tahorat qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. Tahorati bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa tahorati buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring, suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan koʻpi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqtida kulsa; uxlasa. Tahoratni buzadigan holatlar roʻy bersa, tahoratni boshqatdan qilish lozim boʻladi.
Tahoratning oʻzi ham iboday sanaladi shuning uchun kishi tahoratni mukammal qilishga hatakat qilishi kerak. Tahoratda suvni extiyojdan ortiqcha ishlatish qatʼiyan man qilinadi, bu borada hadis ham mavjud: Bir kuni Paygʻambar Alayhissalom, Saad r.a oldidan oʻtayotganlarida Saad r.a koʻp-koʻp suv ishlatib tahorat olayotgan edi. Shunda paygʻambarimiz unga qarata: „Ey Saad bu nima isrofgarchilik“, deya tanbeh berdilar, shunda Saad r.a: „Yo Rasululloh tahoratda ham isrof bormi?“, dedi. Shunda paygʻambar Alayhissalom: „Ha oqib turgan daryoning oldida boʻlsang ham suvni extiyojdan ortiqcha ishlatma“, dedilar.
Jarayon
Tahorat uchun suv hozirlagandan keyin:
Qibla tomonga qarab, ichida „Tahorat olishni niyat qildim“ deyiladi.
„Auzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym“, deyiladi.
Qoʻllar bandigacha 3 marta yuviladi.
Oʻng qoʻlda suv olinib, ogʻiz 3 marta gʻargʻara qilib chayiladi va misvok qilinadi.
Burunga oʻng qoʻl bilan 3 marta suv tortilib, chap qoʻl bilan qoqib tozalanadi.
Yuz 3 marta yuviladi.
Avval oʻng qoʻl tirsaklar bilan qoʻshib ishqalab yuviladi, soʻngra chap qoʻl.
Hovuchga suv olib, toʻkib tashlab, hoʻli bilan boshning hamma qismiga masx tortiladi.
Koʻrsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi masx qilinadi.
Ikkala kaftning orqasi bilan boʻyin masx qilinadi.
Chap qoʻl bilan oʻng oyoqni oshiq qismi bilan qoʻshib, barmoqlar orasini ishqalab 3 marta yuviladi, keyin chap oyoq.
Qibla tomonga qarab, ichida „Ashhadu an La ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh“ deyiladi.
Manbalar |
2,635 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Namoz | Namoz | Namoz () — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi besh rukndan biri. Namoz musulmonlarga meʼroj kechasi (qarang Isro va meʼroj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) namoz oʻqish farz hisoblanadi. Namoz oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. Namozning bir necha turlari mavjud. Masalan, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va boshqa qoʻshimcha namozlar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat namozlari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi namozlar sirasiga kiradi.
Namoz oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. Namoz qiblaga — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasiga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — joynamozdan foydalanish odatga aylangan. Namozni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin juma kunidagi juma namozini masjidda jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib namoz oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (imom) imomlikka oʻtadi. Namoz paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yoʻtalish (uzrsiz), turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar namozni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.
Islomdagi mazhablar koʻrsatmalarida namoz oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda namoz, asosan, hanafiylik mazhabiga muvofiq oʻqiladi.
Jarayon
Tahorat qilib boʻlgandan keyin namoz oʻqiladi.
1. Qiblaga yuzlanib, qoʻllarni koʻtarib"اَللهُ اَكْبَرُ" (Allohu akbar) deyiladi.
2. Sano duosi oʻqiladi.
3. Avval Fotiha surasini, soʻngra boshqa biror sura (zam sura) oʻqiladi.
4. „Allohu akbar“ deb ruku qilinadi va rukuda 3 marotaba: „سُبْحَانَ رَبِّيَ الْعَظِيمِ“ „Subhana robbiyal-aʼziym“ (Ulugʻ Robbim pokdir!) deyiladi.
5. Rukuʼdan boshni koʻtarib:
„سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ، رَبَّناَ وَ لَكَ الْحَمْدُ“ „Sami’allohu liman hamidah, Robbana-a valakal hamd“ (Alloh Oʻziga hamd aytuvchini eshitdi. Ey Parvardigorimiz! Senga hamd(lar) boʻlsin) deyiladi.
6. „Allohu akbar“ deb sajda qilinadi va sajdada 3-marta „سُبْحَانَ رَبِّيَ الْأَعْلَى“ „Subhana robbiyal aʼla“ (Eng oliy zot boʻlmish Parvardigorim barcha aybu nuqsondan pokdir) deyiladi.
7. „Allohu akbar“ deb sajdadan boshni koʻtarib oʻtiriladi va: „رَبِّ اغْفِرْ لِي“ „Robbigʻ-firli“ deyiladi.
8. Biroz jalsada boʻlib, „Allohu akbar“ deb ikkinchi marta sajda qilinadi va sajdada „Subhana Robbiyal-aʼla“ deyiladi.
9. „Allohu akbar“ deb ikkinchi rakatga turiladi.
Namozni boshlashdan oldin ado etilishi lozim boʻlgan toʻqqizta shart bordir:
1. Islom.
2. Aql.
3. Tamyiz (esni tanishlik).
4. Tahoratli boʻlish.
5. Najosatlardan poklanish.
6. Avratni yopish.
7. Namoz vaqtining kirishi.
8. Qiblaga yuzlanish.
9. Niyat.
Namoz turlari
Manbalar
Oʻqish uchun
Islom
Shariat
Mazhablar
Namoz
Islom atamalari
Chala maqolalar |
2,636 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Tashahhud | Tashahhud | Tashahhud — namozda qaʼda (oʻtirish) vaqtida oʻqiladigan duo (attahiyyot). Tashahhud quyidagichadir:
„اَلتَّحِيَّاتُ لِلَّهِ وِ الصَّلَوَاتُ وَ الطَّيِّبَاتُ، اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَِّبيُّ وَ رَحْمَةُ اللهِ وَ بَرَكَاتُهُ، اَلسَّلاَمُ عَلَيْنَا
وَ عَلَى عِبَادِ اللهِ الصَّالِحِينَ، أَشْهَدُ أَلاَّ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَ أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَ رَسُولُهُ“.
„Attahiyyatu lillahi vas-solavatu vat-toyyibat. Assalamu alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu alayna va ala 'ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh“.
Maʼnosi: „Qutlovlar, salovotlar va (hamdu sanoda ishlatiladigan) toyyib-pokiza goʼzal soʻzlar (amallar) Alloh uchundir. Ey Nabiy! Sizga Allohning salomi, rahmati va barakoti boʻlsin. Bizga hamda Allohning solih bandalariga salom boʻlsin. Guvohlik beramanki Allohdan oʻzga iloh yoʻq va Muhammad Uning bandasi hamda rasulidir“.
Manbalar
Islom |
2,638 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Tayammum | Tayammum | Tayammum - islom dinida tahorat olish usuli, yuvinish uchun toza suv taqchilligi yuzaga kelganda odatiy tahorat o`rnida bajariladi.
Tayammum (arab.) — poklanishning bir turi. Suv boʻlmaganda qum yoki tuproq bilan tahorat qilib, ramziy poklanish. T.da 4 farz bor: niyat qilish; tuproqning toza joyini tanlash; ikki qoʻlni tuproqqa urib, yuzga surish (avval chap qoʻl bilan oʻng qoʻlga, soʻng oʻng qoʻl bilan chap qoʻlga mashtortiladi); yana kaftlarni toza tuproqqa urib, ikki qoʻlni tirsaklarigacha mash qilish (uch marotaba).
Tayammum qilishni qasd qilgan kishi ikki qo'li bilan barmoqlarini ochgan holda pok yer jinsiga bir marta uradi va barmoqlarining ichini yuziga surtadi, kaftlarining ichi bilan ikki qo'lini ishqalaydi. Yuz va qo'l uchun ikki marta qo'lini yerga ursa ham bo'ladi. Ammo birinchi ko'rinish hadisda kelgan.
Islom |
2,645 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Misr | Misr | Misr (rasmiy nomlanishi: Misr Arab Respublikasi ()) Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlatdir. Maydoni 1 million 14 ming km². Aholisi 102 million kishi. Poytaxti — Qohira shahri. Maʼmuriy jihatdan 27 viloyatgaga boʻlinadi. Isroil, Falastin, Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolda Oʻrta yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.Misr davlati ham islom davlatlaridan biri va aholisining asosiy qismi musulmon.
Misr davlati- pul birligi Misr funti. Davlat tili- arab tili. Prezidenti- Abdulfattoh as-Sisiy.
Misrda yetti moʻjizadan biri yaʼni Misr piramidalari joylashgan.
Davlat tuzumi
Misr — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentabrdagi referendumda maʼqullangan, keyinchalik unga oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2014-yildan Abdulfattoh as-Sisiy). Vakolat muddati — 6 yil. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi.
Tabiati
Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil daryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan Misr hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay yarim orol; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shimolda 100 m, janubda 600 m, janubi-gʻarbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100- 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (Misr chegarasida) janubda 1-3 km, deltaga yaqin joyda 20-25 km. Sinay yarim orolning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning janubda balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay yarim orolda kumir konlari mavjud.
Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik kontinental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Masalan, choʻlda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avgust)ning oʻrtacha harorati Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanvar— fevral)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Aprel va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi.
Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat janubda Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema qatnaydi.
Janubdan shimolga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma qumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor.
Misr hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya choʻlining shimolda qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va oʻt oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy oʻsimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor.
Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Choʻllarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor.
Aholisining 98 % misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) Misrning tub aholisi boʻlib, mamlakatga kelgan arablar bilan aralashib ketgan qadimgi misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gaplashadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yoʻnalishida; xristianlar 10 % ni tashkil etadi. Aholining 43,9 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro.
Tarixi
Misr — insoniyat tamadduni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (qarang Misr, Qadimgi Misr). 3—4-asrlarda Misr Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi. VII-asr boshlarida butun Misr aholisi Vizantiyaning rasmiy pravoslav cherkoviga qarshi boʻlgan xristianlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda Misrni sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868—905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya) va Gʻarbiy Arabiston Misrga qaram boʻlgan. 1113-yil salib yurishi qatnashchilari Misrga bostirib kirdi. Shimoliy Suriya va Iroqdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171-yil ayyubiylar sulolasi (1171—1250)ning asoschisi Salohiddin taxtga chiqdi. 1174-yil esa u sulton nomini oldi. 1187-yilda Suriya va Misr harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. Misrda XIII-asr yarmigacha Ayyubiylar, XIV—XV-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi.
1517-yilda turk sultoni Salim I Misrni egallab, uni Usmonli turk davlati tarkibiga qoʻshib oldi. XVIII-asr 2-yarmidan Usmonli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan soʻng taxt uchun kurash kuchaydi. XVIII-asr oxiri — XIX-asr boshlarida Fransiya va Angliya Misrni bosib olishga harakat qildilar. 1798-yilda Misrni Napoleon armiyasi egalladi. 1801-yilda ingliz floti fransuz floti ustidan gʻalabaga erishdi. 1805-yilda hokimnyat Muhammad Ali posho qoʻliga oʻtdi. Muhammad Ali Misrni kuchli, mustaqil davlatga aylantirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirdi. Bu davrda birinchi movut, toʻqimachilik fabikalari, metallurgiya, qand, oyna zavodlari qurildi. Yevropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar gʻarb davlatlariga oʻqishga yuborildi. Fransuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar boʻlar edi). Muhammad Ali Suriya, Falastin va Arabiston yarim orolning bir kismini bosib oldi (1831—33). Turkiyaga qaramlikdan qutulish uchun 1831-yilda unga qarshi urush ochib, turk armiyasini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-Misr urushi (1839—40)ga aralashuvi natijasida Misr armiyasi yengildi. Bundan tashqari, Angliya 1838-yilgi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlarni Misrga maj-buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochib berdi. Suvaysh kanali ishga tushirilishi (1869) bilan Angliya va Fransiya Misrda zoʻr berib oʻz hukmronligini oʻrnatishga urindi. 1882-yil inglizlar armiyasi Misrni egallab oldi va xalq qoʻzgʻolonini sha-fqatsiz bostirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi oʻrnatildi. Inglizlar bank va moliya ishlarini, irrigatsiya qurilishlari, aloqa yoʻllarini oʻz qoʻllariga oldi. Misr faqat paxta yetishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-asr boshlarida Mustafo Komil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mustamlakachilar xalq harakatini bostirdilar. 1914-yilda Misrda Britaniya protektorati oʻrnatildi.
1918-yilda Zagʻlul Saʼd boshchiligida „Misr delegatsiyasi“ (keyinchalik „Vafd“) partiyasi tuzildi. Bu partiya 1919—1924-yillarda inglizlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, Misr mustaqil podshoxlik deb eʼlon qilindi (1922). 1923-yil Misr konstitutsiyasi kabul etildi. Bu konstitutsiya parlament tuzishni nazarda tutdi. U ayrim erkinliklar — siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu bilan birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari muddatini surish, vazirlarni tayinlash va boʻshatish huquqini ham berdi. Shunday boʻlsada, Angliya Misrda oʻz mavqeini, yaʼni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament saylovida „Vafd“ partiyasi gʻalabaga erishdi va Zagʻlul Saʼd boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda milliy ozodlik kurashi toʻxtamadi.
1936-yil Angliya bilan Misr oʻrtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, inglizlar Misrni bosib olishni toʻxtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va armiya sakdash huquqini oldilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Misr Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari oʻrtasidagi jang maydoniga aylandi. Urushdan keyin Misrda milliy ozodlik harakati yanada kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da mamlakatda reaksiya avj oldi, soʻl vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936-yil gi Angliya-Misr shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Misr xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan urushini boshladi. 1952-yil 23-iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi „Zubbot alahror“ („Ozod zobitlar“) uyushmasi armiyaga tayanib, davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Davlat hokimiyati Inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga oʻtdi. General Misr Najib kengash raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengashga Nosir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot oʻtkazib, fallohlarni yer bilan taʼminladi, mamlakatni industrlashtirish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953-yil 23-iyunda Misr respublika deb eʼlon qilindi. 1953-yil oʻrtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boshchiligidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo boʻldi. Zidsiyat keskinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir boʻlib qoldi (1954). Angliya — Misr shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956-yil 18-iyunda oxirgi ingliz askari Misrdan chiqib ketdi. Misrning siyosiy suvereniteti tiklandi.
1956-yil 23-iyunda Misr Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib saylandi. Prezident Suvaysh kanali kompaniyasi davlat ixtiyoriga olinganligini eʼlon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablagʻ bilan taʼminlashning muxim manbai qoʻlga kiritildi. Shundan keyin Misrga qarshi Angliya—Fransiya —Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻaldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi bilan ingliz, fransuz (1956-yil dekabr) hamda Isroil (1957-yil mart) armiyasi Misrdan chiqib ketishga majbur boʻldi.
1958-yil 1-fevralda Misr va Suriya hukumatlarining oʻzaro kelishuvi natijasida yangi unitar (birlashgan) davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) tuzildi. Suriyada 1961-yil 28-sentabrda davlat toʻntarishi oʻtkazilib, Suriya BAR tarkibidan chikdi. Misr BAR nomini saqlab qoldi. 1971-yil sentabrdan BAR Misr Arab Respublikasi deb nomlandi.
1963-yilda J.A.Nosir rahbarligida Arab Sotsialistik Ittifoqi (ASI) tuzildi. ASI 1952-yil iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qilish, qolokdikni tugatishni oʻzining asosiy burchi deb bildi. 1964-yil 23-martda yangi muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, hamma korxonalar xalqniki deb hisoblandi. Shu bilan birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir prezidentligi davrida muhim ijtimoiyiqtisodiy islohotlar oʻtkazildi. Banklar, koʻpgina yirik va oʻrta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinishi, keng miqyosda yangi korxonalar qurilishi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi.
1967-yil bahoridaYaqin Sharqdagi mojaro keskinlashdi. 5—10-iyun kunlari Isroil qoʻshinlari Sinay yarim orolni bosib olib, Suvaysh kanalining sharqiy sohiliga yetib keldi. Xalqaro jamoatchilik va avvalo BMT Xavfsizlik Kengashining talabi bilan urush harakatlari toʻxtatildi. Ammo urush natijasida Misrning iqtisodiyotiga katta talafot yetdi. Urush tufayli Suvaysh kanali zonasidagi iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975-yilgacha toʻxtab qoldi.
1968-yil 30-martda J.A.Nosir Isroil tajovuzi oqibatlarini tugatish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish dasturini bayon qildi. 2-may umumxalq referendumi bu dasturni maʼqulladi.
1970-yil 28-sentabrda J.A.Nosir vafot etdi. Oʻsha yil 15-oktabrda A. Sadat prezident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning xususiy sektorini kuchaytirish va faollashtirish, mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va avvalo isteʼmol mollari hamda xizmatlar hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻlini amalga oshirishga kirishildi. Biroq 1967-yil „olti kunlik“ urushda Isroil tomonidan bosib olingan Misr yerlarini (Sinay yarim orolni) qaytarib olish muammosi hal boʻlmay qolayotgan edi. 1973-yil oktabrda Misr armiyasi Suvaysh kanalidan oʻtib, uning sharqiy sohiliga tushdi. Urush natijasida muammoni hal etishning iloji boʻlmagach, oʻt ochish toʻxtatildi va 1974-yilda qoʻshinlarni bir-biridan yiroklashtirish haqida bitim imzolandi. 1979-yilda Kemp-Devid (AQSH)da tuzilgan sulx. shartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan yerlarni Misrga qaytarib berdi. Bu sulhga boshqa arab davlatlari qarshi chikdi va Misrni Arab davlatlari uyushmasidan chiqardi. 1981-yil 6-oktabrda A. Sadat diniy tashkilot aʼzolari tomonidan oʻldirildi va oʻsha yil 13-oktabrda Husniy Muborak prezident etib saylandi. Yangi rahbariyat ichki siyosiy vaziyatni, xalq noroziligini yumshatish tadbirlarini koʻrdi, ijtimoiy turmushni birmuncha erkinlashtirdi, iqtisodiyotni sogʻlomlashtirish yoʻlida katta qadamlar qoʻydi. Misr tarmoqlarini jadal rivojlantirish orq-ali iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni bartaraf etish yoʻli tutiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish yoʻlidan rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Xalqaro maydonda ogʻir-vazmin va epchil siyosat oʻtkazila boshladi. Jumladan, Qoʻshilmaslik harakati, Arab davlatlari uyushmasi, Islom konferen-siyasi tashkiloti bilan hamkorlik faollashtirildi. Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini davom ettirish, arab-isroil mojarosini bartaraf qilish Misr tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib qoʻyildi. 1989-yilda Misrning Arab davlatlari uyushmasiga aʼzoligi tiklandi. Misr — 1945-yildan BMTaʼzosi. OʻzRsuverenitetini 1991-yil 26-dekabrda tan olgan va 1992-yil 23-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23-iyul — Inqilob kuni (1952).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Milliy demokratik partiya, 1978-yilda tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (soʻl) partiya, 1976—77 yillarda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978-yilda asos solingan; Liberallar partiyasi, 1976—77 yillarda tashkil etilgan, 1990-yil yanvargacha Liberalso-sialistik partiya deb atalgan; „Al-Vafd“ partiyasi, 1978-yilda tuzilgan; „Al-Umma“ („Millat“) partiyasi, 1983-yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan. Misr mexnat federatsiyasi kasaba uyushmasi, 1957-yilda asos solingan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.
Iqtisodiyoti
Misr — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori sifatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp miqdorda yetkazib beradi. XIX asr 70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi.
Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta ishlovchi, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952-yildan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obʼyektlari ishga tushirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958-yilda Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya zavodi mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu zavod Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60 %) rudasi asosida ishlaydi. Asvon shahrida yiliga 300 ming t poʻlat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari zavodi va metall buyumlar ishlab chiqarish fabikasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, poʻlat quvurlar zavodlari, Iskandariyada toʻqimachilik sanoati uskunalari zavodi, Qohirada velosiped va televizor zavodlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stanoklari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta shaharlari neftni qayta ishlash markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral oʻgʻit ishlab chiqarishdan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuzaʼbaldagi zavodlar yiliga 200 ming t superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan zavod mavjud. Abuzaʼbalda qurilgan antibiotiklar zavodi farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kalsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda zavodlari, Xulvonda kokskimyo zavodi bor. Qurilish ashyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Maʼsara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida boʻlib, asosan, sement ishlab chiqaradi. Yirik toʻqimachilik korxonalari AlMahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat shaharlaridadir. Oziq-ovqat sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydi. Armant, Koʻm-Umboʻ, Adfu shaharlarida yirik qand zavodlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvchi elektr styalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan elektr styalar yiliga oʻrtacha 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligi, asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlangan, bu yerda 3 mln. gektarga yaqin (mamlakat hududining 3 %) maydonda yiliga 2-marta, Asvon toʻgʻoni qurilgandan beri 3-marta (qishda ham) ekin ekib, hosil olinadi. Birinchi navbatda koʻproq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash boʻyicha dunyoda 1-oʻrin) rivojlangan. Bundan tashqari, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shimolda yetishtiriladi.
Tabiiy yaylov va yem-xashak kamligi sababli chorvachilik yaxshi rivojlanmagan. Oʻtroq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qoʻy, echki va xonaki parranda, koʻchmanchilar esa tuya, qoʻy va echki boqadi. Asal-arichilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki koʻllarda, shuningdek, Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.
Transporti
Mamlakat ichida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85 %) tashiladi. Yuk tashishning salkam 10 % temir yoʻllarga, 5 % chasi suv transportiga toʻgʻri keladi. Avtomobil yoʻllari uz. 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistrallari: Qohira — Iskandariya, Iskandariya — Marso Matruh, Qohira — Suvaysh, Suvaysh — Port-Said, Qoqira — al-Gʻardaqa, Qohira — Asyut. Transport yoʻli uzunligi — 8,8 ming km. Asosiy temir yoʻl magistrallari: Qohira — Asvon, Qohira — Iskandariya, Qohira — Suvaysh, Port-Said — Ismoiliya. Nil va magistral kanallardagi kema qatnovi yoʻllari uz. — 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji — 1,68 mln. tonna dedveyt.
Tashqi savdo yuklari, asosan, xorijiy dengiz kemalari va samolyotlarda tashiladi. Asosiy dengiz porti — Iskandariya (Oʻrta dengizda), boshqa yirik portlari — Port-Said va Suvaysh (Suvaysh kanalida), Ras-Shukeyr va Safaga (Qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor.
Misr chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sement, metall, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH. Chet el say-yohligi anchagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti.
Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sogʻliqni saqlash departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar universitetlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika fakultetida, shuningdek, chet ellarda tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Universitetlarning tibbiyot fakultetlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Misrni 7-asrda arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari koʻplab ochila boshladi. 10-asrda al-Azhar musulmon universitetga asos solindi. Dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 yillik boshlangʻich maktab eng koʻp tarqalgan oʻquv yurti edi.
1952-yildan keyin boshlangʻich va oʻrta maktab isloh qilindi. 1956-yilda barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy bepul boshlangʻich taʼlim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962-yilgi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha boʻlgan barcha davlat oʻquv yurtlarida bepul taʼlimni joriy etdi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 yillik boshlangʻich taʼlim, soʻngra 3 yillik toʻliqsiz tayyorlov maktabi, 3 yillik toʻliq oʻrta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega boʻlgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shuningdek, 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi.
Oliy taʼlim tizimiga universitet, institut va 4 yillik kollejlar kiradi. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham bor. Mamlakatdagi 14 ta untning eng yiriklari: K,ohira, Ayn ushShams, Iskandariya universitetlari, Qohiradagi Amerika universitet, Al-Azhar universitet. Eng yirik institutlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika institutlari, Asvondagi industrial institut va boshqa
Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), Misr institutining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira universitet kutubxonasi (1908), Iskandariya universitet kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon universitet kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892).
Yirik muzeylari: Islom sanʼati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), Misr muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), Transport yoʻli muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892).
Ilmiy muassasalari: Qohiradagi Misr instituti (1798), Misr va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida ilmiy tadqiqot markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot instituti, Okeanografiya va baliq ilmiy tadqiqot instituti, Astronomiya instituti, Neft tadqiqot instituti, Axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi va boshqa bor.
Matbuoti, telekoʻrsatuvi va radioeshittirishi
Misrda vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: „Alaqrom“ („Ehrom“, kundalik gazeta, 1875-yildan), „Al-axbor“ („Xabarlar“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Al-jumhuriya“ („Respublika“, kundalik gazeta, 1953-yildan), „Al-aholi“ (kundalik gazeta, 1978-yildan), „Axbor al-Yaum“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazeta, 1944-yildan). „Alahror“ („Liberallar“, haftalik gazeta, 1977-yildan), „Al-Vafd“ („Delegatsiya“, haftalik gazeta, 1984-yildan), „Axer saa“ („Soʻnggi soatda“, haftalik jurnal, 1934-yildan), „Alka-vakib“ („Yulduzlar“, haftalik jurnal, 1952-yildan), „Oktobr“ („Oktabr“, oylik jurnal, 1976-yildan) — hammasi arab tilida; „Jurnal d’Ejipt“ („Misr gazetasi“, fransuz tilida chikadigan kundalik xususiy gazeta, 1936-yildan), „Ijipshn gazett“ („Misr gazetasi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1880-yildan), „Ijipshn meyl“ („Misr pochtasi“, ingliz tilida chikadigan gazeta, 1910-yildan) va boshqa Yaqin Sharq axborot agentligi (MENA), Misrning rasmiy axborot agentligi, 1955-yildatuzilgan. Misr radioeshittirish va telekoʻrsatuv uyushmasi 1928-yilda tashkil etilgan.
Adabiyoti eng qadimgi adabiyotlardan boʻlib, miloddan avvalgi 3ming yillikda paydo boʻlgan. Qadimgi Misr va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qoʻshiklar kabi adabiy yodgorliklarning koʻpgina namunasi shoxlar sagʻanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Oʻrta va Yangi shoxlik (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) papiruslarida yozilgan koʻpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari maʼlum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, ishqiy lirika kabilar. Milodiy 7—15-asrlarda arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi Misr adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-asrlar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-asr boshlaridan Misr adabiyoti Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurash taʼsirida arab tilida rivojlandi. 19-asrning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati bilan Misrda dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birinchi arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi maʼrifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) oʻz sheʼrlarida ingliz mustabidlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va „shoirlar amiri“ Ahmad Shavqiy (1869—1932) ham oʻz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarshi kurashni tasvirladi. Yangi Misr adabiyoti va publitsistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham oʻsha davrning yirik maʼrifatparvaridir. 1919—24 yillarda Misr xalqining inglizlarga qarshi qoʻzgʻolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-yillar Misr adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy oʻrinni egalladi. Uning asoschisi „Shayx Juma va boshqa hikoyalar“ nomli ilk novellalar toʻplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks ettiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik gʻoyalariga sodiq qoldilar. 20-yillarda Misr adabiyotida maishiy mavzudagi dramalar ham paydo boʻddi. Misr Tay-murning „Halokat“, Farax Antuanning „Yangi va koʻhna Misr“, Antuan Yazbekning „Uyda boʻron“ va „Qurbon“ pyesalarida zamonaviy mavzular oʻz ifodasini topgan. 20—30-yillarda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qadimgi Misr adabiyoti tarixiga oid „Kleopatraning oʻlimi“, „Antara“ kabi sheʼriy temperaturagediyalar yaratdi. 30-yillarda sheʼriyat taraqqiyotida „Apolo“ („Apollon“) toʻgaragi muhim roloʻynadi. Misr adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik gʻoyalarni kuylagan bir qancha isteʼdodli yoshlar paydo boʻldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui boʻldi. 40— 50-yillar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ashSharkaviy ijodi asosiy oʻrinni egallaydi. Hamisiyning „Qonli koʻylak“, „Qotmagan qon“, „Biz oʻlmaymiz“ va Sharkaviyning „Bayroq“, „Markaziy koʻcha ortidan“ kabi toʻplamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xuddi shu mavzu romantik ruxda Yusuf asSiboyining „Yuragimni qaytarib ber“ va Ishoq Abdul Quddusning „Oʻyimizda erkak bor“ asarlarida oʻz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan soʻnggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. „Ovloqkoʻchalar“, „Ibtido va institutiho“ nomli romanlari va „Bayn al-Qasrayn“, „As-Sukkariya“ trilogiyasi adibga shuhrat keltirdi. U 50-yillarda tanqidiy realizm anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi „Kuzgi bedanalar“, „Yoʻl“, „Gado“ kabi romanlar yozdi. Misr jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yoʻnalishdir. 60—90-yillar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning „Zaʼfaron“ koʻchasidagi hangomalar", al-Kuayidning „Misr diyoridagi jang“, „Qishki tush“, S Ibrohimning „Avgust yulduzi“ romanlari bor.
Meʼmorligi
Misr qadimgi meʼmoriy yodgorliklarga boy mamlakat. 4 ming yillik rivojlanish davrini oʻz ichiga oluvchi Qadimgi Misr meʼmorligida ehrom, maqbaralarning nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon sanʼatining noyob namunalaridir. Yunon- Rim davri (milodiy 300 yil)da qadimgi meʼmoriy anʼanalar bilan yonma-yon yangi meʼmoriy obidalar yuzaga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, Soʻhoj sahrolaridagi monastirlarda aks ettirildi. Misrga arablar kelishi natijasida musulmon meʼmorligining rivojlanishiga asos solindi. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qalʼalar shahar meʼmorligining asosiy unsurlari boʻlib qoldi. Nilning sharqiy qirgʻogʻida qurilgan Fustat qalʼasi (640—41) arablarning Misrda qurgan dastlabki meʼmoriy inshootidir. 8—9-yillardayoq toʻgʻri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar bilan oʻralgan oʻziga xos masjid binolari paydo boʻldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876—79 va boshqalar). Fotimiylar Fustatni bosib olib, uning shimolda Misrning hozirgi poytaxti — Al Qohira (gʻolib)ni qurdilar (969). Fotimiylar (10—12-asrlar) va ayyubiylar (12—13-asrlar) davridan Qohirada koʻp masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qalʼasi qolgan. Mamluklar davri (13—16-asr boshlari)da katta masjidlar, madrasalar qurilishi mu-him oʻrin egalladi. Bu binolar bezagida koshinkorlik, tosh va oyna katta oʻrin oldi. 16-asrdan imoratlar, asosan, turk anʼanalari asosida qurildi. Masalan, Muhammad Ali masjidi (qalʼada, 1630—48). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr meʼmorligida qadimgi milliy anʼanalarni tiklashga intilish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Yevropa klassitsizmining ham taʼsiri zoʻraydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835—69) bilan yangi shaharlar: Port-Said, Suvaysh, Ismoiliya qurildi. Misrning oʻziga xos sharoitida Yevropa meʼmorligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi sifatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yoʻli bilangina bordi. 20-asr boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-asrning 30—50-yillarida Misrning ijtimoiy va madaniy hayotida oldinga siljish yuz berishi natijasida Misr meʼmorligida zamonaviylik asosiy oʻrin egalladi. Iskandariya qayta qurilib, sharqda al-Muntaz, gʻarbda Ras at-Din qalʼalari bilan tutashdi. Oralikda istirohat bogʻlari, sport klublari qurildi. Misr xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy tiklash bayrogʻi ostida oʻtdi. An-Naxda „Uygʻonish“ nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va sanʼatga kuchli taʼsir etdi, meʼmorlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi Misr meʼmorlari oʻzining yangi yoʻnalishida jahrn zamonaviy meʼmorligining nazariya va amaliyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) shaharlarini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-yillarda yangi meʼmorlik uchun olib borilgan kurash, asosan, gʻalaba qozondi. Zamonaviy uslubda koʻpgina jamoat binolari (Qo-hira aeroporti, Iskandariyada „Falastin“ mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959—62, bosh meʼmor Sayd Karim), Hukumat uyi, universitet shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming oʻrinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda oʻrta asr arab meʼmorligi anʼanalaridan ham foydalanilgan.
Tasviriy sanʼati
Misrda qadimgi sanʼat obidalari koʻp saqlangan (qarang Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy sanʼ-atining bizgacha yetib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga mansubdir. Fustatdagi hammom devoriga chizilgan rasmlar, tosh, yogʻoch, fil su-yagiga oʻymakorlik usulida ishlangan sozandalar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyuralar, „Maqomot“ kitobiga ishlangan suratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va qibt sanʼati anʼanalari taʼsiri seziladi. Oʻrta asr manzarali-amaliy sanʼatida kashta, toʻqima yoki bosma gulli matolar, rangbarang gulli so-pol buyumlar, togʻ billuridan tarashlab va oʻyib naqshlangan idishlar, sirkorlik bilan ishlangan shisha buyumlar, nafis oʻyma va qadama anjomlar, jimjimador yogʻoch mehroblar, minbarlar yasash keng urf boʻldi. Misrdagi arab sanʼatining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida oʻrin oladi. 10— 12-asrlar sanʼat asarlarining bezaklarida odam va jonivorlar tasviri koʻp uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va oʻsimliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misrda yangi tasviriy sanʼat vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi yevropalik ustalar tajribasi va sanʼatini oʻzlashtirish, ikkinchi tomondan, milliy ozodlik harakati taʼsirida qadimgi va oʻrta asr milliy badiiy anʼanalarini qayta tiklash muddaosi bilan izoxlanadi. Zamonaviy Misr sanʼati nisbatan yosh. Ilk davrda u gʻarb modern oqimlari taʼsirida boʻlsada, tezlikda milliy anʼanalar va qadimgi merosni oʻrganishga kirishdi. Yangi sanʼ-atning asoschilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-asrning 20—30-yillarida gullash davrini boshdan kechirdi. Bularga 40-yillarda yangi davr sanʼatining yirik vakili Muhammad Nagʻi qoʻshildi. Ularning ijodi oʻz xalqining qadimgi badiiy madaniyatiga intilishi, insonparvarligi va xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan „Uygʻonayotgan Misr“ monumenti keng shuhrat qozongan. Nagʻining „Efiopiya hayotidan parcha“, „Pardoz“, „Qohiradagi koʻprik“ va boshqa asarlari mashhur. 1952-yilgi inqilob yosh realist rassomlar: manzarachi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretchi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va boshqalarning ijodiga keng yoʻl ochdi. 50-asrlar rassomligida bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Mashhur Jamol as-Sagʻinning „Ozodlik“, „Tinchlik gʻalabasi“, „Afrikaning uygʻonishi“ kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq gʻalabasiga ishonchidan dalolat beradi. Haykaltaroshlardan Misr Muso, A. Usmoniy, haykaltarosh va rassom Dia Sakkoflar milliy mavzuni ifodalashning realistik usullariga murojaat etadilar. Baʼzi yosh rassomlar Gʻarbdagi eng yangi modernistik oqimlar yoʻlidan borishga intiladi. Anʼanaviy manzarali-amaliy sanʼat turlari, suyak, yogʻoch, metall oʻymakorligi, zargarlik, toʻquvchilik, kulollik taraqqiy etgan. Suratkashlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, Izzat, al-Buxgoʻri, Zuxdiy Roha va boshqa xalq amaliy sanʼatida chinni, oyna, tosh va zamonaviy sintetik materiallardan foydalanila boshladi. Qohiradagi nafis sanʼat maktabi badiiy institutga aylantirildi.
Musiqa — Misr madaniy qayotining ajralmas qismi. Qadimgi dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mashxur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholgʻu as-boblari benihrya xilma-xil. Mustamlakachilik asorati Misr madaniyati taraqqiyotiga gʻov boʻldi. Said Darvish (1892—1923) yangi Misr musiqasining qaldirgʻochidir. Uning yorqin vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari koʻpgina arab mamlakatlariga yoyilgan. „Al-Barux“, „Shahrizoda“, „Oʻnlik gʻishtin“ kabi musiqali sahna asarlari Misr zamonaviy musiqasiga asos boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr musiqasida konsertlar katta oʻrin oldi. Yangi konsert janrlari vujudga keldi. 1910—20 yillarda arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914-yilda Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929-yildan Arab musiqasi institutiga) aylantirildi. 1927-yilda Misr musiqa jamiyati tashki l etildi.
1952-yil inqilobidan soʻng Misr musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida musiqachilar tayyorlana boshladi. 60—80-yillarda, ayniqsa, shaharlarda ommaviy musiqa keng yoyildi. Qohira konservatoriyasi poytaxt opera teatrining milliy kad-rlar oʻchogʻidir. 1962-yilda Kohirada Operetta teatri ochilgan. Misr musiqasida yangi gʻoyaviybadiiy zamin kuchaydi, mahalliy mavzularga eʼtibor koʻpaydi. Misr sanʼatkorlari orasida Um Kulsum, Shams, Sagʻira, Shodiya, Fayz, Ahdam, Saboh singari yakkaxonlar mashhur.
Teatri
Misrda teatr sanʼati unsurlari eng qadimgi diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning taniqli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari ham keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869-yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871-yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869-yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. Misr teatri taraqqiyotining keyingi davri J. Abyod, Misr Taymur, Yu. Vahbiy, T. Alxakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920-yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923-yilda Y. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933-yilda „Milliy truppa“, 1935-yilda Alxakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. Misr sekin-asta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952-yilgi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼat, jumladan, teatr sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati instituti (1952), „26-iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qohirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik truppalari ham mashhur. Teatrlar repertuarlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. Alxakim, Misr Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda jahon klassiklarining asarlari oʻrin olgan. Ularda Misr koʻcha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna sanʼatining boshqa turlari kabi xalq raqs sanʼati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta oʻrin beradi. Mumtoz baletga qiziqish Misr sahnasiga Gʻarb mumtoz baletining kirib kelishi bilan boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet sanʼatini oʻrganish uchun Yevropa shaharlariga yuborildi. 1959-yilda milliy xoreografiya maktabi ochildi.
Kinosi
1896-yilda Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912-yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yoqasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918-yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927-yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“, rejissor A. Jalol; „Qalb qoʻshigʻi“, rejissor J. Abyod va Nadra; „Boylarning bolalari“, rejissor Misr Karim) 1931-yilda Parijda suratga olingan. 30-yillar oxiri — 40-yillar boshida milliy kinoni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935-yilda Qohirada „Misr“ milliy kinostudiyasining ochilishi bilan arab kinematografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927—38 yillar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952-yildan esa har yili 60—70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va Misr kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. „Yurakdagi oʻq“, „Oq gul“ (rejissor Misr Karim), „Doʻzax osmoni“, „Jamila“ (rejissor Yu. Shaxin), „Iroda“ (rejissor K. Salim), „Sevgi va koʻz yoshlari“ (rejissor K. ash-Shayx), „Qora koʻzoynak“ (rejissor X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va chet el kinoekranlarida shuhrat qozongan. 1963-yilda Kino, radio va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi tuzildi. 60-yillarda G. Barakatning „Gunoh“, T. Salohning „Qahramonlar kurashi“, S. Sayfining „Sevish mavridi emas“ filmlarida xotin-qizlar ozodligi masalasi, Yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari koʻtarildi. 70—80-yillarda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islohoti va boshqa mavzularga bagʻishlangan. 1975-yildan milliy kino festivallari, 1976-yildan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam oʻtkazila boshladi. Misrning koʻplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorliqdar bilan taqdirlangan. Mamlakatda 8 ta kinostudiya, 350 ta kinoteatr bor.
Manbalar
BMT aʼzolari
Arab davlatlari |
2,646 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Senegal | Senegal | Senegal, Senegal Respublikasi (République du Sénégal) — Gʻarbiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 196,2 ming km². Aholisi 15,6 mln. kishi (2016). Poytaxti — Dakar shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi
Senegal — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 7 yanvarda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Abdulay Vad), u umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Senegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, janubida daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. Senegal hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shimolida quruq va janubida nam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shimolida 250–300 mm dan janubida 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproklar koʻproq uchraydi. Shimolida chala choʻl oʻsimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bogʻlarda chiyaboʻri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot koʻp. Qirgʻoq boʻyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.
Aholisi
Aholisining koʻpchilik qismini (87%) gʻarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va boshqa xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.
Tarixi
Senegal hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu yerlar toʻla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-asrlarda Senegal hududida bir necha davlat paydo boʻlgan. 15-asrda bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-asrdan qul savdosini avj oldirgan. 17-asrdan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895-yil S hududi Fransuz Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Birinchi jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Senegal hududi "Ozod Fransiya"ning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi boʻldi. Urushdan soʻng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958-yil referendum natijalariga koʻra, Senegal Fransiya hamjamiyati tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959-yil yanvarda S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960-yil 4 apreldagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avgustda Senegal Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Senegal 1960-yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 4 aprel — Mustaqillik kuni (1960).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981-yil asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976-yil tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957-yil asos solingan sobiq Senegal mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yoʻlining davomchisi, taʼsis qurultoyi 1981-yil oʻtkazilgan; Senegal demokratik partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Senegal sotsialistik partiyasi, 1948-yil asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997-yil tashkil etilgan. Senegal meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969-yil tuzilgan.
Iqtisodiyot
Senegal — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 19%, sanoatning ulushi 17%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%. Senegal eksporti qiymatining yarmiga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Yer yongʻoq yetishtirish va uni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakchi oʻrinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajoʻxori, moyli palma, paxta ham yetishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, qoʻy, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Senegal sanoati, asosan, yer yongʻoqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yashil Burun yarim orolda joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik va poyabzal (Dakarda) ishlab chiqarish rivojlangan. Sement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida oʻgʻit ishlab chiqarish) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yoʻllar uz. 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Chetga yer yongʻoq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — afrika franki.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil topgan. Birinchi boshlangʻich maktab 1816-yil, birinchi kollej 1843-yil ochilgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963-yil 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil: 4 yil toʻliqsiz oʻrta (kollej) va 3 yil toʻliqoʻrta (litsey). Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktabida (3 yil), texnika kollejida (4 yil), texnika litseyida (7 yil) amalga oshiriladi. Oliy taʼlim tizimida Dakar universiteti (1949), Gor mutatsiya universiteti faoliyat koʻrsatadi. Ularda oʻqish muddati 4 yildan 6 yilgacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy maʼmuriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va boshqa bor. Kutubxonalari: Dakarda Senegal arxivi kutubxonasi bilan (1913), Qora Afrika fundamental institutining kutubxonasi (1938), universitet kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika sanʼati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental instituti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va boshqa
Ilmiy muassasalarning kupi Dakar universiteti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental instituti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy sanʼat instituti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Qishloq xoʻjaligi instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari bilan birga), Paster instituti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari instituti (1963), Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va boshqa bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telakoʻrsatuvi
Eng muhim gaz. va jur.lari: "Soley" ("Quyosh", kundalik umummilliy gaz., 1970-yildan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal" ("Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856-yildan), "Sopi" (haftalik gazeta), "Daan doole" ("Mehnatkash", oylik gaz., 1982-yildan), "Karfur" ("Chorraha", 2—3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Politisyen" ("Siyosatchi", oylik hajviy gaz., 1977-yildan), "Yunite Afriken" ("Afrika birligi", oylik gaz., 1974-yildan), "Afrika" (oylik jur., 1962-yildan), "Gestu" ("Tadqiqot", 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), "Taksau" ("Qoʻzgʻol", oylik jur., 1977-yildan), "Etiopik" (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975-yildan). Senegal axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; Senegal radioeshittirish va telekoʻrsatuv boshqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972-yil tuzilgan.
Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. ogʻzaki sheʼriy anʼana mavjud. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo boʻla boshladi. Bakari Dialloning oʻz hayoti asosida yozgan "KuchSahovat" qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan soʻng Usmon Sose Diopning "Karim" (1935), "Parij saroblari" (1937) romanlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy sheʼriyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60-yillarda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini koʻrdi. U. Semben "Vatanim mening, oʻktam xalqim mening", "Harmattan — issiq shamol" romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bagʻishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona oʻtmishiga koʻp eʼtibor berdilar.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Oʻrta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland boʻlmagan doirasimon daxmalar, toʻgʻri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-asrlar, Tambakunda yaqinida), zoʻr mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan toʻrtburchak shaklda ishlangan tomi toʻrt nishabli chaylalar boʻlib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida oʻtoʻlan bilan yopiladi, toʻgʻri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan oʻralgan choʻziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va koʻk rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va toʻrt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shimoliy Afrikaning oʻrta asrlar meʼmorligi uslubida qurilgan. 20-asrda shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, fabrika, meqmonxona, maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Koʻp qavatli uylar oftob toʻsqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960-yildan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda anʼanaviy badiiy xunarmandchilik (yogʻochdan roʻzgʻor anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbogʻlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy toʻquvchilik urf boʻlgan. Ular "Dakar rassomlik maktabi" uslubida ziynatlanadi.
Musiqasi
Senegal musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va boshqa mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-asrdan arab, 15—16-asrlardan yevropaliklar musiqasi taʼsiri sezila boshlagan. Senegal xalqining cholgʻu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qoʻngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qoʻshiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulugʻlovchi tarixiy ertak qoʻshiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qoʻshiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida koʻp ovozlilik Senegal musiqasiga xos xususiyatdir. Anʼanaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-asrning 60-yillaridan musiqa sanʼati muammolari bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy muassasalar paydo boʻla boshladi. Radioeshittirish (1926-yildan) va telekoʻrsatuv (1964-yildan) musiqiy eshittirishlarga katga eʼtibor beradi. Dakarda turli sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi.
Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari — griotlar koʻp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933-yil Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Senegal teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi boʻlib qoldi. 1961-yil Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965-yil Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969-yil Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.
Kinosi
20-asrning 50 yillarida Fransiyada taʼlim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rejissyorlar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi Senegal kinematografiyasi boshlanishiga turtki boʻldi. Senegal mustaqilligi eʼlon qilingach, "Millatning tugʻilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rejissyor P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rejissyor B. Sengor) va boshqa hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy anʼanalar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rejissyor U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va boshqa filmlarida rejissyor eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning oʻsishi muammolarini koʻtarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rejissyor M. Traore), "Bezori" (rejissyor J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rejissyor M. Tiam), "Sertifikat" (rejissyor T. Av), "Getitey" (rejissyor S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi.
Manbalar |
2,654 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Respublikasi%20davlat%20gerbi | Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Izoh
Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston“ deb yozib qoʻyilgan.
Yana qarang
O‘zbekiston gerblari
Oʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbek SSR Gerbi
Oʻzbekiston
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekiston davlat bayrogʻi // Heraldicum.ru
Oʻzbekiston: Mamlakatning birinchi rahbarlari (gerbni qanday qabul qilganlar)
Davlat gerblari
Oʻzbekiston: Davlat ramzlari |
2,681 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek%20alifbosi | Oʻzbek alifbosi |
Oʻzbek arab alifbosi
Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920chi yillarda ayrim Turkiy davlatlar arab yazuvidan voz kechib lotin yozuviga oʻta boshladilar. Birinchi boʻlib Ozarbayjon 1922-yilda lotin yozuvida oʻtdi, 1928-yilda esa Turkiya lotin yozuvini qabul qildi. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.
Arab alifbosi
آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ
Yanalif
1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) oʻtilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.
Kiril yozuvi
1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.
Lotin alifbosi
Lotin yozuviga koʻchish
Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.
Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.
Alifbolardagi mosliklar
Qoidalar
Ts (Ц) harfi
Soʻz boshida yoki soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin S yoziladi.
Lekin soʻz oʻrtasida unli tovushdan keyin Ts yoziladi.
Misol uchun
Ye (Е) harfi
Soʻz boshida yoki soʻz urtasida unli tovushdan keyin Ye yoziladi.
Lekin soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin E yoziladi.
Misol uchun
Qattiq X va yumshoq H harflari
Kirill Ҳ harfi lotincha H yoziladi.
Kirill X harfi lotincha X yoziladi.
Misol uchun
Istisnolar
Ya (Я) harfi
Сентябр soʻzi lotincha sentabr yoziladi.
Октябр soʻzi lotincha oktabr yoziladi.
Bosh harflar
Misol uchun
Abbreviaturalar
Misol uchun
Oʻzbek alifbosi islohoti
Oʻzbek alifbosi yoki imlo qoidalarini isloh qilish boʻyicha bir qancha takliflar ilgari surilgan.
VIII-IX asrlar oraligʻida oʻzbeklarning ajdodlari qadimgi uygʻur, xorazm va Oʻrxun-Enasoy yozuvlarini qoʻllagan. Oʻrta Osiyo arablar tomonidan egallanganidan soʻng, arab alifbosi isteʼmolga kiradi. 1928—1940-yillarda lotin alifbosi amalda boʻlib, 1940-yilda SSSRdagi boshqa koʻplab tillar singari oʻzbek tili ham kirill yozuviga oʻtkazildi. Oʻzbekiston mustaqil boʻlganidan keyin, 1993-yilda lotin alifbosiga qaytildi.
Tarix
Eski oʻzbek yozuvi
Eski oʻzbek yozuvi arab grafikasiga asoslangan boʻlib, u quyidagi harflarni oʻz ichiga olgan: ى ﻩ و ن م ل ک ق ف غ ﻉ ﻅ ﻁ ﺽ ﺹ ش س ژ ز ر ﺫ د خ ﺡ چ ﺝ ت ﺕ پ ب آ ا . XIX asrda /g/ tovushi uchun گ hamda /ŋ/ tovushi uchun ڭ harflari kiritilgan. Biroq oʻshanda oʻzbek yozuvining aniq meʼyorlari boʻlmagan va turli nashrlar har xil imlo qoidalaridan foydalanishgandi. Qoʻqonlik maʼrifatchi Ashurali Zohiriy oʻzining 1916-yilda nashr etilgan „Imlo“ darsligida shunday deydi:
"Bizning hozirgi (eski) imlomizda qoida degan narsa aslo rioya etilmagʻonligidan har kim oʻzicha qanday yozmoqni xohlasa, oʻshanday yoza bergʻon; bu adabiyotimizning kengayishiga sad boʻlib, yoshlarimizning qiynalishidan boshqa ajnabiy millatlarning qoshida tilimizning masxara qildirib, madaniy tillarga baho qoʻygʻonda, qimmati hech boʻlishiga sabab boʻldik. Shunga binoan bul „Imlo“ risolasini yozdim. Eng zarur qoidalarni darj etdim… „hoye rasmiya“ni imlomizgʻa kirgʻizdim."
1919-yilda Toshkentda Fitrat boshchiligida til-imlo va adabiyot masalalari bilan shugʻullanuvchi toʻgarak-seminar — „Chigʻatoy gurungi“ jamiyati tashkil topadi. Bu xakda „Ishtirokiyun“ gazetasi shunday yozgan edi:
"Toshkentda yosh buxoroliklarning faol aʼzolaridan Fitrat afandi ila o‘zbek yoshlari tarafidan „Chigʻatoy gurungi“ nom(li) yangi bir jamiyat tuzilgan. Milliy ishlar komissariati tarafindan tasdiq etilib ishka kirishkan. Bu jamiyatning maqsadi: Turkistondagi eski va yangi turkiy asarlarni jam qilib, turkiy tilini ixyo qiluv haqinda materiyol hozirlamok, lugʻat va adabiyot dunyosin boyitmoqdir".
«Chigʻatoy gurungi» jamiyati faoliyatida alifbo va imlo masalalari alohida o‘rin tutadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:
1) eski o‘zbek tilidagi 8-9, yangi o‘zbek tilidagi 6-7 unli fonema faqat 3 ta harf - ا (alif), و (vov), ي (yo) bilan ifodalangan;
2) ayrim harflar polifonemali grafema tarzida qo‘llangan: و (vov) harfi «v» undoshini va «u», «o‘» unlilarini (demak, uchta fonemani), ي (yo) harfi ham uchta fonemani - «i», «e (ye)» unlilarini va «y» undoshini ifodalagan;
3) «t» undoshi uchun ikki harf - ت (te), ط (to); «s» undoshi uchun uchta harf - ث (se), س (sin), ص (sod) ; «z» undoshi uchun esa to‘rtta harf - ذ (zol), ز (ze), ض (zod), ظ (zo) qo‘llangan;
4) har bir harfning to‘rt xil shakli - so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida yoki yolgʻiz holda qo‘llanadigan allograflari bo‘lgan.
Bunday holat maorif-ta’lim ishlarida va yozuv amaliyotida qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan, ravon o‘qish ko‘nikmalarining shakllantirilishiga halaqit bergan. «Chigʻatoy gurungi» jamiyati ayni shu qiyinchiliklarni hisobga olib, alifbo va imlo muammolari bilan shugʻullanishga majbur bo‘lgan. Jamiyatning «Imlo to‘dasi» a’zosi Elbek tomonidan «Bitik yo‘llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga «u» unlisi uchun, «o‘» unlisi uchun), «o» unlisi uchun, «a» unlisi uchun, «i» unlisi uchun, «e» unlisi uchun harflarini kiritish tavsiya etiladi.
Manbalar
Havolalar
Qaysi biri toʻgʻri: O'zbekiston, O’zbekiston, O`zbekiston yoki Oʻzbekiston?, Ozodlik radiosi
Lotin alifbomizdagi ba’zi harflar oʻzgaradi(mi?), Zamin
Oʻzbek lotin yozuvi muammolari: internetdagi muhokamalar , Hamza Foziljonov
Qaysi biri toʻgʻri: „sentabr“ yoki „sentabr“? , Xushnudbek Xudayberdiyev
Oʻzbekiston |
2,683 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistonning%20tashqi%20siyosati | Oʻzbekistonning tashqi siyosati | O‘zbekistonning tashqi kursi 2005-yilning o‘rtalarida Andijondagi xalq g‘alayonlarining bostirilishi natijasida mamlakat xalqaro yakkalanib qolganidan keyin keskin o‘zgardi.
2012-yilda “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Neytrallik eʼlon qilindi.
BMT
AQSh va boshqa Gʻarb davlatlari bu voqealarni mustaqil tergov qilishni talab qilib, Oʻzbekiston hukumatini qoʻzgʻolonni bostirishda begʻaraz kuch ishlatganlikda ayblab keldi. Yevropa Ittifoqi va AQSh Kongressi O‘zbekistonga qarshi sanksiyalar kiritdi. 2005-yil 23-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekistonni Andijon voqealari ishtirokchilariga nisbatan ta’qib qilinayotganini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi. BMT rezolyutsiyasida u ommaviy hibsga olishlardan xavotir bildirdi va haddan tashqari shafqatsizlik koʻrsatgan yuzlab odamlarning oʻlimiga hukumat qoʻshinlarini aybladi. Rezolyutsiyaning qabul qilinishi AQSh tashabbusi bilan chiqqan. Unga 73 davlat ovoz berdi, 58 davlat betaraf qoldi. Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya qarshi ovoz berdi. Biroq, 2009-yil oktyabr oyida embargo va boshqa cheklovlar bekor qilindi.
AQSh
1992-yildan buyon AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasida yaqin munosabatlar rivojlanib, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturi, iqtisodiy aloqalar, siyosiy va fuqarolik jamiyati masalalari, Oʻzbekiston xalqiga ingliz tilini oʻrgatish kabi sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, farovonlik va xavfsizlikni taʼminlashda Qoʻshma Shtatlarning muhim hamkori hisoblanadi va Qoʻshma Shtatlar ushbu maqsadlarga erishish uchun Oʻzbekistonga xavfsizlik sohasida yordam koʻrsatadi. Mintaqaviy tahdidlarga quyidagilar kiradi: giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, terrorizm va ekstremizm. O‘zbekiston NATOning Afg‘onistondagi tinchlikparvar kuchlari uchun, birinchi navbatda, foydalanish uchun elektr energiyasi va temir yo‘l infratuzilmasini ta’minlash orqali asosiy hamkor hisoblanadi.
2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan so‘ng va Qo‘shma Shtatlar shafeligida “global aksilterror koalitsiyasi” tuzilganidan so‘ng, O‘zbekiston 2001-yildan buyon AQShni terrorizmga qarshi kampaniyasida qo‘llab-quvvatladi va o‘z hududini AQSh va NATO qoʻshinlari, Oʻzbekiston va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlar iliqlashdi. Mamlakat rahbari Islom Karimov AQShga bir necha bor tashrif buyurdi. O‘zbekiston Qo‘shma Shtatlarning strategik hamkori hisoblanib, ularning katta moliyaviy yordamidan bahramand bo‘ldi.
Xitoy
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Andijon voqealaridan keyin birinchi bo‘lib Xitoyga tashrif buyurgan prezident bo‘ldi. 25-may kuni XXR raisi Xu Szintao va Karimov o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. G‘arbning bosimi fonida Xitoy rahbariyati O‘zbekiston Prezidenti tarafini oldi. Karimov “Jenmin Jibao” gazetasiga bergan intervyusida Andijon voqealariga xorijdan yo‘naltirilgan va moliyalashtirilganini ta’kidlagan: “Jinoyatchilar va ularning orqasida turgan kuchlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda vaziyatni beqarorlashtirishni maqsad qilgan”. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kun Tsyuan Pekin “Oʻzbekiston rasmiylarining terrorizm, separatizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini” qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi.
Karimovning 2005-yil 25-mayda Xitoyga tashrifi chogʻida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao Oʻzbekiston hukumatiga yagona Xitoy tamoyiliga sodiqligi va Xitoy xalqini vatanni birlashtirish yoʻlidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi: “O‘zbekiston bundan keyin ham “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi”, – dedi, Karimov bunga javoban Xitoyni O‘zbekistonning haqiqiy do‘sti va do‘stona qo‘shnisi, deb atadi. Mustaqillikka erishganidan buyon uning mamlakati Xitoy bilan doimo yaqin hamkorlik qilib kelganini ta’kidladi. Xu Szintao Xitoy o‘zbek xalqi tanlagan taraqqiyot yo‘lini hurmat qilishini ta’kidladi.. “O‘zbekiston tomoni Xitoyning xalqaro munosabatlardagi roli ortib borayotganini yuksak qadrlaydi”, – dedi Karimov.
Rossiya
2005-yilgi inqiroz davrida Rossiya dastlab Oʻzbekiston rasmiylarining harakatlarini qoʻllab-quvvatladi va Oʻzbekistonning xalqaro yakkalanishidan Markaziy Osiyoda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun foydalandi. Rossiya hukumati Oʻzbekiston soʻroviga koʻra 2005-yilning iyun oyida Ivanovo shahrida Andijon voqealarida ishtirok etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan bir guruh shaxslarni qoʻlga oldi. 2006-yilning avgustida Rossiya Bosh prokuraturasi xalqaro tashkilotlar ushbu shaxslarni siyosiy qochqinlar deb tan olganiga qaramay, Rossiyadan siyosiy boshpana olishdan bosh tortgan 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosi va bir nafar Qirgʻiziston fuqarosini Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qildi. O‘zbekiston prokuraturasi ularni “ekstremistik jinoiy hamjamiyatda ishtirok etish, ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar, terrorizm, qo‘poruvchilik, qotillik, tartibsizliklar va o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy sotib olishda” aybladi. O‘zbekiston ularga “qiynoqqa, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor bo‘lmaslik” va ularga nisbatan “o‘lim jazosi” qo‘llanilmasligini kafolatladi.
2005-yil 9-iyun kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Ivanov Bryusselda boʻlib oʻtgan Rossiya-NATO Kengashi yigʻilishida “xalqaro islom terrorizmi” kuchlari Andijonda Oʻzbekiston hukumatiga qarshilik koʻrsatganini aytdi. U O‘zbekiston rasmiylari harakatlarining qonuniyligini xalqaro tergov o‘tkazishga qarshi chiqdi. Ivanovning soʻzlariga koʻra, xalqaro tashkilotlar tartibsizlikni bostirish uchun rasmiylarning harakatlarini emas, balki uning oʻzi qanday sharoitlarda boʻlganini tekshirishi kerak edi: “Bizda juda ishonchli maʼlumotlar bor: Andijonda sodir boʻlgan barcha voqealar Afgʻoniston hududidan ilhomlantirilgan. Islomiy tashkilotlarning qurollangan jangarilari guruhi, jumladan Tolibon ham uzoq vaqtdan beri Oʻzbekistonga bostirib kirishga hozirlik koʻrmoqda... Oxir oqibat, bu strategik muhim mintaqada xalqaro terrorizm tahdidini to‘xtatish haqida bormoqda”.
Rossiya hukumati Andijon voqealarini tergov qilishni tartibsizliklarni qoʻzgʻatuvchilar va “xalqaro terrorizm” oʻrtasidagi aloqalarni qidirishga qisqartirishga chaqirdi. May oyi o‘rtalarida tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday degan edi: “Oʻzbekistonda qurolli ekstremistlar guruhini kim va qanday maqsadda toʻplagani boʻyicha eng chuqur tekshiruv oʻtkazish kerak”.
Oʻzbekiston oʻz navbatida GUUAM tashkilotidan chiqishini rasman eʼlon qildi, uning pozitsiyalari Rossiyaga qarshi boʻlib bordi. Oʻzbekiston oʻz navbatida GUUAM tashkilotidan chiqishini rasman eʼlon qildi, uning pozitsiyalari tobora Rossiyaga qarshi boʻlib bordi, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga aʼzo boʻlish niyati borligini eʼlon qildi, 2005-yil 14-noyabrda Rossiya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzoladi, Qarshida AQSh Harbiy-havo kuchlarining Xonobod bazasi 2001-yildan beri Afgʻonistondagi operatsiyalarni havodan qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanilgan va 2006-yildan boshlab Rossiya qoʻshinlari foydalanishi uchun tayyor boʻldi.
Islom Karimov 2005-yilning yozidan buyon maʼlum bir davlatdagi qoʻzgʻolon yoki qoʻzgʻolonni bostirish uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan xalqaro tezkor harakat kuchlarini yaratish zarurligini tobora koʻproq taʼkidlab keldi. Aynan shu g‘oya 2005-yil oktabr oyida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga asos bo‘ldi.
Tojikiston
Turkmaniston
Pokiston
Germaniya
2005-yil 23-noyabrda O‘zbekiston o‘z hududidan yana bir harbiy bazani – Germaniya Afg‘onistondagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanayotgan Termizdagi logistik ta’minot stansiyasini olib chiqishni talab qildi. O‘zbekiston NATOni ushbu blokning harbiy samolyotlari uchun havo hududini yopayotgani haqida rasman xabardor qildi. Termiz aeroporti uchun Germaniya ijara shartnomasi 2002-yilda imzolangan. Bu kelishuvga ko‘ra, Germaniya kontingenti Afg‘onistondagi vaziyat yakuniy hal etilgunga qadar shu yerda qolishi kerak edi.
Braziliya
Yana qarang
O‘zbekistonning diplomatik aloqalari
Manbalar
Havolalar
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston tashqi siyosatining maqsad va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi saytida
Moskva bilan ittifoq: Toshkent geosiyosiy tanlov qildi, “RIA Novosti”, 15.11.2005
Adabiyotlar
Mavlonov I. R. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati // MDH mamlakatlarining tashqi siyosati / Muh.-yor. D. А. Degterev, K. P. Kurilev. — M.: “Aspect Press« nashriyoti, 2017. — 411-453 b.
Oʻzbekiston siyosati |
2,699 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Avesto | Avesto | «Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.
Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:
Yasna («Diniy marosimlar»),
Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),
Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),
Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).
Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.
«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.
Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. A. hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) Zardusht dini ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida oʻz jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni oʻz ichiga oladi. A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar). Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999-yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000-yil 29-mart), "Avesto"ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-yilning oktabr oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbekistane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.
Nashr qilingan adabiyotlar
Avesto. Oʻzbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001.
«Avesto»dan (tarj. M. Ishoqov). Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali, 1999, # 2-4
Ilmiy adabiyotlar
Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969
Abu Bahr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966
A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971
H. Homidov. «Avesto» fayzlari. – T.: 2001
N. Rahmonov. «Avesto»ning paydo boʻlishi. – «Oʻzbekiston ovozi» gaz., 2001, 26-may.
N. Rahmonov. «Avesto»: Zamin, vatan demakdir. – «Oʻzbekiston ovozi» gaz., 2001, 25-sentabr.
Manbalar
Oʻzbekiston adabiyoti |
2,700 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Moniylik%20tavbanomasi | Moniylik tavbanomasi | Moniylik tavbanomasi (Xuastuanift) — 3-6 asrlar.
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi aʼzolarining madhiyasi va nizomi hamdir.
Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni oʻz ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini oʻzgartirmagan holda davom ettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qoʻyishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab boʻladi. Moddiy olam esa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uygʻunlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Moniylik sheʼrlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk sheʼriyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi.
Nashr qilingan manbalar:
Z. Asmussen. Xuastuanift. Kopenhgagen, 1960.
Ilmiy adabiyot:
L.Yu. Tugusheva. Poeziya drevnix uygurov. «Tyurkologicheskiy sbornik», — M.: 1972.
N. Rahmonov. Ruhiyatdagi nur murodi. «Sharq Yulduzi» jurn, 2001, # 3.
Oʻzbekiston adabiyoti |
2,702 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Joomla%21 | Joomla! | Joomla! bu Open-Source Web Content Management Systemasi (WCMS) bo'lib, Open-Source-Proyekt Mambodan ajrashib chiqqan.
Joomla! PHPda yozilgan bo'lib, o'z ma'lumotlarini MySQL Ma'lumotlar Bazasida joylaydi. Joomla! Open-Source-Lisenziyasi orqali tekin tarqatiladi. Joomlani sozlash juda oson.
Manbalar
Weblinks
Joomla.org - Joomla! web sahifasi (inglizcha)
Joomla 1.5 Alpha API (inglizcha)
Internet
Kross-platformali dasturlar
Veb-freymvorklar |
2,704 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrxun-Enasoy%20obidalari | Oʻrxun-Enasoy obidalari | Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.
Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan.
Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan.
Nashr qilingan manbalar:
Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof.Fitrat). — T.: 1927;Yeniseyskaya pismennost tyurkov. -M,L.: 1952;Qadimgi hikmatlar. — T.: 1987.
Ilmiy adabiyot:
Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. -M.: 1951;I.V.Stebleva. Poeziya tyurkov U1-U111 vv. —M.:1964;I.V.Stebleva. Poetika drevnetyurkskoy literaturi i ee transformatsiya v ranneklassicheskiy period. — M.: 1976;A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — T.: 1971.N.Rahmonov. Inson ruhining sadosi. — T.: 1986;N.Rahmonov. Koʻhna bitigtoshlar. — T.: 1990:N.Rahmonov. Turk xoqonligi. — T.: 1993.
Oʻzbekiston adabiyoti
Havolalar
Oʻrxun-Enasoy Bengütaşları |
2,708 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek%20adabiyoti | Oʻzbek adabiyoti |
Qadimgi Yodgorliklar
Milodiy 7 asrgacha
Avesto
„Avesto“ — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. „Avesto“da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
Moniylik tavbanomasi
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, „Xuastuanift“ („Moniylik tavbanomasi“) uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
Oʻrxun-Enasoy obidalari
Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.
8-13 asrlar
Ahmad Yassaviy
Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi. 11 asrning soʻngida Sayram qishlogʻida Shayx Ibrohim oilasida tugʻilgan. Shayx Arslonbobdan taʼlim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa boʻlgan, shayxlikni Hamadoniyning toʻrtinchi xalfasi Abduxoliq G`ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, „buyuk turk piri olamdan etakni silkkan“ (Alisher Navoiy).
Oʻgʻuznoma
„Oʻgʻuznoma“ dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, „Dada qoʻrqut kitobi“ va „Oʻgʻuznoma“dir.
Mahmud Qoshgʻariy
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al–Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. „Devonu lugʻotit-turk“ asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. „Devon“da tilga olingan „Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki“ („Turkiy tillarning nahv qoidalari“) asari bizgacha etib kelmagan.
Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy)
Ilk turk dostonnavisi Bolasog`unda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan „Qutadg`u bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u O`R FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“) vaznida yozilgan
Adib Ahmad Yugnakiy
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi.
Nosiriddin Rabgʻuziy
Yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti Oʻgʻuz qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan. Moʻgʻul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar „Kisasul-Rabgʻuziy“ muallifi. Asar moʻgʻul hukmdori Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil) yozilgan..
Oʻzbek Mumtoz Adabiyoti
(XIV Asr-XIX Asrning Birinchi Yarmi)
Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar)
Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar)
Sayfi Saroyi
Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.
Lutfiy
15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Xorazmiy
Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
Husayniy (Husayn Boyqaro)
Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.
Alisher Navoiy
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Atoyi
Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.
Sakkokiy
15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.
Gadoiy
Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.
16 asr-19 asrning birinchi yarmi
Shayboniy
Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan.
Muhammad Solih
Oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida iz qoldirgan isteʼdodli shoir, Shayboniy saroyida „amirul-umaro“, „malikush-shuaro“ unvonlarini olgan.
Ubaydiy
Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan.
Abulgʻozi Bahodirxon
Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644 yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644 yil aprelda vafot etadi.
Soʻfi Ollohyor
Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri oʻsha yerda.
Boborahim Mashrab
Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan (1711) dorga osiladi.
Muhammadniyoz Nishotiy
Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash`or“ kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni (1903) OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
Xoʻjanazar Huvaydo
Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.
Nurmuhammad Andalib
Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“ asarlarida fikrlar bor.
Shermuhammad Munis
Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.
Jahon otin Uvaysiy
Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi.
Amiriy (Amir Umarxon)
Yirik oʻzbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qoʻqonda tugʻilgan, Qoʻqon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Margʻilon hokimi (1807—1810), Qoʻqon xoni (1810-22) boʻlgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. „Devon“ tartib bergan, „Umarnoma“ dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham eʼlon qilingan, uning torshirigʻi bilan „Muhabbatnoma“ majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.
Nodira (Komila)
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.
Muhammadsharif Gulxaniy
Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning „Majmuai shoiron“, Vozehning „Tuhfatul-ahbob“, Avazmuhammad Attorning „Tarixi jahonnoma“ asarlarida maʼlumot bor.
Muhammad Rizo Ogahiy
Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan isteʼfo beradi. Qolgan umrini ijodga bagʻishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.
Yangi Oʻzbek Adabiyoti
(XIX Asrning Ikkinchi Yarmi — XX Asr)
Milliy uygʻonish davri (19 asrning ikkinchi yarmi 20 asrning boshi)
Komil Xorazmiy
Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.
Muhyiddin Muhyi
Muhyi Qoʻqon adabiy muhitiga mansub shoir boʻlib, ikki tilda ijod qilgan. Sheʼrlari turli mavzularda. Asosan ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.
Yusuf Saryomiy
Saryomiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asr boshlari oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.
Feruz (Muhammad Rahimxon II)
Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va sanʼat rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, sanʼatkor ham talabchan muxlis boʻlgan.
Muqimiy
Muqimiy milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.
Zavqiy
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy oʻrin egallaydi. Zavqiyning „Kelmasa kelmasun netay?“ radifli gʻazali oʻzbek mumtoz adabiyotining goʻzal anʼanalarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.
Furqat
Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.
Is’hoqxon Ibrat
Ishoqxon Ibrat 19 asr ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida yashab ijod etgan maʼrifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos, olim, sayyoh, ilk oʻzbek matbaachilaridan.
Tabibiy Ahmad
Tabibiy Xorazm adabiy muhitiga mansub shoir. Tabibiy ijodida tazkiranavislik anʼanalari oʻz rivojini topdi.
Anbar otin
Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira.
Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar)
Siddiqiy Ajziy
Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgan.
Karimbek Kamiy
Karimbek Sharifbek oʻgʻli Kamiy — Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.
Mahmudxoʻja Behbudiy
Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.
Rahmonberdi Madazimov
Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) Oʻzgan shahrida tugʻilgan. Yozgan kitoblari: „Oʻshning tavsifi“, 1914 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori kanselyariyasi qoshidagi nashriyoti, "Ismlar imlosi", 1915 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori devoni qoshidagi nashriyoti.
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli
Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi.
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi.
Soʻfizoda, Muhammadsharif
Muhammadsharif Soʻfizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tugʻildi.
Tavallo
Toʻlagan Xoʻjamyorov Tavallo 1883 yili Koʻkcha dahasida dunyoga keldi. „Beklarbegi“ madrasasida, rus-tuzem maktabida oʻqidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsatadi.
Hoji Muin
Hoji Muin milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon.
Sidqiy Hondayliqiy
Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tugʻildi. 1903 yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi.
Abdurauf Fitrat
Fitrat Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi oʻzbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
Saidahmad Vasliy Samarqandiy
Saidahmad Vasliy Samarqandiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan.
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon
Oʻzbek yangi sheʼriyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.
Sovet davri adabiyoti (20 asrning 30-80 yillari)
Gʻafur Gʻulom
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
Oybek
Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tugʻilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. „Bolalik xotiralarim“ (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabogʻi, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
Abdulla Qahhor
Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda, „Istiqbol“ maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.
Mirkarim Osim
Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsulurfon“ maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.
Maqsud Shayxzoda
Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub boʻlib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgan 1921—1925 yillarda Boku dorulmualliminida oʻqigan. Keyin Dogʻistonning Darband, Boʻynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida shoʻrolarga qarshi faoliyatda ayblanib, 25 yilga qamaldi. Shaxsga sigʻinish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi.
Hamid Olimjon
Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. „Koʻklam“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.
Mirtemir
Oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida tugʻildi. Oʻn bir yoshida qishlogʻidan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil koʻrdi. 1925 yilda oʻzbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga oʻqishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida oʻtadi. Shoir ozod etilgach, turli oʻquv muassasalarida oʻqituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir boʻlib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.
Izzat Sulton
Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910 yilda Oʻsh shahrida tugʻildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan oʻspirin „Narimonov“ nomli maktabda oʻqidi, taʼlim-tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda oʻqituvchi boʻldi (1930). 1930 yilda SAGUning ijtimoiy fakultetiga oʻqishga kirdi. „Batrak“ gazetasida mas`ul kotib boʻldi (1931). 1932 yilda oʻzining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida chop ettirdi. Aspiranturadagi oʻqishni (1934—1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qoʻshib olib bordi: „Kambagʻal dehqon“ gazetasi tahririyatida ishladi. 1937 yildan Izzat Sultonovning qizgʻin ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor oʻrinbosari (1937—1942), Oʻzbekiston respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat qoʻmitasi raisi muovini (1942—1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943—1945), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948)
Usmon Nosir
20 asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganda tugʻildi. Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti(OʻzDU)ning filologiya fakultetida oʻqidi.
Zulfiya
Oʻzbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tugʻilgan. Oʻrta maktabdan soʻng pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan. 1938—1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik Oʻzdavnashrda boʻlim boshligʻi, 1950 yildan 1980 yilga qadar „Saodat“ jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.
Nazarmat
Nazarmat (Egamnazarov Nazarmat) 1917 yil Nov qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrta maʼlumotni oʻz qishlogʻida, oliy maʼlumotni Samarqand Davlat universiteti filologiya fakultetida oldi (1936—1941). Urush qatnashchisi, leytenant, vzvod komanderi, moto-oʻqchi batalon komandiri oʻrinbosari (1942—1944), oʻzbek tilida chop etilfdigan harbiy gazeta muhbiri (1945). Orden va medallar bilan taqdirlangan.
Matyoqub Qo'shjonov
Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi FAning aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
Asqad Muxtor
Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida tugʻilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida oʻqigan. Soʻng 1938 yilda Samarqanddagi OʻzDU filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 1943—1945 yillarda Andijon pedogogika institutida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir boʻlib ishlagan.
Said Ahmad
Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining „Samarqand darvoza“ mahallasida tugʻilgan.
Shukrullo
Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi — Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli emchi boʻlgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan.
Mirmuhsin
Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
Odil Yoqubov
Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻistonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951—1956 yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas`ul vazifalarda ishlagan.
Pirimqul Qodirov
Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktabrda Turkiston tizma togʻi etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951 yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.
Ibrohim Gʻofurov
Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956—1961 yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961—1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi.
Oʻrinboy Rahmonov
Shoir Oʻrinboy Rahmonov (1910-1980) Oʻsh shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927 yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissyor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780 yillar) qarindoshi boʻlgan.
Mustaqillik davri adabiyoti (20 asrning 90-yillaridan)
Rauf Parfi (1943-2005)
Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, Gʻafur Gʻulom nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, „Jahon adabiyoti“ jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi „Oʻzbekiston xalq shoiri“ dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning „Ozodlik lavhalari“ („Alvohi intiboh“), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning „Uch sarboz“ va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Asarlari: „Karvon yo‘li“ (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks — sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko‘zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1989), „Tavba“ (2000) kabi to‘plamlari, „Sukunat“ (1991), „Adashgan ruh“ dostoni, „Hijrat“, „Men yolg‘izman“, „Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar“, „Ona Turkiston“ (1992), „Turkiston ruhi“ (1993), „Saylanma“ (1993), „Tong otmoqda“, „Shoir“, „Xato qildim“, „Cho‘lpon“, „Yomg‘ir yog‘ar“ (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon“ marsiyasi va boshq.
Ahmad A'zam
Ahmad Aʼzam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.
1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).
1995 yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, Toʻrtinchi hokimiyat" .
„Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“ degan nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“ degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan.
Xurshid Davron
Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni.
Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yoʻgʻrilgan. Uning „Samarqand xayoli“, „Sohibqiron nabirasi“, „Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari“ asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bagʻishlangan.
Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur sogʻinchi“, „Algʻul yulduzi“ (Mirzo Ulugʻbek) pʼyesalarining muallifi. „Bobur sogʻinchi“ asari 2003-yilda Muqimiy nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda Oʻzbekiston sanʼat institutining talabalar teatri sahnasida qoʻyilgan.
Chop etilgan kitoblari:
„Qadrdon quyosh“ — Sheʼrlar toʻplami,1979 "Shahardagi olma daraxti — "Sheʼrlar toʻplami,1979 „Tungi bogʻlar“ — Sheʼrlar toʻplami,1981 „Uchib boraman qushlar bilan“ — Sheʼrlar toʻplami,1983 „Toʻmarisning koʻzlari“ — Sheʼrlar toʻplami,1984 „Bolalikning ovozi“ — Sheʼrlar toʻplami,1986 „Qaqnus“ — Sheʼrlar toʻplami,1987 „Polet odinokoy ptitsi“ — Sbornik stixov,1989 „Samarqand xayoli“ — Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar,1991 „Sohibqiron nabirasi“ — Tarixiy hikoylar va qissalar,1995 „Shahidlar shohi“ (Shayx Kubro tushlari" — Tarixiy-maʼrifiy qissa,1998 „Bahordan bir kun oldin“ — Sheʼrlar toʻplami,1997 „Bibixonim qissasi“ — Tarixiy hikoyalar va qissalar,2007 „Shayx Kubro tushlari“ — Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr,2008
Shuningdek,Xurshid Davronning oʻndan ortiq jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari ham nashr etilgan.
Shavkat Rahmon (1950-1996)
XX asr o‘zbek sheʼriyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentabrda Oʻsh shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga o‘kishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi.
Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, o‘z sheʼrlarini yuboradi va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdieva, Murod Muxammad Do‘st, Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib, Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2 oktabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
1996 yilda shoirga „Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berildi, vafotidan so‘ng „Saylanma“ si (1997) nashr qilindi.
Asarlari: „Rangin lahzalar“ (1978), „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1984), „Gullayotgan tosh“ (1985), „Uyg‘oq tog‘lar“ (1986), „Xulvo“ (1987) kabi sheʼriy kitoblari, Federiko Garsia Lorka sheʼrlari tarjimalari va boshq.
Husniddin Sharipov
1933 yil 10 fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻildi. Namangan qishloq xoʻjalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-melioratsiya injeneri.
Omon Muxtor
Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tugʻilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika boʻlimini tugatgan. Bolalar gazetasi, Oʻzbekiston radiosi, Kino qoʻmitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan „Sharq yulduzi“ jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri.
Usmon Azim
Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
Halima Xudoyberdiyeva
Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi „Taraqqiyot“ jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi.
Ozod Sharafiddinov
Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. O. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974)
Umarali Normatov
Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952—1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959—1962).
Naim Karimov
Oʻzbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻuldi. U 1955 yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
Yo'ldosh Sulaymon
Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov)1935 yli 12 avgustda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954) shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil „Fargʻona haqiqati“(sobiq „Kommuna“) gazetasi tahririyatida mehnat qildi.
Erkin Vohidov
Taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan. Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali „Yoshlik“ning asoschisi (1982).
Tursunboy Adashboyev
Shoir Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962—1968) oʻqigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan.
Shukur Holmirzaev
Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida ishladi.
Abdulla Oripov
Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.
Oʻtkir Hoshimov
Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi.
Oydin Hojieva
1942 yil 22 aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.
Begali Qosimov
Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942 yil 19 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958—1963 yillarda talaba, 1963—1968 yillarda aspirant, 1966 yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Muhammad Ali
Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, professor (1993—1994), Halqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1992—2002) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi.
Tohir Malik
Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tugʻilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
Anvar Obidjon
Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Pologʻon qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Anvar 1946—1966 yillarida Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979 yillarda ToshDUning jurnalistika fakutetida sirtdan oʻqigan.
Togʻay Murod
Togʻay Murod — Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Dablat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966—1972). U respublika radiosida muharrir (1972—1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjmon (1976—1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982—1984) boʻlgan. 1985—1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.
Azim Suyun
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Rahimjon Otaev (Otauli)
Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid. U 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlogʻida tugʻilgan. 1973 yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir boʻlib ishlagan. 1983 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.
Erkin Aʼzam
1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Xozir Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992—1994 yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995 yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi derutati.
Sharof Boshbekov
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951 yil 4 yanvarda tugʻildi. 1974 yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi.
Xurshid Doʻstmuhammad
Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid Doʻstmuhammedov) 1951yilda Toshkent shahrida tugʻlgan. Oʻrta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968—1973). Filologiya fanlari nomzodi „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1973—1984), „Yosh kuch“ jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1986—1995) boʻlib ishlagan.
Muhammad Yusuf
1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tugʻildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980—1986), Adabiyot va sanʼat nashriyotida, „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida (1986—1993) ishladi.
Hayriddin Sultonov
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956 yil 18 yanvarda tugʻilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U „Guliston“ (1974—1980), „Yoshlik“ (1982—1985) jurnallarida, Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1980—1982, 1985—1993) faoliyat koʻrsatdi.
Adabiyot
Oʻzbekiston adabiyoti |
2,709 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Yassaviy | Ahmad Yassaviy | Yassaviy, Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida
ijod qilgan. Ijodi ayo doʻstlar nodon birla ulfat boʻlib bagʻrim kuyib jondan toʻyib oʻldim maʼno toʻgʻri aytsam egri yoʻlga boʻyin toʻlgʻar qonlar yutib gʻam zahriga toʻydim maʼno.
Biografiyasi
Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi („Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim…“). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movorounnahrdagi markazlaridan boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan. Arslon bobo koʻrsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sofiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi.
Alisher Navoiy Yassaviy toʻgʻrisida „Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob gʻoyatsiz va shoh-u gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish“, — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yasaviyning „adabiyotda tutgan yoʻli sodda xalq shoirlarimizning tutgʻon yoʻlidir… Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar“. U yozgan asari Nafaqat turkiy Xalqlarga balki butun Dunyoga Nasihat boʻladigan asar yozgan
Ijodi
Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — „ilmi laduniy“, yaʼni ilmi gʻaybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yassaviyning oʻzi „Devoni hikmat“ nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yoʻq, degan daʼvoni ilgari surishga asos bermaydi. Soʻfi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe.
„Devoni hikmat“da ilohiy ishq va oshiqlik, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. „Devoni hikmat“dagi barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan gʻoyaviy, axloqiy, maʼnaviymaʼrifiy va mafkuraviy yoʻnalishni oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning „Javohir ul-abror min amvojil bihor“ asari ham toʻla tasdiqlaydi.
Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr koʻrib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida „Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim“, deydiki, bu soʻzlar tarixiy haqiqatdan koʻra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq bir umrning yarmidan koʻpini „yer osti“da („Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano“, deydi Yassaviy) oʻtkazish aql bovar etmas hodisadir. Lekin koʻpchilik tadqiqotchilar uning vafot tarixini 1166—67 yil deb qayd etishgan.
Uzoq vaqt mobaynida Yasaviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yoʻl qoʻyilmadi. Oʻtgan asrning 70-yillarida Yasaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini toʻgʻri baholash yoʻlidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda „Devoni hikmat“dan namunalar eʼlon qilingan boʻlsa, 1990—92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qoʻliga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiy-maʼrifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil Oʻzbekistonda Yassaviyga bagʻishlab ilmiy anjumanlar oʻtkazilib, maʼruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati, sheʼriyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. Oʻzbekistondagi bir qancha koʻcha va mahalla Yassaviy nomi bilan ataladi.
Yassaviylik tariqatining asoslari „Faqrnoma“ (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), „Maslakul-orifin“, „Lamaʼot“, „Samaratul-mashoyix“, „Javohir ul-abror“ kabi manqaba va risolalarda aks etgan.
„Devoni hikmat“ kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va maʼrifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar maʼno va mohiyat eʼtibori bilan Qurʼoni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bogʻlangan. „Devoni hikmat“ning 20dan ortiq nusxalari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Asar qoʻlyozmalaridan eng qadimgisi 17 asrga tegishli.
Yassaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman, F. Koʻprulu, J. Trimingem, K. Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis; Rossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels; Oʻzbekistonda Fitrat, A. Saʼdiy, E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan oʻrganilgan.
Qabri Qozogʻistonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yassaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud.
Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Saʼdulla Siyoyev „Yassaviyning soʻnggi safari“ romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi.
Sheʼrlar
Manbalar
Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yasaviy. Hikmatlar (nashrga tayyorl. I Haqqul. — T.: 1991).
Ahmad Yasaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992.
Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof. Fitrat). — T.: 1928;
Ahmad Yasaviyning yangi topilgan hikmatlari. „Jahon adabiyoti“ jurn. 2002, № 10.
Ilmiy adabiyot
Fitrat. Ahmad Yasaviy. „Tanlangan asarlar“ (nashrga tayyorl. H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000;
A.Saʼdiy. Yasaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.
E. Rustamov. Ahmad Yasaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1972, № 4-5;
I.Haqqul. Ahmad Yasaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001.
N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999.
Turkiy shoirlar
Chigʻatoy tilida ijod qilgan shoirlar
Qozogʻistonlik oʻzbeklar
Tasavvuf namoyondalari |
2,710 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBg%CA%BBuznoma | Oʻgʻuznoma | "OʻGʻUZNOMA" — turk shajarasi va ularning hukmdori Oʻgʻuz xoqon haqidagi epik yodgorlik; kitobiy epos. Uygʻur yozuvida bitilgan. Asarning asl nusxasi taxminan 15-asrda koʻchirilgan, Parij kutubxonasida saqlanadi. "Oʻ."ning turli variantdagi versiyalari bor. Uning eng koʻp tarqalgan varianti Abulgʻozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" (1669) asarida saqlangan. "Oʻ." koʻp tillarga, jumladan, nemis (Doyets, 1815), rus (V.V.Radlov, 19-asrning oxiri; A.M.Shcherbak, 1959) va boshqalar tillarga tarjima qilingan. "Kitobi dadam Qoʻrqut"ning ham bir bobi "Oʻ." nomi bilan ataladi.
«Oʻgʻuznoma» dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, «Dada qoʻrqut kitobi» va «Oʻgʻuznoma»dir.
Doston eski uygʻur-turk yozuvida bitilgan, asl matni Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.
Dostonga urugʻchilik jamiyatidagi mif va afsonalar asos boʻlgan. Tuzilish jihatidan «Oʻgʻuznoma» Kul tigin yodgorligiga oʻxshash. Dostondagi mifologik qatlam, oʻgʻuzning aniq bir geografik muhitdagi faoliyati shundan dalolat beradi. «Oʻgʻuznoma»ning boshlanmasida ham shunday xususiyat mavjud boʻlib, urugʻlarning paydo boʻlishiga oid afsonalar bilan turkiy urugʻlardan Ashin urugʻining paydo boʻlishiga oid afsona oʻrtasidagi uygʻunlik, qadimgi turk davridagi kultlar — daraxt, boʻri, osmon kultlarining qadimgi turkiy yodnomalarda va «Oʻgʻuznoma»da umumiyligi ham mazkur dostonning taraqqiyot yoʻlini belgilaydi.
«Oʻgʻuznoma» ikki qismdan iborat. Birinchi qism mifologik qatlam boʻlib, bunga Oʻgʻuzning gʻayritabiiy tugʻilishi va gʻayritabiiy ulgʻayishi, yovuz shunqorga qarshi kurashishi va uni oʻldirishi lavhalari kiradi. Ikkinchi qismi esa tarixiy dostonlarga xos voqealardan iborat. Bu qismga Oʻgʻuzning uylanishi, farzandlarining tugʻulishi, jang lavhalari va turli mamlakatlarni bosib olishi, oʻgʻillariga oʻz qoʻl ostidagi yurtlarni boʻlib berishi lavhalari kiradi.
Ilmiy adabiyot
A.M. Sherbak. Oguz-name. Muxabbat-name. L.: 1959.
N. Rahmonov. «Oʻgʻuznoma» (yoki xoqon haqida doston). «Sharq Yulduzi» jurn. 1987, # 4.
Oʻzbekiston adabiyoti |
2,712 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20Xos%20Hojib | Yusuf Xos Hojib | Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. „Qutadgʻu bilig“ dostoni muallifi. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan.
1069-70-yillarda yozib tugallangan "Qutadgʻu bilig" („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923-yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6520 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“) vaznida yozilgan
Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham „Qutadgʻu bilig“ kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.
Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“, 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. „Shohnoma“ kabi mutaqorib vaznida yozilgan va „Turkiy Shohnoma“ nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat).
„Qutadgʻu bilig“ — XI asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga „Xos Hojib“ („Eshik ogʻasi“) unvonini bergan. Shundan keyin shoir „Yusuf Xos Hojib“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.
Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.
Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Koʻprulu, Zaki V.Toʻgʻon, Rashid Rahmati Arat v.b. tomonidan nashr va tarjima qilingan. Oʻzbekistonda asarning toʻla matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, Gʻ.Abdurahmonov, B.Toʻxliev va boshqa olimlar tadqiq etgan.
Nashr qilingan manbalar
Qutadgʻu bilig (Nashrga tayyorl. Q. Karimov). -T.: 1971.
Qutadgʻu bilig (nasriy bayon muallifi B.Toʻxliev). — T.: 1990.
Ilmiy adabiyot
Fitrat. Qutadgʻu bilig. „Tanlangan asarlar“. (nashrga tayyorl. H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
Kononov A. Slovo o Yusufe iz Bolosoguna i ego poemi „Kutadgu bilig“. Jurn."Sovetskaya tyurkologiya". 1970. № 4.
B.Toʻxliev. „Qutadgʻu bilig“ning poetikasi masalalari. — „Oʻlmas obidalar“ toʻpl. — T.: 1989.
B.Toʻxliev. Bilim — ezgulik yoʻli. — T.: 1997.
Q. Karimov. Ilk badiiy doston. — T.: 1976.
Mallayev N., Oʻzbekadabiyotitarixi, T., 1976;
Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995;
Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999.
Manbalar
Qutadgʻu bilig ,T., 1971; 1990.
Turkiy shoirlar
Shoirlar |
2,713 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Yugnakiy | Ahmad Yugnakiy | Yugnakiy, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi — 13-asr 1-yarmi, ?) — turkiy shoir, mutafakkir.
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi. Boshqa taxminlarga qaraganda Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan.
Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.
Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.
Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. "Hibat ulhaqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yu. haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud. Undan maʼlum boʻlishicha, Adib Ahmad Yugnak degan soʻlim va bahavo joyda tugʻilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy boʻlgan. Kitobi adabdan iborat boʻlib,nomi —"Hibat ulhaqoyiq". Kitob koshgʻariy tilda sheʼriy yoʻl bilan yozilgan. "Qutadgʻu bilig"dan 1—2 a. keyin yaratilgan bu asar oʻzbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida Yu.ni Oʻrta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qoʻyib, uning tugʻma koʻrligi xususida soʻzlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroʼtt oʻgʻli Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham "Hibat ulhaqoyiq"dan parchalar keltiradi. "Hibat ulhaqoyiq" asari shoir haqidagi maʼlumotlarni birmuncha toʻldirishga, Yu. yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi.
YU. tugʻilgan joy olimlar oʻrtasida koʻp tortishuvlarga sabab boʻlgan. Samarqand, Fargʻona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsada, koʻpchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning toʻgʻriligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim asSamʼoniy "AlAnsob" ("Nasabnoma") kitobida yozadi: "Bu nisba (taxallus) "Yugʻanak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad alYugʻanakiy mashhurdirlar".
Shoir "Hibat ulhaqoyiq"ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels bu asar qadimiy oʻzbek adabiy tilidan mumtoz oʻzbek adabiy tiliga oʻtishda bir koʻprik boʻlganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy soʻzlardan koʻra, arab va fors soʻzlarining koʻp qoʻllangani shundan dalolat beradi. Yu. bu asari bilan oʻzbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshgan.
"Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1bobi Allohga hamd, 2bobi Muhammad (sav) naʼti va choryorlar taʼrifiga, 3bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan. 4bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5bob — maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8 bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 11bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan koʻchirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qoʻshilib ketgan).
YU. oʻzini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
"Hibat ulhaqoyiq" ilk bor uygʻur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari koʻp boʻlib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha maʼlum qoʻlyozmalardan 3 tasi (biri uygʻur yozuvi, ikkinchisi arab va uygʻur yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilan bitilgan) toʻliq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning Toʻpqopi kutubxonasidagi nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalar eʼtiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni 1marta turk olimi Najib Osimbek topib (inv. №4757), nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri — 1906, toʻliq nashrlari1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni R.R. Arat soʻzboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va Turkiyada 16-asrda koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. Oʻzbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, P.Shamsiyev, S.Mutallibovlar tomonidan oʻzbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda eʼlon qilingan. Soʻng u Q.Mahmudov tomonidan alohida kitob holida eʼlon qilindi (1968; 1971). Oʻtgan asr oxirlarida uygʻur olimlari H.Temur va T.Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va boshqaSogʻindiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, Ye.E.Bertels, Fitrat, Fuod Koʻprulu, T.Takin, E.Rustamov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Imomnazarov, B.Toʻxliyev, N.Rahmonov, I.Haqqulov, G.Xoʻjanova va boshqalar Yu. va "Hibat ulhaqoyiq" haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Manbalar
Hibat ulhaqoyiq, T., 1968, 1971; Qadimgi obidalar, T., 1972; Qadimiy hikmatlar, T., 1987; XI—XIV asrning turkiy yodgorliklari, T., 1994.
Adabiyot
Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat [Mukammal asarlar toʻplami], 17j., T., 2001; Abdurauf Fitrat, "Hibat ulhaqoyiq" [Tanlangan asarlar, 3 j.li], 2j., T., 2000; Mahmudov Q., Ahmad Yugnakiyning "Hibat ulhaqoyiq" asari haqida, T., 1972; M a l l a ye v N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1976; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1978; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995; Xoʻjanova G., "Hibat ulhaqoyiq" haqiqatlari, T., 2001.
Ergash Ochilov.
Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. Kitobda: Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari toʻgʻrisida. — T.: 1972;
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq (nashrga tayyorl. Q. Mahmudov) -T.: 1972.
Ilmiy adabiyot
Fitrat. Hibatul-haqoyiq.. «Tanlangan asarlar». (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000;
Q.Mahmudov. XII—XIII asrlar adabiy manbalarining fonetikasi. — T.: 1994;
H.Boltaboev. Butun ehtimollarning kuchlisi. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati», 1997. 13 iyun.
G.Xoʻjanova. «Hibatul-haqoyiq» haqiqatlari. — T.: 2001.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Turkiy shoirlar |
2,715 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sayfi%20Saroyi | Sayfi Saroyi | Sayfi Saroyi (arabcha: قصر الصيفي — Sayfi Saroyi — (1321-1398)) — turkiy shoir va tarjimon.
Hayoti
Sayfi Saroyi — Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida hunarmand-qurolsoz oilasida dunyoga kelgan. Boshlang'ich ta'limni o'z qishlog'ida olgan bo'lajak shoir tahsilni davom ettirish uchun Oltin O'rdaning markazi - Saroy shahriga boradi. Bu yerda u o'z davrining barcha ilmlarini egallaydi, iste'dodli shoir sifatida taniladi.
Amir Temur va To'xtamish o'rtasidagi o'zaro urushlar tufayli Oltin O'rdada vujudga kelgan notinchlik sababidan u avval Eron, Turkiyaga boradi, so'ng Misrga o'tib, turg'un bo'lib qoladi - 1396 yili shu yerda vafot etadi.
O'z davrining fozil olimi va yetuk shoiri bo'lgan Sayfi Saroyi fors-tojik va arab tillarini mukammal bilgan. Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Is'hoq, Mavlono Imod Mavlaviy, Ahmadoja as-Saroyi kabi shoirlar bilan yaqin bo'lib, she'riy mushoiralar qilgan.
Faoliyati
Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq ogʻzaki poetik ijodini mukammal oʻrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Sayfi Saroyi Saʼdiyning "Guliston‟ asarini oʻzbek tiliga birinchi boʻlib Misrda tarjima qilib, yarim original, falsafiy-axloqiy "Gulistoni bit-turkiy‟ asarini yaratgan (1391). Saʼdiy asarining asosiy magʻzini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qitʼa va baytlar bilan toʻldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning koʻpchiligi didaktik mazmunda. Shoir pand-nasihat qilish yoʻli bilan adolat va osoyishtalik oʻrnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qatʼiy qonun-qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin deb oʻylaydi. Shu maqsadda toʻgʻrilik, rostgoʻylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targʻib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qadimiy turkiy tilni oʻrganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qoʻlyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. № 1553), fotonusxasi, "Suhayl va Guldursun‟ dostoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qo'lyozma XX asr avvalaridan o'rganila boshlagan. 1954 yili turk olimi Farididdin Nafis O'zluk uning faksimil nusxasini nashr ettirgan.
Sayfi Saroyi oddiy va sodda xalqona tilda, yengil va ravon uslubda ijod qilgan. Shoir she'rlari nozik kuzatishlar, ohorli hayotiy tashbehlarga boy. Talmeh, tazod, tanosib, irsoli masal, tajnis, tashxis, mubolag'a, lutf kabi she'riy san'atlardan mahorat bilan foydalangan.
Ilmiy-adabiy merosi
Sayfi Saroyidan bizga 10 dan ortiq g'azal, 2 qasida, 2 qit'a, ikki bayt she'r, "Suhayl va Guldursun" dostoni (82 bayt, 1394) hamda "Gulistoni bit-turkiy" (1390-91) nomi bilan tarjima qilingan Sa'diy Sheroziyning "Guliston" asari tarjimasi yetib kelgan. Bu meros O'zbekistonda 3 - marta 1968, 1973 va 1986 yillarda nashr etilgan. Nasrullo Davron Sayfi Saroyi ijodi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ayrim asarlari Istanbulda (1926) "Turk adabiyoti namunalari‟da berilgan. "Suhayl va Guldursun‟ dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi "Guldursun‟ asosiga qurilsada, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.
"Sindbodnoma‟ning oʻzbek tiliga qilingan tarjimasi saqlanmagan. Sheʼrlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadr-qimmati, doʻstlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan ("Kungul‟, "Topilmas‟, "Erur‟ va b.).
Nashr qilingan asarlari
Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968;
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973;
Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986.
Manbalar
Adabiyotlar
Sheʼrlar, Guliston, T., 1968.
Mallayev N., Õzbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1976;
Õzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1977.
Õzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.
Adiblar
Shoirlar
Turkiy shoirlar
Xorazmda tugʻilganlar |
2,716 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Lutfiy | Lutfiy | Lutfiy (1366-yil, Hirot – 1465-yil) yoki Mavlono Lutfiy — oʻzbek shoiri, orif va mutafakkir. Oʻz zamonining „malik ul-kalomi“.
Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb koʻrsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan „Funun ul-balogʻa“ asari topilgach, undagi „maʼdan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy“ jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ham ilgari surildi.
Lutfiyning hayot yoʻli singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi oʻqish, oʻrganish va badiiy ijod mehnati bilan oʻtgan. Shoir hayotiga oid lavhalar Alisher Navoiyning „Majolisun-nafois“, „Holoti Sayid Hasan Ardasher“, „Nasoyimul-muhabbat“, Xondamirning „Makorimul-axloq“ kabi asarlarida bor. Navoiyning „Majolis unnafois“ tazkirasida maʼlumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida „oftob“ radifli bir sheʼr yozgan, oʻsha zamonning koʻp shoirlari unga tatabbuʼ qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning „panjasiga panja“ ura olmaganlar. Navoiyning yozishicha, Lutfiy 90 yoshdan oʻtganda, Abdurahmon Jomiy otigʻa radifi „suxan“ sajʼ qasidaye aytib erdiki, zamon xushgoʻylari barcha xoʻbliqqa musallam" tutmishlar („Nasoyim ul-muhabbat“).
Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va maʼrifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy soʻzi bilan aytganda, u forsiy va turkiyda naziri yoʻq“ shoir boʻlgan. Lutfiy garchi oʻz ona tili — turkiy tilda yaratilgan sheʼrlari bilan mashhurlikka yetishgan boʻlsada, forsiyda ham oʻzining shoirlik iqtidori va mahoratiga koʻpchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, Lutfiy sheʼriyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uygʻunlashtirgan edi. Ammo u soʻnggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, oʻzbek sheʼriyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechogʻlik „maʼruf va mashhur“ boʻlmasin, „darveshlik tariqini dagʻi ilikdan“ (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddiki shu narsa uning nafaqat oʻz zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega koʻtarilishiga bir asos boʻlgan.
Lutfiy ijodi
Haqiqatan ham Lutfiyning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin sheʼriyat. Bizgacha shoirning 16–20-asrlar mobaynida koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxoʻjayevning aniqlashi boʻyicha, Lutfiy qalamiga mansub sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Lutfiy gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning gʻazallarida milliy his-tuygʻular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gʻazallarida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fardga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning – zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikr-u tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, — kabi misralarini oʻqiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga baʼzan ishonish ham qiyin boʻladi. Chunki ular shu darajada sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.
Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning kasb-u holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan.
Yaqin-yaqingacha „Gul va Navroʻz“ dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy — turkiy sheʼriyatda maktab yaratgan sanʼatkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan. Roqim, Amiriy, Sultonxon toʻra Ado, Tabibiy singari shoirlarning devonlaridan.
Lutfiy gʻazallari ilhomida bitilgan muhammaslar joy olgan.
Lutfiy sheʼriyatining taʼsiri faqat Oʻrta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F. Koʻprulizodaning eʼtirof etishicha, Lutfiyning sheʼrlari yolgʻiz chigʻatoy shoirlari orasida emas, balki „Harobot“ muallifi Ziyo Poshoga qadar boʻlgan usmonli turk shoirlari orasida ham zavq bilan oʻqilgan.
15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
Lutfiydan katta adabiy meros qolmagan. Manbalarda shoirning 200 dan ortiq asar yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“(1437) asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan.
Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Y.Is’hoqov, E.Ahmadhoʻjaev va boshqalar shugʻullanganlar.
Nashr qilingan asarlari
Lutfiy. Devon. – T.: 1965.
Lutfiy. Sensan sevarim. – T.: 1987.
Adabiyot
E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. – M.; 1963.
S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. – T.: 1965.
X.Zarif. Lutfiy va Navoiy. Kitobda: Ulugʻ oʻzbek shoiri. – T.: 1948.
S. Erkinov, H. Muhammadxoʻjaev. Turkiyda yagonai davron. „Til va adabiyot taʼlimi“ jurn.-1996, № 4.
Tanlangan asarlar [2-nashri], T., 1968; Sensan sevarim… T., 1987.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Turkiy shoirlar
1366-yilda tugʻilganlar
1465-yilda vafot etganlar |
2,717 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorazmiy | Xorazmiy | Xorazmiy, Xofiz Xorazmiy (XIV asr) — o‘zbek shoiri.
Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari «Muhabbatnoma» (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.
«Muhabbatnoma» oshiqning oʻz maʼshuqasiga yozgan sheʼriy maktublari shaklida tuzilgan. Asar 11 nomadan iborat boʻlib, sakkiz nomasi oʻzbek tilida, uchtasi (4, 8,11) fors tilida yozilgan. Asarning ikki — arab va uygʻur yozuvidagi nusxalari mavjud. Ular Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Asar tarkibida gʻazal, masnaviy, qitʼa, munojot, fard va boshqa janrlar ham uchraydi. «Muhabbatnoma»ning 1508-yil koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasi qayta nashr etilgan, uning asosida ilmiy tadqiqot ishlari (A.Samoylovich, S.Qosimov, A.Sherbak) olib borilgan.
Oʻzbek adabiyotining Navoiygacha boʻlgan atoqli vakillaridan, noma janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim maʼlumotlar uning bizgacha saklanib qolgan yagona asari "Muhabbatnoma" orqali yetib kelga’ "Muhabbatnoma" Oltin Oʻrda xoni Jonibekning hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabekning taklifi bilan 1353 yilda yozilgan. "Muhabbatnoma"ning "Bayoni voqeni aytur" qismidan maʼlum boʻlishicha, X. ilgari ham koʻp sheʼrlar yozgan, ayniqsa, muhabbat mavzuidagi asarlari bilan shuxrat qozongan, lekin ular forsiyda yozilgan boʻlib, Muhammad Xoʻjabek shoirdan ishqiy mavzuda turkiycha kitob yozib berishni iltimos qilgan. X. asarining maydonga kelishida Avhadiy Marogʻaviyning forscha yozilgan "Muhabbatnoma" dostonining taʼsiri boʻlgan. Lekin Avhadiyda nomalar oshiq va maʼshuqa nomidan yozilgan boʻlsa, X.da oshiqning mahbubasiga yoʻllagan sheʼriy nomalari jamlangan. Har bir maktub muallifning chuqur kechinmalari, murojaati bilan boshlansada, unda maʼshuqa husnu jamoli, feʼlatvorining mubolagʻali tasviri birinchi oʻringa chiqadi. Nomalar mohiyat eʼtiboriga koʻra, vasf bilan madhning sintezidan iborat.
Asar bilan Navoiy ham tanish boʻlgan. "Muhokamat ul-lugʻatayn"da turkiy tilning boyligini isbotlamoq maqsadida "Muhabbatnoma"dan misol keltiradi.
"Muhabbatnoma"ning 2 ta qoʻlyozma nusxasi (uygʻur va arab yozuvlarida) maʼlum. Shulardan eskisi uygʻur yozuvidagi nusxa boʻlib, Britaniya muzeyida (inv. № 8193) saklanadi. Nusxa Shohruxning Hirotdagi sarkardasi Mir Jaloliddin topshirigʻi bilan Bakir Mansur tomonidan 1432 yilning martida Yazd shahrida koʻchirilgan. Oʻnta noma berilgan. 364 baytdan tarkib topgan.
Asarning arab yozuvidagi 2nusxasi ham Britaniya muzeyida saqlanadi (inv. №Add 7914), 1508—09 yillarda koʻchirilgan, 474 baytdan tarkib topgan. Mafoiylun mafoiylun fauvlun vaznida yozilgan.
"Muhabbatnoma" keyingi shoirlarga katta taʼsir koʻrsatgan. Xoʻjandiy ("Latofatnoma"), Yusuf Amiriy ("Dahnoma"), Sayyid Ahmad ("Taashshuqnoma") unga nazira bitganlar.
Manbalar
Muhabbatnoma, T., 1959; Muhabbatname, M., 1969.
Adabiyot
Mallayev N. M., Uzbekadabiyotitarixi, T., 1965; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1977.
Begali Qosimov
Sherbak A.M. Oguzname, Muhabbatname. — L.: 1959.
Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda: Muborak maktublar. — T.: 1987.
Qosimov S. Xorazmiy ijodi. Nomz.diss. avtoref. -T.: 1950;
Yo.Ishoqov. Xorazmiy. Kitobda: Oʻzbek adabiyoti tarixi. T.1. -T.: 1977.
Xorazm shoir va yozuvchilari |
2,723 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Bobur | Bobur | Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.
Hayoti va ijodi
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo'lsa, ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.
Otasi tomondan:
Amir Temur ko‘ragon (1336-1405)
Mironshoh Mirzo (1366-1408)
Sulton Muhammad Mirzo (1398-1444)
Sulton Abu Said ko‘ragon (1424-1469)
Umarshayx Mirzo ko‘ragon (1456-1494)
Bobur (1483-1530)
Onasi tomondan:
Tug‘luq Temurxon (1329-1362)
Xizr Xo‘jaxon (1358-1399)
Muhammadxon (? - 1416)
Sharalixon (taxtga chiqmagan )
Uvaysxon (1418-1425-yillarda)
Yunusxon (1468-1487)
Yunusxonning qizi Qutlug‘ Nigorxonim (1457-1504)
Bobur (1483-1530)
Boburning onasi oʻqimishli bo‘lgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so‘fiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun).
Movarounnahr taxti uchun kurash
Movarounnahr XV asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi.
Boburning Andijonni qayta egallashi
Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494-yil iyul) dan keyin taxtga oʻtirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5-6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Uning oʻrniga Buxoroda hokim boʻlgan oʻgʻli Boysungʻur oʻtiradi. 1495—1496-yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan soʻng Samarqandni egallaydi, Boysungʻur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qoʻshinni taʼminlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga oʻtadilar. Andijondan koʻngli notinch boʻlgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda ogʻir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan soʻng, uni tark etishga qaror qiladi, ammo Xoʻjandga yetganda Andijon ham qoʻldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga oʻtganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, togʻasi Mahmudxon koʻmagida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi. Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qoʻshiniga salbiy taʼsir etib, koʻpchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. Oʻziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur maʼlum muddat Xoʻjandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Maʼlum muddat oʻtgach, Bobur Xoʻjandga qaytadi, koʻp oʻtmay, Margʻilonni qoʻlga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini koʻradi. Nihoyat, 2 yildan soʻng (1498-yil iyun) uni qayta qoʻlga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida „Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlarini…“ qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi.
Samarqandni bosib olish uchun qilingan harakatlar
Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499-yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay, katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorakoʻlni egallaydi (1499), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500), biroq shahar aholisi va zodagonlarining maʼlum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hokimi Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etganlar. Bobur 1500-yil kech kuzida oʻz qoʻshini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va Gʻuzor shaharlarida Bobur hokimligi eʼtirof etiladi, ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch toʻplab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501-yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501-yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga, Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi.
Temuriylar, Bobur va Shayboniylar
Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abu Saidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xonzoda Abu Saidga turmushga chiqdi. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida dafn etilgan.
Oʻzbek xoni Abulxayrxon 1450-yilda Ulugʻbekning qizi Robiya sulton begimga (1485-yil vafot etgan) uylangan. Ularning nikohidan Suyunchxoʻjaxon, Koʻchkunchixon va Oq Burun sultonlar tugʻilgan. Suyunchxoʻjaxon va Koʻchkunchixonlar shayboniylar orasida katta nufuzga ega boʻlib Turkiston, Toshkent va Movarounnahrni idora etganlar. Koʻchkunchixon Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Shayboniylar davlatini boshqargan.
Shayboniyxon Boburning amakivachchasi, Mahmudxonning qizi - Oysha Sulton xonimga uylangan, u Mug’ul xonim nomi bilan tanilgan va xon umrining oxirigacha uning hurmatli rafiqasi bo’lgan. Boburning yana bir amakivachchasi, Qutluk Xonim, shayboniyzoda Jonibek Sulton bilan turmush qurgan.
1519-yilda Bobur sheʼriy toʻplamining qoʻlyozmasini Samarqandga Koʻchkunjixonning oʻgʻli, shoir Poʻlat Sulton Shayboniyga yuboradi.
1520-yillarda Bobur shayboniylar bilan yaxshi munosabatlarni oʻrnatdi. Boburning oʻzi taʼkidlaganidek, 1526-1527-yillarda Hindistonni bosib olish paytida oʻzbek sarkardalari - sultonlar: Qosim Husayn Sulton, Bihub Sulton, Tang Atmish Sulton, shuningdek, Gʻozipurdan Mahmudxon Nuxani, Baba Kashka, Tulmish O’zbek, Qurbon Chaxri uning tarafida jang qilishgan.
1528-yilda Shayboniylar Boburga elchilarni yuborib, uni Hindistondagi gʻalabasi bilan tabrikladilar.
Bobur Movarounnahrni tark etishi
Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501-1504-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur bo‘ladi.
Kobulni egallashi
Bobur 200—300 kishilik navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bogʻi Shaxroro“, „Bogʻi Jahonoro“, „Oʻrtabogʻ“, „Bogʻi vafo“ va „Bogʻi Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506-yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan „Bogʻi Navroʻziy“ga dafn etiladi.
Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi, uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katta obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar.
1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi, ammo bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi.
Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi, ammo Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketma-ket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktabr boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia yoinaldshiagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512-yil 28-aprelda Koʻli malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512-yil 24-noyabrda Gʻijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil-kesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi.
Hindistonni egallashi
1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5-6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi.
Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi.
Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi.
Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.
Hindiston ravnaqi uchun qoʼshgan hissasi
Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.U turli g'azallar muallifi sanaladi.
Shoir sifatida ijodiy faoliyatining boshlanishi
Boburning oʻz guvohligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan.
Adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olim-u fozillar davrasida boʻldi, xususan, ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.
Ijodi
Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.
Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yor-u diyor sog‘inchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosoʻzliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gʻazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husn-u latofati, sharqona odob-u axloqi, noz-u karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.
Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518-1519-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.
Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
„Mubayyin“ asari
1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturul-amal sifatida moʻljallangan „Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari „Boburnoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yillarda boshlagan.
Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, „Xatti Boburiy“, shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan, ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. „Xatti Boburiy“da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
Boburning zaharlanishi
1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʼdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʼnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi.
1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan „Volidiya“ asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. Bu yillarda u „Boburnoma“ fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi gʻazal-ruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan aytganda, „Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni“ tartibga solib, shuningdek, „Volidiya“ tarjimasini, „Xatti Boburiy“ bilan bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boʻldi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan „Bogʻi Bobur“ga qoʻyildi.
Bobur farzandlari
Boburning qizi Gulbadan Begim (1522, Kobul -1603, Dexli) Markaziy Osiyodan oʻrta asrlarda etishib chiqqan yagona ayol-tarixchi.
Boshqa farzandlari: Fahr an-Nisa-begim (1502—1502), Humoyun (1508—1556), Mixr Jahon-begim, Ishan ad-Daulat-begim, Barbul-mirzo (1518—1521), Faruk-mirzo (1526—1527), Gul Barg-begim, Masuma Sulton-begim, Kamron-mirzo (1509—1557), Gul Izar-begim, Muhammad Askari-mirzo (1517—1554), Sulton Ahmad-mirzo (1517—1525), Shohruh-mirzo (1522—1527), Gul Rang-begim (1511/15 - 1534-yildan keyin), Gulchehra-begim (1515 / 17—1557), Abu Nosir Muhammad Hindol-mirzo (1519—1551), Alur-mirzo (1524—1529).
Mustaqillik yillarida Bobur yodi
Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida unt, teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi.
Bobur ijodini oʼrganish
Bobur ijodini oʻrganish 1958-yil yoʻlga qoyilgan. Bu yili Toshkentda katta ilmiy anjuman tashkil qilingan. Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun alohida eʼtibor qilgan. Bobur asarlari nashr qilingan va Hamid Sulaymonov Bobur miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan.
Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur xayoti va tarixi toʻgrisida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiy nashr qilgan.
Bobur nafaqat buyuk sarkarda,shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida oʻzbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ʻʻYulduzli tunlarʼ’asarini yozgan.Bu asar aynan Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (3. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“ va h.k.) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998-yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh as-Salom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berildi.
Nashr qilingan asarlari
Bobur. Tanlangan asarlar. -T.: 1958;
Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66;
Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989;
Bobur. Muxtasar. Toshkent, 1971;
Babur. Traktat ob aruze (rodg. I.Steblevoy). — M.:1972;
Bobur. Devon. -T.: Fan. 1994; 6. Bobur. Mubayyin. — T.: 2001.
Adabiyot
Boburnoma, T., 1989; Baburname (2izdaniye, dorabotannoye), T., 1993; Kitobssalot, T., 1993; Kitobzzakot, T., 1993; Kitoblhaj, T., 1993; Devon, T., 1994; Mahrami asror topmadim, T., 1995.
Abdulahad Muhammadjonov, Abdurashid Abdugafurov, OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Azimjonova S, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maqolalar toʻplami, T., 1995; Axmedov Bobur, Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985; Samoylovich A., Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura, Petrograd, 1917; Stebleva I. V., Semantika gazeley Babura, M., 1982; Yoqubov H., Zahiriddin Muhammad Bobur, T., 1949;Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hasanov S, Boburning Aruz risolasi, T., 1981; Mashrabov Z., Shokarimov S, Asrlarni boʻylagan Bobur, T., 1997; Vohidov R., Biz bilgan va bilmagan Bobur, T., 2000.
X.Yoqubov. Bobir. -T.:1941;
V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobir. Bobirnoma. -T.:1960;
Azimdjanova S. Indiyskiy divan Babura. T.: Fan, 1966.
X.Nazarova."Boburnoma" tilining sintaktik qurilishi. Dokt. diss. — T.: 1980;
Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. — M.: 1983.
H.Qudratullaev. Boburning adabiy-estetik qarashlari. -T.: Fan, 1983;
S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz“ asari. -T.:1986;
Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996;
Gʻaybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta „Boburnoma“. — T.:1996;
U.Erskin. Hindistonda Bobur davlati (Ingliz tilidan Gʻ.Sotimov tar.). — T.: 1997:
R.Sharma. Boburiylar saltanati (Ingliz tilidan Gʻ.Sotimov tar.).. -T.: 1999.
Manbalar
Havolalar
Bobur asarlari, OʻzLib kutubxonasi
„Boburnoma“, OʻzLib kutubxonasi
Movaraunnahr hukmdorlari
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston tarixi
Turkiy hukmdorlar
Shoirlar
Turkiy shoirlar
Boburiy hukmdorlar
Adabiyot
Adabiyot tarixi
Geografiya
Hindiston
Pokiston
Afgʻoniston
Imperiyalar
Sulolalar
Temuriylar sulolasi |
2,729 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sakkokiy | Sakkokiy | Sakkokiy (arabcha: سككوكي — Sakkokiy — (XIV asr oxiri XV asr boshida yashagan)) — turkiy shoir.
Hayoti
Sakkokiy (XV asr) — turkiy shoir. Ismi, tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. XV asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur.
Movarounnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: „Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur“ („Xutbai davovin“). Sakkokiy xalqining boy ogʻzaki ijodini, salaflari asarlarini puxta oʻrgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida koʻp ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan. Gʻazallarida maʼno va shakl birligini saqlab, soʻz oʻyinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. Bunday gʻoyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon boʻlgan.
Sakkokiy oʻzbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar va boshqalar) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan. Qasidalaridan birida Ulugʻbekni xalqning mehribon hukmdori, maʼrifatparvar va buyuk olim sifatida ulugʻlaydi. Shunday maʼrifatparvar podshoh bilan zamondosh boʻlganidan faxrlanadi va: Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi, degan misralarini yozgan.
Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta taʼsir koʻrsatgan; oʻzbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari. Shoir gʻazallari va qasidalari devon qilib toʻplangan boʻlsada, toʻliq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Sakkokiy devoni Londonda, Britaniya muzeyida va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 7685) saqlanadi.
Faoliyati va ijodi
XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan eng yirik shoirlardan biri Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida juda oz malumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning oʻz devoni va Alisher Navoiyning „Majolisun-nafois“ va „Xutbai davovin“ asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“si uning yashagan davri, adabiy faoliyati va XV asr adabiy hayotida tutgan oʻrni haqida birmuncha malumot beradi. Shu bilan birga, shoir Yaqiniy oʻzining „Oʻq va yoy“ munozarasida Sakkokiyni „turk (oʻzbek) shoirlarining mujtahidi (gʻayratlisi)“ deb tariflab, uning bir baytini keltiradi.
„Sakkokiy“ — shoirning taxallusi boʻlib, uning asl ismi malum emas. Sakkokiy soʻzi „sakkok“ (pichoqcha) soʻzidan olingan boʻlib, „iy“ shaxs oti yasovchi qoʻshimchasi bilan „pichoqcha yasovchi“ degan maʼnoni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand oilada tugʻilgan boʻlishi mumkin.
Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“ asari orqali oʻzbek adabiyoti yangi shoirlar nomlari, asarlari bilan boyib, koʻpgina ilmiy muammolar oʻzining yechimini topdi. Bu asar orqali biz qoʻlimizdagi qoʻlyozmalarda boʻlmagan Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishish sharafiga muyassar boʻldik. Yana bir muhim tomoni shundaki, bu asarda Mavlono Sakkokiy „Sayroniy“ nisbasi bilan tilga olingan . Biz tadqiqotlar jarayonida bu soʻzning maʼnosini izohlash uchun bir nechta manbalarni qaradik. Bu soʻzga yaqin „kezish“, „aylanish“ maʼnosini bildiradigan „sayr“ soʻzidan boshqa soʻzni topa olmadik.
Sakkokiy qasidalaridan 4 tasi Mirzo Ulugʻbekning ishonchli amirlaridan biri, oʻsha vaqtdagi Turkiston shahrining shimolida mavjud boʻlgan Sabron viloyati hokimi Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Adabiyotshunoslar, jumladan, adabiyotshunos olim E.Rustamov Sakkokiyni maʼlum davr uning saroyida yashagan deb maʼlumot beradi. Qasidalardan birida shoir mamduhga qarata, „boyqushlar uyi boʻlgan xarob Turkiston sizning muborak himmatingizdan bogʻi Eramga aylandi“, — deb, yana bir qasidasida „Turkiston eli oʻz xojasini topdi“, — deb lutf etadi. Demak, Turkistonning xarobligi, boyqushlar uyiga aylanganligi shoirni iztirobga solganligi, uni obod etgan amirni madh etishi bir tasodif emasga oʻxshaydi. Chunki, bu baytlarni vatani taqdiridan tashvishga tushgan, voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan kishigina yozishi mumkin.
Biz „Funun ul-balogʻa“ning A.Hayitmetov domla nashrga tayyorlagan varianti bilan kifoyalandik, mulohazalarni bayon etishda ham shu variantga tayanamiz. „Sayroniy“ soʻzi arab alifbosida — ﺳﻳﺭﺍﻧﻰ shaklida yozilsa, „Sabroniy“ soʻzi — ﺳﺑﺭﺍﻧﻰ shaklida yoziladi. Yaʼni, „yoy“ va „be“ harflarining 1ta nuqta hisobiga farqlanishini hisobga olsak, bu soʻz qoʻlyozmada notoʻgʻri yozilgan boʻlishi, yoki biror sabab bilan tushib qolgan, kirill alifbosiga esa „Sayroniy“ tarzida oʻgirilgan boʻlishi mumkin. Demak, shoir nafaqat, Sabronda maʼlum vaqt yashagan, balki, shu yerda tugʻilgan va shuning uchun ham Sabroniy nisbasi bilan atalgan.
Sakkokiy devonida 810 hijriy, ramazon oyining Qadr kechasi — milodiy 1407, yanvar oyida Amir Temurning nabirasi podsho Xalil Sultonga (1405-1409) bagʻishlab yozilgan bir qasida boʻlib, unda:
Tarixqa sakkiz yuz dogʻi oʻn erdiyu qadr axshomi,
Bir oy tugʻuldi dunyoda kim mamlakatda xon erur.
degan misralar bor.
Qasida janri, birmuncha, ogʻir, shoirdan barkamollik talab etadigan janr boʻlganligi sababli adabiyotshunoslar ushbu qasidani Mavlono Sakkokiy maʼlum ijodiy tajriba toʻplagan chogʻida, chamasi oʻttiz yoshlarida yozgan degan xulosani ilgari surishadi. Shoirning Xalil Sulton va Mirzo Ulugʻbeklarga bagʻishlagan qasidalarining badiiy jihatdan oʻta pishiqligi mazkur temuriyzodalar hukmronlik qilgan yillar Sakkokiy ijodiy faoliyatining eng choʻqqisi boʻlganligi anglashiladi. Uning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan bir qasidasidagi:
„Falakqadro! Maning xud yoʻq hunardo fazlim, asrosang, Valekin piri ojizman, mani Tangri uchun asro“
baytiga nazar solsak, Mirzo Ulugʻbek hukmronlik qilgan davrda shoirning yoshi ancha ulugʻ boʻlganligini („piri ojiz“), shunday goʻzal qasidalar bagʻishlagan Mirzoning fojiali oʻlimi toʻgʻrisida biror narsa yozmaganligidan shoir 1449-yilgacha vafot etgan deya taxmin qilish mumkin.
Sakkokiyning ijodi, xususan, Ulugʻbek hukmdorlik qilgan davrda (1409-1449) kamol topdi. Malumki, bu davrda Samarqand poytaxt sifatida barcha ilm va adabiyot ahlini oʻzida jamlagan edi. Sakkokiy mana shu shoirlar jumlasidan boʻlib, gʻazalnavislikda sanatkorlik mahoratini yaxshi egallab, oʻzbek qasidachiligining asoschilaridan biri boʻldi. Navoiy „Badoeʼ ul-bidoya“ devoni debochasida oʻzbek shoirlaridan Sakkokiy va Lutfiyning kitobxonlarga manzur boʻlib, shuhrat qozongani haqida bunday deydi:
„Uygʻur iborati fusahosindin va turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda begʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud boʻlgʻay“ .
Bizgacha Sakkokiy qasidalari va gʻazallari jamlangan devonining 2 ta notoʻliq, deyarli bir xil: Britaniya Muzeyida (taxminan XVI asr oʻrtalarida koʻchirilgan nusxa) 2079, Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan koʻchirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan. Shoir devonining toʻliq nusxasi haligacha topilmagan.
Sakkokiy XV asr qasidagoʻy shoirlar ichida eng koʻp qasidalari bizgacha yetib kelgan shoir boʻlib, Navoiy negadir shoirning qasidachilikdagi oʻrni, yoki qasidalari haqida hech narsa demagan. Bu holatni oʻsha davrda sodda, „turkona“ turkiy qasidalar yuksak badiiylikda yozilgan forsiy qasidalarning soyasida qolgan deb baholash mumkinmikan? Chunki, Navoiy oʻziga ustoz deb bilgan, har bir baytidan xabardor boʻlgan Lutfiyning 4 ta turkiy madh qasidasi bor ekanligi toʻgʻrisida ham biror narsa yozib qoldirmagan.
Sakkokiy devoni davr anʼanasiga binoan hamd va naʼt bilan boshlanadi. Avval qasidalar keyin gʻazallar tartiblanadi. Devonda 11 madh qasida: 1tasi Xoja Muhammad Porsoga, 1tasi Xalil Sultonga, 5tasi Ulugʻbek Mirzoga (keyingi yillarda adabiyotshunoslar shoirning „Keldi“ radifli qasidasi Ulugʻbek mirzoga emas, Shohrux sultonga bagʻishlangan degan fikrlarni ilgari surishmoqda. Ammo devonda ushbu qasida „Dar madhi Ulugʻbek mirzo…“ sarlavhasi bilan keltirilgan. Shuningdek, ikki qasida bir oʻrinda keltirilib, keyingi qasida sarlavhasiz boʻlganligi uchun bir necha yillar davomida 1ta hisoblanib, shoirning Ulugʻbek mirzoga bagʻishlangan qasidalari 4ta sanalib kelinar edi), 4tasi yuqorida tilga olingan Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.
1958 yilda adabiyotshunos olim Q.Munirov tomonidan nashrga tayyorlangan shoirning „Tanlangan asarlari“ ga 56 ta gʻazal, „Oʻzbek adabiyoti boʻstoni“ seriyasida nashr etilgan „Hayot vasfi“ kitobiga 55 gʻazal, har ikki nashrda ham „Keldi“ radifli qasidasi kiritilgan. Toshkent qoʻlyozma nusxasida ham Britaniya Muzeyi qoʻlyozma nusxasida ham 57 tadan gʻazal mavjud. „Mevlana Sakkaki divani“ da Toshkent qoʻlyozma nusxasining 41-42 betlari nima uchundir berilmay, 52 ta gʻazal sanalgan .
Toshkent qoʻlyozma nusxasi chiroyli va tushunarli xatda yozilgan. Ammo qoʻlyozmaning oʻzida xatolar mavjud. Shuning uchun juda koʻp koʻchirilgan nusxaga oʻxshaydi. Baʼzi oʻrinlarda soʻzlarni matn ichidagi maʼnosidangina anglash mumkin.
Shuningdek, devondagi sheʼrlardan tashqari, bir qator boshqa manbalarda Sakkokiyga nisbat berilgan gʻazallar, baytlar mavjud. Jumladan, „Mevlana Sakkaki divani“da Shayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan Sakkokiyga nisbat berilgan Sulaymoniya kutubxonasi, Ayosofiya boʻlimida 4757 raqam ostida saqlanuvchi bir majmuadagi 3 gʻazal matni keltirilgan. Ular „Ey zulfi zanjirim biror devonalarni yod qil…“, „Ey mening koʻnglumni zulfitek parishon aylagan…“, „Ey orizi bargi gulu vey qomati sarvi suman…“ matlaʼlari bilan boshlanadi.
Alisher Navoiy „Majolis un-nafois“da Sakkokiyga nisbat qilinadigan quyidagi matlaʼni keltiradi:
Ne nozu bu ne shevadur, ey jodu koʻzluk shoʻx-shang,
Kabki dariy, tovusda yoʻq, albatta, bu raftoru rang.
Bu matlaʼ, shuningdek, „gof“ harfi bilan yakunlanuvchi gʻazal ham har ikki nusxada mavjud emas. Yaqiniyning „Oʻq va yoy“ munozarasida keltirilgan "Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosibi holimga aytur. Nazm:
"Jonim fido boʻlsun sening gʻamzang oʻqina nechakim, Har necha qoshing egmasi oʻqtek boʻyumni „yo(y)“ qilur" baytini ham „el olgan“ deyish mumkin. Shayx Ahmad Taroziy „Funun ul-balogʻa“ asarida Sakkokiyga nisbat berilgan quyidagi baytlarni:
Ey soching shaydo koʻngullarning savodi aʼzami,
Halqa-halqa ruhning sarmanzalidur har xami …
Soldi kuygan koʻngluma ul englari gulnor nor,
Boʻlmadi hargiz manga ul dilbari ayyor yor …
Boʻstonda gul yuzunggʻa oʻzni har dam oʻxshatib,
Boʻlmish araq to gʻarqu hanuz infioli bor …
Sanuvbaroki, sening labingda muncha xavos,
Kim ani soʻrsa balodin topar jahonda xalos …
Yuzung guli muzayyan etar husn bogʻini,
Xoling savodi nahv qilur koʻz charogʻini …
Atlas erur saqollari, barcha bulutlari nasaj,
Garchiki durru donadur ogʻzini ochsa toʻdasi …
Sarv ne had birla sarkashlik qilur qadding bila,
Bilgurur maydon ichinda har kishining poyasi .
va quyidagi ruboiyni:
Gul yuzungni koʻrsa bulbul dar chaman,
Kechib oʻz savdodisin boʻlgʻay chu man
Lablaringgʻa teng tutar oʻzni aqiq
Bilmasu behuda soʻzlar ul Yaman .
Keltiradi. Taroziy keltirgan shoirning faqatgina „Sarv ne had birla sarkashlik qilur qadding bila, Bilgurur maydon ichinda har kishining poyasi“ bayti bor gʻazal qoʻlyozmalarda mavjud xolos.
Adabiyotshunoslikda turkiy qasidachilik anʼanasi bilan Mavlono Sakkokiyning nomi yonma-yon tilga olinadi. Chunki, shoir eng goʻzal va koʻp qasidalar yaratganligi bilan mashhurdir. Uning hamd qasidasi 22 bayt, naʼt qasidasi 24 bayt, Muhammad Porsoga bagʻishlangan qasidasi 21 bayt, Ulugʻbek Mirzo madhi deb berilgan „Keldi“ radifli qasidasi 34 bayt, "Tilor koʻnglum oʻzni solsavu boʻlsa zulfina lolo " misrasi boshlanadigan qasidasi 26 bayt, „Keldi maymunu humoyun iydi olam boʻldi shod“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 21 bayt, „Necha qilgʻoy koʻngul mulkin asir ul turki gʻoratgar“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 41 bayt, „Sabo keldi safo birla, ketur, ey soqiy sahboni“ qasidasi 54 bayt, Xalil Sultonga bagʻishlangan qasidasi 30 bayt, Xoja Tarxonga bagʻishlangan „Rabeʼ keldiyu qildi jahonni shodu xurram“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 43 bayt, „Bu kun saharda keturdi anvid bodi sabo“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 43 bayt, „Ey falak, charx urgil, iqbol oldi yuzindin niqob“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 36 bayt, „Nedur ul koʻzakim aning ichra bor obu hayot“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 12 bayt, jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi.
Navoiyga qadar devon tuzishda janrlar tartibi arab devonchiligi singari asosan qasidalar bilan boshlangan. Xususan, Sakkokiy devoni ham qasidalar bilan boshlangan. 22 baytlik sarlavhasiz hamd qasida devon boshida keltirilgan. Shu kunga qadar shoirning hamd va naʼt qasidalari boshqa qasidalari qatoriga qoʻshilmagan. Yaʼni, shoirning 11 ta qasidasi mavjud deb hisoblangan. sheʼrni Taroziyning „oʻn navʼ“ (qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy, masnaviy, tarjeʼ, musammat, mustazod, mutavval, fard), deb uning har qaysisida agar Tangri azza va jallaga hamd aytsalar, oni tavhid derlar. Va agar Muhammad Mustafo alayhissalot vas-salomni vasf qilsalar, naʼt derlar, agar Tangri hazratinda tazarruʼ qilsalar, munojot oʻqurlar… degan fikriga tayansak va Sakkokiyning hamd (22 bayt), naʼt (24 bayt) qasidalarida shoirning falsafiy, diniy-tasavvufiy va insonparvarlik qarashlari ham oʻz aksini topganligini hisobga olib, adabiyot nazariyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda shoir qasidalari 11ta emas, 13ta deb hisoblashga asos boʻla oladi.
Yangi nashrga shoirning qasidalarini ham kiritdik. Shoirning „Keldi“ radifli qasidasi haqida munozarali fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslar ushbu qasida Ulugʻbek mirzoga emas, Shohrux Sultonga bagʻishlangan degan fikrni ham ilgari surmoqda. Xususan, K.Ergashev „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasining 1997 yil 25 iyul sonida „Qasida kimga bagʻishlangan?“ sarlavhali maqolasida bu haqda jumladan, shunday deydi: "Bu fikr dastlab sharqshunos olim Ye. E.Bertels tomonidan ilgari surilgan boʻlib, u oʻzining „Temuriylar davrida turkiy sheʼriyat“ nomli tadqiqotida ushbu qasidaga Ulugʻbekka bagʻishlangan asar sifatida toʻxtalib oʻtgan edi. Keyinchalik bu fikr boshqa adabiyotshunoslar tomonidan qabul qilindi va shu kunga qadar yuqoridagi qasida… „Ulugʻbek madhi“ degan sarlavha ostida berilib kelinyapti".
Avvalo taʼkidlash lozimki, qasida devonda „Dar madhi Ulugʻbek Mirzo navvarallohu marqadahu“ sarlavhasi bilan berilgan. Bu balki kotiblar xatosi bilan boʻlgandir. Yana bir jihat borki, qasida Shohrux sultonga bagʻishlangan degan fikr uygʻotadi. Bu ham boʻlsa, qasidada shoir mamduhga „Nabitek sharʼiy ishingda…“, „Malaktek zuhdu toatda ishingni muntaho qilding“, „dinning qoʻrugʻidur sharif zoting“, „kishvarkushoy“, „getiysiton“, „shahi sohibqiron“ kabi gap va birikmalar bilan murojaat etadi. Maʼlumki, Shohrux Sulton islom shariatini, din ishini mahkam tutgan, dunyoni zabt etishga loyiq kuch-qudrati boʻlgan, yaʼni sohibqiron podshohlardan edi. Ulugʻbek mirzo esa birmuncha dunyoviy ilmlar bilan shugʻullangan, olim podshohlardan edi.
Sakkokiyning mirzoga bagʻishlangan qasidalarida shoir mamduhga nisbatan „Mugʻis ud-dinu vad-dunyo“, "Din qaviy boʻldiyu boʻldi bidʼat ahligʻa roshod ", „Qilur din ishini ravshan, Bihishti soni(y) dunyoni“ kabi birikmalarni ishlatadiki, ushbu oʻxshatishlarni qiyoslasak, Shohrux sulton din homiysi, dunyoni zabt etuvchi jahongir podshoh sifatida, Ulugʻbek mirzo esa din va dunyo homiysi, diniy va dunyoviy ishlarni baravar yuritgan olim podshoh sifatida koʻrinadi. Ammo matn va manba yuzasidan qarasak, qasidani Ulugʻbek mirzoga bagʻishlangan deb hisoblashimiz zarur.
Qoʻlyozma nusxada xatoliklar tufayli „Keldi“ radifli qasidasining quyidagi
Raʼiyat qoʻy erur, sulton anga choʻpon, yogʻiy boʻri,
Boʻri oʻlgoyu qoʻy tingoy, chu Musotek shubon keldi.
bayti, barcha nashrlarda, xususan, 1988 yil Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan „Hayot vasfi“ kitobida „Raʼiyat qoʻy erur, sulton anga choʻpon, yo boʻri“ shaklida berilgan . Bizningcha, birinchidan, shoir, misrada uch narsa: „xalq“, „sulton“, „dushman“ni uch narsaga: „qoʻy“, „choʻpon“, „yogʻiy“ga oʻxshatsa (bu keyingi misrada ham aniq berilgan), ikkinchidan, „… yo boʻri“ shaklida vazn talabi buziladi. Yaʼni „yo“ — bir boʻgʻin, „yogʻiy“ — ikki boʻgʻinli soʻz. Shuning uchun ham nashrda „yogʻiy“ shaklida berdik. Devon tartibi boʻyicha soʻnggi qasida Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan boʻlib, 11 baytlik lugʻz nasib bilan boshlanadi. Unda shoir mamduhni obi hayot bilan toʻla koʻzaga qiyos etib, qandu nabot undan hasrat suvini yutadi, oti goʻzal, zoti goʻzal, jismi nozik, vasfi xushdir, unga bu ismu jismu vasfi zot loyiqdir deydi. U ot emas, ammo, undan yaxshi urugʻ tugʻar, u qush emas, nima uchundir barcha aʼzosi qanot, u agar shirin soʻzidan bir ogʻiz bayon etganini eshitgan kishi qandu shakarga iltifot qilmaydi deydi. Soʻnggi ikki baytda bu muammoning javobi chiqariladi:
Shakli sheʼrini muammodir aning mushkul base,
Tabtek shahkarlikindin ochlur ushbu mushkilot.
Odil Arslon Xoja Tarxon dinu dunyo lazzati,
Sharʼu din jinsi erur, ul jism ichra bu hayot.
Qasida shu yerda uzilib qolgan. Yaʼni qasidaning nasib va gurezgoh qismi bor, boshqa qismlari yoʻq. Keyingi sahifadan gʻazallar keltirilgan. Devonlarda gʻazallar „Kunilarmen“ radifli biror sabab bilan matlaʼsi tushib qolgan gʻazal bilan boshlanib, „Ey labung eglik koʻngullarning davou marhami“ misrasi bilan boshlanuvchi gʻazal bilan tugaydi. Devonda 2 ta „nun“, 15 ta „hoyi havvaz“, 40 ta „yoy“ harflari bilan tugallanuvchi, jami 57 gʻazal mavjud. Toshkent qoʻlyozma nusxasida Britaniya nusxasidan farqli ravishda „Sochingdin nofa doim kin ichinda“ deb boshlanuvchi gʻazalning soʻnggi 2 bayti, „Ey bodi sabo, bizdin ayit yor qoshinda“ deb boshlanuvchi gʻazalning soʻnggi toʻrt bayti yoʻq.
Sakkokiy g‘azallarida keltirilgan ko‘pgina badiiy tasvirlar va o‘xshatmalarni Ali-sher Navoiy, Bobur va boshqa shoirlarning g‘azallarida ham uchratish mumkin. Sakkokiy faqat lirik sheʼrlar yozish b-n chek-lanib qolmay, yuqorida aytganimizdek, go‘zal qasidalar yozgan va bu qasidalar u yashagan, ijod etgan davrdagi ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan.
Sakkokiy ajoyib lirik sheʼrlar va betakror qasidalar ijod etgan hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining ravnaq topib, gullab-yashnashiga maʼlum hissa qo‘shgan buyuk shoirlardan biri sifatida tarixda muhrlandi.
Mavlono Sakkokiy Alisher Navoiyga qadar ijod etgan shoirlarning eng mashhuri boʻlib, bizgacha yetib kelgan kam miqdordagi, ammo badiiy jihatdan yuksak sheʼriy merosi (13 qasida, 60 gʻazal) ning oʻzi ham uning naqadar ulugʻ shoir boʻlganligini tasdiqlaydi. Shoir nafaqat gʻazalchilikda oʻz ovoziga ega boʻlgan, balki turkiy qasidachilikning ilk goʻzal va mukammal namunalarini yaratgan shoir sifatida ham mumtoz adabiyotimiz tarixida nom qoldirgan ijodkorlardandir.
Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi Xasanova Mashxura Jumanovna
Nashr qilingan asarlari
Sakkokiy. Gʻazallar. — T.: 1966;
Sakkokiy. Gʻazallar, qasida. Kitobda: Hayot vasfi. — T.: 1988
Mavlono Sakkokiy devoni. T.: Yangi asr avlodi. 2017 (nashrga tayyorlovchi va soʻngsoʻz muallifi M.Xasanova)
Manbalar
Adabiyotlar
Oʻzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.
Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka, M., 1963;
Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1kitob, 2nashr, T., 1976;
Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Shoirlar
Turkiy shoirlar |
2,730 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Gadoiy | Gadoiy | Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha nomaʼlum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — oʻzbek shoiri.
Gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) va qisman fors tilida gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-asr oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitʼalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida „charx jafosi“, „roʻzgʻor javri“dan figʻon, „gʻurbat mehnati“ va „rohiblar tazyiqidan“ shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda vazni yengil, shux va uynoqi.
„Devoni Gado“ asari
Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan „Devoni Gado“ asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan. „Devon“dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton madhiga bagʻishlangan. Devon qoʻlyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. № 981), mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiya (1960) va AQSH (1971) da bosilib chiqqan.
Nashr qilingan asarlari
Gadoiy. Sheʼrlar (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: 1965;
Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxoʻjaev). — T.: 1973;
Adabiyot
E. Ahmadxoʻjaev. Gadoiy hayoti va ijodi. — T.: 1978;
E.Ahmadxoʻjaev. Gadoiy devonining nodir nusxasi haqida. „Adabiy meros“ jurnali − 1972, № 2;
Gʻanieva S. Shoir Gadoiy. „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasi 1962-yil 1-sentabr.
E. Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. — M.:1963. |
2,731 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Solih%20%28ma%CA%BCnolari%29 | Muhammad Solih (maʼnolari) | Muhammad Solih maʼnosini anglatuvchi bir nechta ism:
Muhammad Solih (tarixchi) — XIV asr shoiri.
Muhammad Solih — siyosatdon. |
2,734 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Shayboniy | Muhammad Shayboniy | Muhammad Shayboniy (Shayboniyxon) (1451-yil, Oʻzbek xonligi — 1510-yil 12-dekabr, Marv) — davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri. Hazrati imom uz-Zamon xalifat ur-Rahmon (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini oʻrnatgan.
Ismi
Uning haqiqiy ismi V. V. Bartoldning fikriga koʻra — Shohbaxt Muhammad, boshqa: R. G. Mukminova, V. P. Yudin va Edvard Allworth kabi tadqiqotchilar fikrlariga koʻra esa — Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan. Shayboniy — sheʼriy taxallusidir. По данным современника Шейбани-хана — Мулла Шади, и востоковедов: В. П. Юдина, Р. Г. Мукминовой Шейбани-хан также носил поэтическое прозвище — Шахбахт (королевское счастье). Shayboniyxonning zamondoshi — Mulla Shodiy va sharqshunos olimlar: V. P. Yudin, R. G. Mukminovalarning yozishicha, Shohbaxt (shoh baxti) ham Shayboniyxonning sheʼriy taxallusi bo‘lgan. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasida yozilishicha, Shaxbaxt taxallusi unga Abulxayrxon tomonidan berilgan. U asos solgan sulola tarixda Shayboniylar nomi bilan tanilgan, ammo bu sulola vakillaridan hech biri Muhammad Shayboniy avlodi bo‘lmagan.
Tarjimai holi
Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayrxonning (1428—1468) oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻ boʻlgan. Shayboniyxonning onasining ismi Oq Qoʻzi biyim boʻlgan.
Tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shohbudog‘ sulton to‘ng‘ich o‘g‘liga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qo‘ygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlgan.
Manbalarga ko‘ra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻg‘lon, Abduloʻg‘lon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimo‘g‘lon, Ibrohimo‘g‘lon oʻgʻli Davlatshayx o‘g‘lon, Davlatshayxo‘g‘lon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan.
Qizig‘i shundaki, „Tavorixi Guzidayi Nusratnoma“ da Shayboniyxon Mingtemur bobosining xotini Ismoil Somoniy avlodidan bo‘lgan Jandibekning qizi ekanligi qayd etilgan.
Shayboniyxonning otasi Shohbudog‘xon o‘qimishli odam bo‘lib, uning buyrug‘i bilan fors tilidagi asarlarni turkiy tilga tarjima qildirgan.
Hokimyatga kelishi
Muhammad Shayboniy Oʻzbek xonligi hukmdori Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi Sulton Muhammad bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnahrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan.
Vafoti
1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 70 ming kishilik askari bilan Muhammad Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va xonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Keyinchalik Shayboniylar daxmasi deb nomlangan.
Shayboniyxon unvonlari va uning diniy siyosati
Shayboniyxon chiqargan tangalarda u olgan unvonlar: „Eng buyuk sulton, rahmdil [Allohning] podshohi, din himoyachisi“; „Oʻz davrining imomi, rahmdil [Allohning] hokimi Abulfath“. Yozuvlar har-xil boʻlib, ikkinchisida ancha aniqroq, teokratik fikr ifodalangan va sarlavhada Shayboniyxon oʻz davrining imomi“ ekanligi taʼkidlangan.
Shayboniyxon eroniylar va turkiylarni milliy asosda ajratmagan, balki paygʻambarning „hamma musulmonlar birodardir“ degan hadislariga amal qilgan.
Nufuzli diniy arboblardan biri, asli yamanlik amir Sayyid Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy al-Hadramautiy (Mir-i Arab nomi bilan mashhur) Shayboniyxonning homiyligidan panoh topgan, devon majlislarida doimiy ishtirok etgan va uning yurishlarida xonga hamrohlik qilgan.
Ijodi
Muhammad Shayboniy 1501-1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. U saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Uning oʻzi oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa Oʻzbekiston milliy universiteti Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. Muhammad Shayboniy haqida Tarixi guzida, Binoiyning Shayboniynoma, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Muhammad Solihning Shayboniynoma va Boburning Boburnoma asarlarida maʼlumotlar bor.
Hukmdor shoirning ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F. Koʻprulu, Y. Ekman, O. Akbiyik, Y. Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E. Axmadxoʻjaev va I. Bekjon uning Bahrul-hudo nomli qasidasini topishdi.
Adabiyot
Istoriya Uzbekistana, T.3. Tashkent, 1993.
Bartold V. V., Sochineniya, T2 (chast 2), M., 1964.
Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
ERASLAN Kemal (1991), Şibânî Han’ın ʹBahru’l-Hüdâʹ Adlı Eseri. Türk Kültürü Araştırmaları Muharrem Ergin’e Armağan, Yıl: XXVIII/1-2, s.103-177
KARASOY, Yakup (1998), Şiban Han Dîvânı (İnceleme-Metin-Dizin-Tıpkıbasım), Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları
Malikov A.M., Torlanbayeva K.U. Nekotoryye osobennosti kul'turnoy identichnosti Sheybani-khana i monumental'noye stroitel'stvo v Samarkande v nachale XVI veka // Zolotoordynskoye obozreniye. 2022. T. 10, № 2. S. 391–413.
Mukminova R. G., K istorii agrarnykh otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam «Vakf-name». Tashkent. Nauka. 1966
Norik B.V. Rol' shibanidskikh pravitely v literaturnoy zhizni Maverannakhra XVI v. // Rakhmat-name: Sb. statey k 70-letiyu R. R. Rakhimova. SPb.: MAE RAN, 2008. S. 226–267.
Semyonov A. A. K voprosu o proiskhozhdenii i sostave uzbekov Sheybani-khana // Trudy akademii nauk Tadzhikskoy SSR. Tom XII. 1953. — C.3-37
Semyonov A. A. Sheybani-khan i zavoyevaniye im imperii Timuridov //Materialy po istorii tadzhikov i uzbekov Sredney Azii. Trudy AN Tad SSR, XII, vyp. I.- Stalinabad, 1954.
Fitrat A.. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.
Manbalar
Oʻzbekiston tarixi
Buxoro xonligi hukmdorlari
Shayboniylar
Oʻzbek shoirlari
1451-yilda tugʻilganlar
1510-yilda vafot etganlar
Madrasa asoschilari
Madrasada dafn etilganlar
Buxoro madrasalarida tahsil olganlar |
2,738 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Boborahim%20Mashrab | Boborahim Mashrab | Boborahim Mulla Vali oʻgʻli yoki taxallusi boʻyicha Mashrab (1640 yoki 1653 yoki 1657-yil, Namangan – 1711-yil Balx) – oʻzbek shoiri va mutafakkiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyondasi.
1665-yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmudbiy qatagʻon tomonidan 1711-yil dorga osiladi.
Mashrab nomi XVIII XIXasrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning „Muzokir ul-as'hob“ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat „Devoni Mashrab“, „Devonai Mashrab“, „Eshoni Mashrab“, „Hazrati shoh Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht-rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi asarlarda ham Mashrab haqida ayrim maʼlumotlar uchraydi:
„Tazkirat ul-avliyo“ (Majzub Namangoniy),
„Tazkirai qalandaron“ (Is'hoq Bogʻistoniy),
„Muzakkiri as'hob“ (Maleho Samarqandiy),
„Muntaxab ut-tavorix“ (Hakimxon Toʻra),
„Ansob us-salotin“ (Mirzo Olim).
Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba – „Qissai Mashrab“dir (boshqa nomlari „Shoh Mashrab“, „Devonai Mashrab). Uning koʻpgina qoʻlyozma va toshbosma nusxalari mavjud.
Hayoti
Boborahim Mashrab qachon tugʻilgani borasida olimlar orasida har-xil fikrlar mavjud. Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan So'fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida diniy taʼlim oladi, so'fiy tariqatlar boʻyicha bilimini oshiradi, forsiy tilni oʻrganadi.
Taxminan, 1665-yillarda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xo'ja eshon huzuriga boradi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi Ofoq Xo'ja dargohida va uning targʻibot saboqlari taʼsirida yaratilgan. Ofoq Xo'ja shaxsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni „pir-u rahbar“ deb tan oluvchi bayt-misralar mujassam boʻlgan gʻazal va muxammaslar ham („Koshki“, „Oʻzum“ radifli gʻazallar, „Qolmadi“ radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir.
Mashrab taxminan 1672–1673-yillarda Ofoq Xo'ja dargohini tark etadi. Qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidagi kanizaklarning biriga koʻngil qoʻygani, sevib-sevilgani sabab boʻlgan. Ammo Mashrabning ogʻir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid oʻrtasida jiddiy gʻoyaviy ziddiyatlar boʻlgan deyilsa, haqiqatga muvofiq boʻladi.
Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli oʻlkalarda darbadarlikda oʻtkazadi. Qoʻnimsiz hayotga yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulm-u sitam ostidagi oh-u nolasi shoir qalbini larzaga soladi („Dili tigʻi sitamdin pora boʻlgʻon xalqni koʻrdum“…).
Mashrab asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlib, oʻsha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, u baʼzi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxoʻr mulkdorlar va johil amaldorlarning zoʻravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qoʻldan qoʻlga, ogʻizdan ogʻizga oʻtib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror qishloq yoki shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil kambagʻal xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish bilan qarshi olgan. Shoir qoʻnimsiz hayotining soʻnggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yoʻqotish payiga tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy qatagʻonning hukmi bilan dorga osiladi.
Ijodi
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha maʼlum asarlarining oʻzi ham Mashrabning favqulodda noyob isteʼdod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi sheʼriyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy sanʼatning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.
Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan sheʼriy merosida gʻazal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, taʼrix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab, avvalo, mohir gʻazalnavis hamda koʻplab shoʻx va jarangdor mustazodlar, oʻynoqi va jozibador murabba' hamda xalq gʻam-u hasratiga hamdardlik hissi bilan yoʻgʻrilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrugʻ chiqargan. Mashrabning juda koʻp gʻazallari xalq qoʻshiqlaridek sodda va jarangdor, joʻshqin va taʼsirchandir.
Mashrab oʻzbek adabiyoti tarixida eng koʻp mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi gʻazallari kabi shoʻx va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir.
Mumtoz sheʼriyatda murabba' turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Mashrab ijodining oʻrni katta.
Mashrabning romantik koʻtarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tarixida murabba turida yaratilgan eng yetuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. Mashrabning gʻazal, mustazod va murabba'larida ishq-muhabbat vafo-sadoqat mavzui yetakchi oʻrinda tursa, muxammas va musaddaslarida chuqur ijtimoiylik ustunlik qiladi, taqdirning kemtikligi va hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabr-u jafosidan shikoyat, taʼqib-tazyiqidan norozilik dardli, ammo qatʼiy va keskin ifodalanadi.
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy gʻoyalar ham, oʻsha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohang-taʼkidlari ham sezilarli oʻrin egallaydi. Shoir sheʼrlarida Allohning mavjudligi, bor-u birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatʼiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi.
Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning gʻazallariga taxmis va naziralar bogʻlashgan.
Mashrab qoldirgan adabiy meros toʻla aniqlanib, oʻrganilgan emas. Baʼzi tadqiqotchilar juda koʻp sheʼriy hikoyat va gʻazallarni oʻzida jamlovchi „Mabdai nur“ nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar. Shoir merosi, asosan,„Qissai Mashrab“asari orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.
„Mabdai nur“ va „Kimyo“ asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997-yilda „Mabdai Nur“ (Jaloliddin Rumiy „Masnaviyi maʼnaviy“siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.
Mashrab ijodini oʻrganish
Mashrab ijodi haqida rus sharqshunoslari N.I.Veselovskiy, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin; oʻzbek adabiyotshunoslari Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Moʻminov, Gʻafur Gʻulom, A.Hayitmetov, V.Abdullaev, A.Abdugʻafurov, E.Shodiev, I.Abdullaev, J.Yusupovning tadqiqot va maqolalari bor. Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990).
Xotira
Oʻzbekistonning turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bogʻlari va kinoteatrlar, maktab va kutubxonalar, koʻchalar va jamoa xoʻjaliklari bor. Afsuski, 2019-yilda Toshkentda tashkil qilingan shoirlar xiyobonida boshqa shoir va yozuvchilar qatorida Mashrabga haykal qo'yilmadi.
Mashrab. "Mabdai Nur". -T.: 1994;
Adabiyotlar
Muhsin Zokiriy, Boborahim Mashrab, T., 1966; Abdugʻafurov A., |
2,739 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammadniyoz%20Nishotiy | Muhammadniyoz Nishotiy | Muhammadniyoz Nishotiy – Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega.
Xorazmda 1701-yilda tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash’or“ kabi manbalarda jamlangan. 1903-yilda Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
Yirik asari „Husnu Dil“ dostoni Buxoroda 1778-yil yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur boʻlib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, koʻngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, Gʻamza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-taʼlimiy gʻoyalari ifodalangan. „Qushlar munozarasi“ asari ham allegorik — majoziy harakterga ega boʻlib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning oʻzaro bahsu-munozaralari orqali oʻz qarashlarini bayon etadi.
Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixoʻjaev, M.Qosimova va boshqalar tomonidan oʻrganilgan.
Nashr qilingan asarlari
Nishotiy. Husnu Dil. Lirika. -T.: 1967.
Nishotiy. Qushlar munozarasi. Jurn. «Guliston». −1970. № 1.
Adabiyot
Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy. — T.: 1976;
Valixoʻjaev B. Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan. — T.: 1975;
Abdullaev V. Nishotiy. Kitobda: Saylanma. — T.: 1982.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar |
2,740 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Xo%CA%BBjanazar%20Huvaydo | Xoʻjanazar Huvaydo | Xoʻjanazar Huvaydo (1704—1780) Isteʼdodli oʻzbek shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda.
Huvaydoning devoni yetib kelgan, uning bir necha nusxalari bor. Devonga shoirning gʻazal, ruboiy, toʻrtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi sheʼriy janrlarda yaratgan asarlari va „Rohati dil“ dostoni kiritilgan. Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. „Rohati dil“ diniy-taʼlimiy asar. Unda islom va tasavvuf taʼlimotining umuminsoniy gʻoyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi.
Huvaydo asarlarining qoʻlyozma nusxalari turli fondlarda saqlanmoqda. (Devoni Huvaydo. SamDU FK, inv. № 3903; Bayozi Haziniy OʻR FA ShI inv. № 4184..).
Adabiyotshunoslikda Huvaydo ijodini oʻrganish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Asarlari nashr etilgan. OʻzMUda ham Huvaydo ijodini oʻrganish borasida chuqur tadqiqotlar olib borilmoqda. Devoni tabdil etilgan. Asp. E.Rahmonov „Rohati dil“ dostoni poetikasi" mavzusida ilmiy-tadqiqot (ilm. rahbar prof. H.Boltaboev) olib bormoqda.
Nashr qilingan asarlari
Huvaydo. Devon. — T.: OʻzMU, Oʻzbek mumtoz adabiyoti kaf., inv.29;
Bayozi Haziniy. OʻR FA ShI, inv. 4184;
Huvaydo. Tanlangan sheʼrlar. — T.: 1961;
Xoʻjanazar Huvaydo. Rohati dil. — T.: 1994.
Ilmiy adabiyot
Jalolov T. Bonu. — T.: 1961;
Oʻzbek adabiyoti. 3-jild. — T.:, 1978;
N.Jumaxoʻja. Huvaydo merosining maʼnaviy-maʼrifiy mohiyati. -T.: 1995.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar |
2,741 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Nurmuhammad%20Andalib | Nurmuhammad Andalib | Nurmuhammad Andalib (1711-1770) — isteʼdodli oʻzbek adibi, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega.
Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Xorazm shohiy“ asarlarida fikrlar bor.
Andalibning turkiy devoni va bir qancha dostonlari bizgacha yetib kelgan: „Zaynul-arab“, „Yusuf va Zulayho“, „Layli va Majnun“, „Oʻgʻuznoma“, „Sayyid Nasimiy“, „Saʼd Vaqqos“ va boshqalar. Andalib asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida 1392, 1169, 1198, 1387, 7054, 299, 6759, 1103, 6973, 6998, 1155, 1188, 6993, 1918 raqamlari ostida saqlanadi.
Andalib ijodiga munosabatda uni turkman shoir degan qarash ham mavjud, uning asarlari Turkmanistonda ham mashhur. Uning ijodi X.Koʻr oʻgʻli, V.Abdullaev, B.Axundov, A.Ulugʻberdiev, G.Nazarov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Nashr qilingan asarlari
Andalib. Tanlangan asarlar. Ashxabad, 1963. (B.Axundov, A.Ulugʻberdiev nashrga tayyorlagan).
Andalib. Yusuf va Zulayho. Ashxabad, 1973 (Geldi Nazarov nashrga tayyorlagan.)
Oʻzbek adabiyoti. T.: 1959. 4-5-tom.
Adabiyot
Kor-ogli. Uzbekskaya literatura. M.: Visshaya shkola, 1978.
Oʻzbek adabiyoti tarixi. T.: Fan, 1978. B. 333-367.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar |
2,743 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahon%20otin%20Uvaysiy | Jahon otin Uvaysiy | Jahon otin Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 – Margʻilon – 1845) — atoqli oʻzbek shoirasi, oʻzbek shoirlari murabbiysi, maʼrifatparvar.
Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga sheʼriyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. 65 yoshida Margʻilonda vafot etagan.
Ijodi
Uvaysiy 4 devon tuzganligi maʼlum. Lekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gʻazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali.
Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson taqdiri, shaxs erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayot noz-neʼmatlaridan bahramand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taalluqli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi: Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh,Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.
Uvaysiy oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qahramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq.
Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi: Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon.
Liroepik asarlari
Uvaysiy hayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning „Shahzoda Hasan“, „Shahzoda Husan“ kabi liroepik asarlari va „Voqeoti Muhammad Alixon“ kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan.
Uvaysiy asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saqlanadi.
Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin sheʼriy asarlari mavjud. Uning bir devoni OʻR Fanlar akademiyasi ShIda saqlanadi (inv.№ 1837). Unga shoiraning gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼlari va „Shahzoda Hasan“ hamda „Voqeoti Muhammadalixon“ dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan. „Shahzoda Hasan“, „Shahzoda Husayn“ kabi dostonlari mavjud, „Voqeoti Muhammadalixon“ nomli tarixiy asari tugallanmagan.
Shoira ijodiga nazar
Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. „Majmuai shoiron“ tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yoʻnalishda oʻrganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan oʻrganilgan.
Gʻazallari
Nashr qilingan asarlari
Uvaysiy. Devon. –T.: 1963;
Uvaysiy. Koʻngil gulzori. – T.: 1983.
Adabiyot
E.Ibrohimova. Uvaysiy. –T.: 1963;
T.Jalolov. Oʻzbek shoiralari. –T.: 1970;
I.Haqqulov. Uvaysiy she'riyati. –T.: 1982.
Manbalar
Devon, T., 1963; Koʻngil gulzori, T., 1983. /4 yil
Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, T., 1970.
1781-yilda tugʻilganlar
Margʻilonda tugʻilganlar
1845-yilda vafot etganlar
Chigʻatoy tilida ijod qilgan shoirlar
Turkiy shoirlar
Oʻzbek shoirlari
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbek shoiralari
Qoʻqon xonligi shoirlari
Oʻzbek xonliklari madaniyat va sanʼat namoyandalari |
2,748 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Nodira | Nodira | Nodira, (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon — 1842, Qoʻqon) — oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvari va davlat arbobi.
"Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — oʻzbeklarning ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda sheʼr yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 1810-yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822-yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842-yil Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.
Ijodi
Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari orqali yetib kelgan. Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.
Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning „Muntaxabut-tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvatut-tavorix“, Ishoqxon Toʻraning „Tarixi Fargʻona“, Mushrifning „Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammadalixon“, Nodir-Uzlatning „Haft gulshan“ nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan.
Davlatni idora qilishi
1822-yilda Umarxon vafot etib, uning oʻgʻli, 14 yoshli Muhammad Alixon (Maʼdalixon) taxtga koʻtarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning oʻzi idora qildi. U madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan koʻrsatib berilgan: "Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol ekan-ligini koʻrsatishdir... Umarxon vafotidan soʻng bu iffat sadafining in-jusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa oʻtishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bogʻiga borib, Fargʻona, Toshkent, Xoʻjand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, hattotlar, naqqoshlarni oʻz xizmatiga chaqirtirib keldi". Nodira bir necha kitoblarni koʻchirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini oʻzi shaxsan koʻzdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni "Zarrin qalam"lik mansabiga koʻtargan.
Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga eʼtibor bergan. Goʻristoni kalondagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Moxlaroyim madrasasini bino ettirgan. Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh 1842-yilda Qoʻqonni egallab, Maʼdalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar oʻgʻli Muhammad Aminxonni va Nodirani oʻlimga hukm etadi.
Adabiy merosi
Nodiraning adabiy merosi oʻz gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. Uning toʻla boʻlmagan oʻzbekcha devoni Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) gʻazali kiritilgan. Nodiraning uzi yozgan debochada tarjimai holiga oid baʼzi muhim maʼlumotlar berilgan. 19-asrda koʻchirilgan, hozirgi Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning "Komila" taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) gʻazali borligi aniqlangan. 1962-yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan bu devon shoiraning merosini toʻliq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning "Nodira" taxallusi bilan yozgan 180 sheʼri jamlangan (shulardan 136 tasi oʻzbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muhammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarjiʼband, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida Nodiraning "Maknuna" taxallusi bilan yozilgan, 333 gʻazaldan iborat bir devoni mavjud. Bugungi kunda biz Nodiraning oʻzbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.
Sheʼriyati
Nodira sheʼriyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U goʻzallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu figʻonlarini kuyladi. Shoira oʻzini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yogʻdu ekanligini kuyladi: Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuygʻular doirasidan yuqori koʻtarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning fors-tojik tilidagi „Mebosh“ radifli gʻazalida vafo mavzui keng doirada qalamga olinadi.
Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi hislatlarni maʼrifat, yaʼni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli hislatlarni oʻz ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan koʻngil ganjinasida asramogʻini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum boʻlar ekan, u riyo yoʻliga kirib ketadi.
Nodira oʻz ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yoʻnalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yoʻlidagi ruhiy dunyosini ham juda goʻzal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira sheʼrlarida islom ruhi, tasavvuf taʼlimi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urugʻini qidiradi. Nodira saroyda yashasa ham, oʻzini maʼnaviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi.
Shuning uchun ham u gʻazallaridan birida: "Meni saltanat masnadida koʻrib, gumon etmang ayshu farogat bilan", deydi.
Nodira olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni oʻz himoyasiga olgan. Shoira oʻz devonlarining "hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga koʻra jamlangani"ni oʻzbekcha devoniga yozgan soʻzboshisida qayd etib oʻtadi.
Nodira mumtoz sheʼriyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning oʻzbekcha, forsiycha va tojikcha gazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira gʻazallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot anʼanalarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. Nodira oʻz gʻazallarida koʻproq "mukar-rar" (soʻzning takrorlanib kelishi) va "qoʻsh mukarrar" usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tash-beh, istiora, tazod, tadrij, tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qoʻllangan.
Nodira fors-tojik tilida ham goʻzal, taʼsirchan sheʼrlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan oʻzbek tilidagi gʻazallaridek yuksak darajada yozilgan boʻlib, shoira ijodini yana ham keng va toʻlaroq oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.
Shoira ijodiga nazar
Nodira ijodiga boʻlgan qiziqish shoira xayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800–1905) Nodiraga maxsus gʻazallar bagʻishlab, uni „ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari gʻazalxoni, shakar sochuvchi bulbul“ deb taʼriflaydi. Nodira gʻazallariga juda ʻ koʻp shoirlar naziralar yozganlar, muhammas bogʻlaganlar. Oʻzbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning „Nodira“, Turob Toʻlaning „Nodirabegim“ musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida „Nodirabegim“ filmi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Gʻazallari oʻzbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. Oʻzbekistonning shahar va qishloqlarida koʻplab koʻchalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi.
Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohkoʻchalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qoʻyilgan.
Adabiyot
Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, 1-kitob, 2nashr, T., 1970; Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, 1967; Qa-yumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Qodirova M., Davr Nodirasi (Nodiraning hayot va ijod yoʻli), T., 1991; Maʼna-viyat yulduzlari, T., 2001.
A.Qayumov. Qoʻqon adabiy muhiti. -T.: 1961;
M.Qodirova. Nodira. -T.: 1965.
Nashr qilingan asarlari
Nodira. Devon. -T.: 1963;
Nodira. Ey, sarvi ravon. -T.: 1992;
Komila -Nodira. -T.: 2002.
Manbalar
http://kitobam.com/cr/nodira-mohlaroyim/
Sheʼrlar, T., 1958; Devon, T., 1963; Asarlar (2 j.li), 1-j., T., 1968; 2-j., 1-2-kitob, T., 1971; Devon (forstojik tilidagi gʻazallar), Dushanba, 1967; Uvaysiy va Nodira, T., 1994.
Shoirlar
Oʻzbekiston shoirlari
Oʻzbek shoiralari
Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari
Madrasa asoschilari |
2,751 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Gulxaniy | Gulxaniy | Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxminan 18-asrning oxiri – Qoʻqon – 19-asrning 20-yillari) – oʻzbek mumtoz shoiri, oʻzbek adibi, masalnavis, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri.
Hayoti
Hayoti va ijodi haqida „Majmuai shoiron“ (Fazliy Namangoniy), „Tuhfat ul-axbob“ (Qori Rahmatulloh Vozeh), „Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron“ (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning „Koʻhiston mulkidan“ ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, oz vaqt hammomda oʻt yoquvchi – goʻlax vazifasida ishlagan (taxallusi shundan). Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda boʻlgan (1801–1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811) soʻng taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Oʻtli hajvlarni yaratgan.
Ijodi
Gulxaniy oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turk va fors tillarida ham asarlar bitgan. Bizgacha bir necha gʻazali, hajviyalari hamda „Zarbulmasal“ („Yapaloqqush“ hikoyasi) nasriy asari yetib kelgan.
Gʻazallari
Gʻazallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, bahor, real hayotiy manzaralar oʻz ifodasini topgan („Barmogʻim“, „Ey toʻti“, „Lola koʻksidek bagʻrim...“). „Bideh“ (bergil, ber menga) radifli gʻazalida shoir navkarlik davridagi hayotini tasvirlagan. Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala — oʻz davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari haqida fikr yuritganligini kuzatish mumkin. Gʻazalida lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga koʻtarilgan. Gulxaniy oʻzining zoʻr isteʼdodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijodkor sifatida koʻringan. Shoirning bizga maʼlum gʻazallarining ayrimlari Amiriy sheʼrlariga nazira tarzida yaratilgan boʻlib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay, barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga koʻtarilgan. Gulxaniyning sheʼriy ijodi, garchand, hajman katta boʻlmasada, 19-asr oʻzbek milliy adabiyoti rivojiga samarali taʼsir koʻrsatdi.
„Zarbulmasal“ asari
„Zarbulmasal“ asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardanfoydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan.
„Zarbulmasal“da „Kalila va Dimna“ da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. „Zarbulmasal“ ning bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud, ular OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan.
Xotira
Gulxaniy ijodi A.Qayumov, M. Salye, Fitrat, B. Karimov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qoʻshjonov, M. Qoʻshmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Adabiyotlar
Muqimov R., Gulxaniyning hayoti va adabiy faoliyati, Samarqand, 1955; Zohidov V., Oʻzbek adabiyoti tarixidan, T., 1961; Ishoqov F., Gulxaniy va uning adabiy merosi, T., 1974.
Abdurashid Abdugʻafurov.
Nashr qilingan asarlari
Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). - T: 1958;
Oʻzbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. - T: 1959;
Gulxaniy. Tanlangan asarlar. - T.: 1951, 63b.
Adabiyot
Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-jild. — T.: 1978;
F.Ishoqov. Gulxaniy va uning „Zarbulmasal“ asari. — T.: Fan, 1972;
F.Ishoqov. Maktabda Gulxaniy ijodini oʻrganish. — T.: 1986;
M.Qoʻshjonov. „Zarbulmasal“ asarining badiiy xususiyatlari. Kitobda: Mohiyat va badiiyat. — T.: 1974;
M.Qoʻshmoqov. Mulla Gulxaniy. „Sharq yulduzi“ jurnali 1991, № 1.
Manbalar
Tanlangan asarlar. Zarbulmasal va gʻazallar, T., 1960. |
2,765 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ipak%20yo%27li%20radiosi | Ipak yo'li radiosi | Ipak Yoʻli Radio - Loyihasi oʻz faoliyatini 1998-yili Tojikistonda boshladi. 1999-yili uning faoliyat qamroviga Oʻzbekiston va 2004-yili Qirgʻiziston qoʻshildi. YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi qoshida hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning koʻmagi bilan Ipak Yoʻli Radio loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tinglovchilariga qator taʼlimiy radio dasturlar taqdim etib kelmoqda. Ipak Yoʻli Radio Loyihasining asosini Oʻzbekiston va tojikistonlik ijodkorlar hamkorligida yaratib kelinayotgan radiodramalar tashkil etadi.
Oʻzbekiston va Tojikistondagi har bir radio drama voqealar rivoji reportajlari sifatida tanilgan qisqa reportajlar bilan birga efirga uzatiladi. Ushbu reportajlar radio dramaga yangi gʻoyalar berish va mavzularni tadqiq qilish bilan birga uning hayotiyligini ham taʼminlaydi.
Manbalar
Radiolar |
2,787 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Imom%20Abu%20Dovud | Imom Abu Dovud | Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as ibn Ishoq al-Azdiy Sijistoniy hujjat bilan hukm qiluvchi, huffoz- larning sayyidi, hadislarni tahlil etuvchi «Kitobi Sahih» deb tan olingan olti muhaddisning biridurlar. Nisbatlari Basra qishloqlarining biri bo'lgan Sijistongadir.
Bu zot hijratning 202-yili Basrada tavallud topdilar. Hadislarni to'plashda Iroq, Xuroson, Shom, Misr, Arabiston Jazirasi kabi yurtlardagi ulamolar huzurida bo'lib chiqdilar. 221-hijriy sanada Kufaga safar qildilar va ana shu yerdagi kishilardan ham hadislarni eshitib rivoyat qildilar.
Ulamolar bu zotda bo'lgan sifatlarni ko'p zikr qilishadi. Amr ibn Ali Bohiliy: «Imom Abu Dovud duosi ijobat bo'luvchi kishilardan edilar»-deb aytadilar. Muhammad ibn Sa'd Zuhariy: «Bu zot obid, taqvoli, fozil, solih, pok kishilardan edilar»-deb aytadilar. Abu Hotim ar-Roziy: Bu zotdek tazarru'li va bu kishidek hujjati ishonchli kishini ko'rmaganman»- deganlar.
Abu Dovudning «Sunan» kitoblari to'g'risida ham ulamolar g'oyatda maqtov fikrlar bildirishgan: Zakariyo Soniy aytadilar: «Kitobulloh Islomning asli, «Sunani Abu Dovud» Islomning ahdidir». Ulug' zotlardan Xattobiy: «Bu kitob ikkita sahih kitobdan ko'ra faqihroq va hadis ilmida buning singari kitob tasnif etilmagan»-deb aytadilar.
Imom Abu Dovud hammasi bo'lib 50000 hadis rivoyat qilib, bulardan 4800-ta sahih hadisni «Sunan» kitoblariga kiritdilar. Imom Abu Dovudning «Sunan» kitoblariga ko'plab sharh va muxtasarlar yozildi.
Bu zot hadislarni Muslim ibn Ibrohim, Sulaymon ibn Xarb, Abu Umar Havziy, Abu Valid Tayolisiy, Abu Muammar al-Muaqqad, Abdulloh ibn Maslama al-Qa'nabiy, Ahmad ibn Hanbal, Usmon ibn Shayba, Amr ibn Avn, Hishom ibn Ammor Dimashqiy, Rabiy' ibn Nofi' Halabiy, Ahmad ibn Solih Misriy va boshqa bir nechta jamoat kishilardan eshitdilar.
Imom Abu Dovuddan Termiziy, Nasaiy, o'g'illari Abdulloh, Ahmad ibn Muhammad ibn Horun, Ali ibn Husayn ibn Abd, Muhammad ibn Muhammad ad-Davriy, Ismoil ibn Muhamad Saffor, Ahmad ibn Salmon Najjor va boshqa bir necha kishilar rivoyat qiishdi.
Imom Abu Dovud hijratning 275-yili, Shavvol oyining 16-kunida Basrada vafot etdilar.
Manbalar
Islom |
2,790 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn%20Moja | Ibn Moja | Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Ibn Moja ar-Rabʼiy al-Qazviniy ( ; (t. 209/824, 273/887) odatda Ibn Moja nomi bilan mashhur bo'lib, o'rta asrlarda forscha bo'lgan hadis olimi bo'lgan. U sunniy islomning oltita kanonik hadis to'plamining oxirgisini - Sunan Ibn Mojani tuzgan.
Biografiyasi
Ibn Moja 824-yilda hozirgi Eronning Qazvin viloyati Qazvin shahrida tug‘ilgan. CE/209 Hijriy Rabiʼa qabilasidan boʻlgan ( mavlo ) oilaga. Moja otasining laqabi bo'lib, bobosining laqabi emas, onasining ismi ham emas edi, buni da'vo qilganlarning aksi. Oxiridagi hāʼ talaffuzda toʻxtaganda ham, davom etishda ham unlisiz boʻladi, chunki u arabcha boʻlmagan ism.
U o'z shahrini tark etib, Islom olami bo'ylab Iroq, Makka, Levant va Misrni ziyorat qildi. U Ibn Abu Shayba (u orqali as- Sunanning chorak qismi o‘tgan), Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr, Jubora ibn al-Mug‘allis, Ibrohim ibn al-Munzir al-Mug‘allim, Ximamibahn, Ibrohim ibn al-Munzir al-Muhamibun, Himamibahn, Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayrdan ta’lim olgan. Ular davridan Rumh, Dovud ibn Rashid va boshqalar. Abu Yaʼlo al-Xaliliy Ibn Mojani "ishonchli ( siqah ), koʻzga koʻringan, kelishilgan, diniy obroʻli, ilm va yod olish qobiliyatiga ega", deb maqtadi.
Yozgan kitoblari
Imom Ibn Moja hammasi boʻlib 32 ta kitob yozganlar. Shulardan eng mashhurlari: «Sunani Ibn Moja» (hadis kitoblari), «Tafsiri Ibn Moja» (tafsir kitoblari), «Tarixi Ibn Moja» (tarix kitoblari). U zotdan Muhammad Iso al-Abhariy, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad al-Madaniy, Ali ibn Ibrohim al-Qatton, Sulaymon ibn Yazid al-Foliy, Abu Toyyib Ahmad ibn Ruh al-Bagʻdodiylar dars olishgan va hadis rivoyat qilishgan.
Ibn Mojaning oʻzlari va kitoblari toʻgʻrisidagi ulamolar koʻp maqtovli soʻzlarni aytishgan. Abu Yaʼlo al-Halimiy aytadilar: «Ibn Mojaga odamlar ishonib, hadis ilmida u kishiga suyanadilar». Muhammad ibn Jaʼfar al-Kattoniy oʻzlarining «Risolati al-mustatrofa» kitoblarida shunday keltiradilar: «Ulamolar Ibn Mojaning „Sunan“ kitoblarini ishonchli, kuchli va fiqh ilmida katta foyda berishini koʻrib, oltinchi sahih kitob»,- deb tan olishdi".
Ibn Tohir aytadilar: «Kimki Ibn Mojaning hadis kitoblariga qarasa, boblari koʻpligi, bir hadis qayta takrorlanmasligi va hadislarning chiroyli tartibda yozilganligini koʻrib, haqiqatda u zotni hadis jamlashda va kitob yozishda qanday yaxshi yoʻl tutganlarini biladi. Bu kitob juda mashhur boʻlmasa ham, oʻziga yarasha obroʻ-eʼtibori bordir».
Sunan 1500 bob va 4000 ga yaqin hadisdan iborat. Uni tugatgandan so'ng, u o'z davrining hadis alimi Abu Zur'a ar-Roziyga o'qib berdi va u shunday dedi: "Menimcha, odamlar buni qo'llariga olishsa, boshqa to'plamlar yoki ularning ko'pchiligi ham bo'lar edi”.
Shogirdlar va qilgan ba'zi ishlari
Ibn Moja koʻplab shogirdlar yetishtirgan boʻlib, u keng qamrovli olim boʻlgan. Ibn Moja oʻz asrigacha yashagan kishilar hamda shaharlar haqida "Kitab ut-Tarix" ("Tarix kitobi"), Qurʼon sharhi hisoblanmish "Tafsir al-Qurʼon al-Karim" ("Qurʼoni Karimga tafsir") asarlarini yozgan. Ibn Mojaning asosiy asari — "Kitab us-Sunan"ni musulmon olimlarining koʻpchiligi "Sihah as-sitta" ("Olti sahih hadislar toʻplami") ga oltinchi toʻplam sifatida kiritgan. Bu asar 32 qism, 1500 bobdan iborat boʻlib, unda 4341 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta "Sahih" toʻplamlarida berilgan hadislar bilan mos keladi. 1339 ta hadis esa qoʻshimcha hisoblanadi. Ibn Mojaning "Kitob as-Sunan" asariga Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505-yil v.e.) va Shayx as-Sindi Al-Madiniy (1725-yil v.e.) sharhlar yozishgan.
Vafot etishi
Zahabiyning yozishicha, Ibn Moja taxminan 887 yil 19 fevralda/ ramazon oyiga sakkiz kun qolganda, hijriy 273 yil yoki al-Kattoniyning yozishicha, 887/273 yoki 889/275 yillarda vafot etgan. . U Qazvin shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar
Suhaib Hasan Abdul G'affor, Sunan Ibn Mojaga tayangan holda musulmonlar orasida hadis tanqidi, IFTA va targ'ibot bo'yicha Islomiy tadqiqotlar bo'yicha raisligi: Riyod 1984 yil.ISBN 0-907461-56-5 .
Braun, Jonatan AC 'Ibn Mojaning kanonizatsiyasi: sunniy hadis kanonini shakllantirishda sahihlik va foydalilik'. 169–81-betlar Écriture de l'histoire et processus de canonization dans les premiers siècles de l'islam . Rejissyor Antuan Borrut. Revue des mondes musulmans et de la Méditerranée 129. Aix-en-Provence: Universitaires de Provence matbuoti, 2011 yil.
Robson, Jeyms. “Ibn Mojaning “Sunan” asari naql”, Semitshunoslik jurnali 3 (1958): 129–41.
Manbalar
Havolalar
MuslimScholars.info saytidagi bioma'lumotlar
Sunnah.com saytida tarjimai hol
Sunan Ibn Moja - Onlaynda qidirish mumkin Sunan Ibn Moja
Imom Ibn Mojaning tarjimai holi theclearpath.com saytida
Abu `Abdulloh Muhammad ibn Yazid Ibn Moja ar-Rab`i al-Qazviniy: Sunan Ibn-i Moja – 3 jild – Shayx Muhammad Qosim Amin tarjimasi
Imom Ibn Mojaning tarjimai holi at-tawhid.net
Tarix
Islom |
2,791 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Anas%20ibn%20Molik | Anas ibn Molik | Anas ibn Molik ibn Nadr al-Xazraji Al-Ansoriy ( (taxminan 612 - taxminan 712) islom payg'ambari Muhammadning taniqli sahobiyi (sahoba) edi.
Biografiya
Yasribning Xazraj qabilasining Najjor urug'idan bo'lgan Anas ibn Molik Muhammad payg'ambar hijratdan o'n yil oldin tug'ilgan. Otasi Molik ibn Nadr musulmon bo'lmagan holda vafot etgandan so'ng, onasi Ummu Sulaym yangi musulmon bo'lgan Abu Talha ibn Sobitga turmushga chiqdi. Anasning bu nikohdan o'gay ukasi Abdulloh ibn Abu Talha edi.
622 yilda payg'ambar Madinaga kelganida, Anasning onasi uni payg'ambarga xizmatkor sifatida taqdim etadi.
632 yilda payg'ambar vafotidan keyin Anas janglarda qatnashdi. U zot Paygʻambar alayhissalomning koʻzga koʻringan sahobalarining oxirgisi boʻlgan. Anas ibn Molik hijriy 93 (milodiy 712) yili Basrada 103 (qamariy) yoshda vafot etgan.
Ziyoratgoh
Anas ibn Molik ziyoratgohi Iroqning Basra shahrida joylashgan. Anas ibn Molikning qabri oddiy xonaqohdir. Biroq ziyoratgoh portlovchi qurilmalar bilan vayron qilingan. Masjid va ziyoratgoh jiddiy shikastlangan va devorlari vandalizm bilan bo'yalgan bo'lsa-da, majmua haligacha sunniy musulmonlar tashrif buyuradigan mashhur joy bo'lib qolmoqda.
Yana qarang
Sahoba
Anas ibn Nazor
Eslatmalar
Ansoriylar
709-yilda vafot etganlar
612-yilda tugʻilganlar
Sahobalar |
2,794 | https://uz.wikipedia.org/wiki/UzAutoMotors | UzAutoMotors | UzAutoMotors (1996—2008-yillarda), UzDaewooAuto (2008—2019-yillarda), GM Uzbekistan — Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „OʻzAvtoSanoat“ kompaniyasi hamkorligida ochilgan qoʻshma yillik quvvati 200,000 avtomobilni tashkil etadi. Qozogʻiston va Ozarbayjonda ishlab chiqarish filiallari mavjud. 2021 hamda 2022-yillarda Qozogʻiston avtomobil savdosida mutlaq yetakchi.
U ilgari qisman General Motorsga tegishli boʻlgan va 2019-yilda Oʻzbekiston hukumati tomonidan sotib olingan va nomi „UzAuto Motors“ deb oʻzgartirilgan. 2023-yil fevraliga kelib kompaniya Toshkent respublika fond birjasida IPO oʻtkazdi.
Tarixi
Kompaniya 1992-yilda Oʻzbekiston davlat „OʻzAvtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyadagi Daewoo oʻrtasida tashkil etilgan boʻlib, dastlab „Uz-DaewooAuto“ nomi bilan tanilgan. Kompaniya 1996-yil 19-iyulda Asakadagi yangi yig'ish zavodida avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi.
Uz-DaewooAuto kompaniyasi Uz-Daewoo brendi ostida avtomashinalar ishlab chiqargan. Oʻzbek avtomobil sanoatini tashkil etish tashabbusi 1990-yillarning boshlariga va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov prezidentlik davriga borib taqaladi.
2001-yilda Daewoo qulab tushgach, mulkdorlar oʻzgarganidan soʻng, 2008-yil mart oyida yangi qoʻshma korxona oʻrnini bosuvchi “GM Uzbekistan” tashkil etildi va Nexia va Matiz avtomobillari Chevrolet koʻkrak nishoni ostida sotildi. Asaka zavodida ishlab chiqarilgan GM Korea Chevrolet modellarining keng assortimenti.
Daewoo kompaniyasi General Motors tomonidan sotib olindi va GM Daewooga aylandi. Keyinchalik, 2008-yilda, kompaniya nomi GM Uzbekistan deb oʻzgartirildi. Qo'shma korxona "O'zAvtosanoat" AK (75%) va General Motors (25%)ga tegishli edi. GM Uzbekistan 2011-yilning birinchi yarmida 106 334 dona avtomobil ishlab chiqargan.
Nomi va egasining oʻzgarishini hisobga olgan holda, kompaniya 2015-yilgacha Uz-Daewoo markali avtomobillarni ishlab chiqarishni davom ettirgan boʻlsa-da, modellar assortimentiga oʻzgarishlar kiritildi. Baʼzi modellar hali ham Chevrolet sifatida sotiladi.
GM Uzbekistan 2008-yil 27-noyabrda ishlab chiqarishni boshladi. Shu kuni birinchi yigʻilgan avtomobil Chevrolet Lacetti boʻldi, bu OʻzAvtosanoat tomonidan ishlab chiqarilgan 1.000.000-yigʻilgan avtomobil ham boʻldi. Chevrolet kompaniyasi Asaka shahrida Chevrolet Spark M300 avtomobilini ishlab chiqardi, hozircha bu model faqat eksport uchun moʻljallangan.
2008-yildagi kelishuvga koʻra, “GM Powertrain Uzbekistan” Toshkentda, 2011-yil noyabr oyida GM Uzbekistanning Asaka shahridagi avtomobil ishlab chiqarish zavodidan dvigatel zavodini ochdi. Zavod GMning Oʻzbekistondagi birinchi dvigatel zavodi boʻlib, butun dunyo boʻylab GM kichik yengil avtomobillarida foydalanish uchun yiliga 225 000 dona 1,2 va 1,5 litr Daewoo S-TEC motor ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yana bir zavodda Uz-DaewooAvto va Chevrolet Lacetti avtomobillari uchun 200 ming dona old-orqa va yon oynalar ishlab chiqarildi. 2014-yilda Xorazm viloyatining Pitnak shahrida Damas/Labo mikrovanlari va Chevrolet Orlando mikroavtomobillarini ishlab chiqaradigan uchinchi ishlab chiqarish korxonasi ochildi.
2010-yilda GM Uzbekistan yigʻish zavodida 5 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. GM Uzbekistan 2011-yilda mahalliy miqyosda 121 584 dona avtomobil sotdi va bu mamlakat Chevrolet uchun sakkizinchi yirik bozorga aylandi va 225 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqardi. Mahsulotlari Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga ham eksport qilinib kelmoqda.
2012-yilda ishlab chiqarish liniyasiga Chevrolet Malibu va Chevrolet Cobalt qo'shildi, 2013-yilda Daewoo Gentra modeli, 2014-yilda Chevrolet Orlando avtomobili va 2015-yilda Chevrolet Nexia T250 modellari ham ishlab chiqarila boshladi.
2019-yilda Oʻzbekiston hukumati kompaniyani sotib oldi va nomi “UzAuto Motors” deb oʻzgartirdi.
2020-yilda UzAuto Chevrolet Equinox, Trailblazer, Traverse va Tahoe yoʻltanlamaslarini import qilishni boshlab, agar talab yetarli boʻlsa, ularni mahalliy mijozlar uchun ishlab chiqarish niyatida ekanligini aytib oʻtgan. UzAuto 2020-yilda Ravon brendidan voz kechib, uni Chevrolet Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4) va Lacetti (R5/Gentra) sifatida yana Chevrolet brendiga birlashtirdi.
2021-yil aprel oyida kompaniya Rossiya bozori uchun Chevrolet rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish rejasini eʼlon qildi.
2021-yil avgust oyida Bo Andersson kompaniyaning bosh ijrochi direktori etib tayinlandi.
2022-yildan beri kompaniya xalqaro sanksiyalar tufayli Rossiya va Belarus bozorlariga eksport qilishni toʻxtatdi. Logistik cheklovlar tufayli Ukrainaga eksport ham vaqtincha toʻxtatildi.
2022-yil oktyabr oyida kompaniya ichki bozorda IPO oʻtkazish niyatini eʼlon qildi. Noyabr oyi oxirida kompaniya oʻz narxlarini eʼlon qildi. Ushbu IPO hukumat tomonidan yaqin bir necha yil ichida rejalashtirilgan uchta „Xalq IPO“laridan biri boʻladi. 2022-yilda Fitch Ratings kompaniya reytingini „BB-, Outlook Stable“ darajasiga koʻtardi.
Rahbariyat
Bugun.uz nashrining keltirishicha, „Oʻzavtosanoat“ Bo Anderssonni oʻzining eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori etib tayinladi. Qayd etilishicha, u Shvetsiya Harbiy Akademiyasi hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi. Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavr diplomini olgan. Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi top-menejer boʻlib, sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning „Saab Automobile AB“ kompaniyasida boshlagan.
1993-yildan 2009-yilgacha xarid yoʻnalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001—2009-yillarda „General Motors“ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha „Gruppa GAZ“ korxonasiga prezidentlik qilgan. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqa olgan. 2014-yildan 2016-yilgacha „AvtoVAZ“ prezidenti etib tayinlangan. „Gruppa GAZ“da boʻlgani kabi Andersson „AvtoVAZ“da ham toʻliq transformasiyani amalga oshirgan. U „AvtoVAZ“ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan „Yazaki Europe, Africa, North & South America“ korporasiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.
Bunga qadar „UzAutoMotors“ bosh direktori etib Rustam Rajabov tayinlangandi. U kompaniyaning 2021-yildagi natijalari koʻrib chiqilgunga qadar, biroq 2022-yil 30-iyundan kech boʻlmagan, bir yillik muddatga tayinlangandi.
Kompaniya tarixidagi barcha avtomobil modellari
Hozirda ishlab chiqarilayotgan modellar
Chevrolet Damas (1996—h.v)
Chevrolet Labo (1996—h.v)
Chevrolet Spark (avvalgi model nomi Ravon Spark/R2) (2010—h.v)
Chevrolet Cobalt (avvalgi model nomi Ravon Cobalt/R4) (2013—h.v)
Chevrolet Lacetti (avvalgi model nomi Ravon Gentra/R5) (2003—h.v)
Chevrolet Nexia 3 (T250) (avvalgi model nomi Ravon Nexia/R3) (2015—h.v)
Chevrolet Onix (2022—h.v)
Chevrolet Tracker (2022—h.v)
Hozirda import qilinayotgan modellar
Chevrolet Malibu - 9-avlod (2020—h.v)
Chevrolet Trailblazer 2-avlod (facelift) (2020—h.v)
Chevrolet Tahoe - 5-avlod (2020—h.v)
Chevrolet Equinox - 3-avlod (facelift) (2020—h.v)
Chevrolet Traverse - 2-avlod (facelift) (2020—h.v)
Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan modellar
Daewoo Tico (1996—2001)
Daewoo Nexia (N100, 1996—2008)
Daewoo Nexia II (N150, 2008—2016)
Chevrolet Epica (2008—2011)
Chevrolet Orlando (2014—2018)
Ravon Matiz R1 (2001—2018)
Chevrolet Captiva (2008—2018)
Chevrolet Malibu (Gen 8) (2013—2016)
Chevrolet Malibu (Gen 9) (2017—2019)
Chevrolet Tracker (2018—2020)
Gallery
Hozirda ishlab chiqarilayotgan modellar
Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan modellar
Manbalar
Oʻzbekistonning avtomobilsozlik kompaniyalari va korxonalari
Shirkatlar
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar |
2,795 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Daewoo%20Nexia | Daewoo Nexia | Daewoo Nexia — Opel kompaniyasi tomonidan (keyinchalik, Daewoo kompaniyasi tomonidan) ishlab chiqarilgan avtomobil.
Nexia — Oʻzbekistonda UzDaewoo korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil.
Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoati rivojlanganidan soʻng, yurtimizda ularga talab yanada ortdi.
Yana qarang
Nexia II
Manbalar
Havolalar
Uz-DaewooAvto
Daewoo avtomobillari |
2,797 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Daewoo%20Tico | Daewoo Tico | -{Daewoo Tico}- -{(Daewoo Fino)}- — 1996-2004-yillarda Oʻzbekistonning -{UzDaewoo}- korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil
-{Daewoo Damas}- oʻrnini bosuvchi sifatida taqdim etilgan -{Tico}- kichik va samarali shahar avtomobili sifatida ishlab chiqilgan. Uning uzunligi atigi 3,4 metr va ogʻirligi taxminan 700 kg edi. Kichik oʻlchamiga qaramay, -{Tico}- beshtagacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan keng salonga ega edi. Mashina bir qator funksiyalar, jumladan, konditsioner, rul gidravlik kuchaytirgichi va elektr oynalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular o‘sha paytda kichik avtomobillarda bo‘lmagan.
-{Tico}- 41 ot kuchiga ega 0,8 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Bu dvigatel -{Tico}--ning shahar boʻylab bemalol harakatlanishi uchun yetarli quvvatni ta'minladi, shu bilan birga yoqilg'i tejamkor edi. Mashina 130 km/soat tezlikka erishgan, bu o'lchamdagi kichik mashina uchun juda mos edi.
Manbalar |
2,798 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Matiz | Matiz | Matiz Oʻzbekistonda ham ishlab chiqariladigan yengil avtomobil rusumidir.
Manbalar
Daewoo avtomobillari |
2,805 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Eclipse | Eclipse | Ochiq dartur yaratuvchi tashkilot.
Misol uchun JAVA dasturlarini yozish uchun bepul programma.
Qarab ko`ring:
http://www.eclipse.org/
Informatika |
2,811 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Komil%20Xorazmiy | Komil Xorazmiy | Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund oʻgʻli) (1825 — Xiva — 1899) — oʻzbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi.
Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targʻibotchilaridan biri. Xiva madrasasida oʻqigan. Arab va fors tillarini mukammal bilgan. Sharq adabiyoti namoyandalari ijodini, mumtoz musiqani, xattotlik sirlarini qunt bilan oʻrgangan. 25—30 yoshlarida shoir sifatida tanilgan. Ogahiy uning nomini oʻzining "Gulshani davlat" kitobiga kiritgan. Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II uni mirzaboshilik vazifasiga koʻtargan. Rossiya bilan Xiva xonligi oʻrtasida imzolangan sulh shartnomasi (Gandimiyon shartnomasi) K.X. qoʻli bilan yozilgan (1873). Soʻngra saroyda devonbegi (1873—80), mirzaboshi lavozimlarida ishlagan (1880-yildan).
Komil 1825-yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.
K.X. Sharq mumtoz musiqasi, xususan, maqomchilik anʼanalarini rivojlantirishga homiylik qilgan, oʻzbek kuylarini yozib olish uchun "Tanbur chizigʻi" deb ataluvchi nota tizimini joriy etgan. Bu oʻziga xos notada "Rost" maqomining bosh qismini yozgan. Oʻgʻli Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm "Shashmaqom"ining qolgan ashula va cholgʻu yoʻllarini toʻla notaga olgan. "Rost" maqomiga bogʻlangan "Murabbai Komil" va "Peshravi Feroʻz" kuylarining notasi bizgacha yetib kelgan. K.X. Moskva va Peterburg sh.lariga 2 marta safar qilgan (1873, 1883). 1891, 1896— 97 yillarda esa Toshkentga kelib, bu yerdagi madaniy yangiliklar haqidagi "Dar bayoni taʼrif va tavsif Toshkand" ("Toshkent taʼrifi va tavsifi bayonida") qasidasini bitgan. Bu qasida oʻzbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan dastlabki yirik sheʼriy asarlardan boʻlib, unda yangi, zamonaviy madaniyat ulugʻlanadi.
K.X. Sharq mumtoz shoirlari anʼanalari ruhida lirik sheʼrlar yozgan, devon tuzgan. Bu devonda 8000 misradan ortiq sheʼr boʻlib, ular gʻazal, murabba, muhammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida, muammo kabi janrlarda yozilgan. Ularda chin insoniy fazilatlar ulugʻlangan, jaholat qoralangan, ishqmuhabbat tarannum etilgan. K.X.ning deyarli barcha janrdagi asarlarida ijtimoiy tanqidga keng oʻrin berilgan, ayrim misralari aforizm darajasiga koʻtarilgan ("Falak zulmi bir yonu, bir yon alar..." va boshqalar). Shayx Sulaymon Buxoriy oʻzining mashhur "Lugʻoti chigʻatoyi va turki usmoniy" ("Chigʻatoycha va usmoniy turkcha lugʻat") asarida K.X.ning ijodidan oʻrinli foydalangan va Xorazm shevasidagi koʻpchilik soʻzlarning maʼnosini uning sheʼrlari orqali izohlab bergan. K.X. 1865-yilda Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiynmng (adabiy taxallusi Mumtoz) "Mahbub ul-qulub" (bu asar ayrim manbalarda "Mahfiloro" — "Majlisga ziynat beruvchi" deb ham yuritiladi) hamda 1869—70 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning "Latoyif at-tavoyif" ("Turli toifalarning latifalari") asarlarini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy "Hamsa"sining birinchi Xorazm toshbosma nashriga soʻzboshi yozgan. K.X. devoni qoʻlyozmalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. №1849, 1025). M.Yunusov, F.Karimov, A.Hayitmetov va boshqa olimlar K.X. ijodini tadqiq etganlar.
Komil — lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulugʻlanadi. Hajviy sheʼrlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. «Komil», «Ikki shoʻx» va «Qasidai Navroʻz» kabi maʼrifatparvarlik asarlari muallifi.
Komil — bastakor va musiqashunos sifatida «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» va «Tanbur chizigʻi (notasi)» kabi asarlarni yaratgan.
Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning «Mahfiloro», Safiyning «Latoyif ut-tavoyif», Mirxondning «Ravzat us-safo» singari yirik asarlarini tarjima qilgan.
Manbalar
Devon. T., 1975.
Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1961.
Komil. Devon. Toshkent, 1975.
Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393—408 betlar.
Ilmiy adabiyot
Yunusov M. Komil Xorazmiy. Toshkent, 1960.
Yusupov Sh. Komil haqida yangi maʼlumot. «Sharq yulduzi», 1968, 7-son.
Hayitmetov A., Moʻminova V. «Jaholatga yov boʻlib». Qarang: Komil. «Devon». Toshkent, 1975. Soʻzboshi, 3-14 betlar.
Yunusov M., Komil Xorazmiy, T., 1960;
Asrlar nidosi [majmua], T., 1982.
Shoirlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
1825-yilda tugʻilganlar
1899-yilda vafot etganlar
Xorazm
Oʻzbekistonlik shoirlar |
2,812 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhyi | Muhyi | Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund oʻgʻli) (1835, Qandahor, Afgʻoniston — 1911, Andijon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. M. 19-asrning 60-yillari oʻrtalarida Andijon shahrida yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbek (1865 — 75) M.ga „Toj ush-shuaro“ („Shoirlar toji“, 1869) faxriy unvonini bergan. 1871-yil haj ziyoratidan soʻng u „Hoji Muhyi“ taxallusini olgan. 1876-yilda Qoʻqon xonligi tugatilgach, M. Qoʻqonda, Soibzoda hazrat madrasasida yashagan.
Muhyidan salmoqli ijodiy meros qolgan. Bular jumlasiga shoir devonining turli kotiblar tomonidan koʻchirilgan 6 qoʻlyozma nusxasini, M.ning oʻzi tuzgan 1 sheʼriy toʻplamni kiritish mumkin. Forsiy va turkiy devonlari 1 muqovada 1912-yilda Toshkentda, Por-sev matbaasida chop etilgan. Forsiy devonida 242 gʻazal, 6 qasida, 4 masnaviy, 91 qitʼa, 19 fard va 3 ruboiy bor (230 sahifa), turkiy devoni esa 148 gʻazal, 1 musaddas, 1 murabbaʼ, 74 qitʼa, 1 qasida va 11 mufradot (130 sahifa)dan tashkil topgan.
Muhyi, asosan, lirik sheʼrlar yozgan. Gʻazaliyotida Navoiy, Lutfiy, Soʻfi Olloyor ijodining taʼsiri seziladi. Satirik asarlarida, xususan, mashhur Viktor voqeasi haqidagi muhammasida oʻlkaga kirib kelayotgan rus sarmoyadorlarining kirdikorlari, ularga ishonib aldangan mahalliy boylar qajv ostiga olingan..
Manbalar
Adabiyotlar
Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy,3-kitob, Toshkent, 1998.
Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
Shoirlar
1835-yilda tugʻilganlar
1911-yilda vafot etganlar |
2,815 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20Saryomiy | Yusuf Saryomiy | Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻgʻli) (1840-yil, Chimkent viloyati Saryom (hozirgi Sayram) qishlogʻi — 1912-yil) — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.
Tahsili
Toshkent va Buxorodagi madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. „Beklar begi“ madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan („Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf“).
Faoliyati
Yusuf Saryomiy xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan.
Ijodiyoti
Shoir sheʼrlari hayotligida „Bayoz“ (1893), „Armugʻoni Xislat“ (1911), „Bayozi Muhallo“ (1912), „Bayozi Haziniy“ (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yusuf Saryomiy sheʼrlarini toʻplab, „Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy“ nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyida saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan.
Xotirasi
Sayram tarixi haqidagi xilma-xil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan „Risola“ni Yusuf Saryomiyga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari („Yaliyali“ kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yusuf Saryomiy nomida koʻcha va maktab bor.
Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan „Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy“ (1914-yil)da jam boʻlgan.
Asarlari
Saryomiy Yusuf Sheʼrlar. Sayram, 1990.
Oʻzbek adabiyoti. 4-tom, 1-kitob. Toshkent, 1959.
Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-tom. Toshkent, 1978.
Yusuf Saryomiy, Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat, izoh) Toshkent, Maʼnaviyat, 2002.
Tanlangan asarlar, Toshkent, 2002.
Adabiyot
Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, Toshkent, 1998;
Karimbek Kamiy, Dilni obod aylangiz…, Toshkent, 1998.
Ilmiy adabiyotlar
Zufarov S. Nodir qoʻlyozmalar. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnali, 1954-yil 4-son.
Zufarov S. Saryomiy izidan. „Toshkent oqshomi]]“, 1988-yil 18 iyun.
Qosimov B. Muhabbat ahlining gulshani. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 5 oktabr.
Mirxoldorov M. Sayramlik shoir. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 10 avgust.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Qozogʻistonlik oʻzbeklar
Oʻzbekistonlik shoirlar
Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
Toshkent madrasalarida tahsil olganlar
Beklarbegi madrasasida tahsil olganlar |
2,816 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Rahimxon%20II | Muhammad Rahimxon II | Feruz, Muhammad Rahimxon II (1845 – Xiva – 1910) – Xorazm (Xiva) xoni (1864–1910); oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan, shoh va shoir, bastakor.
Biografiyasi
1864-yilda otasi Said Muhammadxon vafotidan keyin hokimiyat tepasiga Muhammad Rahimxon II keldi.
U ziyoli hukmdor, yoshligida Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil olgan. Uning ustozlari atoqli oʻzbek shoiri va tarixchisi Ogahiy edi.
Muhammad Rahimxon II davrida Rossiya, Usmonlilar imperiyasi, Eron va Afgʻoniston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilgan.
Muhammad Rahimxon II Xorazmning oxirgi mustaqil xoni edi. 1873-yilda qarshiliklarga qaramay, xonlik Rossiya protektorati ostida qoldi. 1896-yildan general-leytenant, 1904-yildan otliq general. 1902-yilda imperator Nikolay II ga „Oliy hazrat“ unvonini berdi.
Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil koʻrgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim, Yusufxoʻja oxun va boshqalardan ilm oʻrgangan. Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga sheʼriyat sirlarini oʻrgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan soʻng (1864) Xiva taxtiga oʻtirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bagʻishlab qasidalar bitgan. 1873-yil Xiva xonligiga K. P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873-yil 12-avgust)ga koʻra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram boʻlib qolgan. Feruz ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. Feruz saroyga adabiyot va sanʼat arboblarini toʻplagan. Ogaqiy, Komil, Tabibiy va boshqalar taʼsirida oʻzi ham Feruz (baxtli, gʻolib) taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.
Feruz kitobat ishlariga katta ahamiyat bergan: devon tuzish, tarix yozish, tarjima ishlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va arab adabiyotining eng nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va Bayoʻniylar tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toshbosma) tashkil ettirgan. Unda Xorazm shoirlari haqidagi „Majmuat ushshuaro“ tazkirasi, Alisher Navoiy asarlari, Xorazm shoirlari devonlari nashr qilingan. Feruz Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noyob kitoblar keltirtirgan va ularni koʻp nusxalarda koʻchirtirgan, tarix va adabiyotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. Feruz meʼmorlik, naqqoshlik, xattotlik kabi sanʼat turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino sanʼati vujudga kelgan, obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. Feruz 1871-yil Kyxira Ark qarshisida oʻz nomi bilan ataluvchi 2 qavatli Madrasa qurdirgan (qarang Muhammad Rahimxon madrasasi). Feruzning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan 30 dan ortiq Madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. Feruz yerlarni suv bilan taʼminlash, bogʻrogʻlar barpo etish ishiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrugiga muvofiq, Qoʻngʻirot tumani sarhadida katta ariq bunyod etilgan. Hozirda ushbu ariq „Xon arigi“ deb ataladi.
Feruz mumtoz sheʼriyatning anʼanaviy janrlarida lirik sheʼrlar yaratgan. Sheʼrlari, asosan, ishq-muhabbat mavzuida. Ishq va hayot, sevgi va sadokat Feruz ijodining gʻoyaviy asosini tashkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriy-ifodaviy boʻyoqlarga boyligi va shaklan rangbarangligi bilan ajralib turadi. Uning koʻpchilik gʻazallari oʻz zamonasida sozandalar va guyandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan. Sheʼrlariga „Devoni Feruz“ nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). Feruzning uzi Paxlavon Mahmudning 350 ruboiysini qoʻlda koʻchirib, kitob holiga keltirgan. Feruz Shashmaqom kuylarini oʻrgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. „Navo“, „Dugoh“, „Segoh“ maqomlariga bogʻlab kuylar yaratgan. Feruz Sayd Mahruyjon majmuasitsati Sayid Mohi Ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan. Sheʼrlar devoni nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 3442, 1119)da saqlanadi.
Shoir sheʼriyatining bosh mavzui – ishq. Uning „Ul oy vasfini vird etsam zabonda“, „Olsa jonim qoshu ko`zing, ikki lab“, „Soldi olam ichra g`avg`o, ey malaksiymo, ko`zing“, „Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur“ kabi ishqiy gʻazallari juda mashhur.
Oʻzbek qoʻngʻirotlari sulolasi vakillari orasida Muhammad Rahimxon II alohida ajralib turdi. Shu bilan birga, Xorazmda uning hukmronligidan oldin ham madaniy anʼanalar mavjud boʻlgan: asarlar tarjima qilingan, qoʻlyozmalar koʻchirilgan, turli kutubxonalar tashkil etilgan.
Muhammad Rahimxon II, sharqning boshqa hukmdorlari singari, shariat qonunlarining homiysi boʻlishga intilgan. Xorazm saroyi tarixchisi, shoir Muhammad Yusuf Bayoniyning yozishicha, Xiva shahrida uning qoshida oʻn beshdan ortiq masjid va madrasalar qurilgan. Madrasalardan biri uning shaxsiy mablagʻlari evaziga qurilgan va uning sharafiga Muhammad Rahimxon II madrasasi deb nomlangan. Bu yillarda tarixchi Ogahiy Xorazm tarixini yozgan. Xorazmning mashhur kishilari qatorida bastakor, xattot, rassom Komil Xorazmiy (1825–1899) ham bor edi.
Muhammad Rahimxon davridagi Xiva xonlari arxivi 1873-yilda Peterburgga olib ketilib, keyinchalik P. P. Ivanov tomonidan topilgan.
1874-yilda Xorazmda Muhammad Rahimxon II homiyligida Otajon Abdalov litografik kitoblarni chop etish boʻyicha Oʻrta Osiyoda birinchi bosmaxona tashkil etadi. Unda nashr etilgan ilk kitoblardan biri Alisher Navoiyning „Xamsa“, shoir Munisning „Devon“i va boshqalardir.
Vafoti
1910-yilda Muhammad Rahimxon II vafot etdi va hokimiyat tepasiga uning oʻgʻli Asfandiyorxon (1910–1918) keldi.
Rasmlari
Nashr qilingan asarlari:
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne boʻldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991.
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne boʻldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994.
Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent.
Adabiyot
Rahim Davlatyor, Matrasul Shoʻxnazar. Feruz. Shoh va shoir qismati. Toshkent, 1993.
Avaz Komil. „Garchi erurman toleʼi Feruz“. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1994-yil 30-sentabr.
Jumaxoʻja Nusratullo, Adizova Iqboloy. Feruz adabiy muhiti. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1994-yil 1-iyul.
Manbalar
Oʻzbekistonlik shoirlar
Xorazm hukmdorlari
Oʻzbek shoirlari
Xorazm madrasalarida tahsil olganlar
Arab Muhammadxon madrasasida tahsil olganlar
Madrasa asoschilari |
2,817 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muqimiy | Muqimiy | Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli) (1850, Qoʻqon — 1903-yil 25-may, Qoʻqon) — oʻzbek shoiri va mutafakkiri. Oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan.
Hayoti
Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xoʻjandlik boʻlib, Qoʻqonda yashaganlar. Muqimiy boshlangʻich maʼlumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxoʻjada sheʼriyatga havas uygʻotgan. Muqimiy Qoʻqondagi Nodira bino qildirgan „Moxlar oyim“ madrasasida, soʻng Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864-1865; 1875-1876). 1876-yilda Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan „Tanobchilar“ satirasini yozgan.
Ijodi
70-yillar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod bilan shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, „Hazrat“ madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887-1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼanalarini davom ettirdi. Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugʻorilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan („Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi“ va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy oʻrin tutadi. „Oshiq boʻlibman“, „Ayrilmasun“, „Oʻzim har joydaman“, „Aqlu hush uchdi boshimdin…“ kabi sheʼrlari bunga misol.
Hajviyoti
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchi boy taʼrifida“, „Hajvi Viktor boy“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar)- „Saylov (Adabiyot)“, „Dar mazammati zamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“).
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“, „Pash-shalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“ va boshqalar).
Sayohatnoma asari
Muqimiy oʻzbek adabiyotiga ishchilar mavzusini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi („Maskovchi boy taʼrifida“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar). Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli „Sayohatnoma“ asarini yozdi. Asar yengil, oʻynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining ogʻirligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni maʼqullab, goʻzallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan.
Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 sheʼriy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. Sheʼrlari qoʻlyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.
Ijodiga nazar
Muqimiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov „Devoni Muqimiy“ toʻplamini (T., 1907) nashr qilgan, soʻng 1910—1912-yillarda „Devoni Muqimiy maa hajviyot“ nomi bilan asarlari toʻplami bosilgan. Keyingi davrlarda Gʻofur Gʻulom, Oybek, Xodi Zarifov, Homil Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻulom Karimov, Abduqodir Hayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoʻqonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koʻchalaridan biri, Oʻzbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla „Mavlono Muqimiy“ romani va „Muqimiy“ dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan.
Nashr qilingan asarlari
Muqimiy. Tanlangan asarlar. T., 2011
Muqimiy. Asarlar. T., 1974.
Muqimiyga atalgan filmlar
Muqimiy. 2021
Ushbu film Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan 2021-yilda sur’atga olingan boʻlib, 110 daqiqalik davomiylikka ega.
Adabiyotlar
Yoqubov H., Oʻzbek demokrat shoiri Muqimiy, T., 1953;
Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955;
Karimov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970;
Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 3-kitob, T.. 1975.
Karimov Gʻ. Muqimiy hayoti va ijodi. T., 1970.
Ahmedov S. Oʻzbek demokratik adabiyotida sheʼriy hikoya. T., 2023
Karimov F., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987.
Manbalar
Asarlar toʻplami [2jli], T., 1960-1961; Asarlar, T., 1974.
Oʻzbekfilm kinostudiyasi
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar
Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar
Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar
Mohlaroyim madrasasida tahsil olganlar
Buxoro madrasalarida tahsil olganlar |
2,818 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Zavqiy | Zavqiy | Zavqiy (taxallusi; asl ism sharifi Ubaydullo Solih oʻgʻli) (1853 – Qoʻqon – 1921) – oʻzbek lirik shoiri. Qoʻqondagi „Madrasai oliy“ va „Madrasai chalpak“da tahsil olgan (1870–1874). Maxsidoʻzlik bilan shugʻullangan. Maʼlum muddat mirzalik qilgan, Xoʻjand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarida boʻlgan. Togʻasi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903-yil Qoʻqonga qaytgan. Zavqiy mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan, Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodira, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan.
Sheʼrlari
Zavqiyning gʻazal, muhammas, muvashshaxlari („Aylab keling“, „Radifi Zavqiy“ va boshqalar)da oʻzi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuygʻularini qaramaqarshi qoʻyadi („Yuzingni koʻrsatib avval“, „Bodai vasling“ va boshqalar), kishilarni turmush goʻzalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha sheʼrlari („Kajdor zamona“, „Ajab zamona“, „Abdurahmon shayton“ va boshqalar)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor maʼmuriyati himoyasida boʻlgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning „Muncha koʻp“ radifli hamda „Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi“ misrasi bilan boshlanuvchi muhammaslari 19-asr boshlari sheʼriyatidagi eng oʻtkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi.
Asarlari
Zavqiy ijodiy merosida oʻzbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta oʻrin tutadi („Yangi Qoʻrgʻon qishlogʻi“, „Suv janjali“, „Shohimardon sayohati“ ). Bu asarlar Muqimiyning „Sayohatnoma“si taʼsirida yozilgan. Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yoʻlini davom ettirib, oʻzbek adabiyotida hajviy yoʻnalish taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi („Obid mingboshi haqida hajv“ va boshqalar). Zavqiyning „Voqeai qozi saylov“ (1909–1910), „Qahatchilik“ (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. „Ajab ermas“ radifli muhammasi 20-asr boshlari oʻzbek sheʼriyatida muhim hodisa boʻldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator sheʼrlari („Taʼrifi kalish“, „Otim“, „Fonus“, „Sigirim“, „Pashshalar“ va boshqalar)da zaharxanda bilan kuladi.
Zavqiyning „Voqeai qozi saylov“, „Qahatchilik“ dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.
Gʻazal va muhammaslari
Shoirning ishqiy gʻazal va muhammaslari oʻsha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan („Yor kelur zamona yoʻq, kelmasa-kelmasun netay?!“, „Kulbam aro, ey maxliqo, bir yoʻl xirom aylab keling“ va boshqalar).
Xotira
Zavqiyning sheʼrlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda ogʻzaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qoʻqon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va koʻchaga Zavqiy nomi berilgan.
Ilmiy adabiyotlar
Razzoqov H. Zavqiy. Hayoti va ijodi. T., 1955.
Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. T., 1987.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar
Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar |
2,819 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Furqat | Furqat | Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkent) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi boʻladi. Furqat 1873—1876-yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan.
Ijodining boshlanishi
Furqat Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga „Furqat“ taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda oʻtkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilgʻor adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich boʻldi.
80-yillarning boshlarida Furqat Qoʻqonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda boʻladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Furqatning Qoʻqondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyat anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taxmislar bogʻlagan, uning sheʼrlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng oʻrin egallay boshlagan („Boʻldi“ radifli muxammasi va boshqa sheʼrlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qaygʻurgan („Ne jurm oʻttiki bizdin, bunchalik Fargʻona tang boʻldi?...“). Qoʻqon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bogʻliq holda yaratilgan: „Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?“ misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toj-u taxtdan, shaʼn-u shavkat va aʼyonlardan maxrum boʻlgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng oʻrin egallaganining isbotidir.
Ijodiy merosi
Furqatning ijodiy merosida anʼanaviy sheʼriy turlar, oʻzbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi oʻrin egallaydi. Uning gʻazal va muxammaslari, bogʻlagan taxmislari oʻzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan oʻquvchini maftun etadi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va bahor goʻzalligi, joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, „Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa“, „Umr xush oʻtmas bahor ayyomi sahro boʻlmasa“, „Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang“, „Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik“, „Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo istab“, „Fasli navbahor oʻldi ketubon zimistonlar“ kabi misralar bilan boshlanuvchi gʻazallari, „Etti falak“, „Biri“, „Istar koʻngul“, „Doʻst“, „Kokulung“ radifli muxammaslari, Navoiy gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi.
Furqat sheʼriyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada eʼtibor topib, donolarning xor-zor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan.
„Charx kajraftorning bir shevasidan dogʻmen:Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur“ kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yoʻnalishni aks ettiradi. „Bormasmiz“ radifli sheʼrida esa oʻzbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur „Sayding qoʻyaber, sayyod...“ musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qatʼiy qoralaydi.
Furqat xuddi shu yillarda „Xammomi xayol“ risolasini yozadi. „Chor darvesh“ hikoyatini forschadan tarjima qiladi. „Nuh manzar“ nomli sheʼriy kitob yaratadi. „Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon atrof qishloq-shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) boʻldi“, deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor sheʼrlarini toʻplab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas.
Shoir Toshkent shahrida
Furqat taxminan 1886—1887-yillarda Margʻilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yor-u birodarlari koʻmagida kichik doʻkon ochgan boʻlsa-da, asosan, sheʼriyat bilan shugʻullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Ulshdmy Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning „Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon“ ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan oʻzgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uygʻonadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, oʻz koʻzi bilan koʻrish ishtiyoqi zoʻrayadi. 1889-yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xoʻjandda toʻxtab, Toshxoʻja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889-yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Koʻzga koʻringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxoʻja eshon tavsiyasi bilan maʼlum muddat „Farhat“ (shodlik, xursandlik) taxallusida sheʼrlar yozadi, lekin koʻp oʻtmay, eski taxallusiga qaytadi.
Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor maʼmurlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli konsertlarga kiritishni uyushtirdilar, koʻrgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan oʻzgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy oʻzgarish boʻladi va bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topadi — maʼrifatparvarlik, yevropacha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir sheʼrlarining yetakchi gʻoyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning koʻp asrli oʻzbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi gʻoyalar olib kirishiga zamin boʻldi. Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va sanʼat oʻchoqlarini, tobora koʻproq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning „Ilm xosiyati“, „Gimnaziya“, „Vistavka xususida“, „Akt majlisi xususida“, „Toshkent shahrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida“, „Suvorov“ va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890-yillarda Turkiston viloyatining gazetasida chop qilindi.
Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targʻibotchisi sifatida namoyon boʻladi; oʻz vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini soʻngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan „Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida“ asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, sheʼriyatda realistik tasvir masalasini koʻtardi.
Publitsist sifatidagi faoliyati
Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890-yildan boshlandi. „Turkiston viloyatining gazeti“ ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnashdi. Bir yildan koʻproq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida oʻz maqolalarini eʼlon qildi. Masalan, 1891-yil 1-yarmida „Xoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgoni“ publitsistik asarini yozib, shu gazetada eʼlon qildi. 1891-yil mayda Samarqandga bordi, osori atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yoʻlladi, keyin Buxoroda boʻldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u atayin qaytib kelmaydigan qilib oʻz yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891-yilning iyulida Marv—Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Doʻstlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan „Sabogʻa xitob“ sheʼriy maktubida vatan ishtiyoqi, doʻstlar sogʻinchi, gʻurbat azoblari va yolgʻizlik motivlari birinchi oʻringa chiqqan.
-- Shoir sayohati ==
Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga oʻtdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻldi. 1892-yilning martida Istanbuldan Oʻrta dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, Madina shaharlariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan „Hajnoma“ asarini yaratdi. Soʻng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, ona yurt sogʻinchi va iztiroblari aks etgan. „Adashganman“ radifli hamda „Kashmirda“, „Bulbul“ deb nomlanuvchi lirik sheʼrlar turkumi shu jihatdan oʻziga xos hijronnomadir. 1893-yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkentda turgʻun yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor boʻlgan shoir dorivor oʻsimliklar bilan savdo qiluvchi doʻkon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shugʻullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan „Sayohatnoma“ asari ustidagi ishni Yorkentda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yoʻq. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Fargʻona va Toshkentdagi yor-doʻstlariga maktublar yoʻllab turgan. Furqat oʻzbek matbuoti tarixida felyeton janrini boshlab berdi („Hind nayrangbozi Yorkendda“, 1905).
Barkamol lirikasi, jozibali nasri va publitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Furqat ona vatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkentning Dongdor qabristoniga koʻmilgan. 1990-yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan.
Xotira
Furqatning sheʼrlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy sheʼrlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi, 50–80-yillarda koʻp bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlar yozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinossenariy va boshqa yaratildi. Oʻzbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, koʻcha va xiyobonlar, bogʻlar uning nomi bilan ataladi.
Adabiyotlar
Furqat va Muqimiy haqida maqolalar, T., 1958;
Abdugʻafurov A. Zokirjon Furqat. T., 1977.
Rasul Xolid, Furqat. Tanqidiy biografik ocherk. T., 1959.
Yusupov Sh. Furqat yoʻllarida. T.: Adabiyot va sanʼat, 1984.
Yusupov Sh. Oʻzbek maʼrifatrarvarlik adabiyoti va Furqat. T., 1992.
Yusupov Sh. Xudoyorxon va Furqat. T.: Sharq, 1997.
N.Jabborov. „Jahon basti kushodi ilm birla…“, (Furqat hayoti va ijodining xorijda oʻrganilishi) Jahon adabiyoti, 2001, 8-son, 122–129-betlar.
N.Jabborov. Furqat nega Furqat? Yoshlik, 2001, 5-6 son. 39–41-betlar.
N.Jabborov, Furqat merosi va Xitoy manbalari, Sharq yulduzi. 2001, Ikkinchi fasl, 121–127-betlar.
N.Jabborov, Furqat sheʼriyatida Qur’oni karim oyatlarining talqini. Imom al-Buxoriy saboqlari, 2000, 2-son, 138–139 betlar.
N. Jabborov, Furqat „Tanlanma asarlar“ning Shinjong nashri xususida. Oʻzbek tili va adabiyoti, 2001, 5-son,61–64-betlar.
N. Jabborov, Vatan ishtiyoqin tortaram. Tafakkur, 2002, 1-son, 48–57-betlar.
N. Jabborov, Tiramohda bahor orzusi. Yoshlik, 2002, 3-son.
N. Jabborov, Furqat istilochini maqtaganmidi? Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. 2002-yil 22-fevral.
Manbalar
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
Sayohati Furqat. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1990-yil 14-dekabr.
Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.
Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1959; Asarlar majmuasi [2 j.li], T., 1991.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Shoirlar
Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar
Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar |
2,822 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Anbar%20Otin | Anbar Otin | Anbar Otin — 1870-1915 yillarda yashab ijod etgan oʻzbek shoirasi.
Hayoti
Anbar Otin Farmonqul qizi Qoʻqonda kambagʻal kosib oilasida tugʻilgan. Otasi Farmonqul asli margʻilonlik boʻlib, shoira Uvaysiyning jiyani boʻlgan. Onasi Ashurbibi qoʻqonlik bir kosibning qizi boʻlgan.
Ijodi
Anbar 7 yoshidan boshlab oʻz mahallasidagi Dilshod otinning maktabida taʼlim oladi. Navoiy va Uvaysiylarni ustoz deb hisoblagan. 1905-yilda Anbar Otin devon tuzib, unga 41 gʻazal, 4 muxammas, bir qit’a, bir mustahzod va sheʼriy tarjimai holini kiritgan.
Anbar Otin — lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuygʻularini oʻziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud.
Shoira ijodida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari koʻtarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng oʻrin egallaydi.
Asarlari
Asarlari: „Mushoira“ nomli risola, „Qoralar falsafasi“ („Falsafai siyohon“), „Alifbo“, „Ey goʻzal Fargʻona, oʻzinga kel endi shod qil“ va boshqalar
Adabiyotlar
Anbar Otin. Sheʼrlar. Risola. Toshkent, 1970.
Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.
Havolalar
www.ziyouz.com saytida
Shoirlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbek shoiralari |
2,826 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Munavvarqori%20Abdurashidxon%20o%CA%BBg%CA%BBli | Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli | Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir.
Oilasi
Toshkent shahrining Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilada tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlgan. Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqardi. Shuningdek, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) ham unga muallimlik qilishgan.
Tahsili
Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim-tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida oʻqigan. 1885—1890-yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasidatahsilni davom ettirgan.
Ilmiy-siyosiy faoliyati
1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1903-yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan „Adibi avval“ („Birinchi adib“, 1907) alifbe kitobi, „Adibi soniy“ („Ikkinchi adib“, 1907). Unda „Himmatli faqir“ sheʼri keltirilgan) oʻqish kitoblari bir necha bor nashr qilingan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan „Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy“, "Taraqqiy" gazetalarida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gazetasini tashkil etgan. 1908-yil uning „Sabzazor“ (toʻplam), „Yer yuzi“ (geografiyadan), „Tajvidal Qur’on“ (Quronni oʻqish usulini oʻrgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qoʻllangan. "Shuhrat" (1907), „Tujjor“ (1907), "Osiyo" (1908) gazetalarini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng "Sadoyi Turkiston" (1914—1915) gazetada masʼul muharrir muovini, "Al-isloh" jurnali (1915—1917)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gazetalarida masʼul muharrir.
Munavvarqori ibn Abdurashidxon turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U „Jamiyati Imdodiya“ (1909), „Turon“ (1913), „Turkiston kutubxonasi“ (1914), „Umid“ (1914), „Maktab“ (1914), „Koʻmak“ (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shuʼbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari syezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—1921), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi pedagogika texnikumi, ayollar pedagogika institutida muallim (1923—1925), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927—1928).
Munavvarqori ibn Abdurashidxon bir qancha darslik muallifidir.
Uning chop etilgan darsliklari:
„Adibi avval“ (1907)
„Adib us-soniy“ (1907)
„Usuli hisob“ (1911)
„Tarixi qavm turk“ (1911)
"Tajvid" (1911)
„Havoyiji diniya“ (1912)
„Tarixi anbiyo“ (1912)
„Tarixi islomiya“ (1912)
"Yer yuzi" (1916—1917)
4 qismdan iborat „Oʻzbekcha til saboqligi“ (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—1926, 4-qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan.
1914-yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, „Sabzavor“ nomi bilan sheʼriy toʻplam nashr etgan.
Munavvarqori ibn Abdurashidxon ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.
Munavvarqori ibn Abdurashidxon oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan.
Yevropa savdo-sanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi izchil kurash olib borgan. Shoʻroyi Islom" tashkilotining ideologi, rahbari, shuningdek, „Turk adam markaziyat“, „Ittihod va taraqqiyot“, "Milliy ittihod", „Nashri maorif“ kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatini (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz Vatanini mustaqil koʻrishni istagan.
Vafoti
Munavvarqori 1929-yil 6-noyabrda nohaq millatchilikda ayblanib, qamoqqa olinadi. Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-yilda rasman reablitatsiya qilingan.
Manbalar
Adiblar
Shoirlar
Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
Mir Arab madrasasida tahsil olganlar
Toshkent madrasalarida tahsil olganlar
Eshonquli dodho madrasasida tahsil olganlar
1898-yilda tugʻilganlar
4-noyabrda tugʻilganlar
1931-yilda tugʻilganlar
23-aprelda vafot etganlar
Oʻzbek adabiyoti
Oʻzbekistonlik shoirlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Toshkent shahrida tugʻilganlar
Jadidlar
Oʻzbekiston tarixi
Gazetalar
Jurnallar
Jamiyat
Tashkilotlar |
2,827 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Tavallo | Tavallo | Tavallo (taxallusi; asl ism-sharifi Toʻlagan Xoʻjamyorov) (1883 – Toshkent, Rossiya imperiyasi — 1937-yil 10-noyabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — turkistonlik maʼrifatparvar shoir, publitsist. Jadidchilik harakati namoyandasi.
Bolaligi va faoliyati
Tavallo 1883-yil Toshkentning Koʻkcha dahasida, Obi Nazir mahallasida Xoʻjamyor Jiyanboyev oilasida tugʻilgan. Avval eski maktabda savod chiqargan, soʻng Beklarbegi madrasasida va rus-tuzem maktabida oʻqigan.
1900-yil 17 yoshida mol savdosi bilan shugʻullanuvchi otasining maslahati bilan Prjevalsk shahriga borib, Usmonbek Solihjonboyev degan kishining qoʻlida prikazchik boʻlib ishlagan. 1909-yil otasining vafotidan soʻng Toshkentga qaytib, shahar savdo shirkatlaridan birida ish yurituvchilik qilgan.
Oilasi
Tavallo Zuhra ismli ayolga uylangan, ular Rahbar, Sanobar ismli ikki qiz va Maqsud, Mahmud ismli ikki oʻgʻil farzand koʻrishadi.
Publisistik faoliyati
Oʻzbek va fors adabiyoti klassiklarining ijodini, shuningdek, arab va fors tillarini oʻrgangan. 1905-yildan „Turkiston viloyatining gazeti“, „Sadoi Fargʻona“, „Taraqqiy“ kabi gazeta va jurnallarida sheʼr va maqolalari bilan muntazam qatnashgan. 1910-yillardan vaqtli matbuotda „Tavallo“ taxallusi bilan sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914-yil 30-avgustda Munavvarqori, Abdulla Avloniy, M. Podshoxoʻjayev, Husanxoʻja Dadaxoʻja oʻgʻli (yozuvchi Said Ahmadning otasi), Saidabdullo Saidkarim oʻgʻli Saidazimboyev, Komilbek Norbekov (jami 12 kishi)lar bilan birgalikda Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yoʻlga qoʻygan. 1915-yilda esa Avloniylar tashabbusi bilan tuzilgan „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsata boshlagan. 1918–1919-yillarda Toshkentning dastlab Eski shahar, soʻng Yangi shahar ijroiya qoʻmitalarining aʼzosi boʻlgan. Keyinchalik turli xoʻjalik ishlarida ishlagan.
Ijodi
Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta boʻlgan. Unga sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qilgan. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan.
Tavallo sheʼrlarida millat va Vatan tushunchalari keng oʻrin egallagan („Yordam etmak kuni yetdi siza Turon ahli…“). „Ravnaq-ul Islom“ (1916) sheʼriy toʻplami uning hayotlik davrida chop etilgan. Toʻplamga 70 ta sheʼr kiritilgan. Asar turkchilik, islomchilik ruhida. Vazn va ohang anʼanaviy – aruzda. Ushbu toʻplam 1993-yili professor Begali Qosimov tomonidan soʻzboshi va izohlar bilan qayta nashr qilindi.
Vafoti
Tavallo 1937-yil 14-avgustda Tavallo aksilinqilobiy „Turon“, „Shoʻroyi islom“ „Ittihodi taraqqiy“, „Milliy ittihod“, „Milliy istiqlol“ tashkilotlarining aʼzosi, „Millionerning oʻgʻli“, „sheʼrlarida millatchilik gʻoyalarini ilgari surgan“likda ayblanib, qamoqqa olinadi. 1937-yil 10-noyabrda NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan otib tashlangan. 1968-yil 18-oktabrda oqlangan.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Toshkent madrasalarida tahsil olganlar
Beklarbegi madrasasida tahsil olganlar |
2,828 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hoji%20Muin | Hoji Muin | Hoji Muin (1883–1942) – milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon.
Xayoti
Hoji Muin 1883-yil 19-martida Samarqand shahrining Ruxobod mavzeida tugʻilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Madrasada Saidahmad Vasliydan taʼlim olgan. Rus tilini, Evropa madaniyatini mustaqil oʻzlashtirgan. 1901-yildan oʻqituvchilik faoliyati boshlanadi. 1903-yili oʻz mahallasida „usuli jadid“ maktabi ochgan. Ushbu maktab uchun 1908-yili „Rahnomai savod“ nomli alifbo nashr ettirgan. 1913-yildan Behbudiyning „Samarqand“ gazetasida va „Oyna“ jurnalida ishlay boshlaydi. 1914-yili „Tarbiyat“ nomi bilan oʻz uyida xususiy „usuli jadid“ maktabi ochgan.
Ijodi
Hoji Muin 10-yillardan boshlab oʻzbek va tojik tilidagi sheʼr va maqolalari bilan matbuotda koʻrina boshlaydi. 1914-yili „Guldastai adabiyot“ sheʼriy toʻplami bosilib chiqadi.
Faoliyati
1916-yili Hoji Muin koʻplar qatori mardikorlikka olinib, front orqasidagi qora ishlarga yuboriladi. 1917-yil mayida Fevral voqealari bergan imkoniyat tufayli ona yurtiga qaytadi, matbuotda ishlay boshlaydi. Fitrat bilan birga „Hurriyat“ gazetasida ishladi. 1918-yil 11-iyunida „Mehnatkashlar tovushi“ gazetasini yoʻlga qoʻydi. Unda mas’ul muharrir boʻlib ishladi. Uning tashabbusi bilan ushbu gazetaga ilova sifatida 1920-yilning 1-yanvaridan „Tayoq“ nomli kulgili jurnal taʼsis etiladi. 1922-yildan „Zarafshon“ gazetasining tahrir hay’atida ishlaydi. 1924-yilning 1-iyunida samarqandlik isteʼdodli hajvchi yoshlarning butun bir avlodini tarbiyalab etkazgan „Mashrab“ kulgili jurnaliga asos soladi. 1926-yili „Ovozi tojik“ gazetasiga adabiy xodim va musahhih boʻlib oʻtadi, uning qoshida chiqa boshlagan „Mulla Mushfiqiy“ hajviy jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Sevgan ishi oʻqituvchilikni ham davom ettiradi.
1929-yili aksilshoʻroviy faoliyatda ayblanib, olis Sibirning Karek okrug Pugachan rayoniga surgun qilinadi. Adib oʻz vataniga 1932-yilda qaytib keladi. Oʻzbekiston davlat nashriyotining tojik boʻlimida adabiy xodim va tarjimon boʻlib ishlaydi. 1934–37-yillarda „Qizil yulduz“ nomli harbiy gazetada xizmat qildi. Yana shoʻro hukumati tomonidan ayblanib, 10 yilga hukm qilinadi va 1942-yil 21-iyulida Perm oblastining Solikamsk shahrida vafot etadi. Adib 1963-yilda oqlandi.
Asarlari
„Ijodiy tarjimai holim“ (1937) risolasida 1907–1937-yillar davomida 23 xil gazeta va jurnalda adabiy, ilmiy va ijtimoiy mavzularda 200 maqola, 400 turli xabarlar, 1500 ga yaqin oʻzbekcha tojikcha sheʼrlari bosilganini xabar qiladi, asarlarining toʻla roʻyxatini keltiradi. Asosiy asarlari: „Sheʼrlar toʻplami“-1400 misraʼ, „Eski va birmuncha yangi sheʼrlar toʻplami“-1500 misraʼ, „Alfozi mutarodifa“ (arabcha-forscha-turkcha-oʻzbekcha lugʻat), „Oʻzbekcha maqollar“, „Tojikcha maqollar“, „Tarjimai ahvol“ (maqolalar toʻplami), „Tanqidiy maktublar“, „Alifbolar taʼrixchasi“. Adibning „Behbudiyning tarjimai holiga oid materiallar“, „Taraddudoti zavjot“ („Koʻp xotin olish“), „Xotiralarim“ asarlari tugallanmay qolgan.
Savodsizlikni tugatish uchun kurash yillarida „Oʻqitgʻuvchi“(1925), Tojikiston xalq maorifi komissarligining topshirigʻiga koʻra Ismatulla Rahmatullazoda bilan hamkorlikda tojikcha „Rahbari besavodon“(1925) nomli alifbolar tuzadi.
Dramalari
Hoji Muin dramaturg sifatida 7 drama yozdi. „Juvonbozlik qurbonlari“, „Boy ila xizmatkor“, „Qozi ila muallim“ pesalari saqlangan emas. Qolganlari: „Toʻy“ (Nusratulla Qudratulla oʻgʻli bilan hamkorlikda), „Eski maktab-yangi maktab“, „Mazluma xotin“, „Koʻknori“ oʻz davrida nashr qilingan.
Tarjima asarlari
Hoji Muin tarjimon hamdir. Turkchadan „Xulosai qavoidi forsiy“ni, forschadan „Buxoro sayohati“ (Fitrat)ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Chaqirilmagan qoʻnoq“ hikoyasi chop etilmagan asarlari sirasiga kiradi. Bu asarlarning ayrimlari yoʻqolgan.
1915-yili Hoji Muin boshlangʻich maktablarning 3-sinfi uchun zamondosh Turkiston shoirlari sheʼrlaridan „Yangi adabiyot“ majmuasini tuzadi. U jurnalist sifatida yuzlab maqolalar qoldirdi. Ularning qamrovi keng: oddiy xabardan adabiy-biografik ocherkkacha, luqmadan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni koʻtarib chiqqan munozaragacha bor.
Jaholatni qoralash, ilm-maʼrifatni ulugʻlash, milliy ozodlik va mustaqillik gʻoyalari Hoji Muin asarlarining leytmotivini tashkil etadi.
Shoir ijodiga nazar
Hoji Muin hayoti va ijodini tadqiq etish bilan OʻzMU olimlari professor B. Qosimov va dotsent Sh.Rizaev shugʻullanib keladilar. B. Qosimovning „Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik“ kitobida Hoji Muinga alohida toʻxtalingan. Sh. Rizaev 1997-yili adibning „Eski maktab, yangi maktab“, „Mazluma xotin“, „Koʻknori“, „Toʻy“ kabi dramalarini nashr ettirdi.
Nashr qilingan asarlari
Hoji Muin. Toʻy. Mazluma xotin. Eski maktab, yangi maktab. Koʻknori. — Sh. Rizaev. Jadid dramasi. T.: Sharq, 1997.
Adabiyot
Sh. Rizaev. Jadid dramasi. T.: Sharq, 1997.
B. Qosimov. Hoji Muin qismati. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002-yil 19-iyul.
B. Qosimov. Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik. T.: Maʼnaviyat, 2003.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar |
2,829 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sidqiy%20Hondayliqiy | Sidqiy Hondayliqiy | Sidqiy Hondayliqiy (1884–1934) — 1884-yilda tugʻilgan. 1903-yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi. Sidqiyning ilk sheʼrlari ishqiy sheʼrlar edi. Shoir „Shavkat“ taxallusi bilan ikki toʻplam („Tuxfai Shavkat“, T., 1913; „Savgʻoti Shavkat“, T., 1914) nashr ettirdi. Bir qator sheʼrlariga „Shevan“ („nola“, „figʻon“) taxallusini qoʻydi. Lekin soʻngroq barcha asarlarini Sidqiy taxallusi bilan chop etdi. Hatto eski gʻazallarini ham tahrir qilib, „Sidqiy“ga oʻzgartirgan, devoninini nomini „Devoni Sidqiy“ atagan edi. Sidqiy 1934-yili vafot etdi.
Sidqiy serqirra, sermahsul ijodkor. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan shoir tarjima bilan ham jiddiy shugʻullangan („Ming bir kecha“, Saʼdiy Sheroziyning „Boʻston“i).
Shoir poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy siyosiy sheʼrlar tashkil qiladi. Hajviy asarlarining aksariyati voqeiy va deyarli hammasi poraxoʻr qozilar, taʼmagir, tovlamachi amaldorlar, riyokor ruxoniylar haqida, ijtimoiy siyosiy sheʼrlari esa davrning muhim voqealariga bagʻishlangan. („Muxoraba“, „Rabo(t)chilar namoyishi“, „Rabo(t)chilar kelishi“, „Toza hurriyat“ kitobi).
Sidqiy nasriy asarlar ham yozdi. „Tazkirai Imomi Aʼzam“, „Sad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy“, „Mezoni shariat“, „Zarbumasali Sidqiy“ anʼanaviy nasrda yozilgan. Shuningdek, u „Hikoyai latifa“, „Bahrom va malikai Gulandom“, „Karimo tarjimasi“, „Ming bir kecha“, „Ajoyib ul-maxluqot“, „Oʻgʻri va qozi“ kabi bir qator nasriy asarlarni tarjima qildi.
Mumtoz adabiyotimizda tarjimai hol harakteridagi asarlar yozish anʼanasi qadimdan maʼlum. Sidqiy ham shu janrda qalam tebratib, 1924-yili „Holoti Sidqiy“ni yozdi va uni „Iktisob“ asariga yetti bet hajmda ilova qildi.
Nashr qilingan asarlari
Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor. Gʻazallar, doston, hikoyalar, qaydlar. T., 1984.
Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat), 2-jild. T.: Maʼnaviyat, 1998.
Adabiyot
Qosimov B. Sidqiy Xondayliqiy. -Navbahor. 192—232-betlar.
Jalolov A. Inqilobiy davr oʻzbek adabiyoti va Shavkat ijodi. T.: Fan, 1987.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar |
2,830 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hamza%20Hakimzoda%20Niyoziy | Hamza Hakimzoda Niyoziy | Hamza Hakimzoda Niyoziy (6-mart, 1889-yil, Qoʻqon, Qoʻqon uyezdi, Fargʻona oblasti, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 18-mart, 1929-yil, Shohimardon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek maʼrifatparvarlik adabiyotining taniqli namoyandasi, shoir, yozuvchi, pedagog, teatr va jamoat arbobi. Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1926-yil). Birinchi oʻzbek dramaturgi va zamonaviy oʻzbek musiqa shakllarining asoschisi. U Gʻafur Gʻulom, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va Mahmudxoʻja Behbudiylar bilan bir qatorda zamonaviy oʻzbek adabiyoti ilk rivojining yetakchi namoyandalaridan biri sifatida koʻriladi. Hamza ijodini 1905—1906-yillarda boshlagan.
Niyoziy dastlab maktabda, keyin madrasada tahsil olgan. Kogonda matbuotda ishlagan. Toshkentga kelib, 1910-yili usuli jadid maktablarining oʻquv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida, keyin 1911-yil Qoʻqon shahrining Hojibek guzarida va 1914-yil Margʻilonda ochgan. Bolalar uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“, „Qiroat kitobi“ kabi kitoblar yozgan. 1913—1914-yillarda chet ellarda bo'lgan.
Niyoziy oʻzbek tilidan tashqari boshqa koʻplab tillarni, jumladan arab, fors, rus va turk tillarini ham bilgan. Uning asarlari, odatda, ayollar huquqlari, ijtimoiy tengsizlik va xurofotning tarqalishi kabi ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan. Niyoziy Shohimardonda vafot etgan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1967-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi ulkan yutuqlarni eʼtirof etish maqsadida Hamza nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Oʻzbekistondagi koʻplab muassasalar, jumladan, Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, uchta teatr, bir qancha maktab va koʻchalar uning nomi bilan atalgan.
Hayoti
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yil 6-martda Qoʻqon shahrida tabiblar oilasida tugʻilgan. Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin 8 oy davomida Namangan madrasasida (1908) tahsil olgan.
1909-yilda O'rta Osiyo musulmonlari madaniyatining o'sha paytdagi markazi bo'lgan Buxoroga boradi. U yerda Hamza mashhur ustozi Ikromchi-domla bilan arab tilini to'liq o'rganib tugatmoqchi bo‘lgan, ammo Hamzaning rejalari buxorolik sunniylar va shaharda yashovchi shialar o'rtasidagi nizolar tufayli barbod bo'ladi. To'qnashuvlarda qatnashmaslik uchun Hamza shaharni tark etadi. Bir oyga yaqin Kogondagi bosmaxonada ishlaydi. Keyin 1910-yilda Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining oʻquv dasturlari bilan tanishgan. Soʻng Toshkentning Qashqar mahallasida, 1911-yilda Qoʻqonda, 1914-yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochgan, bolalarga dars bera boshlagan.
Kambagʻallarning farzandlariga bepul maktab tashkil etgan. Yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va „Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.
U bir shaharda usuli savtiya maktabini ochish ortidan quvgʻin qilingan boʻlsa ham, boshqa shaharda yana shunday jadid maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻallarni, shuningdek, ularning farzandlarini oʻqitishga intildi.
Hamza 1913—1914-yillarda chet ellarda, xususan, Hindiston, Afgʻoniston, Turkiya, Suriya va Arab mamlakatlarida boʻlgan, Madina va Makkada ham sayohatda boʻlgan, haj amallarini bajargan.
Qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shuʼbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920). 1920-yil oxirida Buxoroga boradi. Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot-tashviqot shuʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), 1921-yil soʻngida Toshkentga va undan Xorazmga oʻtadi. U yerda kasaba uyushmasining madaniy-maorif shuʼbasida ishlaydi. Xorazmdan Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan qozoq bolalari uchun maktab-internatda faoliyat koʻrsatadi.
1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan.
1926-yilda Hamza Oʻzbekistonning Xoʻjayli shahrida Sovet Ittifoqidagi birinchi bolalar uyini tashkil etib, keyinchalik bu joy Hamza uning nomi bilan atalgan.
Niyoziy 1917-yilgi bolsheviklar inqilobini qoʻllab-quvvatlagan. Ushbu inqilobdan soʻng u 1920-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasiga (Bolsheviklar) qoʻshildi va boshqa narsalar qatorida Qizil Armiya askarlarining oʻyin-kulgilari uchun teatr qoʻshinini tashkil qildi. Niyoziy oʻzbek tilidan tashqari boshqa koʻplab tillarni, jumladan arab, fors, rus va turk tillarini ham bilgan.
1928-yil avgustdan Shohimardonda targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan.
Ijodi, jadidchilik va hurriyat orzusi
Hamzaning adabiy ijodi madrasada oʻqib yurgan kezlarida, 1905—1906-yillarda boshlangan.
Niyoziyning dastlabki asarlarida kuchli sotsial-demokratik yoʻnalishlar va ijtimoiy adolatsizlik keskin qoralangan. Uning asarlarida asosan ayollar huquqlari, ijtimoiy tengsizlik va xurofotning keng tarqalishi kabi istak ijtimoiy masalalari yoritilgan.
Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan.
Hamzaning ijodiga, Fotih Karimiyning „Vaqt“, Ismoil Gaspralining „Tarjimon“ gazetalari, Rizo Faxriddinning „Shoʻro“ jurnali, shu qatori, Toshkentda oʻzbek tilida chiqa boshlagan Ismoil Obidiyning „Taraqqiy“, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining „Xurshid“, Abdulla Avloniyning „Shuhrat“ gazetalari kuchli taʼsir koʻrsatadi. Ushbu yozuvchilar bilan tanishadi, ular taʼsirida jadidchilik harakatiga kelib qoʻshiladi. Jadidlar otasi boʻlmish Ismoil Gaspirali vafot etganida Hamza marsiya yozib, „Dod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon“, deb yozadi. Hamza Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlini „maʼnaviy ustoz“, „muhtaram ustozi oliy“, deb ataydi. Hamzaning ilk sheʼrlari va maqolalari mana shu gazeta va jurnallarda bosiladi. Matbuotdagi faoliyatidan tashqari Hamza „Maktab“, „Ilm ista“, „Kitob“, „Qalam“, „Oʻqi“, „Toʻgʻrisoʻz bola“, „Bolaning yomon boʻlmogʻiga sabab boʻlgan onaning jazosi“, „Hikoya“, „Toshbaqa va chayon“, „Hikoyat“ singari tarbiyaviy mazmundagi ham koʻplab sheʼrlar yozgan.
Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „Haqiqat kimda?“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. Baʼzi manbalarda esa sheʼr yozishni 1899-yildan, Furqat va Muqimiy — oʻzbek maʼnaviyatshunoslari ijodidan ilhomlanib yoza boshlagani taʼkidlanadi.
Hamzaning inqilob yillaridan oldingi asosiy asari tojik va oʻzbek tillarida yozilgan sheʼriy „Devon“ (1905—1914) asari vafot etganidan soʻng nashr qilingan. Hamza ushbu asarni ham „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan. Asarga jami 214 ta sheʼr kiritilgan. „Devon“ning baʼzi gʻazallarida sharqiy sheʼriyatga xos muhabbat, diniy tematika orqali maʼrifatga chaqirish kabi mavzular oʻrin egallaydi. Hamzaning ilk nashrdan chiqqan asarlarida ham ushbu mavzular koʻtarilgan: „Ramazon“ (1914), „Yangi baxt“ dostoni (1915), „Zaharlangan hayot“ (1916).
1914-yilda „Sadoi Turkiston“, „Sadoi Fargʻona“ kabi roʻznomalarda, „Oina“ jaridasida maʼrifatga chorlovchi ocherk va publitsistik maqolalari chiqadi. Uning „Bidʼatmi, maʼjusiyatmi?“ (1914) ocherki shular jumlasidan edi.
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915—1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Toʻplamda Hamzaning inqilobiy-demokratik maʼnaviyatshunoslik yoʻlidan inqilob jangchisi tomon oʻtgani bilinadi.
Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning „Boy ila xizmatchi“ pyesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida „qayta tiklangan“ bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan.
1917-yil 25-aprelda „Ulugʻ Turkiston“ roʻznomasida Hamzaning „Turkiston muxtoriyatina“ nomli sheʼri bosiladi. Unda „Toʻrt yuz yillik Romanovlar“ sulolasining taxtdan agʻdarilishi va rus-burjua demokratik inqilobining gʻalabasi haqida yozadi.
1903—1904-yillar oraligʻida yozilgan koʻplab asarlari 1929-yilda vafotidan keyin topilgan.
Hamzaning 1916- va 1920-yillarda yozilgan „Loshman fojialari“, „Fargʻona fojialari“, „Boy ila xizmatchi“ kabi asarlari yoʻqolgan. Faqat „Loshman fojialari“ning „Istibdod qurbonlari“ degan qismi va „Boy ila xizmatchi“ dramasining afishasi saqlanib qolgan. Teatrlarda qoʻyilib kelgan „Boy ila xizmatchi“ dramasini esa dramaturg Komil Yashin afishada aks etgan mazmun boʻyicha qayta tiklagan. Bu variantning yuzaga kelishi, yaʼni muallifi tirik boʻlmagan, asl nusxasi yoʻqolgan asarning boshqa bir inson tomonidan tiklanishi jahon adabiy tajribasida koʻrilmagan hodisadir. Shoir Miraziz Aʼzam Komil Yashin Hamza ijodini targʻib qilishda qanchalik katta rol oʻynagan boʻlsa, uning ijodini buzib koʻrsatishga ham oʻz hissasini qoʻshganligini taʼkidlagan.
1927-yillar „Oʻzbek xotini tilidan“, „Oʻzbek xotin-qizlariga“, „Ozod xotin-qizlar qoʻshigʻi“, „Bu kun — 8-mart“, „Xotin qizlar ovozi“, 1928-yilda esa „Hujum“, „Muborak“, „Uzilgan chechaklar“, „Tursunoy marsiyasi“ kabi sheʼrlar yozdi.
Musiqa
Hamzaning qalamiga bir necha oʻnlab qoʻshiqlar mansub. Ammo musiqiy merosining barchasi ham saqlanib qolmagan. U butun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilib, xalq qoʻshiqlarini toʻplagan. Baʼzi qoʻshiqlari 1931-yil „Fargʻona, Buxoro va Xiva qoʻshiqlari“ toʻplamidan joy olgan. Qoʻshiqlarining ayrimlari taniqli oʻzbek sanʼatkorlaridan yozib olingan.
Sahna asarlari
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914-yil, nashri — 1915-yil) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan, lekin bu asar aslida maʼrifatchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigitning (Olimjon) ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
Hamza 1914—1916-yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan. 1915—1916-yillarda yozgan „Feruzaxonim“, „Ilm hidoyati“, „Loshman fojiasi“ kabi qator drama va komediyalardan ayrimlarini oʻzi tuzgan truppasida sahnalashtirgan.
„Oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi
Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobilev (Fargʻona) sayyor truppasi deb atalib, unga Gʻafur Musaxonov rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissor va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u „Kim toʻgʻri?“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Boy ila xizmatchi“, „Ishchilar hayotidan“ (1918), „Loshmon fojiasi“ (1916—1918, 3 boʻlimli), „Fargʻona fojiasi“ (1918—1920, 4 boʻlimli), „Qizil qon ichida yosh goʻdaklar“, „Mahbus toʻraning holi“ (1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari yoʻqolgan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan boʻlsa, „Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan, ammo Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan, biroq 1926-yil Hamza oʻzbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: „Maysaraning ishi“ komediyasi va „Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi“ dramasini yaratgan. Ushbu asarlarda oʻzbek ayolining inqilob yillaridan avvalgi hayoti haqida gapiriladi.
Vafoti
1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi.
Shu yili Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shugʻullanadi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilikni boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Niyoziy Shohimardonda Hazrat Ali maqbarasi poyida vafot etgan. Hamza oʻlimi haqida tarixchilar turlicha fikr bildirgan. Ayrimlar u millatchilar va islom fundamentalistlari tomonidan toshboʻron qilib oʻldirilganligini taʼkidlashsa, yozuvchi Nabijon Boqiy esa Hamzaning oʻlimi haqida shunday deydi:…Qotillik boʻlgan, lekin qotillikni uyushtirganlar boshqa, jazolanganlar boshqa. Dindorlar jazolanadi. Dindorlarning aloqasi yoʻq. Aroq ichib, nasha chekib yurgan odam dindor boʻladimi? Ular dindan chiqib ketgan odamlar. Hamzaning oʻlimiga dindorlarning aloqasi yoʻq. Lekin oʻshanda Hamza bahonasida dindorlar mahv etilgan. Majaqlab, yanchib tashlangan…
Xotira
Niyoziy oʻziga xos oʻzbek adabiyotining eng muhim ilk namoyandalaridan biridir. U birinchi oʻzbek dramaturgi, zamonaviy oʻzbek musiqa shakllarining asoschisi, shuningdek, oʻzbek sotsrealizmining asoschisi hisoblanadi.
Hamza haqida doston (Oybekning asari, 1948), roman (Komil Yashinning asari, 1989), teatr spektakli (Komil Yashin va A. Umariy asari, 1941), hujjatli filmlar (ssenariy muallifi Laziz Qayumov, rejissyor N. Otaullayeva, 1960) yaratilgan. Shuningdek, 1961-yilda rejissyor Zohid Sobitov Komil Yashinning shu nomli pyesasi asosida shoir hayoti haqida „Hamza“ badiiy filmini suratga olgan. 1965-yilda oʻzbek teatrining tugʻilishi haqida „Momaqaldiroqda tugʻilganlar“ badiiy filmi suratga olindi, uning bosh qahramoni Hamza Niyoziy prototipi boʻlgan.
Hamza ijodi bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti professori Laziz Qayumov beri shugʻullangan. Shuningdek, 1977—1984-yillarda Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotiga bagʻishlangan rejissyor Shuhrat Abbosovning „Olovli yoʻllar“ kinoromani tasvirgan olinadi. Ushbu kinoroman Komil Yashinning „Hamza“ asariga asoslangan boʻlim, umumiy 5 ta filmdan iborat. Filmda bosh rolni Oʻzbekiston xalq artisti Oʻlmas Alixoʻjayev ijro etgan.
Niyoziy 1926-yilning 27-fevralida birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi unvoniga sazovor boʻldi.
1929-yilda Toshkent koʻchalaridan biriga Hamza nomi berilgan.
1931-yilda Toshkentdagi Oʻzbek Davlat akademik drama teatriga Hamza nomi berildi. Qoʻqon shahar oʻzbek drama teatri va Namangan davlat pedagogika institutiga ham Hamza nomi berilgan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1967-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi ulkan yutuqlarni eʼtirof etish maqsadida Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotini taʼsis etdi. Oʻzbekistondagi koʻplab muassasalar, jumladan, Toshkent metropoliteni bekati, uchta teatr, shirkat xoʻjaliklari, bir qancha maktab va koʻchalar uning nomi bilan atalgan. Qoʻqonda Niyoziyning ikkita muzeyi bor. Ushbu muzeylardan biri 1959-yil ochilgan. 1968-yilda Toshkent shahrining yangi tashkil etilgan tumani Hamza sharafiga nomlangan.
1979-yilda Niyoziy tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan SSSR pochta konvert, 1989-yilda Niyoziy tavalludining 100 yilligiga portreti tushirilgan SSSRning pochta markasi va 1 rubllik esdalik tangalari chiqarilgan. Olay tizmasining dovoni Hamza nomi bilan atalgan. Shoir oʻldirilgan Shohimardonda uning qabri bilan birga maqbara barpo etilgan. Sovet davrida 1990-yillarda buzib tashlangan maqbara yonida Hamza haykali oʻrnatilgan.
Hamza sharafiga 1982-yili Rossiyaning Navashino shahrida kema ishlab chiqarilgan.
Shohimardonda Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyining Shohimardon boʻlimi mavjud. Muzey Hamza tavalludining 100 yillik yubileyi kunlari ochilgan.
2014-yil Oʻzbekiston milliy kutubxonasida Hamza tavalludining 125 yilligi munosabati bilan koʻrgazma tashkil etilgan.
2019-yil 26-mart kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Hamza Hakimzoda Niyoziyning 130 yilligi munosabati bilan ilmiy-nazariy anjuman boʻlib oʻtgan. Unda taniqli adabiyotshunos olimlar, akademiklar, yozuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishgan.
2022-yil yozuvchi Nabijon Boqiyning Niyoziy hayoti haqidagi „Qizil toshboʻron“ kitobi chop etiladi.
Hamza nomining olib tashlanishi
1990-yillar boshida Toshkent tibbiyot instituti binosi ro‘parasida joylashgan Niyoziy haykali buzib tashlandi. Shu yili Hamza koʻchasi nomi „Zarqaynar“ nomiga oʻzgartirildi. 1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Hamzaning sovet targʻibotchisi sifatidagi faoliyatining ahamiyati qayta koʻrib chiqildi va shu yili Hamza nomidagi mukofot bekor qilindi.
Oʻzbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 2001-yil 21-sentyabrdagi farmoniga asosan Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatrining nomi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri nomiga oʻzgartilidi. 2012-yilda Hamza shahri Tinchlik ga oʻzgartirildi. 2014-yil 29-avgustda Toshkent shahrining Hamza tumani „Yashnobod tumani“ deb oʻzgartirildi. 2015-yili Toshkent shahar hokimligining 2015-yil 16-iyundagi qarori bilan „Hamza“ metro bekati nomi „Novza“ga oʻzgartirildi.
Oilasi
Otasi Ibn Yamin Niyoz oʻgʻli (1840—1922) oʻzbek, tojik, fors tillarini bilar, adabiyotga qiziqar edi. 16 yoshida dehqonchilikni tashlab, Buxoroga borib, eskicha xalq shifokori boʻlib qaytgan. Rus shifokorlari bilan aloqada boʻlgan va yangi tibbiyot amaliyotlarini oʻrgangan. Buxoroga qaytganida Hamzaning onasi Jahonbibi Rabiboy qiziga (1858—1903) uylangan. Jahonbibi tabib ham boʻlgan. Hamza Komilaxon ismli qizga uylanadi. Ularning Abbosxon ismli oʻgʻli boʻlishgan
Yana qarang
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli
Furqat
Oʻzbek tili
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Havolalar
Hamzaning badali. Atoqli sanʼatkor Bahodir Yoʻldoshev bilan Hamza haqida suhbat
Salohiddin Mamajonov. Hamza dindor boʻlganmi? (1990)
Hamza Hakimzoda Niyoziy kim edi: dahriymi yo dindor?
Adeeb Khalid: Printing, Publishing, and Reform in Tsarist Central Asia. 1994
Mark Dickens: Uzbek Music . 1989
Mark Dickens: The Uzbeks . 1990
Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
Shoirlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar
Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar
Namangan madrasalarida tahsil olganlar
Jadidlar
Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari
Rossiya imperiyasi inqilobchilari
Oʻzbekiston inqilobchilari
Bolsheviklar
Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari |
2,831 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Saidahmad%20Vasliy%20Samarqandiy | Saidahmad Vasliy Samarqandiy | Saidahmad Vasliy Samarqandiy (1869–1925) — 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. Vasliy oʻzbek, arab va fors tillarida darsliklar tuzgan. Vasliy shu tillarda birday ijod ham qilgan. Forsiydagi „Armugʻoni doʻston“, oʻzbekchadagi „Devoni turkiy“ kabi devonlar, „Nazmus silsila“ (forscha), „Adab ud-din“ (oʻzbekcha) sheʼriy asarlar, tilshunoslikka oid „Muqaddimai sarfu nahvu arabi ham namunai sarfu nahvu forsiy“ kitobi mashhurdir.
Vasliy publitsist sifatida oʻz davri matbuotida ijtimoiy-maʼrifiy mavzularda koʻplab chiqishlar qilgan.
Adabiyot
„Imomi Aʼzam“. Toshkent, 1991.
Manbalar
Gʻ. Gʻulom. Vasliy. Mukammal asarlar toʻplami. II tom.
Halilov S. 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlarida oʻzbek va tojik adabiy aloqalari. SamDU, 1978.
Xoʻjaeva M. Hamza va Vasliy. „Sharq yulduzi“, 1970, 2-son.
Xoʻjaeva M. Shoir va mudarris Vasliy. OʻzAS. 1990-yil 5-iyul.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
1869-yilda tugʻilganlar
1925-yilda vafot etganlar |
2,834 | https://uz.wikipedia.org/wiki/C%2B%2B | C++ | C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa oʻz navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967-yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun moʻljallangan edi. Ken Thompson
oʻzining B tilida BCPL ning koʻp hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til boʻlgan. Yani oʻzgaruvchilarning maʼlum bir tili boʻlmagan — har bir oʻzgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer
egallagan. Oʻzgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi boʻlgan.
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qoʻlladi. C oʻzidan oldingi B va BCPL tillarining juda koʻp muhim tomonlarini oʻz ichiga olish bilan bir qatorda oʻzgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bogʻlangan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa boʻladi.
1983-yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989-yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo boʻyicha keng tarqatish maqsadida 1990-yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi oʻzgarishlar yoki umuman oʻzgarishlarsiz juda koʻp kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda koʻp qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob’ektlar bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni taʼminlash uchun ob’ektli dasturlash gʻoyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlar orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa koʻp ob’ektli dasturlshga yoʻnaltirilgan tillar paydo boʻldi. Shulardan eng koʻzga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob’ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga oʻhshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob’ektli dasturlash falsafasi paydo boʻlganiga ham yigirma yildan oshayapti.
C++ funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni oʻrganish ikki qismga boʻlinadi. Birinchisi bu C++ ni oʻzini oʻrganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob’ekt/funksiyalarni qoʻllashni oʻrganishdir.
Dasturlash tillari
Kross-platformali dasturlar |
2,843 | https://uz.wikipedia.org/wiki/MySQL | MySQL | MySQL (oʻqilish „May es kyu el“). Relyatzional maʼlumotlar bazasini boshqarish sistemasi. Turli operatsion sistemalarda qoʻllanishga moslashtirilgan Open-Source-mahsulot boʻlib, koʻpchilik dinamik web-sahifalar uchun asos hisoblanadi. MySQL Shvetsiyadagi MySQL AB firmasi tomonida yaratilgan boʻlib, 2008-yilning fevralida Sun Microsystems tomonida sotib olingan. Endlikda dastur kodini yaratisgda ushbu firma javobgar. MySQL Server ochiq, yani tekin dasturiy taʼminot boʻlib, General Public License himoyasidadir. MySQL AB/Sun firmasi dastur kodiga mualliflik huquqiga egaligi sababli, ushbu dasturiy taʼminotning kommerzial turi ham bor.MySQL nomining kelib chiqishi aniq emas. 1996-yildan beri koʻplab biblioteka va tool (vosita)lar nomi oldida My prefiksi qoʻyila boshlangan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa firmani tashkil qilganlardan biri hisoblanuvchi Monty Wideniusning qizi ismidan va SQL, yaʼni Structured Query Language (Strukturaviy soʻrovlar tili) birikmasidan tashkil topgan.
Unix, MacOS X va Linixdan tashqari, MySQL Windows, OS/2 va i5/OS (avvalgi OS/400) uchun ham moslashtirilgan.Windows uchun esa baʼzida ayrim cheklanishlar uchraydi.
MySQl koʻpincha web-servis uchun maʼlumotlarni saqlashda qoʻllaniladi, webserver Apache va PHP bilan birgalikda ishlatiladi.
MySQL hozirda 6.000.000 dan ortiq foydalanuvchilar va kuniga 35.000 dan ortiq download qilinadigan dunyonig eng mashhur maʼlumotlarni boshqarish sistemasidir.
WebLinks
MySQL Bosh Sahifasi (ingliz tilida)
MySQL xaqidahgi russcha sayt
MySQLning ruscha dokumentatsiyasi
Software
Database Master MySQL Yönetim Yazilimi (Türk)
Informatika
Internet
Kross-platformali dasturlar |
2,850 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ma%CA%BClumotlar%20bazasi | Maʼlumotlar bazasi | Maʼlumotlar bazasi — markazlashtirilgan maʼlumotlar ombori. Maʼlumotlarni oʻqish, saqlash, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan. O´zining tezligi bilan ajralib turadi. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradi.
Yana qara
Maʼlumotlar tuzilmasi
Qoʻshimcha
Ling Liu and Tamer M. Özsu (Eds.) (2009). "Encyclopedia of Database Systems, 4100 p. 60 illus. .
Gray, J. and Reuter, A. Transaction Processing: Concepts and Techniques, 1st edition, Morgan Kaufmann Publishers, 1992.
Kroenke, David M. and David J. Auer. Database Concepts. 3rd ed. New York: Prentice, 2007.
Raghu Ramakrishnan va Johannes Gehrke, Database Management Systems
Abraham Silberschatz, Henry F. Korth, S. Sudarshan, Database System Concepts
Teorey, T.; Lightstone, S. and Nadeau, T. Database Modeling & Design: Logical Design, 4th edition, Morgan Kaufmann Press, 2005.
Havolalar
DB File extension — information about files with the DB extension
Informatika |
2,853 | https://uz.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBafur%20G%CA%BBulom | Gʻafur Gʻulom | Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may — 1966-yil 10-iyun) — oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida dehqonlar oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan. 1916 yilning kuzida Gʻofur oʻqishga kiradi. Onasining vafotidan soʻng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur boʻlgan. Koʻplab kasblarda oʻzini sinab koʻrgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi boʻlib ishga kiradi, soʻngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.1919 yildan 1927 yilgacha u oʻqituvchi, maktab direktori, Maʼnaviyat uyushmasi ishchilari raisi boʻlib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
Ijodi
1923 yil yozilgan „Feliks farzandlari“ sheʼrida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi oʻz hayotini ifodalaydi, „Maorif va oʻqituvchi“ oynomasida esa „Goʻzallik qayerda“ nomli ikkinchi sheʼri nashr qilinadi. „Dinamo“ (1931), „Tirik qoʻshiqlar“ (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular „Qish va shoirlar“ (1929), „Non“ (1931), „Toshkent“ (1933), „Qutbda saylov“ (1937), „Men Yahudiy“ (1941), „Qish“ (1941), „Xotin“ (1942), „Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi“ (1945) singari sheʼrlarida aks etdi.
„Bogʻ“ (1934), „Sogʻinish“ (1942), „Kuz keldi“ (1945), „Kuzgi koʻchatlar“ (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Ota timsolida aks etgan „Sen yetim emassan“ (1942), „Sogʻinish“ (1942), „Biri biriga shogird, biri biriga ustod“ (1950), „Sizga“ (1947), „Bahor taronalari“ (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.
„Netay“ (1930), „Yodgor“ (1936), „Shum bola“ (1936-1962) qissalari, „Hiylai sharʼiy“ (1930), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.
1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini („Navoiy va zamonamiz“ (1948), „Folklordan oʻrganaylik“ (1939), „Jaloliddin“ dramasi haqida" (1945), „Muqimiy“ (1941) yoritib berdi.
Vatan himoyachisi mavzusi Gʻofur Gʻulomning 1941 — 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi . Shu bilan bir qatorda, u odamlarni „bor sabri, bor iqtidori“ni fashistlar ustidan gʻalabaga qaratishga chorlaydi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida oʻzbek ayolining rolini alohida taʼkidlab oʻtdi.
„Ikki akt“ dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, oʻzbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuygʻularini ifodalaydi. Ushbu mavzu „Qoʻqon“ dostonida ham yangraydi. Oʻz vaqtida u xalqda ommabop boʻlgan va qishloq xoʻjaligini mustahkamlash kurashida targʻibot vazifasini bajargan
Gʻafur Gʻulom oʻzining juda yaxshi sheʼrlarini bolalar va oʻsmirlar uchun bagʻishlagan: „Ikki bolalik“, „Bilaman“, „Seni Vatan kutmoqda“.
Urush yillarida Gʻofur Gʻulom „Sen yetim emassan“, „Seni kutyapman, oʻgʻlim!“, „Vaqt“, „Kuzatish“, „Ayol“, „Bizning koʻchada ham bayram boʻlajak“ kabi ajoyib sheʼrlar yaratgan. „Seni kutyapman, oʻgʻlim!“ sheʼrida shoir front ortida oʻzlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan gʻalabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.
Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga boʻlgan muhabbati buyuk maʼno kasb etgan. Bu — ota-onasini yoʻqotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan gʻamxoʻrligi haqida soʻz boruvchi ajoyib „Sen yetim emassan“ sheʼrida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan „Bahaybat“, „Gʻalabachilar qoʻshigʻi“, „Vaqt“, „Xotin“ sheʼrlari yuqori fuqarolik sheʼriyatining namunalari hisoblanadi. Ular „Sharqdan kelmoqdaman“ toʻplamidan joy olgan.
Urushdan keyingi yillar Gʻafur Gʻulom bir qator sheʼriy toʻplamlarini nashrdan chiqaradi: „Yangi sheʼrlar“, „Oʻzbekiston olovlari“, „Onalar“, „Oʻzbek xalq gʻururi“, „Tong qoʻshigʻi“, „Yashasin, tinchlik!“, „Bu — sening imzoing“. Ushbu toʻplamlardan joy olgan sheʼrlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, oʻzbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini koʻrsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar.
Gʻafur Gʻulom — tinchlik, doʻstlik va xalq baxtining joʻshqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bagʻishlangan toʻplam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: „Dunyo minbaridan“, „Yashasin, tinchlik!“, „Bu — sening imzoing“ va boshqalar.
Gʻafur Gʻulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.
Gʻafur Gʻulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta taʼsir koʻrsatgan. Gʻofur Gʻulom oʻzining maqolalaridan birida shunday yozadi: "Men… rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning koʻplab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin „men uchun vazn, lugʻat, timsol, sheʼrning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan“ Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman". Mayakovskiy satirasidagi dargʻazab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bagʻoyat ulkan tuygʻu kuchidan tashqari, men oʻzimda… uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolagʻalar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va maʼno ifodaliligini oshiruvchi sheʼr qurilishidan ham oʻzbek sheʼr tuzimida foydalanishimga toʻgʻri keldi". Bular Gʻofur Gʻulomning koʻplab sheʼrlarida namoyondir, masalan: „Turksib yoʻllarida“, „Ona yer“, „Yashasin, tinchlik!“.
Gʻafur Gʻulom ijodining urushdan keyingi davri oʻzbek adabiyoti rivojida muhim oʻrin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning sheʼrlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qoʻlda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va oʻy-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, „Unutma, Vatan seni kutmoqda!“ va „Gʻalaba bayrami“ sheʼrlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bogʻlovchi halqasi kabidir.
Gʻulom 1966-yilning 10-iyunida vafot etdi. Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi Olmos Gʻofurovna — Axmedov Qudratilla Axmedovich, 1995 yilda vafot etgan, Oʻzbekistonning atoqli davlat arbobi boʻlgan.
Oʻgʻli — Ulugʻ Gʻulomov (1933 yil 1 oktyabr — 1990 yil 15 martda vafot etgan), yadro fizigi, Oʻzbekiston SSR FA akademigi, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori.
Oʻgʻli — Qodir Gʻulomov (1945-yil 17-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan), maʼlumoti — yadro fizigi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, Quyosh fizikasi instituti direktori, keyinroq — Oʻzbekiston mudofaa vazirining birinchi fuqarolik vaziri (sh. 2000 yil 29 sentyabrdan 2005 yil 18 noyabrgacha)[4][5].
Qizi — Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gʻulomova), 1938 yil 3 iyulda tugʻilgan, rassom, muzey direktori. Gʻafur Gulyama, uch farzandi bor, Durbek Qudrattilaevich Ahmedov — iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov — irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) — tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos.
Qizi — Toshxon Gʻofurovna Yoʻldosheva (Gʻulomova).
Asarlari
„Hiylai sharʼiy“ (1930)
„Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965)
„Netay“ (1930)
„Yodgor“ (1936)
„Shum bola“ (1936-1962)
Sheʼrlar toʻplamlari:
„Gulnoza“ (1929)
„Dinamo“ (1931)
„Xitoy rasmlari“ (1932)
„Jonli qoʻshiqlar“ (1932)
„Oʻzbekiston“ (1936)
Sharqdan kelganlar (1943)
„Biz tirik odamlarmiz“
„Ustalar kuchga ega boʻlganda“
„Sheʼrlar“ (1949)
„Oʻrtoq Stalinga“ (1950)
„Oʻrtoq Stalinga“ (1951)
„Moskva — dunyo qal’asi“ (1951)
Sheʼrlari:
„Turksib yoʻllari haqida“
„Vatan“
„Yashasin dunyo!“
„Qish va qor“ (1929)
„Non“ (1931)
„Toshkent“ (1933)
„Bogʻ“ (1934)
„Shimoliy qutbdagi saylovlar“ (1937);
„Men yahudiyman“ (1941)
„Qish“ (1941)
„Sen yetim emassan“ (1942)[9];
„Ayol“ (1942)
„Sogʻinch“ (1942)
„Afsuski, pushaymonlar koʻmilmagan“ (1945)
„Kuz keldi“ (1945)
„Siz — yosh“ (1947)
„Hammasi sizniki“ (1947)
„Bahor ohanglari“ (1948)
„Kuzgi koʻchatlar“ (1948)
„Assalom kommunizmga!“ (1949)
„Yoz“
„Pol Robesonga“ (1949)
„Kim oʻrganadi, kim oʻrgatadi“ (1950)
„Vatan baxti“ (1951)
„Yangi Yerda bayram“ (1957)
„Yodgar“ (1961);
„Lenin va Sharq“ (1961).
Adabiyotlar
Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Toshkent, „Fan“, 1963.
Akbarov A. Gafur Gulyam. Toshkent: „Yosh gvardiya“, 1974.
Sharafiddinov O. Xalq baxtining otashin kuychisi.
Gʻafur Gʻulom. Asarlar, 10 tom, Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978, 180-229.
Havolalar
Gʻafur Gʻulomga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Gʻafur Gʻulom ijodi
Gʻafur Gʻulom hayoti haqida
1903-yilda tugʻilganlar
1966-yilda vafot etganlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi) kishilari
Toshkentlik yozuvchilar
Oʻzbekiston romanchilari
Oʻzbekistonlik erkak shoirlar
[[Turkum:Oʻzbekiston tarjimonlari]
Oʻzbekistonlik erkak qissa yozuvchilar
Oʻzbek tiliga tarjima qilgan adiblar |
2,854 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Oybek | Oybek | Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.01 — Toshkent — 1968.1.07) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).
Hayoti
Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillaridan boshlab, oʻrta maktab, texnikum va ishchilar fakultetlarida (1925-1927), Xalq xoʻjaligi, Qishloq xoʻjalik va Pedagogika institutlarida til va adabiyot fanlaridan dars beradi, Toshkent institutining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat qiladi (1930-1935). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1933) va Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot institutida (1934-1937) ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. 1937-yilda Sovet davlati qatagʻon siyosatining avj olishi Oybekning „millatchi“ va „milliy ittiqodchilar“ga xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi boʻladi. Kambagʻal oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatagʻondan omon qolgan Oybek 1938-yil oxiridagina Oʻzbekiston oʻquv-pedagogika nashriyotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul qilinadi. 1941-1945-yillar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxs sifatida quvgʻinga uchraydi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar boʻlimiga (1935-1951), Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi hayʼatiga rais, „Sharq yulduzi“ jurnaliga bosh muharrir (1945-1959) etib tayinlanadi; Til va adabiyot institutining direktori (1950-1952) hamda „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri (1958-1968) vazifasini bajaradi. 50-yillar avvalida yana qatagʻon toʻlqinining boshlanishi bilan Oybek insult xastaligiga uchraydi va uzoq, davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi.
Sheʼriyati
Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil „Armugʻon“ jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat „Tuygʻular“ (1926) va „Koʻngil naylari“ (1929) toʻplamlarini eʼlon qilgan. Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ (1932) toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi (1936) jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi.
Dostonlari
Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik koʻlam Oybek sheʼriyatiga xos xususiyatlardir. U lirik sheʼriyat bilan bir qatorda dostonnavislik sohasida ham izlanishlar olib borib, „Dilbar — davr qizi“ (1932), „Oʻch“ (1933), „Baxtigul va Sogʻindiq“ (1934), „Qahramon qiz“ (1936), „Gulnoz“, „Kamonchi“, „Navoiy“ (1937) singari dostonlarni yozdi. Shoir bu dostonlarida oʻz davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy-maʼnaviy masalalarini koʻtarish bilan birga tarixiy oʻtmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-epik sheʼriyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir sanʼatkor ekanini namoyish etadi. „Oʻch“ va „Navoiy“ dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak „Qutlugʻ qon“ va „Navoiy“ romanlari uchun oʻziga xos eskiz vazifasini oʻtadi.
Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937-38-yillarda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan lirik sheʼrlari burjua sheʼriyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, „koʻngil sheʼriyati“ga tamomila zid oʻlaroq, „fajdanlik sheʼriyati“ deb atalgan sheʼriyat namunalarini yaratishga majbur boʻldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga daʼvat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan „Oʻzbekiston“, „Dneprostroy“, „Fanga yurish“, „Raisa“, „Qizlar“ singari oʻnlab sheʼr va dostonlari 30-40-yillar oʻzbek sheʼriyatida muhim voqea boʻldi.
Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida „Qizlar“ (1947) dostonidan tashqari, „Hamza“ (1948), Pokiston taassurotlari asosida „Zafar va Zahro“ (1950) va „Haqgoʻylar“ (1952) dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida „xrushchyovcha“ harorat jilvalari koʻringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana „sof lirika“ning guzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bagʻishlangan „Davrim jarohati“ (1952), „Guli va Navoiy“ (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qoʻshadi.
Nasriy merosi
Oybekning nasriy merosi 5 roman („Qutlugʻ qon“, „Navoiy“, „Oltin vodiydan shabadalar“, „Quyosh qoraymas“ va „Ulugʻ yoʻl“), 4 qissa („Shonli yoʻl“, „Hyp qidirib“, „Bolalik xotiralarim“ va „Bola Alisher“) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.
Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — „Qutlugʻ qon“ asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940-yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu asarda oʻzbek xalqining Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoni 1916-yil qoʻzgʻo lonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. Oybek romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937-yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi.
Oybek bu asari bilan Abdulla Qodiriy, Chulpon va Sadriddin Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq harakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. „Qutlugʻ qon“ oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.
„Navoiy“ romani
Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida „Navoiy“ romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. „Navoiy“ romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida „Ulugʻbek xazinasi“, „Koʻhna dunyo“ (Odil Yoqubov), „Yulduzli tunlar“, „Avlodlar dovoni“ (Pirimqul Qodirov) singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi.
„Quyosh qoraymas“ romani
Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan „Quyosh qoraymas“ (1943-1959) romani alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orqali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.
Adib „Oltin vodiydan shabadalar“ (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, „Qutlugʻ qon“ romanining davomi sifatida yozilgan „Ulugʻ yoʻl“ (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi.
Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan boʻlmasin, adib shu davr hayotini mukammal oʻrgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon boʻladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi.
Dramaturgiya
Oybek ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush yillarida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi „Mahmud Torobiy“ operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari uchun „Gʻalvirchi“, rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida „Xalq qalqoni“ pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi.
Maqolalari
Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqolalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek oʻzining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qadimgi davridan to oʻtgan asrning 60-yillariga qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan koʻplab maqolalar eʼlon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, ular keyinchalik Oybekning „Navoiy gulshani“ maqolalar toʻplamini tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning oʻzbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa boʻlib qoʻshildi. Shu bilan birga Oybek Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar boʻlimining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik yubileyini tashkil etish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968-yilda nashr etilgan „Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk“ kitobidan oʻrin olgan).
Yirik adabiyotshunos Oybek „Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli“ (1935) monografiyasi va boshqa maqolalarida 20-asr oʻzbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini,Alexander Pushkin, Lev Tolstoy va Maksim Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining oʻzbek yozuvchilariga taʼsiri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada oʻrgandi. Mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti yutuqlarini qardosh xalqlarga tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayriqcha ahamiyatga molik.
Tarjimalari
Serqirra ijod sohibi Oybek jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilib, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy asos solgan oʻzbek tarjima maktabini oʻzining yuksak darajadagi tarjimalari bilan boyitdi. Oʻzbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molyerning „Tartyuf“, Alexander Pushkinning „Yevgeniy Onegin“, Mikhail Lermontovning „Maskarad“, „Dovud Sosunli“ arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G. Belinskiy, E. Verharn va boshqalarning asarlari bilan tanishdi.
Xotira
Oybek oʻzining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bilan oʻzbek xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qoʻshdi. 1980-yilda adib yashagan uyda Oybek uy-muzeyi tashkil etilgan va unga haykal oʻrnatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri Oybek nomi bilan atalgan, Termiz davlat unversiteti, Toshkent viloyatidagi jamoa xoʻjaligiga Oybek nomi berilgan. Oybek vafotidan keyin „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan(2001).
Adabiyotlar
Bat L., Koshchanov M., Aybek. Kritikobiograficheskiy ocherk, M., 1966; Yoqubov H., Adibning mahrrati, T., 1966; Karimov N., Oybek, T., 1985; Karimov N., Oybek gulshanida qilgan gʻunchalar, T., 1985.
Yoqubov H. Adibning mahorati. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1966.
Qoʻshjonov M. Oybek mahorati. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.
Karimov N. Oybek. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985.
Saidnosirova Z. Oybegim mening. T.: Sharq, 1994.
Manbalar
Havolalar
„Sovet Oʻzbekistoni“ 28-fevral 1962-yil
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar
Shoirlar
Adabiyotshunoslar
Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari |
2,857 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla%20Qahhor | Abdulla Qahhor | Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qoʻqon — 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va oʻsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Ijodi
Abdulla Qahhor ijodi sheʼriyat bilan boshlangan boʻlsada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. „Boshsiz odam“ (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi „Qishloq hukm ostida“ qissasi (1932) shoʻro mafkurasi asosida yozilgan. Uning „Boshsiz odam“ hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy oʻtmish aks ettirilgan. „Qoʻshchinor chiroqlari“ (1951) romanida (dastlabki varianti „Qoʻshchinor“, 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan.
„Sarob“ romani
Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — „Sarob“ muhim oʻrinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini koʻrsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi oʻzbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va maʼnaviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. „Sarob“ keng mavzuli roman boʻlgani uchun yozuvchi oʻzining badiiy niyatini yalangʻoch holda koʻrsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari koʻrinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.
Mashhur asarlari
Abdulla Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. „Olam yasharadi“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932-yilda bosilgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar eʼlon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida „Qoʻshchinor chiroqlari“ romani hamda „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) va „Muhabbat“ (1968) qissalari muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari „Boshsiz odam“, „Anor“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Dahshat“, „Millatchilar“, „Sanʼatkor“, „Adabiyot muallimi“, „Oʻjar“, „Asror bobo“ kabi oʻnlab hikoyalar yozgan.
„Shohi soʻzana“ (1949), „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962), „Ayajonlarim“ (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.
Komediyalari
Abdulla Qahhorning isteʼdodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Shohi soʻzana“ („Yangi yer“, 1949–1953) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qoʻriq yerlarning — Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishidan koʻra baʼzi kishilar ongidagi shoʻrning bartaraf etilishi mavzui birinchi oʻringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi oʻzbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik oʻrtasidagi ziddiyat bu komediyada oʻzining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy boʻyoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni oʻziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham oʻynalib, oʻzbek teatr sanʼatining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962) hamda „Ayajonlarim“ (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan „Tobutdan tovush“da oʻsha davr uchun xos boʻlgan illatlar hajv oʻti ostiga olindi. Ayniqsa soʻnggi asarda Abdulla Qahhor oʻziga xos nozig tuygʻu bilan jamiyatdan poraxoʻrlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish istagida uning ayrim koʻrinishlarini sahnaga olib chiqdi, u „Soʻnggi nusxalar“ nomi bilan ham sahna yuzini koʻrdi.
Tarjima asarlari
Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozig his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U oʻzining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qoʻshdi. Abdulla Qahhor hayotining soʻnggi kunlarida shoʻro jamiyatida shaxsga sigʻinishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi „Zilzila“ qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, Lev Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirgʻiz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, [[vetnam tili
vetnam]] tillarida chop etilgan.
Mukofotlari
Abdulla Qahhor Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati.„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qoʻqondagi bir necha koʻcha, maktab va jamoa xoʻjaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).<ref>* Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor. Toshkent. „Yosh gvardiya“, 1988.
Nashr etilgan asarlar
Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). -T. : Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1987–1989.
Abdulla Qahhor „Zilzila“,— „Sharq yulduzi“, 1996, 11–12-son.
Abdulla Qahhor internetdagi elektron kutubxonalarda
OʻzLib kutubxonasi
Adabiyotlar
Qoʻshjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1984.
Sanjar Sodiqov. Soʻz sanʼati jozibasi. Toshkent. „Oʻzbekiston“, 1996.
Sanjar Sodiq. Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid. Toshkent, „Universitet“, 1996.
Normatov U. Abdulla Qahhorni anglash mashaqqati. Toshkent. „Universitet“, 1999.
Qoʻchqorov R. Men bilan munozara qilsangiz. -T. Maʼnaviyat nashr. 1999.
Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. — T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Manbalar
Havolalar
Nekrolog
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari |
2,860 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hamid%20Olimjon | Hamid Olimjon | Hamid Olimjon (Hamid Olimjonovich Azimov) (1909-yil 12-dekabr, Jizzax – 1944-yil 3-iyul, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – oʻzbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–1928), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–1931) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gazetasida boʻlim mudiri (1926–1927). „Yoshlar“ gazetasida (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jurnallarida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–1934), Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944).
Tarjimai holi
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzaxda tugʻilgan.
Asarlari
Hamid Olimjonning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari – „Koʻklam“ (sheʼrlar, 1929), „Tong shabadasi“ (hikoyalar, 1930). „Olov sochlar“ (1931), „Poyga“, „Oʻlim yovga“ (1932), „Daryo kechasi“ (1936), „Sheʼrlar“ (1937), „Oʻlka“, „Oygul va Baxtiyor“ (1939), „Baxt“ (1940), „Qoʻlingga qurol ol!“, „Ona va oʻgʻil“ (1942), „Ishonch“ (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi.
Sheʼrlari
Hamid Olimjon ijodining 1-davrida hikoyalar yozgan boʻlsada, uning isteʼdodi koʻproq lirik sheʼriyat tabiati bilan uygʻun boʻlgan. Dastlabki sheʼrlarida yangi adabiyot va yangi adabiy shakllar yaratish gʻoyasi hukmronlik qilgan. 30-yillarning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajribasi oshishi bilan Hamid Olimjon ona-yurt tabiatidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifodalash sanʼatini egallay boshlagan („Kuychining xayoli“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Holbuki, tun…“, „Ishim bordir oʻsha ohuda“ va boshqalar). Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20-asr oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan „Oʻrik gullaganda“, „Sevgi desam…“, „Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda…“, „Shodlikni kuylaganimning sababi“, „Oʻzbekiston“ singari lirik sheʼrlarini yozgan. Bu sheʼrlar gʻoyaviy mundarijasi, shakli, goʻzal tili va uslubi bilan eʼtibor qozongan.
Dostonlari
1916-yil Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30-yillarda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kelajakka katta umid bilan qaragan. Hamid Olimjon qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan „Ikki qizning hikoyasi“ (1937), ayniqsa, „Zaynab va Omon“ (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan.
Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937) hamda „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Hamid Olimjon oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan („Qoʻlingga qurol ol!“, „Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“ va boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda „Sevgi“, „Sen tugʻilgan kun“, „Jangchi Tursun“, „Roksananing koʻz yoshlari“ singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda „Oʻzbekiston qilichi“ (1942) dramasini yozgan, front safari (1943-yil, fevral) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan.
„Muqanna“ tragediyasi
Hamid Olimjonning „Muqanna“ (1943) tragediyasi ham urush davrining ijtimoiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. Hamid Olimjon ushbu asarning markaziy qahramonlari – Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va boshqa qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri, shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan.
Oʻzbek madaniy merosiga qoʻshgan hissasi
Hamid Olimjon adabiy ijod bilan birga IT ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan. Ammo u shu davrda yozgan maqolalarida vulgar sotsiologizm taʼsiridan chiqib keta olmay, ayrim millatparvar yozuvchilar ijodini qoralagan. 30-yillarning 2-yarmida esa Hamid Olimjon „Alpomish“ xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U Navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlangan „Alpomish“ dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tayyorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan.
Tarjima asarlari
Hamid Olimjon adabiy ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etgan. U Pushkinning „Kavkaz asiri“ va „Suv parisi“ dostonlari, Mikhail Lermontovning „Zamonamiz qahramoni“ qissasidagi „Bela“ va Gorkiyning „Chelkash“ hikoyalari, N.Ostrovskiyning „Poʻlat qanday toblandi“ romani, A.Korneychukning „Platon Krechet“ pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P.Tichina, M.Bezimenskiy, M.Svetlov, K.Simonov, V.Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi: Zulfiya Isroilova (1915—1996) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1984).
Qizi: Hulkar
Ukasi: Sarvar Azimov (1923—1994) — sovet va oʻzbek yozuvchisi, davlat arbobi va diplomat.
Xotira
Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent shahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal oʻrnatilgan (1990). Ushbu hudud yaqinidagi mahalla ham adib nomi bilan ataladi.
Mashhur asarlari
„Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“, „Ishim bordir oʻshal ohuda“ singari goʻzal sheʼrlari mashhur. „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939), „Zaynab va Omon“ (1938) kabi dostonlar va „Muqanna“ (1942), „Jinoyat“ (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Nashr etilgan asarlari
Mukammal asarlar toʻplami (5 jildlik). Toshkent, „Fan“, 1975–1984.
Manbalar
Adabiyotlar
Karimov N. Hamid Olimjon. Toshkent, „Yosh gvardiya“, 1990.
Karimov N. Hamid Olimjonning poetik mahorati. Toshkent. „Fan“, 1964.
Mamajonov S. Shoir dunyosi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1972.
Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Abdurahonov A. Alangaga aylangan uchqun. „Kamalak“ adabiy-tanqidiy ilmiy toʻplamda. -T. 1990.
Azimov S. Hamid Olimjon abadiyati. T., 1967;
Sen elimning yuragida yashaysan [H.Olimjon haqidaxotiralar], T., 1973;
Mamajonov S, Shoir dunyosi, T., 1974;
Karimov N., Goʻzallikningolmos qatralari [H.Olimjon lirikasi], T., 1979;
Karimov N., Hamid Olimjon. Shoir hayoti va ijodidan lavhalar. T., 1979.
Naim Karimov. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
Asarlar [5j.li], 1–5-j.lar, T., 1970– 72;
Mukammal asarlar toʻplami [Yuj.li], 1 – 10-j.lar, T., 1979-84.
Havolalar
Pravda Vostoka 03.07.1954
Toshkent oqshomi 25.05.1980
Oʻzbekistonlik shoirlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisasi qurbonlari
Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari |
2,861 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirtemir%20Tursunov | Mirtemir Tursunov | Mirtemir (taxallusi; asl ism–sharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1971), oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir. Mirtemir Tursunov 1910-yilning 30-mayida Turkiston shahri yaqinidagi qishlogʻida tugʻildi. Eski maktabda taʼlim olgach (1919–1920), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920–1923) va Oʻzbek erlar bilim yurtida (1925–1929) tahsil koʻrgan. 1929-yil Samarqandga borib Oʻzbekiston MIK raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning kotibi boʻlib xizmat qilgan va ayni paytda, Pedakademiyaning til va adabiyot fakultetida oʻqiy boshlagan. U shu yillarda „Qizil qalam“ adabiy tashkilotining aʼzosi sifatida Botu, Oltoy singari „millatchilar“ bilan aloqada boʻlganligi uchun GPU tomonidan hibsga olingan (1932.8.8.). Qamoqdan ozod boʻlgach, „Yangi hayot“ gazetasida adabiy xodim (1936), respublika radioqoʻmitasida bosh muharrir (1941). Oʻzdavnashrda muharrir (1942), Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943–1944), Yozuvchilar uyushmasida boʻlim mudiri va maslahatchi (1957–1964), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1965–1966) lavozimlarida xizmat qilgan.
Sheʼriy toʻplamlari
Mirtemirning „Shu'lalar qoʻynida“ (1928), „Zafar“ (1929), „Qaynashlar“ (1930), „Kommuna“ (1931), „Tong“ (1932), „Kipriklarim“, „Yodgorlik“ (1978) va boshqa sheʼriy toʻplamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari oʻrin olgan. Shoir qalamiga mansub „Dilkusho“, „Suv qizi“, „Oysanamning toʻyida“, „Surat“ (1957) dostonlari va „Qoraqalroq daftari“ sheʼriy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechogʻlik keng ekanini koʻrsatadi.
Dostonlari
30-yillar oʻzbek sheʼriyatida doston janri katta mavqe kasb etadi. Mirtemir ham shu davrda „Barot“ (1930), „Xidir“ (1932), „Dilkusho“, „Suv qizi“ (1937), „Oysanamning toʻyida“ (1938), „Qoʻzi“ (1939) kabi dostonlarni yozadi va ularning aksarida oddiy mehnat axli vakillari obrazini yaratadi. Umuman, Mirtemirning sheʼr va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida „sheʼriyatbop“ jihatlarni, ular ruhiy olamidagi goʻzallik jilvalarini oʻziga xos noziklik va zakiylik bilan koʻradi va aks ettiradi. Bu mirtemirona fazilat shoir ijodining urushdan keyingi davrida, ayniqsa, yorqin koʻrinadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi adabiy siyosat natijasida Mirtemirga ijod etish va yozgan asarlarini eʼlon qilish imkoni berilmagan. Natijada u tarjima va tahrir ishlari bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan. Qoraqalpoq sheʼriyatidan qilgan tarjimalari va „Qaraqalpoq daftari“ (1959) sheʼriy turkumining katta muvaffaqiyat qozinishi Mirtemirning „erkin“ ijodkorlar safiga qaytishi va ijodiy yasharishiga sababchi boʻldi. „Qoraqalpoq daftari“da (1957) namoyon boʻlgan xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik gʻoyalari shoirning qozoq, qirgʻiz va turkman diyorlariga qilgan safarlari taʼsirida yozilgan sheʼrlarida katta mahorat bilan davom ettirildi. Mirtemirning „Qoraqalpoq daftari“ turkumidan oʻrin olgan „Surat“ lirik qissasi esa 60–70-yillarda oʻzbek sheʼriyatida doston janriga eʼtiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Sheʻrlari
Mirtemirning 60–70-yillarda yaratgan aksar sheʼrlari 20–asr oʻzbek sheʼriyatining tom maʼnodagi durdonalaridir. U shu davrda sheʼriy texnikani mukammal egallagan shoir sifatidagina emas, balki tarix va Vatan tuygʻulari bilan yashagan, shu muqaddas tuygʻularni yonar soʻz bilan ifodalagan shoir sifatida ham shuhrat qozondi. Mirtemir oddiy mehnat axliga ruhan yaqin, uning tabiatini, maishiy xayotini, tilining kamalak ranglarini, dilidagi orzu va armonlarini yaxshi bilgan, inson qalbidagi ruhiy kolliziyalarni teran his qilgan va tasvirlagan shoirdir. Mirtemirning chin maʼnoda xalq shoiri, milliy shoir boʻlganligi uning, ayniqsa, „Betobligimda“, „Bitta oʻzim bilaman“, „Toshbu“, „Bulut“, „Onaginam“, „Shudring“, „Barqut“, „Yali–yali“, „Ratti“, „Armon“, „Chirildoq“, „Sutdek oydin“, „Men kelgum“, „Hayda“, „Ona yurtim“, „Ona tilim“, „Koʻklamda“, „Pattining hasratlari“ singari oʻzbek ayollariga xos mehr–muhabbat, or–nomus, malohat, sabr-toqat va mehnatsevarlik fazilatlari kuylangan sheʼrlarida oʻz tajassumini topgan. Mirtemir bu va boshqa sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga xos xalqchillik ruhini behad darajada oshirdi. Ayni paytda Mirtemir sheʼrlari syujetliligi, tasvir etilayotgan zamon va makonning aniqligi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqinligi va bokiraligi bilan ajralib turadi.
Qoʻshiqlari
Mirtemir sheʼriy ijodining muhim bir qismini qoʻshiqlar tashkil etadi. Shoir Katta Fargʻona kanali qurilishiga bagʻishlangan „Yali–yali“, shuningdek, „Bogʻ koʻcha“, „Bir goʻzal“, „Qaro koʻzli“, „Oʻynasin“, „Boqishi“, „Ustina“ singari qoʻshiqlar bilan oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati ravnaqiga bebaho hissa qoʻshdi. Shu bilan birga, Mirtemir bir qancha publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi. Mirtemir oʻtgan asrning 60–yillarida oʻzbek sheʼriyatiga kirib kelgan talaygina yoshlarga ustozlik qilib, oʻzining adabiy maktabini yaratdi.
{{she'r|Matn=
Yaltirar suyri tepa, yaltirar qir uzunchoq,
Kelinlar taqinchogʻi, uzuk koʻzlarimi yo?
Chor atrof sabzalarda jimir–jimir koʻzmunchoq,
Boʻy–boʻy dilrabolarning suzuk koʻzlarimi yo?
Yoʻq bu giryon koʻzlarning yarqiro
Tarjimalari
Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta oʻrin egallaydi. U Abay, Mahtumquli, Berdaq sheʼrlaridan tashqari, qirgʻiz xalqining „Manas“ eposini (hamkorlikda), Shota Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ (hamkorlikda), Aleksandr Pushkinning „Ruslan va Lyudmila“, „Oyimqiz qishloqi qiz“, M. Lermontovning „Ismoilbek“, „Savdogar Kalashnikov haqida qissa“, N.A.Nekrasovning „Rusiyada kim yaxshi yashaydi“ kabi doston, qissa va ertaklarini, G. Geyne, A. M. Gorkiy, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Samad Vurgʻun va boshqalarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Karmen“ va „Ulugʻbek“ operalari, „Natalka–poltavka“, „Bayadera“, „Keto va Kote“ singari musiqali dramalar Mirtemir tarjimasida oʻzbek tilida sahnalashtirilgan.
Mukofotlari
Mirtemir Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1977) laureati. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2002). Toshkentdagi koʻcha va Andijon viloyati, Boʻz tumanidagi maktablardan biri Mirtemir nomi bilan atalgan. Shoir tugʻilgan Eski Iqon qishlogʻida Mirtemir uy–muzeyi barpo etilgan.
Naim Karimov.
Asarlari
4 jildlik. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980–1983.
Adabiyot
Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. –T.: „Yozuvchi“, 2000.
Karimov N. va boshqalar 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. –T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Azizov Q. Mirtemir. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Oʻdabiyot va sanʼat nashriyoti, 1969.
Halilov T. Mirtemir mahorati. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.
Gʻafurov I. Ona yurt kuychisi. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1970.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Qozogʻistonlik oʻzbeklar
Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari |
2,863 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Usmon%20Nosir | Usmon Nosir | Usmon Nosir (1912–1944) – XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir.
Bolaligi
Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻildi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi.
Taʼlimi
Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.
Qatagʻon
1937-yil 13-iyulda shoir „xalq dushmani“ sifatida hibsga olinib, 58-modda bilan sudlanadi va avval Zlatoust qamoqxonasiga, soʻngra Vladivostok va Magadan lagerlariga joylashtiriladi. 1943-yilda Kemerovo viloyatining Mariinskiy tumanidagi lagerga yuboriladi.
1940-yil 20-avgustda Usmon Nosir Magadan qamoqxonasidan Iosif Stalin nomiga ariza yuboradi va unda u uning „ishini“ qayta koʻrib chiqishni soʻraydi. Bu ariza Iosif Stalin, Lavrentiy Beriya tomonidan koʻrib chiqildi va ular tomonidan maʼqullandi. Oʻzbekiston rahbari Nosirov Usmon „ishini“ qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida buyruq oladi. 1944-yil oxiriga kelib komissiya tuzilib, Usmon Nosir begunoh deb topiladi va reabilitatsiya qilinadi.
Vafoti
Ammo shoir reabilitatsiya qilingunga qadar yashamadi. U 1944-yil 9-martda vafot etadi va 15-martda Kemerovo viloyatida yashovchi A. M. Sirota tomonidan Suslovo qishlogʻi (hozirgi Pervomayskoye qishlogʻi) qabristoniga dafn qilinadi.
Har yili Kemerovo viloyatining Kemerovo shahrida shoir xotirasiga bagʻishlangan adabiy oʻqishlar boʻlib oʻtadi. U yerda Usmon Nosirning uy-muzeyi mavjud boʻlib, unda shoirning sheʼrlari oʻqiladi. Yana u yerda Usmon Nosirga haykal ham oʻrnatilgan.
2003-yilda atoqli oʻzbek shoiri va dramaturgi Usmon Nosir tavalludining 90 yilligi, 2022-yilda esa 110 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi.
Ijodi
Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:
singari misralari bunga misoldir. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini:
tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: „Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob“ shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.
Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak“, „Nil va Rim“, „Monolog“, „Nasimaga deganim“, „Yana she'rimga“, „Begona“, „Yoshlik“ singari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan.
Nomini abadiylashtirish
Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida Usmon Nosirga haykal oʻrnatilgan;
Manbalar
Shoirlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekistonlik shoirlar |
2,864 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Zulfiya | Zulfiya | Zulfiya Isroilova (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — „Zulfiya“ nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1984).
Taʼlim
1931-yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirib, 1934-yil tugatgan. 1935-yil Oʻzbekiston SSR Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga oʻqishga kirgan.
Faoliyati
1938—1940-yillarda Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir, Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941—1950), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (qarang „Saodat“ jurnali) jurnalida boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—1985) boʻlib ishlagan.
Ijodi
Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
1940-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet Ittifoqining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, „davr gʻoyalari“ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.
1950-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. „Mushoira“, „Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush“, „Qozogʻiston oʻlanlari“, „Men chizolmagan surat“ singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „Oʻylar“ (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), „Yillar, yillar…“ (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan „Quyoshli qalam“ (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagʻishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi („Lolaqizgʻaldoq“, 1975).
Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi.
Tarjimalari
A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, M. Karim, P. Amrita, Y. Bagryana va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan.
Mukofotlari
Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.
Nashr qilingan asarlari
Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983—1986.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi — Hamid Olimjon publitsist, adabiyotshunosi va jamoat arbobi.
Qizi — Hulkar
Akasi — Karimjon Isroilov.
Akasi — Normat Isroilov NKVD Xorazm boʻlimida ishlagan. 1937-yil qatag'ong uchrab, Toshkentda otib tashlangan.
Nabirasi — Lola Muhiddinova — tarixchi va tarjimon.
Manbalar
Havolalar
Biografiyasi (ruscha)
Adabiyotlar
Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya], Toshkent, 1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli sheʼriyat ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima Shomansurova, Raʼno Rahmonova], Toshkent, 1995.
Naim Karimov. m. G. Gulyama, 1983.
Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.
Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. Toshkent: „Yozuvchi“, 2000.
Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985.
Oʻzbek shoiralari
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston xalq shoirlari
1915-yilda tugʻilganlar
1996-yilda vafot etganlar
Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari |
2,865 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Nazarmat%20Egamnazarov | Nazarmat Egamnazarov | Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov; 1917.7.11, Tojikiston, Xoʻjand, Nov qishlogʻi) — shoir, jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. „Qizil Oʻzbekiston“ (1947–1954), „Toshkent haqiqati“ gazetasi tahririyatida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954–1985). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. „Yoshlik zavqi“ (1941), „Vatan ishqi“ (1949), „Yashil dalalar“ (1955), „Sir boʻyi — nur boʻyi“ (1959), „Togʻdagi gulxanlar“ (1962), „Nay sadosi“ (1965), „Bahor qoʻshigʻi“ (1968), „Shahrimiz bolalari“ (1970), „Mangu olov“ (1972) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan. „Yurakdagi oʻq“ dostoni (1965) va „Sayyod jasorati“ qissasi (1973) Ikkinchi jahon urushi mavzuida. Abulqosim Firdavsiy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Nazarmatning shoir boʻlishida akasi Ashurmat Nazarovning (1913–1964) taʼsiri kuchli. Shoirning ilk toʻplami — „Yoshlik zavqi“ 1941-yilda chop etildi. Shundan beri Nazarmatning 20 ta sheʼriy, 8 ta nasriy, 10 ta tarjima asarlari toʻplamlari chop etildi. Uning „Sir boʻyi - nur boʻyi“ (1959), „She'rho“ (1977), „Gul va gulxan“ (1997), „Zamin chiroyi“ (2001) toʻplamlari ijodkorga shuhrat keltirdi. „El yurt hurmati“ ordeni, „Jasorat“ medali sohibi. Unga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berilgan.
Asarlari
Mangu olov. Sheʼr va dostonlar. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1987.
Gul va gulhan. Saylanma asarlar. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1997.
Ona koʻrsatgan yoʻl. Ocherk va xotiralari. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1997.
Dilnoma. (Yozuvchilar Nazarmat ijodi haqida) T: Yozuvchi, 2002 yil.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari |
2,866 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Matyoqub%20Qo%CA%BBshjonov | Matyoqub Qoʻshjonov | Matyoqub Qoʻshjonov Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918-yil 5-mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941–1945-yillarda urushda qatnashgan, mergan boʻlgan. 1945–1950-yilllarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan, imtiyozli diplom olgan. 1950–1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi apparatida ishlagan. 1954–1957-yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida oʻqidi. 1957–1960-yillarda SAGU filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻldi. 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, boʻlim boshligʻI boʻlib ishlagan. Hozir ham shu dargohda faoliyat koʻrsatmoqda.
Matyoqub Qoʻshjonov 40 dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. Matyoqub Qoʻshjonov oʻnlab oʻta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi.
Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida Matyoqub Qoʻshjonov Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar |
2,867 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Asqad%20Muxtor | Asqad Muxtor | Asqad Muxtor (taxallusi; familiyasi Muxtorov, 1920-yil 23-dekabr, Fargʻona — 1997-yil 17-aprel, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor „Opa-singillar (roman)“, „Tugʻilish“, „Davr mening taqdirimda“, „Chinor“ va „Amu“ romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Dastlabki dostoni — „Bizning avlodlar“ Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida hikoya qiladi. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Keyinchalik „Chinor“, „Opa-singillar“ va „Boʻronlarda bordek halovat“ asarlarida ham bu oʻz aksini koʻrsatadi.
Tarjimai holi
Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Fargʻona shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Asqad Muxtor 11 yoshida ota-onasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalanadi. Maktabni tugatgach Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitetni 1942-yilda tugatgan. 1957—1969-yillarda Oʻzbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. Asqad Muxtor „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishlagan. Andijon pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasini mudiri boʻlib xizmat qilgan. Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—1945). „Yosh Leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945—1948). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957—1969, 1985—1988), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „Sharq yulduzi“ (1960—1965), „Guliston“ (1969—1980) jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1981—1982) boʻlib faoliyat olib borgan. Asqad Muxtor 1996-yilning 17-aprelida Toshkenda vafot etgan.
Ijodi
Asqad Muxtorning „Poʻlat quyuvchi“ poemasi va „Daryolar tutashgan joyda“, „Opa-singillar“, „Tugʻilish“ asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Chinor“ romanida esa mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.
Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amu“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.
Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta — „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ning tashkilotchilaridan biri boʻldi. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.
Sheʼriyat
„99 miniatyura“, „Sheʼrlar“ va „Sirli nido“ va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.
She'riy to‘plamlari
„Poʻlat quyuvchi“ (1947)
„Hamshaharlarim“ (1949)
„Rahmat, mehribonlarim“ (1954)
„Chin yurakdan“ (1956)
„99 miniatyura“ (1962)
„Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964)
„Sheʼrlar“ (1966)
„Quyosh belanchagi“ (1971)
„Sizga aytar soʻzim“ (1978)
„Sirli nido“ (1984) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi.
Proza
Qissalar
„Daryolar tutashgan joyda“ (1950),
„Qoraqalpoq qissasi“ (1958),
„Buxoroning jin koʻchalari“ (1980),
„Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982),
„Kumush tola“ (1987);
Romanlar
„Opa-singillar“ (1955),
„Tugʻilish“ (1960),
„Davr mening taqdirimda“ (1964),
„Chinor“ (1969),
„Amu“ (1984);
Pyesalar
„Mardlik cho(qqisi“ (1948),
„Yaxshilikka yaxshilik“ (1949),
„Zar qadri“ (1978),
„Samandar“ (1978);
Hikoyalar toʻplami
„Hayotga chaqiriq“ (1956),
„Dunyo bolalari“ (1962);
Boshqa asarlari
„Analhaq“,
„Chodirxayol“,
„Insonga qulluq qiladurmen“ (1994, toʻplam),
„Toʻqqizinchi palata“ (hikoya),
„Uyqu qochganda“ (1997, soʻnggi kitobi. U adibning insoniyatga qoldirilgan vasiyatdek yangraydi),
„Adolat“ (Ertak qahramonlari: Tul kampir, uning arzanda qizi, choʻri qiz Adolat, oʻn ikki birodar (oylar)),
„Hafta“,
„Poʻlatjon yuz tup koʻchat ekmoqchi“ kabi sheʼrlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.
Tarjimalar
Asqad Muxtor jahonning Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari buyuk adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi va oʻzbek kitobxonlarining mehriga sazavor boʻldi.
Adabiyotlar
Togʻaev O. Asqad Muxtor. Toshkent. „Toshkent“, 1966.
Sayimov B. Asqad Muxtor prozasi. Toshkent. „Fan“, 1969.
Sharafiddinov O. Ijodning katta yoʻlida. „Isteʼdod jilolari“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976.
Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent: „Oʻqituvchi“, 1999.
Manbalar
1920-yilda tugʻilganlar
1997-yilda vafot etganlar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar |
2,868 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Said%20Ahmad | Said Ahmad | Said Ahmad, asl ismi Saidahmad Husanxoʻjaev — Mashhur oʻzbek adibi.
Adib Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida dunyoga kelgan.
Bolaligi
1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida tugʻilgan. Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda „Mushtum“ jurnalida ishladi. 1942-1943-yillarda respublika radiosida, 1943-1947-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, 1948-1950-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Adib „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan, „Buyuk xizmatlari uchun“, „Doʻstlik“ ordenlari bilan mukofotlangan.
Asarlari
Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning „Choʻl burguti“, „Lochin“, „Boʻston“, „Toʻyboshi“, „Jimjitlik“, „Turnalar“, „Hayqiriq“, „Alla“, „Muhabbatning tugʻilishi“, „Qorakoʻz Majnun“ singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning „Sobiq“, „Qoplon“, „Oʻrik domla“, „Mening doʻstim Babbaev“, „Muzey“, „Boʻri ovi“, „Xandon pista“ kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tatqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
Uning qishloq mavzusidagi „Qadrdon dalalar“ (1949), „Hukm“ (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan „Qirq besh kun“, „Hijron kunlari“ (1964), „Ufq boʻsagʻasida“ (1969) romanlaridan iborat „Ufq“ trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan „Jimjitlik“ (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan „Sherzod va Gulshod“ (1945), dunyoning yetti burchiga yoyilgan „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1976), yolgʻiz moʻysafidning ruhiy iztiroblari aks ettirilgan „Kuyov“ (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy mahoratlaridan dalolatdir.
Vafoti
Said Ahmad 2007-yilning 5-dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
Hikoyalar toʻplami
Said Ahmadning birinchi hikoyalar toʻplami — "Tortiq" (1940). "Er yurak" (1942), "Fargʻona hikoyalari" (1948), "Choʻl burguti" (1960), "Choʻl oqshomlari", "Odam va boʻron" toʻplamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros bilan aks ettirilgan. Said Ahmad oʻz hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulomning yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmdan oʻrganishga intilgan va ular ijodi Said Ahmadning yozuvchi boʻlib yetishishida „darslik“ vazifasini oʻtagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifatida tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yoʻnalish muhim oʻrin tutadi. Uning yumoristik mahorati "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1976), "Kuyov" (1986) komediyalarida yorqin namoyon boʻlgan. „Kelinlar qoʻzgʻoloni“dagi xalqona yumor bilan yoʻgʻrilgan Farmon bibi millat mentalitetini, oʻzligini, kuchli va ojiz jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga koʻtarilgan.
"Ufq" trilogiyasi
"Ufq" trilogiyasi (1964-1974) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. „Ufq“ romani XX-asr millat hayotining oʻn yillik davri — Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, oʻziga hos ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
"Jimjitlik" romani
Jimjitlik (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojeiy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, „bebosh“ ifoda tarzi bilan jozibalidir.
Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari
Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi oʻzgarishlar haqida koʻplab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, joʻshqin lirik hikoyalar yaratdi. "Xandon pista" (1994), "Bir oʻpichning bahosi" (1995) hajviy toʻplamlari, "Yoʻqotganlarim va topganlarim" (1998), "Qorakoʻz majnun" (2001), "Kiprikda qolgan tong" (2003) kitoblari, 3 jildli „Tanlangan asarlari“ (2000) chop etildi. „Yoʻqotganlarim va topganlarim“da Gʻafur Gʻulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va boshqa bir qator zabardast oʻzbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy boʻyoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tufayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi "Qorakoʻz majnun", "Ot bilan suhbat", "Azroil oʻtgan yoʻllarda" hikoyalari, qatagʻon davri xotiralari bilan bogʻliq. "Borsa kelmas darvozasi", "Taqdir, taqdir...", "Oftoboyim" hikoyalari, adibning oʻzi yaqindan muloqotda boʻlgan ustoz adiblar, tengdoshlari, shogirdlari va nihoyat, oʻz hayot va ijod yoʻli haqidagi xotira esselari mustaqillik davri oʻzbek adabiyotida muhim hodisa boʻldi.
Said Ahmadgagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuygʻular, begʻubor hazil mutoibalar bilan yoʻgʻrilgan xotira esselar bu janrning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi namunalari qatorida turadi. Felyeton janrida ham samarali ijod qilgan. 1947-yil „xalq dushmani“ sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan soʻng oqlangan. „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Kuyov“ komediyalari hozirgi Oʻzbek milliy akademik teatrida, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ dunyoning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. „Ufq“ asari asosida dramalar, „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida "Muhabbat mojarosi" filmi (1970) va boshqalar yaratilgan. "Doʻstlik" (1996), "Buyuk xizmatlari uchun" (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.
Adabiyot
Normatov U., Sayd Ahmad [Adabiy portret], T., 1971; Gʻafurov I., Prozaning shoiri, T., 1984.
Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
Karimov N.va boshqalar 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi.-T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Q. Yoʻldoshev va boshqalar Adabiyot (6-sinf). -T.: „Oʻqituvchi“, 2000.
Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; Tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorakoʻz majnun, T., 2001; Kiprikda qolgan tong, T., 2003.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari |
2,869 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Shukrullo | Shukrullo | Shukrullo (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1921.2.9, Toshkent — 2020-yil 19-iyul) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Shukrullo Yusupov 1921-yil 2-sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi – Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli shifokor boʻlgan. Onasi – Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan. Shoir pedagogika bilim yurti (1935–1938) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938-yil Qoraqalpogʻistonda, 1939–1945-yillarda Toshkentda oʻqituvchilik qilgan. Keyin Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi (1945–1949), Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945–51; 1955–65). 1951-yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).
Sheʼriy toʻplamlari
Ilk sheʼrlar toʻplami – „Birinchi daftar“ (1949). Shundan keyin uning „Qalb qoʻshiqlari“ (1949), „Hayot ilhomlari“ (1959), „Umrim boricha]]“ (1960), „Inson va yaxshilik“ (1961), „Inson – inson uchun“ (1964), „Zarralar“ (1973), „Suyanchiq“ (1977), „Yashagim keladi“ (1978), „Sening baxting“ (1988), „Toʻkilgan dardlarim“ (2001) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Shukrullo lirik sheʼrlarida sevgi va vafo, mehr va oqibat singari insoniy qadriyatlarni ulugʻlab, kitobxonda yalqovlik, loqaydlik, kalondimogʻlik, hasadgoʻylik, gʻarazgoʻylik kabi illatlarga nisbatan nafrat tuygʻusini uygʻotishga intilgan. Lirik qahramonning ruhiy olamida kechgan va kechayotgan evrilishlarni inson va jamiyat, inson va tabiat oʻrtasidagi uzviy aloqani tasvirlash orqali koʻrsatib bergan.
Ijodi
Shukrullo „Chollar“ (1948), „Rossiya“ (1956), „Ikki qoya]]“ (1964), „Tong otari“ (1966), „Gul va otash“ (1972), „Koʻngil chirogʻi“ (1975), „Asr bahsi“ (1985) va boshqa dostonlarni yozgan. Shoirning bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklari „Bahor sovgʻasi“ (1962), „Yulduzlar“ (1964) sheʼriy toʻplamlaridan oʻrin olgan. „Xatarli yoʻl“ (1962), „Tabassum oʻgʻrilari“ (1964), „Toʻydan keyin tomosha“ (1980), „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ (1982), ustoz yozuvchilarning ijodi tajribalari toʻgʻrisida bahs yurituvchi „Javohirlar sandigʻi“ (1983) essesi, qatagʻon davri dahshatlari haqidagi „Kafansiz koʻmilganlar“ (1989) avtobiografik qissasi, „Qasosli dunyo“ (1994) publitsistik maqolalar toʻplami, Ubaydulla Xoʻjayev toʻgʻrisidagi „Tirik ruhlar“ (1999) roman-xronikasi muallifi. Shukrulloning „Xatarli yoʻl“, „Tabassu oʻgʻrilari“, „Unsiz faryod“, „Toʻydan keyin tomosha“, „Janjal“, „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ singari sheʼriy, nasriy dramalari bor.
Shukrullo Karlo Gotssining „Baxtiyor gadolar“ pyesasi, Shukrullo Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz tillarida nashr etilgan.
Nashr qilingan asarlari
1958-yilda bir jildlik, 1973-yilda 2 jildlik, 1977-yilda „Javohirlar sandigʻI“ badia-kitobi, 1981-yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997-yilda „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ dramalar toʻplami chop etildi. 1991-yilda „Kafansiz koʻmilganlar“ va rus tilida (Moskvada) „Krik dushi“ pyesalar toʻplami bosildi. 1999-yilda „Tirik ruhlar“, 2002-yilda „Ogʻir kunlar sevinchi“ qissa va romanlari nashr etildi.
Mukofotlari
Shukrullo „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1994). „Doʻstlik“ (1994) va „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Asarlari
Shukrullo. Kafansiz koʻmilganlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991.
Shukrullo. Tirik ruhlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼatnashriyoti, 1999.
Shukrullo. Izbranniye stixotvoreniya. Moskva. „Xudojestvennaya literatura“, 1987.
Adabiyot
Rahimjonov Nuʼmon. Shoir va davr. Monografiya. T.: „Fan“, 1983.
Umrboqiylik (Shukrullo hayoti va ijodi haqidagi maqolalar toʻplami). T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2002.
Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1973–1974; Oʻgʻrini qaroqchi urdi (pyesalar), T., 1995; Tirik ruhlar, T., 1999; Toʻkilgan dardlarim, T., 2001; Ogʻir yillar quvonchi, T., 2003.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston xalq shoirlari
Navoiy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
2020-yilda vafot etganlar
Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari |
2,870 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirmuhsin | Mirmuhsin | Mirmuhsin (toʻliq ismi Mirmuhsin Mirsaidov, 1921.03.05, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Mirmuhsin Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
Sheʼrlari
Shoir Mirmuhsinning ilk toʻplamlari „Er yurak“, „Vatan“ (1942). U koʻplab sheʼrlar, „Usta G’iyos“, „Doʻlan“ (1947), „Yashil qishloq“ (1948), „Qadrdonlar“ (1954), „Shiroq“ (1967), „Nevara“ singari dostonlar, „Adib va Ziyoda“ (1957) kabi sheʼriy roman muallifi.
Asarlari
Oʻzbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida ham oʻziga xos oʻringa ega. Uning „Dorbozlar“ (1956), „Jamila“ (1957), „Hikoyalar“ (1959), „Qizil durralar“ (1961), „Sozanda“ (1963) singari hikoya va qissalar toʻplamlari bor. „Arab hikoyalari“, „Iskandariya koʻrfazi“, „Moʻtilal“, „G’urbatdagi odam“, „Chodrali ayol“ hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi. Mirmuhsinning uch jildlik (1971-1973), toʻrt jildlik (1981-1984) asarlari toʻplami chop etilgan.
Romanlari
Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning „Chiniqish“ (1964), „Dagrez oʻg’li“ (1973), „Umid“ (1974), „Meʼmor“ (1974), „Chotqol yoʻlbarsi“ (1977), „Ildizlar va yaproqlar“ (1981), „Temur Malik“ (1986), „Ilon oʻchi“ (1995), „Turon malikasi“ (1998) romanlari bir necha bor koʻp tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga „Umid“ va „Meʼmor“ romani katta obroʻ keltirdi. „Me’mor“ romanida hayot oʻta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning isteʼdod va izlanishlari shu romanlarda koʻzga aniq tashlanadi.
Mukofotlari
Mirmuhsin Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1974), „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ (1981).
Nashr qilingan asarlari
Mirmuhsin. Meʼmor. T.: „Sharq“ — 2001.
Mirmuhsin. Temur Malik. T.: Adabiyot va sanʼat — 1986.
Adabiyot
Normatov U., Abdullayev O. Ijodning qoʻsh qanoti. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1981.
Nasriddinov F. Mirmuhsin. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1962.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari
Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari |
2,871 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Odil%20Yoqubov | Odil Yoqubov | Odil Yoqubov — oʻzbek sovet adabiyoting yirik vakili, 1926-yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951–1956-yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan. Yoqubov 1985-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan.
Faoliyati
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955-59), „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959-63; 1967-70), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir (1963-67), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970-82), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1982-87), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987-91), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1991 yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi vitseprezidenti (1995 yildan).
Ijodi
Dastlabki asari – „Tengdoshlar“ qissasi 1951-yilda eʼlon qilingan. „Dastlabki qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961) qissa va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. „Muqaddas“ qissasida (1960) yozuvchining chinakam yozuvchiga xos uslubi va yoʻli namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er boshiga ish tushsa…“ romani (1966) Ikkinchi jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“ (1970) qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek xazinasi“ romani (1973) olim va hukmdor Ulug'bek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi nur va zulmat oʻrtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli taqdirlar, fojialar koʻp, ammo optimistik ruh - inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982) romanida oʻrta asrda yashab, jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq qushlar, oppoq qushlar“ (1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, xarakterlari ham turlicha boʻlsa-da, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga oʻxshaydilar. Ular nobop tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi. Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi kerak“ (1958), „Olma gullaganda“ (1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“ (2000) kabi pyesalar, „Dilbarim“, „Bahor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. O. Yoqubovning „Tengdoshlar“ nomli birinchi qissasi 1951-yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi „Muqaddas“, „Tilla uzuk“, „Bir feleton qissasi“, „Larza“, „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“, „Izlayman“, „Billur qandillar“ kabi pishiq qissalar eʼlon qildi.
O. Yoqubovning „Er boshiga ish tushsa...“, „Ulugʻbek xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. O. Yoqubov qalamiga mansub „Chin muhabbat“, „Olma gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim“, „Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri“, „Bir koshona sirlari“ kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifadida ham nom qozongan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), "Doʻstlik" (1994), "El-yurt hurmati" (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.
Asarlari
O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-1987.
O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978.
Adabiyotlar
Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.
Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.
Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari |
2,872 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Pirimqul%20Qodirov | Pirimqul Qodirov | Pirimqul Qodirov — oʻzbek yozuvchisi. 1928-yil 25-oktyabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi.
1951-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi — „Studentlar“ 1950-yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi „Uch ildiz“ romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959-yilda Moskvada rus tilida chop etildi.
Ijodi
Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti „Qora koʻzlar“ (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov „Qadrim“ (1963), „Erk“ (1969), „Meros“ (1975) qissalari, „Olmos kamar“ (1977) romani muallifi.
Soʻng oʻttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uygʻotadigan „Yulduzli tunlar“ (1978), „Avlodlar dovoni“ (1988), „Ona lochin vidosi“ (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan.
Olim Pirimqul Qodirov „Til va dil“ (1973), „Xalq tili va realistik proza“ (1974) singari ilmiy, „Oʻylar“ (1971), „Qalb gavhari“ (2001) badia kitoblar muallifi.
Tarjimalari
Pirimqul Qodirov Lev Tolstoyning „Kazaklar“ qissasi, Konstantin Fedinning „Ilk sevinchlar“, X. Deryaevning „Qismat“ romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan.
Unvonlari
Pirimqul Qodirov 1990-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1988-yilda Pirimqul Qodirovga „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni, 1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi.
Hamza nomidagi O'zbekiston SSR davlat mukofoti (1981) — "Yulduzli tunlar" romani uchun
SSSR yozuvchilar uyushmasi mukofoti (1983) — "olmos kamari" romani uchun
"Shuhrat" Medali (1994)
„El-yurt hurmati“ ordeni (1998)
Orden „Buyuk xizmatlari uchun“ (2006)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2017, vafotidan keyin)
Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1988)
Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
Asarlari
P. Qodirov „Yulduzli tunlar“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1977-1979.
P. Qodirov „Avlodlar dovoni“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989.
P. Qodirov „Ona lochin vidosi“. T.: „[Sharq]“, 2001.
Manbalar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari |