text
stringlengths
1
1.49M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
21
684
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda Joriy yilning 26-fevral kuni Respublikamiz bo‘ylab "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi Ma’lumot o‘rnida: tanlovda ishtirok etish hozirga qadar 6442 ta maktab ro‘yxatga olingan. Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo‘llanma olishadi. Bundan tashqari, tanlovning tuman bosqichida: 1-o‘rinni egallagan maktab jamoasi 100 million, 2-o‘rinni egallagan maktab jamoasi 75 million, 3-o‘rinni egallagan maktab jamoasi esa 50 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritadi.
2024-02-23
https://gov.uz/uzedu/news/view/6725/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-O‘zbekiston yoshlar innovasion markazi hamkorligida suv va elektr energiyani tejash bo‘yicha ENE Kids loyihasining pilot dasturi muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Oila a’zolari bilan hisoblaganda jami 1626 kishi qamrab olindi. Bugun pilot dasturining yakunlanishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Energetika vaziri o‘rinbosari Akmal Jumanazarov, vazirlik mas’ullari hamda dastur ishtirokchilari qatnashishdi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu dastur o‘quvchilarga: energiya va suvdan unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi; butun mamlakat ko‘lamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini ko‘rsatadi. Natijalardan shuni ko‘rish mumkin-ki, agar bu loyiha barcha maktablarga joriy etilsa, bir haftada mamlakatimizdagi eng yirik Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi ishining bir kunlik ishini tejash mumkin, suv esa, har hafta bir olimpiya stadioniga ketadigan suv tejab qolinishi mumkin. Ta’kidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni yechishda o‘z hissalarini qo‘shishlariga ko‘maklashadi. Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining o‘qituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi.
2024-02-24
https://gov.uz/uzedu/news/view/6723/
Samarqandda ta’limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan viloyat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va mas’ullar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda Usmon Sharifxodjayev Shahzod Eshonqulovning Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlov buyrug‘ini o‘qib eshittirdi va uning kelgusi ishlarida omad tiladi. Unda Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5-fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, maktablarda kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi. O‘quvchilarning darslarga ishtiroki, davomatni yaxshilash borasida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik borasida mutasaddilarga topshiriqlar berildi
2024-02-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/6719/
Joriy o‘quv yilidan Furqat tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham sinov tariqasida "Farg‘ona ta’lim tajribasi" ni tatbiq etish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni kunlarda ushbu bilim dargohida 225 nafar o‘quvchilar "Farg‘ona tajribasi" asosida tahsil va tarbiya olishmoqda. Viloyat hokimi tashabbusi bilan muassasada ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish maqsadida maktab uchun navbatdagi zamonaviy jihozlar yetkazib berildi. Eng so‘nggi rusumdagi 6 ta sensorli interaktiv va 7 ta magnitli doskalar hamda 5 ta robototexnika jamlanmalari o‘quv jarayonlarida foydalanish uchun ta’lim maskaniga topshirildi. Bir muddat avval tuman hokimligi tomonidan bu maktab uchun ayni maqsadda 122 million so‘mlik jihozlar ham yetkazib berilgan edi. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘riklarga muassasa o‘quvchilari fanlarn a’lo baholarga o‘zlashtirish va namunali hulqlari bilan javob berishga astoydil harakat qilishmoqda. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
2024-02-25
https://gov.uz/uzedu/news/view/6722/
Ta’lim jarayonida xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi. Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida tartibga solinadi. Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni "ovozsiz" rejimga o‘tkazishi) shart. Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da ham o‘quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog‘liq talablar belgilangan. Xorijiy tajriba qanday? Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan. Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi. Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan. London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.
2024-02-28
https://gov.uz/uzedu/news/view/6718/
H.Umarovaning viloyatdagi navbatdagi tashriflaridan Xiva tumanidagi 120 o‘rinli 18-maktab va 1-sonli DMTT, Xiva shahrida 1972-yilda qurilgan 280 o‘rinli 8-sonli DMTTlar o‘rin oldi. Vazir mazkur joylarda ta’lim-tarbiya jarayonlari, binolar holati, kadrlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Viloyatda 557 ta maktab faoliyat ko‘rsatmoqda, shulardan 438 tasida harbiy sinflar tashkil etilgan. Vazir harbiy o‘qituvchilar bilan suhbat chog‘ida ularning faoliyati ham harbiylarnikidek mas’uliyatli va sharafli ekanligini e’tirof etdi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 973 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan 366 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 95 ta davlat xususiy sherikchiligidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 7 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 505 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. 3-7 yoshdagi bolalar soni 153 976 nafar bo‘lib, ularning 125 000 nafari (81.2 %) qamrab olingan. Shundan, 75 865 nafari (49,3%) davlat, 240 nafari (0,2%) xususiy, 10 418 nafari (6,8%) DXSH asosidagi, 38 477 nafari (25,0%) oilaviy MTT larga qatnaydi.
2024-02-26
https://gov.uz/uzedu/news/view/6720/
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida suhbat olib borishdi. Xususan: Singapurning ta’lim sohasidagi tajribasi asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish, dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish, maktab ta’limi sohasida sun’iy intellekt bilan ishlash yo‘nalishini o‘rganib chiqish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida kelgusida yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
2024-03-01
https://gov.uz/uzedu/news/view/6815/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi tomonidan poytaxtimizdagi 298-umumta’lim maktabida “Maktab kutubxonasi ishini tashkil etishga zamonaviy yondashuv” mavzusida amaliy-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz hamda Toshkent shahar Bolalar kutubxonasi mas’ullari tomonidan Toshkent shahridagi metodistlar va tayanch kutubxonachilar uchun kasb mahoratini oshirishga doir dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, bibtexnika vositalaridan foydalanish bo‘yicha maktab kutubxonachilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berib o‘tildi.
2024-03-02
https://gov.uz/uzedu/news/view/6935/
Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida joriy yilning mart-aprel oylarida 10 ming 284 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-18 yoshdagi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi. Hozirda tibbiy-ko‘rikdan o‘tgan o‘quvchilardan my.sport.uz platformasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar qabuli boshlangan. Shoshiling, Siz ham o‘zingizning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik imkoniyatlaringizni sinovdan o‘tkazing, sport sinovlarini topshiring va imtiyozlarga ega bo‘ling. “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma’lumotni Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilaridan olishingiz mumkin.
2024-03-03
https://gov.uz/uzedu/news/view/6934/
Savol: Men o‘z metodik ishlarimni ommalashtirish maqsadida maktab Pedagogik kengashiga topshirdim. Agar metodik ishlarim maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsa, ommalashtirish.uz platformasiga o‘z ishlarimni qanday joylashtiraman? Javob: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi”da bu haqida batafsil aytib o‘tilgan. Unga ko‘ra, agar sizning metodik ishingiz Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtirishga loyiq deb topilsa, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi. Bunda quyidagi hujjatlar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi zarur: metodik ishingizga ta’lim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi; ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishingiz (metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi; o‘zingiz to‘g‘ringizda ma’lumotnoma (obektivka) va mutaxassisligingiz bo‘yicha diplom nusxasi. Shundan so‘ng sizning metodik ishlaringiz vazirlikning hududiy bo‘linmalarida tegishli fanlar bo‘yicha tashkil etilgan O‘quv metodik kengashi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
2024-03-04
https://gov.uz/uzedu/news/view/6933/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi. TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo‘lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so‘rovnoma jarayonlarida ishtirok etishadi. Ma’lumot o‘rnida: TALIS (Teaching and Learning International Survey) — o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o‘qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo‘yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat.
2024-03-05
https://gov.uz/uzedu/news/view/7090/
Xabar berganimizdek, bir guruh maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda. Bugungi treninglarda o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, maktab direktorlari uchun o‘quvchining manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish hamda o‘quv dargohida bolalar uchun har tomonlama qulay muhit yaratish haqida so‘z bordi. Kunning ikkinchi yarmida esa ta’limdagi o‘zgarishlar va islohotlarni amaliyotga joriy etishdagi risk va muammolar hamda ta’limda natijaga erishish uchun inobatga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida seminar bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Portsmutdagi kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari 2 hafta davom etadi.
2023-11-21
https://gov.uz/uzedu/news/view/3704/
O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining ijrosini ta’minlash yuzasidan CHORA-TADBIRLAR REJASI
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3769/
O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalarida yashirin iqtisod va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3770/
Savol: Men 2020-yilda o‘tkazilgan majburiy attestatsiya imtihonlarida qatnashganman. Pedagoglar har 5 yilda malaka sinovlarida qatnashishidan xabarim bor. Ammo maktabimiz direktori o‘rinbosari bu yildan yangi tartib joriy etilayotgani, shuning uchun men ham attestatsiyadan o‘tishim kerakligini aytyapti. Shu to‘g‘rimi? Javob: Yo‘q, maktab rahbariyatining bu talabi o‘rnatilgan tartibga mos emas. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomda bu haqida aniq yozib qo‘yilgan. Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagog kadrlar har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Agar pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan holda mavjud malaka toifasini oshirishni istasa, navbatdagi attestatsiya jarayonlarida o‘z ixtiyorlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Bu bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Eslatma: Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga o‘z muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
2024-01-17
https://gov.uz/uzedu/news/view/4974/
2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni kasbga tayyorlash yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi: maktablarda 1-11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etildi; har bir tuman (shahar)da bittadan, jami 208 ta maktabda 17 082 nafar (8 454 nafari qizlar, 49,5 foiz) 10-sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatish tizimi joriy etildi; 10-sinflar uchun “Kasbiy ta’lim” fani joriy etildi va ushbu fanga haftasiga 2 o‘quv soati ajratildi; o‘quvchilarga 15 ta ishchi kasb, 4 ta tadbirkorlik, 8 ta axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi; o‘quvchilarni kasb va mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 1,8 mln nafardan ortiq o‘quvchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va agrotexnologiya yo‘nalishidagi korxonalarga 9 709 ta ekskursiya, 4 563 ta seminar, 27 259 ta uchrashuvlar tashkil etildi; olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 112 856 nafar 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga jalb qilindi; Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-son umumta’lim maktabining o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi.
2024-01-02
https://gov.uz/uzedu/news/view/4654/
A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi? A-level imtihonini topshirish istagida bo‘lgan talabgordan shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi; amaldagi pochta va telefon raqami; ta’lim olayotgan muassasa haqidagi ma’lumot (maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi); imtihon topshirishni istagan fanlar ro‘yxatini tanlash talab etiladi. A-level imtihonlariga qanday ro‘yxatdan o‘tiladi? Imtihonlarda ishtirok etish uchun o‘z hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARIga murojaat etishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 21-fevraliga qadar davom etadi. Batafsil
2024-02-02
https://gov.uz/uzedu/news/view/5551/
Men navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun pedkadr.uzedu.uz manzili orqali ariza yuborganman. Ammo hozirga qadar bu arizamga hech qanday javob berilgani yo‘q. Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi? Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi. Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi. Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi. Ma’lumot uchun: navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov miqdori: davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m); pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m); yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m)ni tashkil etadi.
2024-02-03
https://gov.uz/uzedu/news/view/5534/
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda); Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq: 5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi; 10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi; "Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi. 2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi. 2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi
2024-02-04
https://gov.uz/uzedu/news/view/5522/
Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi. Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi. Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas. Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati
2024-02-05
https://gov.uz/uzedu/news/view/5518/
Savol: Attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda pedagoglar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko‘riladi? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi. Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
2024-02-12
https://gov.uz/uzedu/news/view/5792/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida vazir Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar: “Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan milliy baholash tizimini yaratish, soha mutaxassislari malakasi va tajribasini oshirish” hamda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihalarini muhokama qilishdi. Tadbir yakunida Vazirlik va Jahon Banki kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirish va ularni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirishdi.
2024-02-13
https://gov.uz/uzedu/news/view/5791/
Men shu oy boshida tug‘ruq ta’tilidan ishga qaytdim. Maktab direktori o‘rinbosarining aytishicha, ma’lum muddat ish jarayonlaridan uzilib qolganligim sababli kasbiy sertifikatlashdan o‘tishim majburiy ekan, shu to‘g‘rimi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”da bu haqida batafsil keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, quyidagi pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi: homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida; pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar); uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida; uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.
2024-02-16
https://gov.uz/uzedu/news/view/6188/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Respublika ta’lim markazining “Tasviriy san’at va chizmachilik” fanlari bo‘yicha Ilmiy metodik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ullari, Tasviriy san’at fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, Respublika ta’lim markazi metodisti ishtirok etishdi. Bugungi Ilmiy kengashda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf Tasviriy san’at fani o‘quv dasturi muhokama qilindi. Jumladan: Dasturga kiritilgan yangi “Mening yurtim” mavzusi orqali vatanparvarlik, Sketchbook dasturida ishlash mavzusida AKT savodxonligi, O‘zbekiston tasviriy va amaliy bezak san’ati, O‘zbekiston va jahon tasviriy san’ati namoyondalari, Sharq miniatyura san’ati, Grizayl, Badiiy shrift, Me’morchilik kabi mavzular o‘quvchilarni har jihatdan tasviriy va ma’naviy bilimdon, barkamol bo‘lib yetishishlarida muhim o‘ringa egaligini ta’kidlandi. Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi. Kengash davomida mutaxassislar tomonidan o‘quv dasturda Tasviriy san’at fanini o‘qitishda o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
2024-02-17
https://gov.uz/uzedu/news/view/6187/
17-18-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o‘quvchilar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
2024-02-19
https://gov.uz/uzedu/news/view/6186/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamkorligida kasbiy rivojlanish kurslariga start berildi. Ushbu treninglarda Respublikamiz bo‘ylab 66 nafar ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda. Kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari davomida: baholash va monitoring qilish, o‘qish jarayonini rejalashtirish, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, sinfni boshqarish kabi mavzularda so‘z bormoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad yurtimizda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish va ularda zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Kasbiy rivojlanish seminarlari joriy yilning 17 martiga qadar davom etadi.
2024-02-20
https://gov.uz/uzedu/news/view/6185/
Uchqo‘rg‘on tumanidagi 2-maktabning informatika fani o‘qituvchisi Dilshodbek Muxtorov ko‘plab shogirdlar yetishtirayotgan, o‘quvchilari yutuqlarga erishayotgan ustozlarimizdan biri hisoblanadi. Faoliyati orqasidan 12 mln so‘m maosh olayotgan pedagog Dilshodbek Muxtorov yaqinda yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. U informatika va robototexnika xonalarini o‘z hisobidan 16 dona parta, 40 ta stul va boshqa zamonaviy jihozlar bilan ta’minladi. Ustozimiz bu orqali yoshlarimizning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishni maqsad qilgan.
2024-02-21
https://gov.uz/uzedu/news/view/6728/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida sohada uzoq yillar davomida mehnat qilib kelgan pedagoglar "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev yurtimizda so‘nggi yillarda pedagoglarning nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng tizimda faoliyat yuritayotgan 8 nafar ustoz-pedagoglarga I va II darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda so‘z olgan mehnat faxriylari ham sohadagi ijobiy o‘zgarishlarni alohida e’tirof etib, ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.
2024-02-22
https://gov.uz/uzedu/news/view/6726/
Aziz ota-onalar! Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi? Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz (https://www.maktab.uz/) platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling. Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul! Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin. Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.
2024-01-04
https://gov.uz/uzedu/news/view/4653/
Bugun onlayn olimpiada bahslarida 6-, 9-sinf o‘quvchilari qatnashadi Joriy yilning 3-yanvaridan boshlangan hamda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari davom etmoqda. Belgilangan tartibga ko‘ra, bugun umumta’lim maktablarining 6-, 9-sinf o‘quvchilari tegishli fanlar doirasida ushbu bahslarda ishtirok etmoqda. Olimpiada jarayonlari soat 19:00 ga qadar davom etadi. Onlayn olimpiada bahslari bilan batafsil olympiad.uzedu.uz manzilida tanishishingiz mumkin.
2024-01-05
https://gov.uz/uzedu/news/view/4655/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun o‘quv yig‘ini tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etishdi va seminar ishida omad tilashdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarini bilim va malakasini oshirish, jangovor shayligini sinovdan o‘tkazish va vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishdan iborat. Ma’lumot uchun: mashg‘ulotlar 5 kun davom etadi, ishtirokchilar uchun “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etish rejalashtirilgan. "Temurbeklar maktabida" bo‘lib o‘tayotgan ushbu o‘quv yig‘inida Respublikamiz bo‘ylab 57 nafar CHQBT fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda. Kelgusida ular o‘z hududlaridagi ustozlar uchun o‘quv-yig‘inlarini tashkil etishlari ko‘zda tutilgan.
2024-01-05
https://gov.uz/uzedu/news/view/4658/
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Robo-Coding” olimpiadasining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etishdi hamda g‘oliblarni samimiy tabriklashdi. Agentlik tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida ikki bosqichli “lider o‘qituvchilar” olimpiadasi tashkil etildi. Ushbu olimpiadaning birinchi (hududiy) bosqichi 2023 yil 25 noyabr kuni hududlarda o‘tkazilib, ushbu jarayonda har bir maktabdan 6 nafardan (3 nafar matematika, 3 nafar kimyo) jami 927 nafar o‘qituvchi ishtirok etishdi. Bunda har bir hududdan 6 nafardan (3 nafar matematika, 3 nafar kimyo) jami 84 nafar o‘quvchi ikkinchi (Agentlik) bosqichda ishtirok etish uchun saralab olindi. Olimpiada natijalariga ko‘ra matematika fanidan birinchi o‘ringa Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov, ikkinchi o‘ringa Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov, uchinchi o‘ringa esa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov loyiq deb topildi. Kimyo fanidan o‘tkazilgan sinovlarda esa, birinchi o‘rinni Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov, ikkinchi o‘rinni Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qiuvchisi Omadillo Zokirov, uchinchi o‘rinni Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchilar ushbu fanlarning Ilmiy qo‘mitasi (Scientific Committee) a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi. Ilmiy qo‘mita a’zoligi sertifikati bir yil uchun beriladi hamda ular joriy yil davomida mahallaiy va xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash, olimpiada materiallarini ishlab chiqish va olimpiadalarning tashkil etishda ishtirok etishadi. Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy va eksperimental qobiliyatini rivojlantirish hamda qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha ikki bosqichli Robo-kodlash olimpiadasi tashkil etildi. Robo-kodlash olimpiadasining Respublika bosqichi joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi. Ushbu olimpiadaning birinchi (hududiy) bosqichi 2023 yil 9-dekabr kuni hududlarda o‘tkazilib, ushbu jarayonda har bir maktabdan 4 nafardan o‘quvchi 2 ta jamoa (birinchi jamoa 5-6-7-8-sinf o‘quvchilari, ikkinchi jamoa 9-10-11-sinf o‘quvchilari) shaklida jami 700 nafardan ortiq o‘quchi ishtirok etishdi. Bunda har bir hududdan 4 nafardan 2 ta jamoa jami 56 nafar o‘quvchi ikkinchi (Agentlik) bosqichda ishtirok etish uchun saralab olindi. Mazkur olimpiadaning ikkinchi (Agentlik) bosqichi joriy yilning 5 yanvar kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazildi. Olimpiada natijalariga ko‘ra 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda birinchi o‘rinni Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jaxongir Jo‘rayev, ikkinchi o‘rinni Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinxaydarov va Malika Xojamuratova, uchinchi o‘rinni esa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov qo‘lga kiritishdi. 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bahslarda esa birinchi o‘rinni Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abduraximov, ikkinchi o‘rinni Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev, uchinchi o‘rinni esa Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev qo‘lga kiritishdi.
2024-01-06
https://gov.uz/uzedu/news/view/4774/
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin. Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali: Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi; shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi; attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin. Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda. Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.
2024-01-08
https://gov.uz/uzedu/news/view/4773/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv yig‘inining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov o‘qituvchilarni o‘quv yig‘inida muvaffaqiyatli ishtirok etishgani bilan tabriklashdi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusi ishlarida omad tilashdi. Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun 5 kun davom etgan seminarlar davomida, jumladan: Taym menejment-vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va boshqarish, Harbiy topografiya va uning ahamiyati, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish haqida so‘z bordi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi”ga ekskursiyalar ham tashkil etildi. Ma’lumot o‘rnida: "Temurbeklar maktabi"da bo‘lib o‘tgan ushbu o‘quv yig‘inida Respublika
2024-01-09
https://gov.uz/uzedu/news/view/4772/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi. Unda sohada ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarining zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda ish olib borishini ta’minlash muhimligiga alohida urg‘u berildi. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy boshqarma boshliqlariga o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv hududlar kesimida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.
2024-01-09
https://gov.uz/uzedu/news/view/4771/
Axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Raqamli avlod" oromgohining qishki mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Yopilish marosimida oromgoh doirasida o‘tkazilgan musobaqalar g‘oliblari hamda ishtirokchilar sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Ma’lumot o‘rnida: mazkur oromgohda 5000 nafardan ortiq yoshlar onlayn, 100 nafar IT sohasiga qiziquvchi yoshlar esa offlayn formatda ishtirok etishdi.
2024-01-10
https://gov.uz/uzedu/news/view/4775/
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrda 692-son qarori asosida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda. Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Hozirga qadar bu kabi o‘quv seminarlari Xorazm viloyati (2500 nafar), Buxoro viloyati (1 140 nafar), Sirdaryo viloyati (280 nafar), Toshkent viloyati (1 600 nafar), Samarqand viloyati (2 400 nafar) doirasida onlayn shaklda, Toshkent shahri (340 nafar) doirasida oflayn shaklda tashkil etildi. Ushbu seminarlarda umumiy hisobda 10 000 nafarga yaqin, jumladan: 1000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktorlari; 3 000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktori o‘rinbosarlari; 5 000 nafardan ortiq umumta’lim maktablar pedagoglari; 800 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, bu kabi o‘quv seminarlari bugun — 11-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, ertaga — 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyati doirasida onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur viloyatlar hamda boshqa hududlardagi soha xodimlari ishtirokida tashkil etiladigan o‘quv seminarlari haqidagi ma’lumot (o‘tkazilish vaqti, seminar havola manzili)lar bilan vazirlikning rasmiy kanаllari orqali tanishib borishingiz mumkin.
2024-01-11
https://gov.uz/uzedu/news/view/4856/
20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.
2024-01-14
https://gov.uz/uzedu/news/view/4903/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "Bibtexnika" karvonini hududlarga jo‘natish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bundan ko‘zlangan maqsad umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi. "Bibtexnika" jamlanmasida quyidagilar mavjud: jamlama kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, "cho‘ntakcha", alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi, to‘plam g‘ilofi. Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda umumta’lim maktablarida jami 12 067 nafar kutubxonachilar faoliyat olib bormoqda.
2024-01-15
https://gov.uz/uzedu/news/view/4926/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bora Koreys tili olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda butun Respublikamizdan kelgan o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: Robiya Oybekova - Andijon viloyati, Shahrihon tumani, 1-sonli maktab o‘quvchisi - 1-o‘rinni, Ahmadullo Subhanov - Buxoro viloyati, Buxoro shahri 42-sonli maktab o‘quvchisi - 2-o‘rinni, Kim Artur - Toshkent shahar Mirobod tumani MATES nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchisi - 3-o‘rinni egallashdi. Shuningdek: Muhammad No‘monxo‘jayev - Namangan shahar 34-maktab o‘quvchisi 4-o‘rinni, Diana Razmatova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 35-sonli maktab o‘quvchisi 5-o‘rinni, Iroda Rahimova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 190-sonli maktab o‘quvchisi 6-o‘rinni, Lazokatxon Inagamova - Toshkent shahar, Yashnobod tumani 145-sonli maktab o‘quvchisi 7-o‘rinni, Kim Kristina - Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani 54-sonli maktab o‘quvchisi 8-o‘rinni, Ramzbek Boymurodov - Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 167-sonli maktab o‘quvchisi 9-o‘rinni, Ruxshonaxon Marufova - Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi 10-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi: 1-o‘rin: 6 000 000 so‘m; 2-o‘rin: 4 500 000 so‘m; 3-o‘rin: 3 500 000 so‘m; 4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m. Shuningdek, 1-5-o‘rin sohiblari Koreyaga ta’lim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilmoqda. Bunda barcha mukofot va ta’lim sayohati xarajatlari Koreya ta’lim markazi tomonidan qoplanadi.
2024-01-20
https://gov.uz/uzedu/news/view/5087/
Ayni damda "Ustoz-2021" tanlovi g‘oliblari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda. Ma’lumot o‘rnida: 2021 yilda o‘tkazilgan mazkur tanlovda jami 29 850 nafar pedagog qatnashgan bo‘lib, ulardan 40 nafari finalga yetib kelishgan edi. Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi: "Tashabbuskor ustoz" — Zakir Rozimov; "Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun" —Rayxan Tulyakova; "Umid timsoli" — Mehriniso Norova; "Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi" — Dildoraxon Umurzakova; "Matonatli ustoz" — Nilufar Olimova; "Fidoyi ustoz" — Ulug‘bek Mamajonov; "Mehridaryo ustoz" — Hilola Norova; "Plyus 1" — Iqboljon Kamolov.
2024-01-22
https://gov.uz/uzedu/news/view/5079/
Bu yilgi attestatsiya sinovlaridan bog‘cha tarbiyachilari ham o‘tadimi? Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, attestatsiya imtihonlariga respublikamizdagi barcha davlat maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida mehnat qilayotgan hamda navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagog kadrlar jalb etiladi. Ma’lumot uchun: majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan davlat maktabgacha, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari ham o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.
2024-01-22
https://gov.uz/uzedu/news/view/5086/
Ayni damda "Ustoz-2021" tanlovi g‘oliblari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda. Ma’lumot o‘rnida: 2021-yilda o‘tkazilgan mazkur tanlovda jami 29 850 nafar pedagog qatnashgan bo‘lib, ulardan 40 nafari finalga yetib kelishgan edi. Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan: "Tashabbuskor ustoz" — Zakir Rozimov; "Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun" —Rayxan Tulyakova; "Umid timsoli" — Mehriniso Norova; "Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi" — Dildoraxon Umurzakova; "Matonatli ustoz" — Nilufar Olimova; "Fidoyi ustoz" — Ulug‘bek Mamajonov; "Mehridaryo ustoz" — Hilola Norova; "Plyus 1" — Iqboljon Kamolov.
2024-01-22
https://gov.uz/uzedu/news/view/5118/
Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi? Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi. Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi. Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan: 100 metrga yugurish; joyidan turib uzunlikka sakrash; turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun); yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi. Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.
2024-01-22
https://gov.uz/uzedu/news/view/5115/
Attestatsiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi? Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun: davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m); pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m); yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
2024-01-23
https://gov.uz/uzedu/news/view/5114/
Savol: Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qaysi holatlarda rad etilishi mumkin? Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin: pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi; pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi; so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi; attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno). Eslatma: mazkur asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish mumkin emas.
2024-01-25
https://gov.uz/uzedu/news/view/5561/
Namangan viloyatida “Barkamol avlod bolalari” festivalining tantanali taqdirlash marosi bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ullar ishtirok etib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlarga alohida to‘xtalishdi va ixtirochi, munchoqli bezak yo‘nalishida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan rassom va karving ustalarini e’tirof etishdi. Ma’lumot o‘rnida: festivalning shahar-tuman bosqichlari 35 025 nafar o‘quvchilarni qamrab oldi. Viloyat bosqichida esa 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 84 nafar o‘quvchilar o‘zaro bahslashib, g‘oliblik uchun kurashishdi. Murosasiz kechgan bellashuvda jami 21 nafar o‘quvchilar 1-,2-,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida g‘olib o‘quvchi-yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
2024-01-26
https://gov.uz/uzedu/news/view/5553/
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi. Shu sababdan kelgusi yil 1 yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.
2024-01-29
https://gov.uz/uzedu/news/view/5336/
Mazkur treninglarda OECD, ACER, Westat, cApStAn, OAT, Hallstat tashkilotlari hamda dunyoning 91 ta mamlakati qatorida O‘zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlari ham ishtirok ham etishmoqda. O‘quv seminarlari milliy loyiha menejerlari hamda tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ekspertlar uchun bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 3 fevraliga qadar davom etadigan ushbu xalqaro tadbirda: PISA 2025 tajriba-sinovini tashkil etish, maktablar va ishtirokchilarni tanlab olish, ularning ishtirokini ta’minlash, tadqiqotni o‘tkazish platformasini joriy etish, ma’lumotlarni boshqarish, kognitiv materiallarni kodlashtirish va baholash bo‘yicha ACYeR tizimini o‘rganish kabi masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ACER va Westat tashkilotlari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
2024-01-31
https://gov.uz/uzedu/news/view/5330/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida "Hancom academy" rahbariyati bilan "O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish" hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir Hilola Umarova, "Hancom academy" Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas’ullari ishtirok etishdi. Uchrashuvda "Hancom academy" tomonidan maktablarda AKTdan foydalanish, IT kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027 yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
2024-02-01
https://gov.uz/uzedu/news/view/5550/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy hujjatlarni yangi tahrirda tasdiqlash haqida” 196-son buyrug‘i
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3757/
Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda muassasalarining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mas’ul xodimlari uchun maxsus amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifa va funksiyalari, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari, kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritiladigan korrupsiyaga qarshi qoidalar xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish, xodimlarning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yanada kengroq tushuntirib o‘tildi. Tadbirda berilgan savollar asosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, kontragentlarni tekshirish, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish, xodimlarning korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, «E-Anticor.uz» elektron platformasi, reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlari, savollar jadvali ustunlariga tegishli belgini kiritish, tasdiqlovchi hujjatlarni biriktirish tartib-taomillari aks etgan taqdimotlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning o‘z xizmat vazifasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishning har qanday shakllariga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish mexanizmlari xususida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3758/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, soha mas’ullari tomonidan turli qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bundan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik vakillari ishtiroki va rolini yanada oshirishdan iboratdir. Mazkur turdagi tadbirlar kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etildi. Profilaktik tadbirlarda hududiy maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, maktab va maktabgacha ta’limi muassasalari direktorlari, hududiy hokimliklar va boshqa mas’ul tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. O‘tkazilgan tadbirlarda davlat fuqarolik xizmati idoralarida ta’magirlik, mansab suiste’molchiliklari holatlarini oldini olishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli qarori va vazirlikning 2022-yil 21-oktabrdagi 329-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyati va ularning tegishli bandlarida belgilangan talablar ishtirokchilarga atroflicha tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, bugungi kunda sohada asosiy e’tibor - korrupsiyaga qarshi kurashishda profilaktik tadbirlar samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga hamda salbiy holatlarni kelib chiqish sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilganligi alohida qayd etildi. Hududlarda “Korrupsiyasiz soha” dasturlarini joriy etish va sohalar qamrovini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan vazifalar samaradorligini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi. Toshkent viloyatidagi tadbirda namoyish etilgan hamda sodir etilgan korrupsion jinoyatlarning ayanchli oqibatlaridan hikoya qiluvchi “Nafs iskanjasi” nomli videofilm soha mutasaddilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3759/
Bugun korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashga bag‘ishlangan onlayn seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat tuzilmalari xodimlari ishtirok etishdi. O‘quv seminari davomida: – korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari asosida umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish, – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur, korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, – "E-anticor.uz" elektron platformasiga kiritish tartib-qoidalari haqida so‘z bordi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3760/
Joriy yilning 13-iyun kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida 16 ta tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari, boshqaruv hodimlari hamda barcha umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning mas’ul hodimlari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga kiruvchi barcha ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, ustoz-pedagoglarni majburiy mehnat ishlariga jalb etmaslik, beriladigan ko‘rsatma va topshiriq ularning vakolatlari doirasidan chetga chiqmagan bo‘lishi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi. Qolaversa, o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan ta’mirlash, turli bayram tadbirlari va sovg‘a-salom sotib olish kabi holatlar uchun asossiz ravishda pul yig‘imlarini amalga oshirish mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3761/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda VMning 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash borasida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Qashqadaryo viloyati Prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Usmonov, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Suhrob Turobov, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazoratini amaga oshirish bo‘yicha mas’ul Sodiq Xudayarovlar olib bordi. Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparat xodimlari, tuman(shahar) bo‘lim mas’ullari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari, boshqarma tasarrufidagi maktab-internat direktorlari, ixtisoslashtirilgan maktab internat direktorlar va maktagacha ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etishdi(onlayn). Yig‘ilish davomida, prokuratura mas’uli tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar jarayonida korrupsiya mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy-siyosiy rivojlanishiga jiddiy tahdid soluvchi xavf-xatarlardan biri deb ko‘rilayotganligi va yaqin yillar ichida mamlakatimizda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaydigan institutsional va huquqiy asoslar qayta ko‘rilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarador tizimi tashkil etilayotganligi bo‘yicha fikr bayon etildi. Bundan tashqari ta’lim tizimida xodimlarni korrupsiya holatiga aralashayotganligi keskin tanqid qilindi. Bu esa o‘z navbatida, aynan maktabgacha va maktab ta’lim tizimida xizmat qilayotgan rahbar kadrlar oldiga korrupsion illatlarga qarshi kurashda ogohlik, sezgirlik va hushyorlik xususiyatlarini kuchaytirishga e’tibor berish vazifasini qo‘yadi,- deb ta’kidlaydi mas’ullardan biri.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3762/
Korrupsiya har qanday jamiyat rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladigan ijtimoiy xavf hisoblanadi. Har qanday korrupsiyaviy qonunbuzarlik yangi bir qonunbuzarlik sodir bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Mamlakatimizda 2017-yil 3-yanvarda “Korrupssiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, bugun mamlakatimizdagi barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ham korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish hamda xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan hududlarda “Korrupsiyasiz soha” va “Korrupsiyasiz hudud” kabi loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur loyiha doirasida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida boshqarma apparati xodimlari va tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari,ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Hamrayev so‘zga chiqib, bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Yig‘ilishda pora olish va o‘zlashtirish korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng og‘ir va ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan jinoyatlardan biri ekanligi qayd etildi. Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish, bunda “noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab tamagirlik qilish” kabi harakatlarga chek qo‘yish, faoliyatning ochiqligini ta’minlash, xodimlarning korrupsiyaga qo‘l urmasligi uchun ularning huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘iga ko‘ra, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining korrursiyaga qarshi kurash, komplayens nazorati bo‘yicha mas’ul vazifasiga tayinlangan xodim Otabek G‘aniyev jamoaga tanishtirildi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3763/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan sohadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan shu mavzudagi yig‘ilishda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda hududda olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Unda vazirlik mas’ullari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan soha vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, so‘nggi vaqtlarda olib borilgan izchil harakatlar natijasida hududda soha faoliyatining ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni oldini olish borasida muhim qadamlar qo‘yildi. Kuni kecha Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan mavzuga doir yig‘ilishda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari bo‘yicha qizg‘in fikrlar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirishda korrupsiyani oldini olish va bu boradagi istiqboldagi rejalar xususida ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tildi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3764/
Bugun hech kim inkor etmaydi — korrupsiya millat ravnaqi, yurt taraqqiyoti hamda har bir soha rivojiga to‘siq bo‘luvchi jamiyat qusurlaridan biridir. Ayni paytda yurtimizda olib borilayotgan xalqchil islohotlarning dastlabki sharti ham ochiq va oshkoralik tamoyillariga asoslangan korrupsiyasiz jamiyat qurishdir. Shu ma’noda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va uning tizimidagi boshqaruv va ta’lim tashkilotlari faoliyatini shaffof tamoyil asosida tashkil etish bo‘yicha barcha zarur choralar olib borilmoqda. Xususan, vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini o‘zida aks ettiruvchi tegishli huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Korrupsiya holatlari haqida tezkor xabar berish maqsadida tegishli Ishonch telefonlari hamda boshqa aloqa kanallari uzluksiz ishlab turibdi. Eng muhim qadam sifatida sohaga daxldor mas’ul xodimlarning huquqiy bilimlari doimiy oshirib borilishi natijasida ayni vaqtda tizimdagi korrupsion holatlarning keskin kamayotgani, men o‘ylaymanki, ta’lim tashkilotlari faoliyatining yanada rivojlanishiga turtki bermoqda. Bunda dastlabki e’tibor sifatida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish jarayonida ularning korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiste’mol qilmaslik bo‘yicha bilim va malakalari qay darajada ekanligiga qattiq sinovdan o‘tkazilib, ularning bu boradagi majburiyatlarini anglatish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlariga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora hamda shaffof tanlov asosida, internet tarmog‘ida onlayn rejimda namoyish etish orqali tashkil etilib kelinmoqda. Korrupsion holatlarga keskin kurashish bo‘yicha jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir sohada amalga oshirilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilganligi katta ijobiy natijalarga olib keladi. Aytish lozimki, vazirlik o‘z faoliyatiga doir barcha jarayonlar, xususan, davlat xaridlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlar to‘g‘risidagi hisobot va ma’lumotlarni muntazam ravishda vazirlik veb-sayti, rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida keng yoritib kelmoqda. Shuningdek, OAV so‘rovlari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokidagi turli darajadagi tadbirlarda bu haqida batafsil ma’lumot berib kelinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, tizim faoliyatini shaffof tashkil etish, mehnat, moliyaviy va huquqiy munosabatlarda qonunchilik talablaridan og‘ishmay, chin insoniylik tamoyillariga amal qilishda soha fidoyilari va mas’ullarining bilim va malakalari yetarli ekanligiga ishonaman. Va yana aminmanki, vazirlik jamoasi, barcha darajadagi rahbar va xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik hujjatlari, kasbiy odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha quyi tashkilotlar va pedagoglarga shaxsiy namuna bo‘lib kelishmoqda. Soha fidoyilarining bahamjihat shiorlaridan biri ham shu: ta’lim sohasida korrupsiyaga o‘rin bo‘lmasligi kerak. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3765/
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga yo‘llangan murojaatlarni tahlil qilish orqali korrupsiya omillarini aniqlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish sho‘basi tomonidan 2022 yil davomida xalq ta’limi vazirligi aloqa kanallari orqali korrupsiyaga oid jami 99 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Shulardan, 14 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga muvofiq “Anonim” deb e’tirof etilib ko‘rmay qoldirilgan, 4 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi talablariga muvofiq ko‘rib chiqishi tugatilgan, 1 ta murojaat qonuniy ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan, 1 ta murojaat jinoyat ishiga qo‘shib ko‘rishlik uchun Toshkent viloyati Bo‘ka tumani prokuraturasiga yuborilgan va 79 ta murojaat yuzasidan arizachilarga tegishli tushuntirishlar berilgan. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi hududiy boshqarma va tashkilotlariga kelajakda tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, fuqarolar hamda xodimlarning o‘z huquq va majburiyatlari haqidagi xabardorliklarni oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3766/
Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazilgan edi. Bugun Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas’ul xodimlari hamda KPMG auditorlik kompaniyasining xorijiy ekspertlari ishtirokida Xalq ta’limi vazirligida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplayens tizimlarini tashkil etish hamda joriy qilish masalasi va yuqorida qayd etilgan loyihaning 3-bosqich yakuni muhokama etildi. Shuningdek, “Xalq ta’limi tizimida va ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta’lim va halollik tizimini kuchaytirish” loyihasini yo‘lga qo‘yishda tegishli davlat idoralari va KPMG auditorlik kompaniyasining xorijiy ekspertlarini jalb qilgan holda xalqaro standartlar asosida yana-da takomillashtirib borish belgilab olindi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3767/
Bugun Xalq ta’limi vazirligida xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish loyihasining barcha bosqichlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasining asosiy maqsadi yurtimizning yetakchi davlat organlarida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplayens tizimlarini tashkil etish va joriy qilishdan iborat ekanligi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3768/
"Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazoratini amalga oshirish sho‘basi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Xalq ta’limi vazirining 2-sonli buyrug‘i
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3771/
Kelib tushayotgan murojaatlar to‘g‘risida hisobot
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3772/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda vazirlik rahbariyati, mas’ul mutaxassislari, vazirlik huzuridagi agentliklar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida vazirlik mas’ullari tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish va bartaraf etish borasida vazirlik tomonidan olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi. Tadbir davomida vazirlik markaziy apparati, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari va muassasalari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ichki lokal hujjatlar qabul qilinganligi hamda ushbu hujjatlar xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zida aks ettirgan – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini o‘zida jamlaganligi, shuningdek, vazirlikda Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun barcha turdagi aloqa kanallari («Ishonch telefoni», elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) "Vazirga murojaat" portali ish faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lum qilindi. Shuningdek, vazirlik tizimidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil etilganda, ushbu ko‘rsatgichlar 2022-yilda 191 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib 116 nafarni tashkil etganligi, tizimda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va ma’lumotlarni oshkor qilish maqsadida, 2023-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida 177 nafar xodim bo‘yicha to‘ldirilgan deklaratsiyalar tekshirilganligi, korrupsiyaga qarshi qoidalar shartnomalarga kiritilgan bo‘lib, o‘rganish natijalari bo‘yicha vazirlikda 6 ta holatda davlat xaridlari bekor qilinib, mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilganligi, maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha o‘tkazilgan 4 ta nazorat va monitoring tadbirlarida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar bo‘yicha 5 nafar xodimga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanib, budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishning oldi olinganligi kabi raqamlar ochiqlandi. Vazirlik vakillari tomonidan tizimda sodir etilgan korrupsion holatlar tahlil qilinib, noqonuniy holatlarni kamaytirish maqsadida, sohada pora olish hamda pora berish xavflarini yuzaga kelish sabab va shart-sharoitlarini oldini olish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni tartibga solish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarda anonim so‘rovnoma o‘tkazilib, unda ishtirok etgan 37 600 nafar fuqarodan 2 372 nafari (respondent) so‘rovnomani to‘ldirganligi hamda so‘rov natijalarida ko‘ra olingan ma’lumotlar faoliyatning barcha sohalarida korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda huquqiy ong va madaniyatni yanada oshirish bo‘yicha faol ishlarni olib borish maqsad qilinganligi ma’lum qilindi.
2023-11-28
https://gov.uz/uzedu/news/view/3833/
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini yanada takomillashtirish, bu boradagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish muhokamasiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Tadbir avvalida so‘z olgan vazir Hilola Umarova boshlang‘ich ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va tadqiqotlarning qamrovi va ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash bugungi kunda tizim oldida turgan muhim masalalardan biri ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tdi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan yangi avlod darsliklarining zamonaviy "4K" modeli asosida yanada takomillashtirishga doir o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Kunning ikkinchi yarmida konferensiya o‘z ishini mavzuga doir qator sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi. Unda ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalari, muammo va yechimlar, ilg‘or xorijiy tajribalar, samarali metod usullari, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligining huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi. Ma’lumot uchun: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun joriy yil davomida 3 ta bosqich hamda 36 soatlik o‘quv kurslaridan iborat malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda Respublika bo‘yicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi. Shuningdek, joriy yilning 24-31-avgust kunlari hududlardagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida shu yo‘nalishda olib borilgan o‘quv kurslariga yurtimizdagi 9 736 nafar boshlang‘ich ta’lim metodika birlashma rahbarlari jalb etildi.
2023-11-29
https://gov.uz/uzedu/news/view/3826/
Mazkur tadqiqotlar nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda professional va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida tashkil etilishini inobatga olgan holda, tadqiqotlarda maktablarning ishtirokini ta’minlash ishlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi 278-sonli buyrug‘i asosida Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilmoqda. O‘tgan davr mobaynida Xalqaro tadqiqot dasturlari haqida pedagoglarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, fanlar bo‘yicha savodxonligi, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida 348 ta tayanch maktablar, 14 ta hududga mas’ul koordinatorlar belgilangan. Pedagoglarni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun 260 nafar milliy va 1 750 nafar hududiy trenerlar tayyorlangan. Shuningdek, o‘qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlik va kreativ fikrlash yo‘nalishlari bo‘yicha 35 nomdagi o‘quv-uslubiy hamda 250 nomdagi videomateriallar ishlab chiqilgan. Tadqiqotlarni o‘tkazilish jarayonlari haqida so‘z yuritilar ekan, ta’kidlash joizki, PISA tadqiqotida mamlakatning barcha hududlaridan reprezentativlik tamoyili asosida tasodifiy ravishda tanlab olingan 202 ta ta’lim muassasalari, jumladan, umumta’lim maktablari, akademik lisey, kasb-hunar maktablarida taxsil olayotgan 7363 nafar 15 yoshli o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi. Mazkur metodika asosida tanlab olingan respondentlar qariyb 6 millionlik o‘quvchilarning vakili sifatida qatnashganlik haqida ilmiy xulosalarga kelishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotning dunyo mamlakatlari bilan solishtirma xususiyatlarini saqlab qolish talablari o‘ziga xos va qat’iy standartlarni joriy etishni taqozo etadi. O‘zbekiston tomonidan belgilangan PISA uchun mas’ul jamoa tomonidan tadqiqot materiallari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, Belgiyadagi yirik xalqaro CAPSTAN lingvistika markazi tomonidan xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazilgan. Avstraliya ta’lim tadqiqotlari tashkilotidan Ursula Shvantner xonim mas’ul maslahatchi sifatida jalb etildi. AQSH, Avstriya, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Serbiya, Tayland davlatlarida, shuningdek onlayn shaklda tashkil etilgan 27 ta xalqaro seminar va treninglarda 30 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi. Maktab koordinatorlari, 54 nafar Milliy sifat nazoratchilari, 60 nafar test administratorlari, 60 nafar baholovchilar tayyorlandi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning PISA tadqiqotida birinchi marta ishtirok etayotganligini inobatga olgan holda, 2022 yil 11-12 aprel kunlari tadqiqotning ramziy ochilishiga bag‘ishlangan “Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etilgani tadqiqotning ahamiyatini yanada oshirgan. Xalqaro tadqiqotlar har 3-5 yillik davriylikda dunyo mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 2019 yil noyabr oyida Inson kapitali indeksini aniqlashga doir tadqiqot, 2021 yilda Ta’limdagi uzilishlarni baholashga oid REDS hamda PIRLS tadqiqotlari, 2022 yilda PISA, 2023 yilda esa TIMSS tadqiqoti tashkil etildi. Ushbu izlanishlarda o‘quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy va o‘qish savodxonligi, kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan test topshiriqlari, shuningdek, ta’lim olishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, jarayonlar Vestat, Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assosiatsiyasi tashkilotlarining vakillari tomonidan kuzatib borildi. Uzoq muddatli sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekistonning ta’limga oid natijalari tarixda ilk marotaba xalqaro solishtirma tadqiqotlarning hisobotlarida namoyon bo‘ldi. REDS va “Ta’limdagi yo‘qotishlarni baholash” tadqiqotlari muyyan vaqt davomidagi uzilishlarning ta’lim tizimiga ta’sirini tahlil qilish imkonini bergan bo‘lsa, PIRLS xalqaro tadqiqotining natijalari boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos jihatlari haqida chaqiriqlarni keltirib chiqardi. Natijalarga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekiston, Jahon bankining Inson kapitali indeksida 0.62 indeks ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu esa, keyinchalik davriy ravishda inson kapitali rivojlanishidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, xalqaro solishtirma tahlillar qilish imkonini beradi. “Jahon banki O‘zbekistondagi ta’lim sohasidagi islohotlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnun. Bank ko‘magida mamlakat so‘nggi yillarda birinchi marta xalqaro baholash (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)da qatnashib kelmoqda”, - dedi Jahon bankining Markaziy Osiyodagi Inson taraqqiyoti dasturi rahbari Tazin Fasih xonim. “Bank maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi bilan doimiy hamkorlikka sodiq qoladi. Biz hukumatga PIRLS va PISA natijalariga asoslangan harakatlar rejalarini ishlab chiqishda va ushbu xalqaro baholashlarnining keyingi bosqichida ishtirok etishni davom ettirishida yordam berishga tayyormiz. Ushbu baholashlar bizga ta’lim siyosati samaradorligini baholash hamda o‘quv jarayonlari va o‘quvchilarning yutuqlarini yaxshilashga qaratilgan ongli qarorlar qabul qilish imkonini beradi." Ushbu tadbirlar O‘zbekistonda ta’limdagi islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatning xabardorligini oshirish va mamlakatning dunyo miqyosda nufuzini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonning PISA 2022 yildagi tadqiqotida ishtirok etishga oid natijasi 2023 yil 5 dekabr kuni xalqaro darajada e’lon qilinadi. Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vakili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida 5 oy davomida treningda qatnashib, Milliy hisobotni yozishda ishtirok etdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘rtasida erishilgan kelishuv hujjati esa mazkur nufuzli dasturning 2025 yildagi tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa, kelgusi 3 yilda O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilgan islohotlarning natijalarini, tahlillardagi o‘zgarishlarda kuzatish, ularning samaradorligini baholash imkoniyatini beradi. Mazkur konferensiyada e’lon qilinayotgan O‘zbekistonning ilk ishtirokida o‘tkazilgan PISA 2022 natijalari ta’lim siyosatiga oid qimmatli ma’lumotlarni taqdim etishi bilan muhimdir. Ushbu xalqaro nufuzli tadqiqot berayotgan bir qator o‘rganish natijalari, jumladan, o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha yutuqlari, ularning hayotdan qoniqishi, kelajakdan umidlari, gender tenglik, maktab muhiti, SOVID 19 pandemiyasi davridagi ta’lim, ta’limga investisiya qilingan resurslar va ularning ta’lim yutuqlariga ta’siri kabi ma’lumotlar tizimni isloh qilish uchun tuzilayotgan rejalarning samaradorligini ta’minlaydi. Shuningdek, PISA tadqiqoti har bir mamlakatga o‘zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta’lim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Ushbu tadqiqotlar orqali mamlakatdagi ta’lim tizimi, ta’lim muhiti, ta’limni tashkil etilishi, o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlari, ota-onalarning farzandlarini ta’lim olishlariga e’tiborlari va uyda yaratilgan sharoitlari bo‘yicha atroflicha ilmiy asoslangan va ishonchli ma’lumotlar olishga erishish ko‘zda tutilgan. Konferensiyada tegishli vazirlik va tashkilotlar xodimlari, xorijiy soha ekspertlari, olimlar, soha mutaxassislari , oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va Pedagogika markazlarining pedagog va rahbar kadrlari ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
2023-12-05
https://gov.uz/uzedu/news/view/4076/
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-10 dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o‘quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o‘tkazildi, unda o‘quvchilarimiz eng yaxshi natija qayd etgan davlatlar qatoridan joy olishdi! Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing: Rahimov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi - KUMUSH medal; Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - KUMUSH medal; Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi - KUMUSH medal; Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - BRONZA medal; Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi - BRONZA medal; 19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo‘lga kiritilgan edi. TABRIKLAYMIZ! Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang! Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!
2023-12-09
https://gov.uz/uzedu/news/view/4127/
Savol: Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan. Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan: - pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar; - yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar. Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.
2023-12-11
https://gov.uz/uzedu/news/view/4126/
To‘rt oyoqli do‘stlarimizga muhabbat hissi ularga yana-da mehribon bo‘lishga ko‘mak beradi. Bugungi qahramonimiz Selin Shoahmedova hayvonlarga mehrini amalda ko‘rsatayotgan o‘quvchilarimizdan biri. U uy hayvonlari saqlanadigan “Hayot” boshpanasining eng kichik volontyorlaridan biri. Selin Toshkent shahridagi 208-maktabning 2-sinf o‘quvchisi. Selin 6 yoshidan buyon “Hayot” boshpanasiga volontyor sifatida yordam berib keladi. Bu ko‘mak qizaloqning mehri hamda moddiy yordami ko‘rinishida amalga oshiriladi. “Hayot”ga ilk borganim men uchun juda katta baxt, quvonch bilan birga qayg‘uga ham sabab bo‘lgandi. Bu yerda juda ko‘p hayvonlar borligini ko‘rib, ularga nisbatan kuchli achinish tuyg‘usini tuyganman. O‘shandayoq "Ularga yordam berishim kerak", degan qaror uyg‘ongan va bugungi kungacha ota-onam, yaqinlarimning ko‘magida bu ishni amalga oshirib kelyapman. Men “Hayot” uyining bir qismi ekanligimdan hamda bu ishga tengdoshlarimni ham jalb qila olishimdan g‘ururlanaman”, — deydi Selin. Selin o‘zining munchoq yordamida tikilgan taqinchoqlari, sovundan tayyorlangan ishlarini sotish orqali hayvonlarga yordam beradi. Uning maqsadi jonivorlarga yordam berishni tengdoshlari orasida targ‘ib qilishdan iborat. Selin rasm chizish hamda gitara chalishga qiziqadi. Shuningdek, u tengdoshlarining uyi va maktabi atrofida ekilgan daraxtlarni parvarishlashni yaxshi ko‘radi. Selinning kelajakdagi orzusi “Veterinar” bo‘lish. U har bir kuchuk va mushukning o‘z egasi bo‘lishini hamda ularni insonlar xafa qilmasligini orzu qiladi. Darvoqe, Selin haqida ushbu hikoyani tayyorlash chog‘ida bugun uning tavallud kuni ekanligidan xabar topdik. Fursatdan foydalanib, yosh bo‘lishiga qaramay, hayotda o‘z maqsadini aniq belgilab olgan va ular sari olg‘a odimlayotgan qizaloqni tabriklab, unga barcha orzulari ushlashini tilab qolamiz!
2023-12-12
https://gov.uz/uzedu/news/view/4178/
Bugun matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha singapurlik mutaxassislar ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Kunning birinchi yarmida tabiiy fanlar bo‘yicha, kunning ikkinchi yarmida esa matematika fani bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘zaro fikr almashishdi. Mazkur uchrashuvda xususan, Singapur davlatining ta’lim tizimi, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikasi va darsliklar va o‘quvchilar bilimini baholash tizimi bo‘yicha ma’lumotlar almashinildi.
2023-12-12
https://gov.uz/uzedu/news/view/4174/
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 20-26-dekabr kunlari “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat. Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati, viloyat hokimliklari, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasidagi sho‘ba ishlari boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida quyidagi mavzularda tashkil etilmoqda: – o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish; – loyihaga asoslangan ta’lim; – aniq va tabiiy fanlarni qanday sifatli o‘qitamiz? 21 asrda sifatli o‘qitishning asosiy tamoyillari. Ayni paytda Samarqand shahrida qurultoy doirasidagi trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ochib berib, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi hamda trening ishida omad tiladi. “Ustoz - ta’lim bunyodkori" shiori ostida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan qurultoy doirasida ochiq muloqot ham tashkil etiladi. Unda har bir tumandan fanlar kesimida 5 nafardan umumiy 535 nafar ustozlar ishtirok etishadi.
2023-12-20
https://gov.uz/uzedu/news/view/4351/
Ayni damda butun Respublikamiz bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida maktablarda “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida insholar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rasmlar tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar va yoshlarda korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, unga murosasiz munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashdan iborat.
2023-11-23
https://gov.uz/uzedu/news/view/3751/
Bugun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamkorligida “Internet tarmog‘ida bolalar va yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb etishini oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bolalar huquqlari bo‘yicha vakili, YXHT, Bosh prokuratura, ichki ishlar organlari, bolalar ombudsmani hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirok etishdi. Davra suhbati doirasida mutaxassislar bolalar va yoshlar o‘rtasida, xususan, internet tarmog‘ida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha qonunchilik va amaliyotni o‘rganish, bu boradagi xalqaro mexanizm va standartlarni taqdim etish, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kiberjinoyatchilikka jalb etilishning oldini olish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir so‘ngida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari xodimlarini jabrlangan bolalarni aniqlash usullariga o‘qitish tizimini ishlab chiqish tavsiya etildi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazib, profilaktika tadbirlari o‘tkazishning kuchaytirilishi belgilab olindi.
2023-11-24
https://gov.uz/uzedu/news/view/3715/
Joriy yilning 23-oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda tabiiy fanlar hamda musiqa ta’limi fakulteti dekanlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ullar ishtirok etdi. Profilaktika inspektorlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish, bu borada mamlakatimizda qabul qilingan qonun, qaror va farmonlar, ular asnosida universitetda olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Korrupsion holatlar talabalarga nafaqat talabalik davrida, balki butun hayoti davomida salbiy oqibatlarga olib kelishi bir necha misollar orqali tushuntirib berildi. Suhbat davomida universitet korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim faoliyati haqida tushunchalar berilib, bo‘lim ishonch telefonlari va telegram kanallari talabalarga yetkazildi. Ushbu tadbirga bag‘ishlanib talabalar tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar chizilib fakultet binosiga o‘rnatildi.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3752/
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarga munosabatini o‘rganish maqsadida onlayn anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. So‘rovnomada qatnashish 5 daqiqa vaqtingizni oladi. Sizning javobingiz biz uchun muhim!
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3753/
Tadbir doirasida faoliyatdagi ochiqlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan: – vazirlikning korrupsiyaga karshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi jami 12 ta ichki lokal hujjat tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi; – “Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi; – vazirlik jamoasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy lokal hujjatlarga rioya etish bo‘yicha quyi tashkilotlarga namuna bo‘lishi yuzasidan Vazirning murojaatnomasi e’lon qilindi. Bundan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik vakillari rolini yanada oshirishdan iboratdir. Ma’lumot o‘rnida, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hududiy boshqarmalarida ham korrupsiyaga qarshi kurashish, soha mas’ullari tomonidan turli qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
2023-11-27
https://gov.uz/uzedu/news/view/3756/
Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin. Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi. Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan. O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
2024-03-06
https://gov.uz/uzedu/news/view/7089/
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston “Adolat”sotsial-demokratik 2021-yilgi prezident saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida rasman tasdiqladi. Bu haqda partiyaning 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida ma’lum qilindi. Bahrom Abduhalimov o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Xususan, tabiiy boyliklar, jumladan, tabiiy gaz va elektr energiyasi avvalo xalqqa berilishi, ehtiyojdan ortig‘i esa chetga sotilishi yo‘lga qo‘yiladi. “Biz bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga hozirgidek uch yoshidan emas, ikki yoshidan boshlab, hech qanday navbatlarsiz yuz foiz qamrab olamiz” – dedi u. Shuningdek, Abduhalimovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim tizimida kechayotgan tarqoqliklardan, qarama-qarshiliklardan voz kechish uchun Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona – Ta’lim vazirligiga aylantirish maqsad qilingan. Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi6 Sentabr 2021, 12:46 Ma’lumot uchun, Bahrom Abduhalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1981 yil). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim. U 2011—2020 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2020-yilning oktabrida "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi etib saylangan.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/bahrom-abduhalimov-adolat-partiyasidan-prezidentlikka-nomzod-sifatida-tasdiqlandi-20416956.html
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. RF favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev o‘quv mashg‘ulotda odamni qutqarish vaqtida fojiali tarzda halok bo‘ldi. Yevgeniy Zinichev bilan birga operator ham halok bo‘ldi. RT bosh muharriri Margarita Simonyan yozishicha, operator sirpanib, jarlikdan tushib ketdi, Zinichev esa uning orqasidan suvga sakradi, ammo u tosh ustiga yiqilib, halok bo‘ldi. "Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yevgeniy Zinichev Arktika zonasini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha idoralararo mashg‘ulotlarga qatnashganida, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida fojiali tarzda vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi", - deyilgan FVV xabarida. Zinichev 1966-yil 18-avgustda Leningradda tug‘ilgan. Sankt-Peterburg biznes va huquq institutining iqtisodiyot fakulteti va moliya va kredit fakultetini tamomlagan. 2013-yilda u Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasida professional qayta tayyorgarlikdan o‘tdi. 1984-1986 yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida Shimoliy flotda xizmat qilgan. 1987-2015 yillarda davlat xavfsizlik organlarida ishlagan.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/rossiya-fvv-rahbari-evgeniy-zinichev-oquv-mashgulot-paytida-fojiali-tarzda-halok-boldi-20415809.html
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida davom etayotgan 1-MDH o‘yinlarida bugungi kungacha basketbol, boks, belbog‘li kurash, sambo, erkin va yunon-rum kurashi bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. 8-sentabr holatiga ko‘ra, umumjamoa hisobida Rossiya 105 ta medal bilan birinchi, o‘zbekistonlik sportchilar esa 59 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarni Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belarus vakillari band etishgan. Bugun tay-boks, badminton, miltiqdan va stentdan o‘q otish, sport raqsi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda. MDH o‘yinlarida o‘zbekistonliklar raqiblarini dog‘da qoldirishmoqda6 Sentabr 2021, 10:10 O‘zbekistonlik sportchilar bu yo‘nalishlarda ham medallarga da’vogarlik qilishmoqda. Shuningdek, bugun kun davomida futzal bo‘yicha guruh bahslari o‘tkaziladi. Qur’a natijalariga ko‘ra, “A” guruhida Rossiya, O‘zbekiston, Moldova jamoalari, “B” guruhida esa Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston joy olgan.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/mdh-oyinlarida-ozbekiston-jamoasining-medallari-soni-59-taga-etdi-20412688.html
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Xorijda saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish uchun saylov.mfa.uz maxsus sayti ishga tushirildi. Bu haqda TIVda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston prezidenti saylovini xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu davlatlarning boshqa shaharlarida hamda diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan 12 ta xorijiy davlatlarda qo‘shimcha ravishda jami 321 ta muddatdan oldin ovoz berish uchun ko‘chma saylov uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ochiqlandi6 Sentabr 2021, 17:20 O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari chet eldagi o‘zbek diasporasi tuzilmalari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan tashkilot va kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatgan. Xorijdagi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishlari davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovlari 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/xorijda-saylovchilarning-elektron-royxatini-tuzish-maxsus-sayt-ishga-tushirildi-20411053.html
TOShKENT, 8 sent – Sputnik. Bu yilgi kuz mavsumida paxta yig‘im-terimi uchun belgilangan narxlar ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi matbuot xizmati. Qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘l mehnati haqi to‘lanadi, - deyilgan xabarda. Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Sa’dulla Tojiyevning so‘zlariga ko‘ra Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka tumanlarida terimchilarni qo‘shimcha jalb qilish maqsadida qo‘lda terilgan xar bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun Respublika budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan 230 so‘mdan ustama haq to‘lanishini rejalashtirilgan. Belgilangan narxlardan tashqari, klasterlar o‘zlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilashi, ya’ni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq to‘lashlari ham mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m narx belgilangan edi. Undan tashqari ayrim hududlarda terilgan har bir kg. paxta uchun davlat tomonidan qo‘shimcha 200 so‘m to‘lanishi belgilangan edi.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/qolda-terilgan-paxta-uchun-necha-puldan-tolanishi-malum-boldi-20414261.html
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. "Tolibon"* harakati 7-sentabr kuni Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi. Asosiy lavozimlar harakatning mashhur a’zolariga nasib etdi. Xususan, toliblar o‘tgan safar hukumat tepasiga kelganida (1996-2001 yy) TIV rahbari lavozimini egallagan va 2001-yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Mulla Xasan Oxund - hukumat boshlig‘i (bosh vazir) vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi. Mulla Birodar — uning birinchi o‘rinbosari; Mavlavi Hanafi — ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlanishdi. Afg‘onistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT8 Sentabr 2021, 09:28 Toliblar hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib toliblar rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Mutakkiy tayinlangan. Muhammad Yoqub "Tolibon"* yetakchisi mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. IIV rahbari etib mulla Sarojiddin Xaqqoniy tayinlandi. Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi7 Sentabr 2021, 18:22 Tolo News nashrining toliblar rasmiy vakili Zabiulla Mujohid so‘zlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, "Tolibon"* harakati yetakchisi Xaybatulla Oxunzod Afg‘onistonning yangi hukumati e’lon qilinganidan so‘ng, harakat yetakchisi maqomini saqlab qoladi. Oxunzoda toliblar tomonidan seshanba kuni e’lon qilingan muvaqqat hukumat tarkibiga kiritilmadi. Bu orada AQSh Davlat departamenti vakili Afg‘onistonning yangi shakllantirilgan hukumatida alohida shaxslar borligi va ayollar yo‘qligidan havotirdaligini bildirdi. Davlat departamenti rasmiy vakili AQShni ayrim shaxslarning (siyosiy) mansubligi va (hukumatdagi ayrim shaxslarning) tarjimai holi juda tashvishlantirmoqda. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar mahkamasi to‘laligicha toliblar yoki ularning yaqin ittifoqdoshlaridan iborat va umuman ayollarni istisno etgan. "Biz shunga aniq shama qilgan edikki, bizning fikrimizcha, afg‘on xalqi inklyuziv hukumatga munosib", - degan Davlat departamenti vakili. * RFda ta’qiqlangan xalqaro terrorchi tashkilot.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/toliblar-yangi-hukumatni-elon-qildi-ammo-uning-tarkibi-aqshga-maqul-kelmadi-20407399.html
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ “Toshkent – Minsk – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar haftada ikki marta dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. “Toshkent – Minsk yo‘nalishida aviachipta 2 244 822 so‘mdan, Toshkent – Minsk – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 4 222 166 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 08.09.2021 holatiga ko‘ra amal qiladi”, - deyilgan xabarda.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/toshkent--minsk-yonalishi-boyicha-aviachiptalar-narxlari-elon-qilindi-20413928.html
Tolibon* vakili Zabixullo Mudjoxid 6-sentabr kuni bergan bayonotida, Tolibon*ga qarshilik ko‘rsatgan Afg‘onistonning yagona hududi Pandjsher ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgan edi. Axmad Masud boshchiligida o‘zlarini Afg‘oniston milliy qarshilik fronti deb atayotgan isonchilar esa kurash davom etayotganini ta’kidlashmoqda. Panjsher darasida aslida nimalar sodir bo‘lmoqda? Qaysi manbaaga ishonish kerak. Yaqin vaqt ichida vaziyat qanday o‘zgaradi va bu Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavflar tug‘dirishi mumkin? Bu haqida harbiy ekspert Aleksey Leonkov quyidagilarni ma’lum qildi. Toliblar qasos haqida orzu qilmoqda Mujohid va Masud turli, bir-biriga zid fikrlar bildirishmoqda. Ularning bayonotlarini hozircha tasdiqlab yoki inkor etib bo‘lmaydi. Leonkov aytishiga ko‘ra tomonlarning hech biri nazoratni yo‘qotganini tan olmaydi. Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi6 Sentabr 2021, 10:55 “Har qanday mojaroda axborot aniqligini 10/1 deb qabul qilish kerak, - deydi ekspert. Tomonlar yo o‘z yo‘qotishlarini kamaytirib ko‘rsatishmoqda yoki raqib tomon qurbonlari sonini oshirib ko‘rsatishmoqda. Yo bo‘lmasa hududni to‘liq nazorat ostiga olganliklarini da’vo qilishmoqda. Ana shunday qarama-qarshi ma’nodagi ma’lumotlar bizga 3-sentabrdan buyon yetib kelmoqda. Goh Panjsher taslim bo‘ldi, goh buning aksi, goh Ahmad Masud qochdi degan xabarlar tarqalmoqda, lekin bularning barchasi haqiqatdan yiroq”. Aslida jug‘rofiy xususiyatlariga ko‘ra, Panjsher darasini egallab olish juda mushkul, deb hisoblaydi Leonkov. “U yerda juda ko‘p yashirinish mumkin bo‘lgan joylar bor. Agar sizda qurol-aslaha va odam yetarli bo‘lsa – cheklanmagan muddat davomida jang olib borish mumkin. Ta’minot amalga oshirilayotgan yashirin yo‘laklarning barchasini nazorat ostiga olish juda mushkul”, - deydi ekspert. Aleksey Leonkov aytishiga ko‘ra, bu Tolibonning Panjsher darasini egallab olishga qaratilga ikkinchi urinishdir. Ana shu faktning o‘zi ham jangarilarni motivatsiya qilishi mumkin. Bu safar ular oldingi mag‘lubiyatlari uchun qasos olishga ham urinib ko‘rishlari mumkin. Bu safar “Tolibon”* tomonidan Panjsher ustida g‘alaba qozonish juda muhim. Chunki bu joy dunyo hamjamiyati nazarida har doim hech kimga bo‘y so‘nmagan hududdir.Hozir butun dunyo bu yerdagi vaziyatni kuzatib turibdi, lekin aralashayotgani yo‘q. “Tolibon”* hozir ham terrorchi tashkilot sifatida qolmoqda. Hech bir G‘arbiy davlat, Rossiya yoki BMT unga o‘z munsobatini o‘zgartirgani yo‘q. Undan tashqari Tolibon* amnistiya e’lon qildi va raqiblarni jazolamoqda. Budan kadrlar ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo bo‘lmoqda. Demak, Tolibon* hukumat boshiga kelganidan so‘ng qilayotgan ishlari oldin berilgan va’dalarga hech o‘xshamgan. Afg‘onistonga chegaradosh mamlakatlar esa ehtiyotkor pozitsiyani egallashmoqda. 37 million kishiga kim oziq-ovqat beradi? Afg‘oniston kelajagi mushkullashishiga yana bir sabab bor, mamlakatda iqtisod yo‘q, deydi Leonkov. Afg‘onistonda tez kunda ochlik boshlanishi mumkin - BMT8 Sentabr 2021, 09:28 “Toliblar hatto Panjsherni butunlay to‘sib qo‘yishsa ham, mahalliy aholi u yerda 100-yillab yashashi va jon saqlashi mumkin. Lekin u yerlarni yaxshi bilmay turib kirishga uringanlarning holi voy bo‘ladi. Ular och qolishlari mumkin”, - deydi ekspert. Umuman olganda, oziq-ovqat muammosi – yaqin orada butun Afg‘onistonni qamrab olishi mumkin. “Amerikaliklar ketish oldidan, G‘ani hukumasti tasrrufida bo‘lgan barcha hisob raqamlarini bloklab qo‘yishgan edi. “Tolibon” ulardan foydalana olmaydi. “Afg‘oniston esa, tashqaridan oziq-ovqat, qurol-aslaha va yonilg‘i mahsulotlari olib kelish hisobidan kun kechirayotgan edi. Demak yaqin vaqtda, Tolibon foydalanayotgan texnika to‘xtab qoladi. Kim ularga neft mahsulotlari olib keladi? Oziq-ovqatni aytmasa ham bo‘ladi”, - deydi ekspert. AQSh mamlakatni tark etishi bilan bir vaqtda daromad manbaalari ham tugadi. Xo‘sh endi Tolibon* 37 million aholini qanday boqadi? O‘z hududlari orqali o‘tgan tranzit yo‘llaridan Tolibon* yiliga $2 mlrd.gacha daromad olardi. Hozir bu manbaalar ham yo‘q. Yevropa xavf ostida Yaqin vaqt ichida Tolibon uchun yagona daromad manbai – AQsh qoldirib ketgan og‘ir qurol-aslahalarni kimgadir sotish. Lekin buning uchun ularga logistik operatsiyalar amalga oshirishi kerak. Masalan tankni Yaman yoki Liviyaga yetazib berishi kerak bo‘ladi. Toliblar yangi hukumatni e’lon qildi, ammo uning tarkibi AQShga ma’qul kelmadi8 Sentabr 2021, 10:41 Lekin amerikaliklar qoldirib ketgan ko‘chma zenit-raketa majmualarini, toliblar sotib yubormasa kerak. Ushbu qurol dunyo hamjamiyati uchun eng katta xavf soladi. Tolibon* ushbu qurol bilan barchani shantaj qilishga o‘tishi mumkin. “Agar shartimizga ko‘nmasangiz, biz bu quroldan foydalanamiz” qabilida ish tutishi mumkin. Shundan so‘ng o‘lchami ixcham bo‘lgan qurol gullab-yashnayotgan Yevropaning biror joyida, aeroport yaqinida paydo bo‘lishi mumkin. Terrorchi raketani oddiy fuqaro samolyotiga nisbatan qo‘llasa nima bo‘ladi? Balkim shu sababli Yevropa va AQSh o‘zini Afg‘onistondan uzoqroq saqlashga harakat qilmoqda. Shu sababli ular barcha fuqarolarini va hatto elchilarini ham Afg‘onistondan olib chiqib ketishmoqda. Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar ham Tolibon* bilan hamkorlikdan qanday biror foyda bo‘lishiga ishonmaydi. Darhaqiqat mamlakatda hech qanday sanoat yo‘q, yirik konlar yo‘q. Kim bilan hamkorlik qilish ham noma’lum. Ehtimol Tolibon hukumat boshida uzoq qolmas. Balkim uning o‘rnini "Al-Qoida” egallar. Suriya tajribasidan kelib chiqqan holda, biz terrorchilar bilan gaplashib bo‘lmasligini juda yaxshi bilamiz. Inklyuziv hukumatmi yoki rejim? Shu kunga qadar Tolibon* e’lon qilgan inklyuziv hukumat tashkil qilish to‘g‘risidagi bayonotlarga am ishonch yo‘q. “Ular na birorta iqtisodiy dastur, na siyosiy tuzum dasturini e’lon qilishdi. Faqat shiorlar. Agar hukumat inklyuziv bo‘lsa unda Afg‘onistonda yashayotgan barcha etnik guruh vakillari bo‘lishi kerak”, - deydi Leonkov. Ekspert aytishiga ko‘ra, bunday hukumat tarkibiga pushtunlar, hazoralar, tojiklar, o‘zbeklar va mahalliy turk jamiyatlari vakillari bo‘lishi shart. “Lekin ularning hech biri taklifnoma olgani haqida xabar yo‘q. Demak, hukumatni faqat Tolibonning o‘zi tashkil qilmoqda. Afg‘oniston aholisi manfaatlari hisobga olingani yo‘q. Bu inklyuziv hukumat emas – bu rejim”. Xalqaro hamjamiyat “Tolibon”*ning BMTdagi chiqishlariga qaramasdan ularga ishonmaydi. Chunki mamlakatni tark etishni istaydigan kishilar soni oshmoqda. BMT baholashiga ko‘ra, ayni damda 500 ming kishi Afg‘onistondan qochishga tayyor. Odamlar yaxshi hayotdan qochayotgani yo‘q. Ushbu holat, Tolibon* propagandasidan farqli o‘laroq, mamlakatdagi vaziyatni yaqqol ko‘rsatmoqda. Aleksey Leonkov bilan intervyuning to‘liq variantini “Sputnik na russkom” Uoutube kanalida tomosha qiling. * Rossiya va boshqa davlatlar hududida ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/panjsherning-tolibon-qoliga-otishi-moga-qanday-xavf-soladi--leonkov-20411203.html
O‘zbekistonda ekologiya politsiyasini tashkil etish taklifi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-avgust kuni respublikadagi ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy ruhdagi video-selektor yig‘ilishida o‘rtaga tashlangan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, respublikaning aksariyat viloyatlarida birin-ketin "yashil politsiya" patrullari paydo bo‘layotgani haqida xabarlar tarqala boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu tashabbus darhol o‘z tarafdorlarini topdi, albatta. Internet foydalanuvchilarining aksariyati "yashil politsiya" ayni vaqtida tashkil etilayotgani haqida fikrlar hozirgacha bildirilmoqda. Daraxtni deb yuzaga kelgan janjaldan so‘ng Ekopartiya rahbari hodisa joyiga bordi9 Avgust 2021, 18:10 Shu bilan bir qatorda aksariyat fuqarolarni "yashil politsiya" o‘zi kim va u qanday vazifani bajarishi haqida savollar qiziqtira boshladi. O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov Sputnik O‘zbekiston tahririyatining bu borada yuborgan so‘roviga "ayni vaqtda mamlakatda eko-politsiyani tashkil etish bo‘yicha farmon loyihasi ustida ish olib borilayotgani, bu shtat tarkibiy tuzilmasi, vazifalari, qonunlarga kiritilishi nazarda tutilgan o‘zgarishlar singari masalalarni o‘z ichiga qamrab olishini" ma’lum qildi. G‘iyosovning so‘zlariga ko‘ra, farmon loyihasi ustida ish olib borilayotgan bir vaqtda, respublika regionlarida allaqachon "yashil patrullar" tizimi joriy etilishi boshlab yuborilgan. Ular qo‘shma guruhlardir. Bu yil 1300dan ziyod tup qimmatli daraxt kesib tashlandi3 Iyun 2021, 13:45 "Post patrul xizmati va Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlaridan iborat qo‘shma guruhlar shakllantirilmoqda. Ular hozircha joylardagi vaziyatni o‘rganish, ekologiya sohasida qonunbuzarlik holatlarini oldini olish bilan shug‘ullanadi", - deya aniqlik kiritdi G‘iyosov. Ekologiya partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Saidrasul Sanginov Sputnik muxbiriga O‘zbekistonda tashkil etilayotgan "eko-politsiya" patrullari tashabbusiga izoh berar ekan, respublikada ekologiya tizimli choralarga muhtoj holatga kelganini ta’kidladi. Sanginovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda ko‘pchilik bir holatni yaqqol kuzatmoqda - Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining atrof-muhitni muhofaza qilishga kuchi yetmayapti, ba’zi vaqtlari bu ishga qo‘li ham tegmayapti. Kadrlar masalasi juda dolzarb bo‘lib qolgan, deydi u. Toshkent viloyatida yirik eko-aksiyaga start berilmoqda9 Iyun 2021, 10:46 "Ekologiya partiyasi eko-politsiya patrullarini tashkil qilish masalasini uzoq vaqtdan buyon ko‘tarib kelgan. Chunki Ma’muriy va Jinoyat kodekslarida belgilangan choralar bor, mana shu choralar amalda qo‘llanilishini oxiriga yetkazish lozim. Hozirda yozilgan, ammo undirilishi amalga oshirilmagan katta qarzdorlik mavjud. Eko-politsiya yordamida esa bu qarzdorlikni sud va boshqa mutasaddi organlar orqali undirish tezlashadi. Davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘ keladi", - deya tushuntirdi Sanginov. Ekologiya sohasida ishlagan va o‘z ismi sir qolishini istagan mutaxassisning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga aytishicha, bugun tizimda eng katta va og‘riqli muammo - bu kadrlar masalasidir. Sohada faoliyat yuritadigan xodimlarning aksariyati - nomutaxassislar. Agar, eko-politsiya patrullari tashkil etish taklif qilingan ekan, bu tizimni yaratishda jahon tajribasini sinchkovlik bilan o‘rganish va puxta o‘ylash kerak bo‘ladi. Toki "yashil posbonlar" tizimi vazifasi faqatgina yig‘ilib qolgan qarzdorlikni undirib berishdan iborat bo‘lib qolmasin, balki tom ma’noda tabiatni muhofaza qilsin. Buning uchun O‘zbekiston kadrlar tayyorlashga chuqur e’tibor berish bilan bir qatorda, xalqaro hamkorlikni faol yo‘lga qo‘yishi kerak, dedi suhbatdosh.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/yashil-politsiya-ozbekiston-tabiatni-muhofaza-qilishning-yangi-tizimini-yaratmoqda-20412190.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mamlakatning Gruziyadagi elchisi (qarorgohi Baku shahrida) bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ashrafxonov 6-sentabr kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirgan. “Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi”, - deyiladi xabarda. Bahrom Ashrafxonov 2020-yil aprelidan buyon O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Shuningdek, u 2016-2018 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/bahrom-ashrafxonov-ozbekistonning-gruziyadagi-elchisi-boldi-20401654.html
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zsuvta’minot" matbuot-xizmati xabar berdi. Jumladan, 2021-yilda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida 352 ta obyektda, 3 407,8 km uzunlikdagi tarmoq va 384 ta inshootda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan. Surxondaryoda aholiga 25ta suv tashish mashinasi topshirildi24 Iyul 2021, 14:22 "Ushbu maqsadlarga 1 trillion 55 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 874,3 mlrd.so‘mlik manzilli dastur tasdiqlangan. Joriy yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 535,4 mlrd. so‘m moliyalashtirilib, 2 994,1 km tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi", - deb xabar qildi matbuot-xizmati vakili. Ushbu dasturlarda ko‘zda tutilgan 352 ta obyektlarga pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida “SS” va undan yuqori pog‘onaga ega bo‘lgan salohiyatli pudrat tashkilotlar tanlab olinib, shartnomalar tuzilgan hamda qurilish ishlari boshlangan. Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida 283 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini yakunlab, ularni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 69 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Natijada jami 1,1 mln nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi hamda 2,9 mln nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/ozbekistonda-1-milliondan-ziyod-aholi-ilk-bor-markazlashgan-ichimlik-suvi-bilan-taminlanadi-20406143.html
REUTERS / Social media handoutDarsxonalarda qizlar va yigitlar o‘rtasida parda tortilgan holda ta’lim olish mumkin.1/6 REUTERS / Social media handoutDarsxonalarda qizlar va yigitlar o‘rtasida parda tortilgan holda ta’lim olish mumkin. AFP 2023 / Aamir QureshiTalaba qizlar darslarga niqob va abayada kelishlari shart - shu liboslar ularning yuzi va badanini yopib turadi.2/6 AFP 2023 / Aamir QureshiTalaba qizlar darslarga niqob va abayada kelishlari shart - shu liboslar ularning yuzi va badanini yopib turadi. AFP 2023 / Aamir QureshiQizlar bolalar bilan qarshilashmasliklari uchun darslardan besh daqiqa oldin ketishadi.3/6 AFP 2023 / Aamir QureshiQizlar bolalar bilan qarshilashmasliklari uchun darslardan besh daqiqa oldin ketishadi. REUTERS / Social media handoutUniversitetlarda erkak va ayollar uchun alohida kirish-chiqish joylarini belgilash rejalashtirilmoqda.4/6 REUTERS / Social media handoutUniversitetlarda erkak va ayollar uchun alohida kirish-chiqish joylarini belgilash rejalashtirilmoqda. AFP 2023 / Aamir QureshiYangi qoidalarga ko‘ra, qizlar faqat ayol o‘qituvchilar hamda "obro‘si yaxshi" erkak o‘qituvchilardan ta’lim olishlari lozim.5/6 AFP 2023 / Aamir QureshiYangi qoidalarga ko‘ra, qizlar faqat ayol o‘qituvchilar hamda "obro‘si yaxshi" erkak o‘qituvchilardan ta’lim olishlari lozim. REUTERS / Social media handoutAfg‘onistonda boshlangan yangi o‘quv yili6/6 REUTERS / Social media handoutAfg‘onistonda boshlangan yangi o‘quv yili * "Tolibon" Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/toliblar-afgonistondagi-talim-olish-jarayonini-qanday-ozgartirdi-20400532.html
Afg‘oniston surprizlar keltirishda davom etmoqda – tashqi kuchlar tomonidan yangi qarama-qarshilik markaziga aylantirishga bo‘lgan urinishlariga qaramasdan Tolibon* Panjsherni tezda egallab oldi. Lekin hozir gap bu haqida emas, bakim G‘arbning navbatdagi nayrangi – Afg‘oniston mavzusini Rossiya va Xitoyga qarshi sodda va surbetlik bilan ishlatishga urinish haqida ketmoqda. To‘statdan ma’lum bo‘lishicha, 8-sentabr kuni Afg‘oniston mavzusi bo‘yicha “Katta yettilik” uchrashuvi rejalashtirilgan ekan. Uchrashuv onlayn ko‘rinishda, tashqi ishlar vazirlari darajasida bo‘lib o‘tadi. Uchrshuvni amerikalik davlat kotibi Entoni Blinken boshqaradi. Afg‘oniston bilan chegarada O‘zbekiston harbiylari o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda7 Sentabr 2021, 11:10 Xo‘sh, buni nimasiga hayron qolish kerak? Amerika tomonidan tayinlangan hukumat inqirozga uchragani va G‘arb qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan so‘ng, Afg‘oniston butun dunyo e’tibori qaratilgan birinchi qatordagi mavzuga aylandi. Uni “g‘arbiy klub” formatida muhokama qilish, albatta mantiqan to‘g‘ridir. Ustiga ustak ikki hafta oldin “Katta yettilik” Afg‘onistonga bag‘ishlangan onlayn ko‘rinishda favqulodda sammit ham o‘tkazgan edi. Ha mayli muhokama qilaverishsin. Afg‘oniston borasida G‘arbning qo‘lidan keladigan boshqa ish qolmadi. Lekin bu safar, G‘arb Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mamlkatlarni ham taklif qilgan. Yaponi tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegiaytishiga ko‘ra, muhokamaga 20dan ortiq mamlakatlar diplomatlari yig‘ilishadi. “Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari darajasida muhokama o‘tkazadi, lekin u yerda Rossiya, Xitoy va boshqa davlat vakillari ham ishtirok etishadi”, - dedi Motegi. Yaponiya vaziri Rossiya va Xitoy delegatsiyalari uchun ushbu uchrashuvda ishtirok etish muhim ekanini qayd etdi. Uning fikriga ko‘ra ushbu mamlakatlar “Afg‘onistonga ma’lum ta’sir o‘tkazishlari mumkin”. “Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti2 Sentabr 2021, 18:09 Lekin bu yerda bir narsa g‘alati – Rossiya va Xitoyning ushbu uchrashuvda ishtirokini ularning roziligisiz e’lon qilish – jahon diplomatiyasida yangicha uslub. Gap shundaki, Moskva ham Pekin ham “Katta yettilik” majlisida ishtirok etishni rejalashtirgani yo‘q. Chunki u begona klub. Rossiya ishtirokidagi “Katta yettilik” formati 2014-yilda tamom bo‘lgan. (Rasman u G‘arb tomonidan Qrim tufayli to‘xtatilgan edi) Xitoy esa ushbu “saralanganlar” klubga hech qachon kirmagan. Ayrim Yevropa va AQSh rahbarlarining aytishiga qaramasdan, Rossiyaning unga qaytishi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu haqida Putin va Lavrov bir necha bor ta’kidlab o‘tishgan edi. Shuning uchun ham ushbu bayonotlarga Moskva hayron bo‘ldi. Rossiya TIV rasmiy vakili quydagi bayonot bilan chiqdi: “Hamkorlar tizimsiz yondashuvni namoyish qilishmoqda. Biz Berlin va Paridan 2 kun oldin qandaydir uchrashuv haqida eshitgan edik, lekin “Yettilik” emas. Undan so‘ng esa Tokio tomonidan “Yettilik” ishtirokidagi uchrashuv haqida e’lon qilindi. “Yettilik” uchrashuvi haqidagi xabarlarda Rossiya goh bor goh yo‘q. Ushbu vaziyat hamkorlarimiz o‘zlaridan va atrofdagi dunyodan nima xoxlashini tushununmayotganliklaridan darak beradi”. Muammo Rossiya G‘arb bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qilishni istamasligida emas, - balkim ushbu muhokama qanday formatda o‘tkazilishida. Gap qandaydir rasmiy protokol haqida ham emas. Bizni, G‘arb klubiga maslahat uchun taklif qilishgani ma’qul kelmaydi. Bir hafta oldin Turkiya vaziri Mevlyud Chavushoglu ana shunday maslahatda ishtirok etgan edi, chunki Turkiya NATO a’zosi. Lekin Moskva va Pekinni bunday uchrashuvlarga taklif qilish – nafaqat foydasiz, balkim haqoratli ham. “Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti2 Sentabr 2021, 18:09 Shu sababli ham ular bu uchrashuvni boshqa narsaga o‘xshatmoqchi bo‘lishdi. Ya’ni Berlin va Parijdan Moskvani Afg‘oniston borsida ko‘p tomonli maslahatlar bo‘lib o‘tishi haqida ogohlantirishdi va dastlabki rozilikni olishdi. Shundan so‘ng esa uchrashuvning real formati haqida Yaponiya vaziri ochiq e’lon qildi. Xo‘sh endi nima bo‘ladi? Vaziyat ikki yo‘nalishda rivojlanishi mumkin - “Katta yettilik” va boshqa davlatlar Rossiya va Xitoy ishtirokisiz jamlanadi. Ular orasida Pokiston, Turkis, Saudiya Arabistoni, Qatar va Hindiston bo‘lishi mumkin. Xo‘sh unda Afg‘oniston mavzusi qaysi nuqtayi nazardan muhokama qilinadi? Balkim Jozep Borrel aytganday “YeI Rossiya va Xitoyga Afg‘onistonda vaziyatni o‘z qo‘liga olishga va Qobulning sponsoriga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Biz harakat qilishimiz kerak” qabilidi ish tutilar. Lekin Borrel shuningdek “Yevropa Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazish imkoniga ega bo‘lgan muhim halqaro hamkorlar - bilan ishlashi kerak. Turkiya, Xitoy va Rossiya Afg‘onistonda o‘z ta’sirini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi. Eron, Pokiston va Hindiston ham hududda kuchli ta’sirga ega” degan edi. Ya’ni amerikaliklar ketganidan so‘ng Yevropa Afg‘onistonda G‘arb manfaatlarini himoya qilmoqchi. Bunda u Afg‘oniston qo‘shnilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ularning bu istagini tushunsa bo‘ladi, yaqinda bosqinchi davlatlar orasida bo‘lgan YeI u yerda mustaqil hech narsa qila olmaydi, chunki Tolibon* ularni hali uzoq vaqtgacha yaqin o‘tmishdagi tajovuzkor sifatida qabul qiladi. Lekin Afg‘oniston muammosini Rossiya va Xitoy ishtirokisiz muhokama qilib, G‘arb Moskva va Pekinni baribir o‘ziga qarshi qilib qo‘yadi. Muhokamaning asosiy mavzusi ushbu ikki davlatning Afg‘onistondagi ta’sirini kamaytirishga qaratilmaganiga ko‘ndirishi oson bo‘lmaydi. Bu esa Moskva va Pekinni “jilovlab turish” siyosatining yana bir ko‘rinishidir xolos. Bugungi krizisga esa ularning o‘zi aybdor. Shuning uchun ham global muhokamani samarali o‘tkazishning eng yaxshi uslubi – “Katta yettilik va unig mehmonlari” formatidan to‘liq voz kechishdir. Bunga “Katta yigirmatalik” shaklidagi anjuman ko‘proq mos keladi. Italiya bosh vaziri Mario Dragi ham aynan shuni taklif qilmoqda. Ayni damda kerakli davlatlar bilan ushbu uchrashuv borasida muzokaralar o‘tkazilmoqda. Uchrshuv 27-sentabrdan keyin, BMT Bosh Assambleyasi tugaganidan so‘ng o‘tkazilishi mumkin. Mushketorlar qonuni bo‘yicha: "Katta yigirmatalik" nega to‘plandi?28 Mart 2020, 12:00 “Katta yigirmatalik” ko‘p tomonli maslahatlar uchun ideal maydon deyish mumkin. Chunki uning tarkibiga nafaqat “Katta Yettilik” balkim Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham kiradi. Pokiston, Eron va Qatarni qo‘shimcha ravishda taklif qilish mumkin. Eron ishtirokisiz Afg‘onistonni umuman muhokama qilib bo‘lmaydi. “Katta Yettilik” majlisiga esa Eron bormaydi. (Vashington uni taklif ham qilmaydi). Rossiya aynan “Katta yigirmatalik” asosiy xalqaro format ekani haqida bir necha bor aytib o‘tgandi. Afg‘oniston mavzusi esa – ushbu klubni yanada kuchaytirish uchun juda yaxshi sabab bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, dastlab jahon iqtisodi muammolarini muhokama qilish uchun tashkil qilingan ushbu klub, allaqachon dunyoning eng muhim sammitiga aylangan. “Katta yigirmatalikning” navbatdagi sammiti oktabr oyning oxirida Rimda bo‘lib o‘tishi kerak. Shu sababli favqulodda sammit chaqirishga hojat ham bo‘lmasa kerak. Sammit o‘tkazish formati bo‘yicha hozircha aniqlik kiritilmadi. Ya’ni uning oflayn yoki onlayn ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum. Dunyo rahbarlari mana ikki yildan buyon yuzma-yuz ko‘rishmaganini hisobga olganda, bunday uchrashuv barchaga kerakligini tushunish mumkin. Lekin Yevropada pandemiyaning yangi to‘lqini avj olgan taqdirda uchrashuv yana videoaloqa orqali o‘tishi aniq. Jahon miqyosida, G‘arb va Sharq o‘rtasida maslahat o‘tkazishning yana bir shakli bor. Aniqrog‘i G‘arb va Sharq orasida muzokaralar formati: Katta yettilik va ShHTning qo‘shma majlisi. Dastlab TIV rahbarlari keyin esa davlat rahbarlari darajasida ham o‘tkazish mumkin. Ha, Shanxay tashkiloti aynan Afg‘oniston masalasi milliy xavfsizlik masalasi bo‘lgan barcha davlatlarni birlashtiradi – Rossiya, Xitoy, Pokiston, Markaziy Osiyo davlatlari, Hindiston. Eron ham yaqinda kuzatuvchi maqomidan doimiy a’zoga aylanadi. Xullas, ushbu hududda faqat Afg‘oniston kuzatuvchi bo‘lib qolmoqda xolos. Bu ham uning yaqin vaqtga qadar Amerika okkupatsiyasi ostida bo‘lgani tufayli. Rossiya va Xitoy birovning vassalini tashkilotda ko‘rishni istamagan edi. Ha aytmoqchi, ShHTning eng yaqin sammiti 10 kundan so‘ng Dushanbeda bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan Sharq va G‘arb muzokara va maslahatlar olib borish uchun katta imkoniyatga ega. Asosiysi, ularni tayyorlash va o‘tkazishda G‘arb xo‘jayin roliga talabgor bo‘lmasa bas. Klubga ham kazinoga ham xo‘jayin kerak emas. Chunki bir tomonlama o‘yin va atlantik dunyo allaqachon tugagan va protokol rasmiyatchiliklari dunyoning asosiy yetakchi davlatlarining real maqomini aks ettirishi kerak. Allakimning o‘zi haqidaga fikrlarini emas
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/bunga-yol-qoymaslik-kerak--garb-rossiya-va-xitoyni-aldamoqchi-boldi-20401230.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi e-visa tizimida profilaktik ishlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. https://e-visa.gov.uz/ tizimida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2021-yil 6-sentabrdan boshlab elektron viza rasmiylashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/ozbekistonda-elektron-viza-rasmiylashtirish-vaqtincha-toxtatildi-20403116.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekiston davlat qarzi 2021-yilning 1-iyul holatiga 24,2 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,5 foizni tashkil etdi. Bundan Moliya vazirligi hisobotidagi raqamlar darak bermoqda. Davlat qarzi qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan 858,6 mln dollarga yoki 3,7 foizga oshgan. Shundan, davlat tashqi qarzi qoldig‘i – 21,8 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 34,7 foizni; Davlat ichki qarzi qoldig‘i – 2,4 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi. “Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldig‘i 858,6 mln dollarga oshishi O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq”, - deyilgan vazirlik xabarida. Natijada, O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 363,4 million dollarga; Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 319,1 million dollarga; Davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i $250,8 millionga oshdi.O‘zbekiston nomidan 2,24 trillion so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilinishi hamda 3 trillion so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 779,1 milliard so‘mga kamaydi.davlat tashqi qarzi portfeli tarkibida 11,7 foizni tashkil qiluvchi valyuta – Yaponiya iyenasi 2021-yilning yanvar-iyun oylarida AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi. Tashqi qarzning eng ko‘pi Osiyo taraqqiyot banki (5 mlrd dollar), Jahon banki (3,8 mlrd dollar) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan (2,2 mlrd dollar) olingan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/ozbekiston-davlat-qarzi-qariyb-860-mln-dollarga-kopaydi-20402938.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. “Uzbekistan airways” AJ sentabr oyi uchun Rossiya Federatsiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlar jadvalini e’lon qildi. • Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – har kuni, kuniga 4 ta qatnov; • Samarqand - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 3 marotaba seshanba, payshanba va yakshanba kunlari (09, 12, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 30-sentabr); • Termiz -Moskva (Domodedovo) - haftada bir marotaba chorshanba (08, 15, 22, 29-sentabr). Uzbekistan Airways Moskvaga ilk loukost-tashuvlarni boshlaydi: chiptalar narxi28 Avgust 2021, 16:01 Qo‘shimcha ravishda “Uzbekistan Airways Express” qatnovlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: • Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – dushanba va juma kunlari (10, 13, 17, 20, 24, 27-sentabr); • Qarshi-Moskva (Domodedovo) – haftasiga bir marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23, 30-sentabr); • Urganch - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (11, 14, 18, 21, 25, 28-sentabr); • Buxoro - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentabr); • Farg‘ona - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba, chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentabr); • Namangan - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (07, 11, 14, 18, 21, 25, 28-sentabr). “Uzbekistan airways” AJ da bir tomonga parvoz narxi 3 899 000 so‘mdan* “Uzbekistan Airways Express” yo‘nalishi bo‘yicha bir tomonga 1 502 000 so‘mdan*. Uzbekistan Airways Moskvaga yangi modelga asoslangan aviaqatnovlarni boshlaydi27 Avgust 2021, 13:46 Shuningdek, “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan Airways Express” Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshiradi: • Toshkent-Qozon-Toshkent haftasiga 3 marotaba dushanba, seshanba va juma kunlari (10, 13, 14, 17, 20, 21, 24, 27 va 28-sentabr) 3 933 000 so‘mdan*; • Toshkent-Mineralnie Vodi-Toshkent haftasiga bir marotaba dushanba kunlari (13, 20 va 27-sentabr) 1 565 000 so‘mdan* ("Uzbekistan Airways Express"); • Toshkent-Rostov-na-Don-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va shanba kunlari (08, 11, 15, 18, 22, 25 va 29-sentabr) 1 533 000 so‘mdan * ("Uzbekistan Airways Express"); • Toshkent-Krasnodar-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari (10, 14, 17, 21, 24 va 28-sentabr) 1 732 000 so‘mdan* (“Uzbekistan Airways Express”); • Toshkent-Sochi-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentabr) 3 939 000 so‘mdan*; • Toshkent-Yekaterinburg-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentabr) 3 922 000 so‘mdan*; • Toshkent-Novosibirsk-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va payshanba kunlari (09, 14. 16, 21, 23 va 28-sentabr) 3 926 000 so‘mdan*. “Uzbekistan Airways” samolyotlari yana “Domodedovo” aeroportiga qo‘na boshladi15 Iyun 2021, 14:27 O‘zbekiston shaharlaridan Rossiya Federatsiyasiga aviaqatnovlar: • Namangan – Yekaterinburg – Namangan haftasiga 1 marotaba chorshanba kunlari (08, 15, 22 va 29-sentabr) 3 544 000 so‘mdan* • Namangan – Novosibirsk – Namangan haftasiga 1 marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23 va 30-sentabr) 3 547 000 so‘mdan* • Namangan – Qozon – Namangan haftasiga 1 marotaba juma kunlari (10, 17, 24-sentabr) 3 428 000 so‘mdan* *narxlar bir tomonga ko‘rsatilgan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/rossiya-ozbekiston-parvozlar-jadvali-va-narxi-elon-qilindi-20398003.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Toshkentda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar qilmoqda. Premyera oldidan poytaxtdagi Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlagan ma’ruzalar, g‘azallar, badiiy asarlardan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. “Yo‘lbars izidan” kartinasi “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Unda Zahiriddin Muhammad Boburning shonli hayot yo‘li, dilbar ijodi va murakkab taqdiri, davlat boshqaruvidagi strategiyasi, o‘tkazgan janglari va oila a’zolari bilan munosabatlari aks ettirilgan”, - deyiladi agentlik xabarida. Bosh rol ijrochisi Ilhom Berdiyevning so‘zlariga ko‘ra, filmni yaratish jarayonida tarixchi olimlar va boburshunoslar bilan hamkorlikda ishlandi. “O‘zbek xalqining buyuk farzandi – Bobur obrazini yaratish menga nasib etganidan behad baxtiyorman, - deydi u. – O‘zim bolaligimdan Bobur hayoti va ijodiga qiziqib kelardim, asarlarini ham ko‘p o‘qiganman. Bobur o‘ta murakkab shaxs bo‘lgani uchun uning siymosini yaratish oson kechmadi. Xulosa, doimgidek, tomoshabinning o‘ziga havola”. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olinmoqda2 Noyabr 2020, 14:48 Filmda Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik, o‘smirlik va yoshlik davri qamrab olingan. Har bir sahna yuzasidan o‘zbekistonlik va xorijlik olimlarning fikrlari o‘rganildi. Tarixiy janrga xos detallar, ayniqsa, jang sahnalari professional tarza suratga olingan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/bobur-haqidagi-hujjatli-film-premerasi-bolib-otdi-20398480.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Hindiston aholisi o‘rtasida nipah (NiV) virusining alomatlari aniqlandi, deb xabar beradi NDTV. Viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Vina Jorjning so‘zlariga ko‘ra, o‘limga olib keluvchi virus belgilari Hindistonning Kerala shtatida birdaniga 11 kishida aniqlandi. Qayd etilishicha, Keralada nipah virusiga chalingan 12 yoshli bola vafot etdi. Bu voqeadan so‘ng, shtat shifokorlari bola bilan muloqot qilgan kishilarni tekshirishni boshladilar. Hozirda Kojikode tibbiyot kolleji va shifoxonasida 38 kishi karantinga olindi. “Bemorning ko‘zi olib tashlandi”: Hindistondan so‘ng Misr ham “qora mog‘or” hujumiga uchradi31 May 2021, 18:09 Ulardan 11 nafari virus sabab bo‘lgan kasallikning alomatlari kuzatilmoqda. Shu bilan birga, barcha bemorlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Hindiston SSV epidemiologik nazoratni kuchaytirish haqida ko‘rsatma berdi. Nipah virusi mevaxo‘r ko‘rshapalar orqali tarqalishi ma’lum. Virus hayvonlarning so‘lagi tekkan mevalarni iste’mol qilgan odamlarga yuqadi. Nipax virusi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan eng xavfli viruslardan biri sifatida e’tirof etilgan. U odamlarga hayvonlardan o‘tadi, shuningdek, kasal odamdan boshqalarga ham yuqadi. Unga qarshi dori ham, vaksina ham yo‘q, virus keltirib chiqaradigan kasallikdan o‘lim darajasi 40-75% oralig‘ida. Avvalroq, Hindiston hukumati kasallik to‘rtta tarqalishi haqida xabar bergandi. Ular 2001, 2007, 2018 va 2019-yillarda Hindiston ikki shtatida kuzatilgan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/hindiston-aholisida-olimga-olib-keluvchi-nipax-virusi-aniqlanmoqda-20399469.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Rossiya hozirda “Tolibon”* harakatini tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. “Bilasizmi, hozircha toliblarni tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilinmagan. Qolaversa, siz ham bilasizki, haqiqatdan u yerda nimalar sodir bo‘layotganini diqqat bilan kuzatapmiz. Asosiysi esa biz hozircha toliblarning va’dalari, ularning bayonotlari qanchalik ularning kelgusidagi xatti-harakatlariga mos kelishini tushunishga urinyapmiz”, - deya javob berdi Peskov toliblarning Rossiya tomonini Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishda ishtirok etishga taklif etgani haqidagi savolga. Peskov Moskva uchun toliblar davridagi Kobuldagi siyosiy tizim ham tizimli, ham shaxsiy jihatdan qanday bo‘lishini anglash muhimligini ta’kidladi. Toliblar Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishga tayyor7 Sentabr 2021, 10:56 6 sentabr kuni “Tolibon”* vakili Al Jazeera telekanaliga ular yangi afg‘on hukumati tarkibini e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbirga Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron, Pokiston va Qatarni taklif qilishganini ma’lum qilgan edi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/rossiya-toliblarni-tan-olish-borasida-hozircha-hech-qanday-qaror-qabul-qilmagan--peskov-20400157.html
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni "Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi. Qayd etilishicha, farmon Respublikaning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Rossiya O‘zbekistonga kurka go‘shti eksport qilishni boshladi16 Iyun 2021, 09:52 Unga ko‘ra, Prezidentning 2020-yil 21-oktabrdagi "Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va 2021-yil 13-iyuldagi "Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 200 million AQSh dollari ajratilgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil 1-oktabrdan boshlab: Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan korxonalarga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million dollargacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi; Oxirgi o‘n ikki oy davomida 1 million dollardan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilgan. O‘zbekiston ilk bor Singapurga gilos eksport qildi8 Iyun 2021, 18:15 Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Belgilab qo‘yilishicha: tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu farmon kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi 2021-yil 31-dekabrga qadar to‘xtatiladi; 2021 yil 1-oktabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, o‘lchov vositalari, kimoviy reagentlar, ko‘tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi; - tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlash va o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning investitsion xabiga aylanishi mumkin – Promsvazbank7 Aprel 2021, 16:26 Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi ikki hafta muddatda: - Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi; - Yevropa mamlakatlariga qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tizimini bir yil muddatga joriy etadi; - sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomasholar, o‘lchov vositalari, kimoviy reagentlar, ko‘tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydigan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega davlatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Belgilanishicha, tariq (TIF TN kodlari 1008 21 000 0, 1008 29 000 0), quritilgan dukkakli ekinlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 10 000 0), meva va yong‘oqlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 30 900 0) eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi. Shu munosabat bilan Prezidentning ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzoqov zimmasiga yuklanadi. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgandi. Prezident o‘z nutqida kreditlashni bozor mexanizmlariga o‘tkazish haqida gapirgan.
2021-08-09
https://oz.sputniknews.uz/20210908/ozbekiston-eksportchi-korxonalarni-ragbatlantirishga-qaror-qildi-20405381.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Tolibon* va Afg‘oniston milliy qarshilik fronti o‘rtasidagi jang paytida Ahmad Shoh Mas’udning qabri shikastlandi. 1TV News telekanali jurnalisti Hamid Xayder Tolibon* vakillari Panjsher viloyatida 2001-yilda terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan Shimoliy alyans rahbari Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi, deb ma’lum qildi va Twitter’da shikastlangan qabr aks etgan suratni e’lon qildi. Taliban partially destroyed Ahmad Shah Massoud Afghanistan’s “National Hero” tomb in Panjshir. pic.twitter.com/tiZF55Qmeh— Tajuden Soroush (@TajudenSoroush) September 7, 2021 Toliblar terrorchilarga qarshi kurashgan Afg‘oniston milliy qahramonining qabrini qisman vayron qilishdi. Ular hozirgi xalq fronti rahbari Ahmad Mas’ud otasining kichkina maqbarasidagi marmar qabr toshlaridan birini butunlay sindirishdi. Internetda tarqalgan suratdan ko‘rinib turibdiki, atrofdagi hech narsa vayron qilinmagan, faqat plitadan tashqari, unga og‘ir narsa bilan urib shikastlangan. Qarshilik tarafdorlari avval ham Tolibon* harakatlarini tanqid qilishgan va toliblar o‘tmishni unutmaganligini aytishdi. Xuddi shu tarzda, bundan 25-yil oldin, toliblar Mozori Sharifni egallab olishganda, buldozer bilan mashhur generallardan birining qabrini vayron qilib, qoldiqlarini Amudaryoga uloqtirishgandi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakat.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/toliblar-ahmad-shoh-masudning-qabrini-tahqirlashdi-20401955.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Anna Jelixovskaya. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining (RDPU) Toshkent shahridagi filiali ilk talabalarini qabul qildi. Bo‘lajak pedagoglarni o‘quv yili boshlanishi bilan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, A.I.Gersen nomidagi RDPU rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Rabosh, RF prezidenti administratsiyasi vakili Aleksey Vlasov, RF Ta’lim vazirligining vakli Andrey Efremov hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin tabriklashdi. SputnikPochetnie gosti na otkritii filiala RGPU im. Gersena v Tashkente Pochetnie gosti na otkritii filiala RGPU im. Gersena v Tashkente Sputnik Gersen universitetining ta’lim darajasi va sifati, ilmiy maktablari va olimlarining mahorati xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan. Joriy yil iyunida dunyoning eng yaxshi universitetlari QS World University Rankings (QS) yillik reytingi chop qilindi, unga ilk bor A.I.Gersen nomidagi RDPU kiritildi. SputnikOtkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente Sputnik Rossiya pedagogika OTMlari orasidagi umumiy reytingda RDPU yetakligicha qolmoqda. "O‘zbekistonda Rossiya OTMlarining 15 filiali faoliyat yuritmoqda, yana uchta ta’lim muassasalarini ochish rejalashtirilmoqda. Bunda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmatlari katta. Kuni kecha u mamlakat mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlangan nutqida O‘zbekiston kelajagi oliy ma’lumotli, kelajakka ishonadigan va ko‘radigan mutaxassislarni tayyorlashda ekanini ta’kidladi. Ko‘rib turibmizki, so‘zlar amalda ijro etilyapti. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston hukumatini yosh avlod savodli, o‘qimishli va atrofda nimalar ro‘y berayotganini tushunuvchi bo‘lib o‘sishida hamisha qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov. Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, rus tili ulkan madaniyalar xazinasining kalitidir. Malginov ikki xalqni ko‘p narsa, xususan, ilmiy soha, birlashtirishi ta’kidladi. Axir rus tili olg‘a yurish, yangi bilim, ko‘nikma va kompetensiya olish imkoniyatini beradi. Bu RF va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining muhim ko‘rsatgichidir. Oliygohlar ochilishi bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. “Yaqin kunlarda Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Buning doirasida ikki tomonlama munosabatlarning olg‘a qarab rivojlanishining yangi dasturi belgilab olinadi. Shuningdek, bu oliy ta’limni rivojlantirish, rus tilini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga taalluqli bo‘ladi”, - dedi elchi. A.I.Gersen nomidagi RDPU rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Rabosh mustaqil davlatlar hududida ilmiy-ta’lim maydonini yaratish mamlakatlarning zamonning qiyin vazifalarini hal etishda hamjihatlik va muvofiqligini mustahkamlashga ko‘maklashishini qayd etdi. “A.I.Gersen nomidagi RDPU Yevroosiyo hududida xab yaratishda ko‘maklashishga va O‘zbekiston Respublikasi uchun pedagogika kadrlarini tayyorlashda yordam berishga tayyor. Bugun nodir mutaxassislarni tayyorlashning poydevori qo‘yildi”, - dedi Rabosh. Shuningdek, u magistratura dasturlarini kelasi yil joriy etish rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi. Qolaversa, oliy toifali kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan. Filialda talabalar sakkizta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishadi. Maktabgacha ta’lim, inson va jamiyat psixologiyasi hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi shudar jumlasidan. Ta’lim beruvchi o‘qituvchilar asosiy rossiyalik mutaxassislar, biroq milliy kadrlar ham bor. “Men A.I.Gersen nomidagi RDPU bituruvchisiman. Mutaxassisligim iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchi. Bu oliygohni a’lo baholar bilan bitirdim va hamisha o‘qituvchi bo‘lishimni bilardim. Men u yerda aspiranturada o‘qiyotgan paytimda ishlashni boshladim. A.I.Gersen nomidagi RDPUning Toshkentdagi filialida o‘qituvchi bo‘lib ishlashni bilish hayajonli edi, axir biz shunday ahamiyatli OTMni boshqa mamlakatdagi vakillarimiz. Ta’limning iqtisodiy asoslaridan dars beraman. Talabalardan birinchi navbatda bilimga intilishni kutib qolaman”, - deydi Gersen nomidagi RDPU o‘qituvchisi Mariya Pertaya. SputnikOtkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente Sputnik Filologiya fanlari nomzodi, rus tili chet tili sifatida va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Yekaterina Ardatova ikkinchi marta O‘zbekistonga kelmoqda. U 30-yildan ziyod tajriba ega. “Men dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan turli odamlar, turli yoshdagilar bilan ishladim. Bu tajriba O‘zbekistonda ham naf berishini juda xohlardim. Metodist sifatida men joriy yil bahorida “Zo‘r!” loyihasi doirasida Jizzax shahrida bo‘lgandim. U yerda mahalliy o‘qituvchilardan test olib, shunday muammoni aniqladik: keksa pedagoglar rus tilini ozod biladi va juda yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Biroq yoshlar bilan ayrim muammolar bor. Biz bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Men bu loyihaga bo‘lgan ijobiy munosabatni ko‘rdim, shu bois o‘qituvchi sifatida ishni bu yerda davom ettirishni xohladim”, - deydi pedagog. Yekaterina Ardatovaning fikricha, rus tili O‘zbekistonda chet tili bo‘lib bormoqda, shuning uchun o‘qitishning yangi metodikasi lozim. Uning kafedrasi aynan shu ustida ish olib bormoqda. SputnikPervie studenti filiala RPGU im. Gersena v Tashkente Pervie studenti filiala RPGU im. Gersena v Tashkente Sputnik 2021-2022 yilgi o‘quv yilida 405 nafar talabani qabul qilish uchun kvota ajratilgan. Ulardan 81 nafari davlat budjeti, 324 nafari esa pulli-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/markaziy-osiyo-uchun-bolajak-pedagogik-xab-toshkentda-gertsen-universiteti-filiali-ish-boshladi-20396493.html

Dataset Card for UzCrawl

Dataset Summary

In an effort to democratize research on low-resource languages, we release UzCrawl dataset, a web and telegram crawl corpus consisting of materials from nearly 1.2 million unique sources in the Uzbek Language.

Please refer to our blogpost for further details.

P.S. We updated the dataset with 2nd version that extends the scope to new topics as well as being up to date to March 2024.

To load and use dataset, run this script:

from datasets import load_dataset

uz_crawl=load_dataset("tahrirchi/uz-crawl")

To use v1 of the dataset, run this script instead:

from datasets import load_dataset

uz_crawl=load_dataset("tahrirchi/uz-crawl", revision="b8de928a18559b2a1659124c412ae31c9c238eb8")

Dataset Structure

Data Instances

plain_text

  • Size of downloaded dataset files: 3.41 GB
  • Size of the generated dataset: 1.68 GB
  • Total amount of disk used: 5.1 GB

An example of 'news' looks as follows.

{
    'text': "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ijrosini ta'minlash maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy) 2019 yil 9 –14 sentabr kunlari sohalar bo‘yicha sinov testlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.\nTa'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga\xa0ko‘ra, «Huquqshunoslik», «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot», «Iqtisodiyot», «Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish» hamda «O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar» sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxati jadvalga muvofiq belgilanadi.\nTa'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantirishicha, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.",
    'timestamp': '2019-06-09',
    'source': 'https://kun.uz/uz/news/2019/09/06/xorijda-talim-olganlik-togrisidagi-hujjatlarni-tan-olish-uchun-testlar-otkaziladigan-kunlar-malum-boldi'
}

Data Fields

The data fields are the same among all splits.

  • text: a string feature that contains text.
  • timestamp: a string feature that contains timestamp of the material.
  • source: a string feature that contains url of the material.

Data Splits

split_name num_examples
news 1250018
telegram_blogs 368017

Dataset Creation

The news portion have been crawled from 57 different websites using Scrapy framework. And telegram_blogs portion is consisted of manually curated texts from 128 high-quality Telegram channels.

Citation

Please cite this model using the following format:

@online{Mamasaidov2023UzCrawl,
    author    = {Mukhammadsaid Mamasaidov and Abror Shopulatov},
    title     = {UzCrawl dataset},
    year      = {2023},
    url       = {https://huggingface.co/datasets/tahrirchi/uz-crawl},
    note      = {Accessed: 2023-10-28}, % change this date
    urldate   = {2023-10-28} % change this date
}

Gratitude

We are thankful to these awesome organizations and people for helping to make it happen:

Contacts

We believe that this work will inspire all enthusiasts around the world to open the hidden beauty of low-resource languages, in particular of Uzbek.

For further development and issues about the dataset, please use [email protected] or [email protected] to contact.

Downloads last month
187
Edit dataset card

Models trained or fine-tuned on tahrirchi/uz-crawl